Young Politic 🇺🇿
94 subscribers
7.84K photos
3.63K videos
21 files
1.05K links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
🇺🇸🇮🇷 NYT: Jey Di Vens Trampni Eron bilan urushdan qaytarishga uringan asosiy shaxs bo‘ldi

“Trampning yaqin atrofidagi hech kim Eron bilan urushni to‘xtatish uchun vitse-prezident Venschalik harakat qilmagan”, — deb yozadi The New York Times nashri o‘z maqolasida.

AQSh vitse-prezidenti o‘z siyosiy faoliyatini bunday harbiy sarguzashtlarga qarshi chiqish asosida qurgan. U Eron bilan urushni resurslarning behuda sarfi va rejimni almashtirishga bo‘lgan urinishni halokatli deb hisoblagan.

Vens Trampni Eronga qarshi urush mintaqaviy tartibsizlik va ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan. Shuningdek, bu qaror “yangi urushlar bo‘lmaydi” degan va’daga ishongan saylovchilar uchun xiyonat bo‘lishini ta’kidlagan.

Vitse-prezident sifatida u Qo‘shma Shtatlardagi o‘q-dorilar taqchilligini yaxshi bilardi va bu urush Vashingtonni yillar davomida zaiflashtirishidan xavotirlangan. Uning fikricha, Eronning javob qaytarishini prognoz qilib bo‘lmaydi va urushdan keyin tinch Eronni qurish imkonsiz. Eng katta xavf esa — Hirmuz bo‘g‘ozining yopilishi bo‘lib, bu AQShda benzin narxini keskin ko‘tarib yuborishi mumkin edi.

Shuningdek, jurnalist Taker Karlson ham Trampni bu yo‘ldan qaytarishga uringan. U bir yil davomida Trampni Eron bilan urush uning prezidentligini barbod qilishidan ogohlantirib kelgan. Urushdan oldingi suhbatda Tramp Karlsonni tinchlantirib: “Xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan. Karlson buni qayerdan bilishini so‘raganda, Tramp: “Chunki doim shunday bo‘ladi”, deb javob qaytargan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸 Politico: Tramp va NATO rahbari uchrashuvi janjal bilan yakunlandi

Yevropalik mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, yopiq eshiklar ortidagi suhbat tez fursatda keskinlashgan: Tramp ittifoqchilarini ayovsiz tanqid qilib, Yevropa davlatlarining Eronga qarshi urushda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azablangan.

“Hammasi rasvo bo‘ldi. Suhbat haqoratlardan boshqa narsa emas edi. Tramp ochiqchasiga har qanday chorani qo‘llash bilan tahdid qildi”, — dedi ta’kidladiki, manbalardan biri.

Tramp ittifoqchilarga nisbatan choralarga shama qilgan. Ishtirokchilar u Yevropadan aniq qadamlar, jumladan, Hirmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ko‘mak kutmoqda, degan xulosaga kelishgan. Oq uy esa buni rad etib, prezident NATO’dan hech narsa so‘ramaganini bildirdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQSh Eron bilan urushni tanqid qilgan davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷 Xabarlarga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi vakillari Uitkoff va Kushner muzokaralar o‘tkazish uchun Islomobodga yetib keldi.

Eron davlat ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, hozirgacha hech qanday Eron delegatsiyasi Pokistonga uchib ketmagan. Tehron Isroil Livandagi barcha zarbalar va operatsiyalarini to‘xtatmaguncha muzokaralar olib bormasligini bildirmoqda.

Muzokaralarning birinchi raundi bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoy raisi Tayvan muxolifati rahbari bilan uchrashdi

“Ikki partiyamiz rahbarlari umumiy vatanimizdagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, bo‘g‘ozlararo munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishiga ko‘maklashish hamda kelajak avlodlarning yorqin va go‘zal kelajakdan bahramand bo‘lishiga imkon yaratish maqsadida uchrashmoqda”, dedi Si Tszinping bugun Kuomintang muxolifat partiyasi rahbari Cheng Li-vun bilan uchrashuvda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇪🇺 Yevropada 8-10 kunlik aviatsiya yoqilg‘isi qoldi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇨🇳🇰🇵 Xitoy TIV rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvda hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi

Xitoy Shimoliy Koreya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun aloqalar va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga tayyor.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I juma kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Xitoyning “Sinxua” davlat agentligi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇦🇮🇷 Zelenskiy: Ukraina harbiylari Yaqin Sharqda Eron dronlarini urib tushirdi

Ukraina Prezidenti mamlakat harbiy bo‘linmalari Yaqin Sharqda mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish doirasida Eronning “Shahed” dronlarini muvaffaqiyatli yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu shunchaki o‘quv mashg‘ulotlari emas, balki Ukrainada ishlab chiqarilgan va jangovar sinovdan o‘tgan dron yordamida bir nechta davlat hududida amalga oshirilgan real operatsiyalardir.

Volodimir Zelenskiy Ukraina o‘z tajribasi bilan boshqa mamlakatlarga zamonaviy mudofaa tizimlarini qanday samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatib berganini va bu harakatlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim muvaffaqiyat ekanini qo‘shimcha qildi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 Eron kemalardan bojlarni nega kriptovalyutada olmoqda?

“Eron sanktsiyalar tufayli yig‘ib olingan mablag‘larni kuzatib borish yoki musodara qilishni istisno qilish maqsadida neft tankerlaridan olinadigan bojlarni kriptovalyutada yig‘ishni xohlaydi. Bungacha Eronning $7,8 mlrd. lik kripto iqtisodiyoti yanada o‘sadi”, — deb yozmoqda Wall Street Journal.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇹🇷🇺🇬 Muhoozi Kainerugaba, Uganda harbiy qo‘mondoni:

"Agar Turkiya bizning muammolarimizni hal qilmasa, keyingi 30 kun ichida ular bilan BARCHA diplomatik munosabatlarni tugatamiz!"

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸 Tramp, agar bosh vazir Viktor Orban qayta saylansa, Vengriyaga iqtisodiy rag‘batlantirish va’da qilmoqda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi: Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun to‘lov Eron milliy valyutasi – rialda amalga oshiriladi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷🇵🇰‼️ Pokiston TIV Eron delegatsiyasining AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun kelganini tasdiqladi va konstruktiv muloqotga umid bildirdi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷🇨🇳 Reuters: Xitoyning Eron bo‘yicha muzokaralarga aralashuvi vaziyatni murakkablashtiradi

AQSh Savdo vakili Jeymison Grir Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan barqaror munosabatlarni saqlab qolishga intilayotganini, biroq Pekinning Eron ishlariga va AQSh manfaatlariga zid ravishda aralashuvi vaziyatni murakkablashtirishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat iqtisodiyotlarining asosiy maqsadlari turlicha bo‘lsa-da, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning yo‘llari mavjud. Grir agar Xitoyning Eron bilan aloqalari Vashington manfaatlariga zarar yetkazsa, buning mas’uliyati Xitoy zimmasida bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, Grir kelasi oyda Prezident Donald Tramp va Xitoy raisi Si Tszinping o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lishini kutayotganini bildirdi. Ushbu tashrif Vashington tomonidan global bojlar joriy etilganidan bir yil o‘tib amalga oshirilmoqda.

Savdo vakilining qayd etishicha, AQSh Xitoy bilan savdo va iqtisodiyotda barqarorlikka erishish uchun harakat qilayotgan bo‘lsa-da, ular bilan bog‘liq barcha muammolar hali hal etilmagan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷🇵🇰 Jey Di Vens: Agar eronliklar vijdonan muzokara qilishga tayyor bo‘lsa, biz yordam qo‘lini cho‘zamiz

AQSh Vitse-prezidenti Jey Di Vens Pokistonda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga yo‘l olish oldidan Eron bilan muloqot borasida o‘z fikrlarini bildirdi. U bo‘lajak muzokaralardan ijobiy natijalar kutayotganini ta’kidladi, biroq Tehronni “ular bilan o‘yin qilmaslik” haqida ogohlantirdi.

Vensning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron tomoni muzokaralarni samimiy va sof niyatda olib borishga shay bo‘lsa, Vashington ularga ko‘mak berishga tayyor.

Shu bilan birga, Vens agar Tehron manipulyatsiya qilishga urinsa, Vashington muzokaralar guruhi bundan mutlaqo mamnun bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷🇵🇰 Jey Di Vens: Agar eronliklar vijdonan muzokara qilishga tayyor bo‘lsa, biz yordam qo‘lini cho‘zamiz

AQSh Vitse-prezidenti Jey Di Vens Pokistonda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga yo‘l olish oldidan Eron bilan muloqot borasida o‘z fikrlarini bildirdi. U bo‘lajak muzokaralardan ijobiy natijalar kutayotganini ta’kidladi, biroq Tehronni “ular bilan o‘yin qilmaslik” haqida ogohlantirdi.

Vensning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron tomoni muzokaralarni samimiy va sof niyatda olib borishga shay bo‘lsa, Vashington ularga ko‘mak berishga tayyor.

Shu bilan birga, Vens agar Tehron manipulyatsiya qilishga urinsa, Vashington muzokaralar guruhi bundan mutlaqo mamnun bo‘lmasligini aytib o‘tdi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da “Artemis-2” missiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ekipaj Oyning orqa tomoni bo‘ylab amalga oshirilgan 10 kunlik tarixiy parvozdan so‘ng Tinch okeaniga kelib qo‘ndi.

Bu 1972 yildan buyon Oy orbitasiga amalga oshirilgan ilk parvoz bo‘lib, “Orion” kosmik kemasi Yerdan 406 ming km masofagacha uzoqlashgan holda yangi rekord o‘rnatdi.


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🎼 Vena shahridagi mashhur “Musikverein” sahnasida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan “Tamerlano” operasi namoyish etildi

Mazkur madaniy voqea Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri, respublika xor jamoasi hamda jahon opera yulduzlari — Jenisbek Piyazov, Xuan Sancho va Olga Peretyatko ijrosida o‘tkazildi.

Bastakor Kirill Rixter talqini bilan boyitilgan ushbu kecha xalqaro san’at olamida yilning eng muhim madaniy voqealaridan biri sifatida e’tirof etildi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷 Tramp Eron bilan bo‘layotgan urush sababli uni keskin tanqid qila boshlagan o‘zining sobiq ittifoqchilarini qoralaydi

AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan postida Taker Karlson, Megin Kelli, Kandis Ouens va Aleks Jonsni tanqid qildi.

Trampning aytishicha, bu shaxslar unga qarshi “ko‘p yillardan beri urushib kelishmoqda. Oq uy rahbari ularni “IQ darajasi past”, “ishidan ayrilgan ahmoq odamlar”, “fikri hech kimga qiziq bo‘lmagan shaxslar”, deb haqoratladi.

“Bu odamlar psixopatlar, g‘alvachilar hamda tekin va arzon reklama uchun har qanday narsani aytishga tayyor”, — deya qayd etdi Tramp.

Qayd etish joizki, ularning to‘rtalasi ham yaqin-yaqingacha Donald Trampning tarafdorlari bo‘lgan va unga “ko‘p yillar” oldin emas, balki bir yarim yil avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga yordam bergan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇪🇺🇺🇸🇮🇷 Ittifoqchilar o‘zaro qo‘llab-quvvatlashsiz AQShga Eron masalasida yordam berishga majbur emas — Yevropa diplomatiyasi rahbari

“Yevropada bizning o‘z xavfsizlik hududimiz ham bor. To‘rt yildan beri Ukraina mojarosi davom etmoqda. Biz Fors ko‘rfazi davlatlari bu borada bizga yordam berayotganini ko‘rmayapmiz. Axir bu bir tomonlama yo‘l bo‘lmasligi kerak”, — dedi Kaya Kallas.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat