Young Politic 🇺🇿
94 subscribers
7.82K photos
3.62K videos
21 files
1.05K links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦 Ukrainaning NATO’ga a’zo bo‘lish masalasi qisqa muddatda hal qilinishi mumkin deb o‘ylamayman — alyans bosh kotibi

“Bir qator mamlakatlar, jumladan Germaniya, Slovakiya, Vengriya va Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning NATO’ga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Mark Rutte.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇫🇷🇮🇷 Eronning zarbalari natijasida Yaqin Sharqda kamida 104 frantsuz askari halok bo‘ldi, ammo rasmiylar bu yo‘qotishlarni yashirmoqda — Le Point


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺🇺🇦 Rossiya Ukrainaga 1000 nafar halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar jasadlarini topshirdi va 41 nafar Rossiya askarining jasadini qabul qilib oldi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇰🇷🇮🇷 Janubiy Koreya Hormuz bo‘g‘ozi masalasida Eronga maxsus elchi yuboradi

Janubiy Koreya TIVning yuqori martabali diplomati Chon Byon Ha yaqin orada maxsus vakil sifatida Eronga jo‘nab ketishini ma’lum qildi.

Tashrifdan asosiy maqsad — o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash va Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan o‘rnatgan nazorati masalasini muhokama qilishdir.

Vazirlikning juma kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Chon Byon Ha barcha kemalar, jumladan, Janubiy Koreya kemalari uchun ham bo‘g‘oz orqali erkin harakatlanish huquqini himoya qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Eron tomoni Seulning maxsus vakil yuborish tashabbusini ijobiy kutib olgan edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 Eron oliy rahbari maslahatchisi Kamol Horroziy Tehronga uyushtirilgan hujum natijasida olgan jarohatlaridan vafot etdi — Eron davlat televideniyesi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇬🇧🇷🇺🇺🇸 Energiya narxlari Putin yoki Trampning harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolganidan to‘ydik – Kir Starmer

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ITV News telekanaliga bergan intervyusida energiya narxlarining beqarorligidan qattiq noroziligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, butun mamlakat bo‘ylab oilalar va korxonalar dunyoning qaysidir nuqtasida Putin yoki Tramp tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tufayli kommunal to‘lovlarning doimiy sakrashidan charchagan.

The Guardian nashrida e’lon qilingan maqolasida Starmer Yaqin Sharqdagi urush fonida Britaniya o‘z energetika sohasiga faol sarmoya kiritayotganini yozgan. Uning fikricha, bu “gaz narxlarini manipulyatsiya qilayotgan tiranlarga qaramlikdan qutulishning” yagona yo‘lidir.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, shuningdek, joriy yilning 28 fevralida boshlangan AQSh va Isroilning Eron bilan urushi energiya bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan edi. Biroq, 8 aprelga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh imzolanganidan so‘ng, xomashyo narxlari yana keskin pasaydi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

Og‘irligi 31,1 gramm bo‘lgan tangalar ikki xil dizaynda taqdim etilgan. Ular 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
📈 O‘zbekiston ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqadi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, Milliy investitsiya fondi aksiyalarni bir vaqtning o‘zida ikki maydonda — London Stock Exchange hamda Toshkent Republican Stock Exchange’da joylashtiradi.

Qayd etilishicha, bu qadam O‘zbekistonning global moliyaviy bozorlarga ochiqligi va shaffoflikka tayyorligini namoyish etadi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸 Tramp dam olish kunlari UFC turniriga tashrif buyuradi

Unda chexiyalik Irji Proxazka va yangi zelandiyalik Karlos Ulberg o‘rtasida yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir shanba kuni Mayami shahrida tashkil etiladi. Yakshanba kuni esa Amerika rahbari Vashingtonga qaytishi kutilmoqda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 🇺🇸 🇮🇱 Eron AQSh va Isroildan mamlakatga yetkazilgan zarar uchun reparatsiya talab qiladi

Bu haqda Oliy rahbar Mojtaba Xomanaiy ma'lum qildi.

“Biz mamlakatimizga hujum qilgan jinoyatchi tajovuzkorlarni tinch qo‘ymaymiz. Biz yetkazilgan har bir zarar uchun kompensatsiya va bu urushdagi shahidlar va yaradorlar uchun xun talab qilamiz”, deyiladi uning murojaatida.


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇿 Xorazmda “Etnomadaniyat forumi – Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati va san’ati festivali” bo‘lib o‘tadi

Forum 25–30 aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladigan III Xalqaro “Lazgi” raqs festivali doirasida tashkil etiladi.

Uning tashkiliy qismini muhokama qilish uchun Madaniyat vazirligida “Markaziy Osiyo + Rossiya” formatidagi ilk videokonferensaloqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga ko‘ra, ayni festivalda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan keladigan soha mutaxassislari ishtirok etishadi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷 NYT: Jey Di Vens Trampni Eron bilan urushdan qaytarishga uringan asosiy shaxs bo‘ldi

“Trampning yaqin atrofidagi hech kim Eron bilan urushni to‘xtatish uchun vitse-prezident Venschalik harakat qilmagan”, — deb yozadi The New York Times nashri o‘z maqolasida.

AQSh vitse-prezidenti o‘z siyosiy faoliyatini bunday harbiy sarguzashtlarga qarshi chiqish asosida qurgan. U Eron bilan urushni resurslarning behuda sarfi va rejimni almashtirishga bo‘lgan urinishni halokatli deb hisoblagan.

Vens Trampni Eronga qarshi urush mintaqaviy tartibsizlik va ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan. Shuningdek, bu qaror “yangi urushlar bo‘lmaydi” degan va’daga ishongan saylovchilar uchun xiyonat bo‘lishini ta’kidlagan.

Vitse-prezident sifatida u Qo‘shma Shtatlardagi o‘q-dorilar taqchilligini yaxshi bilardi va bu urush Vashingtonni yillar davomida zaiflashtirishidan xavotirlangan. Uning fikricha, Eronning javob qaytarishini prognoz qilib bo‘lmaydi va urushdan keyin tinch Eronni qurish imkonsiz. Eng katta xavf esa — Hirmuz bo‘g‘ozining yopilishi bo‘lib, bu AQShda benzin narxini keskin ko‘tarib yuborishi mumkin edi.

Shuningdek, jurnalist Taker Karlson ham Trampni bu yo‘ldan qaytarishga uringan. U bir yil davomida Trampni Eron bilan urush uning prezidentligini barbod qilishidan ogohlantirib kelgan. Urushdan oldingi suhbatda Tramp Karlsonni tinchlantirib: “Xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan. Karlson buni qayerdan bilishini so‘raganda, Tramp: “Chunki doim shunday bo‘ladi”, deb javob qaytargan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸 Politico: Tramp va NATO rahbari uchrashuvi janjal bilan yakunlandi

Yevropalik mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, yopiq eshiklar ortidagi suhbat tez fursatda keskinlashgan: Tramp ittifoqchilarini ayovsiz tanqid qilib, Yevropa davlatlarining Eronga qarshi urushda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azablangan.

“Hammasi rasvo bo‘ldi. Suhbat haqoratlardan boshqa narsa emas edi. Tramp ochiqchasiga har qanday chorani qo‘llash bilan tahdid qildi”, — dedi ta’kidladiki, manbalardan biri.

Tramp ittifoqchilarga nisbatan choralarga shama qilgan. Ishtirokchilar u Yevropadan aniq qadamlar, jumladan, Hirmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ko‘mak kutmoqda, degan xulosaga kelishgan. Oq uy esa buni rad etib, prezident NATO’dan hech narsa so‘ramaganini bildirdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQSh Eron bilan urushni tanqid qilgan davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷 Xabarlarga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi vakillari Uitkoff va Kushner muzokaralar o‘tkazish uchun Islomobodga yetib keldi.

Eron davlat ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, hozirgacha hech qanday Eron delegatsiyasi Pokistonga uchib ketmagan. Tehron Isroil Livandagi barcha zarbalar va operatsiyalarini to‘xtatmaguncha muzokaralar olib bormasligini bildirmoqda.

Muzokaralarning birinchi raundi bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoy raisi Tayvan muxolifati rahbari bilan uchrashdi

“Ikki partiyamiz rahbarlari umumiy vatanimizdagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, bo‘g‘ozlararo munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishiga ko‘maklashish hamda kelajak avlodlarning yorqin va go‘zal kelajakdan bahramand bo‘lishiga imkon yaratish maqsadida uchrashmoqda”, dedi Si Tszinping bugun Kuomintang muxolifat partiyasi rahbari Cheng Li-vun bilan uchrashuvda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇪🇺 Yevropada 8-10 kunlik aviatsiya yoqilg‘isi qoldi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇨🇳🇰🇵 Xitoy TIV rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvda hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi

Xitoy Shimoliy Koreya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun aloqalar va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga tayyor.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I juma kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Xitoyning “Sinxua” davlat agentligi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇦🇮🇷 Zelenskiy: Ukraina harbiylari Yaqin Sharqda Eron dronlarini urib tushirdi

Ukraina Prezidenti mamlakat harbiy bo‘linmalari Yaqin Sharqda mintaqaviy havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish doirasida Eronning “Shahed” dronlarini muvaffaqiyatli yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu shunchaki o‘quv mashg‘ulotlari emas, balki Ukrainada ishlab chiqarilgan va jangovar sinovdan o‘tgan dron yordamida bir nechta davlat hududida amalga oshirilgan real operatsiyalardir.

Volodimir Zelenskiy Ukraina o‘z tajribasi bilan boshqa mamlakatlarga zamonaviy mudofaa tizimlarini qanday samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatib berganini va bu harakatlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda muhim muvaffaqiyat ekanini qo‘shimcha qildi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 Eron kemalardan bojlarni nega kriptovalyutada olmoqda?

“Eron sanktsiyalar tufayli yig‘ib olingan mablag‘larni kuzatib borish yoki musodara qilishni istisno qilish maqsadida neft tankerlaridan olinadigan bojlarni kriptovalyutada yig‘ishni xohlaydi. Bungacha Eronning $7,8 mlrd. lik kripto iqtisodiyoti yanada o‘sadi”, — deb yozmoqda Wall Street Journal.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇹🇷🇺🇬 Muhoozi Kainerugaba, Uganda harbiy qo‘mondoni:

"Agar Turkiya bizning muammolarimizni hal qilmasa, keyingi 30 kun ichida ular bilan BARCHA diplomatik munosabatlarni tugatamiz!"

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat