Young Politic 🇺🇿
94 subscribers
7.82K photos
3.62K videos
21 files
1.05K links
Raxmonaliyev Sodiqjon
•International_Relations_faculty
Future Politic

Ijtimoiy tarmoq:www.Instagram.com//raxmonaliyev_blogs
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро шаҳрига жўнаб кетди

11 апрель куни Қозоғистон Республикаси Президенти Қосим-Жомарт Тоқаев амалий ташриф билан Ўзбекистонга келади.

Ташриф доирасида Бухорода олий даражадаги музокаралар бўлиб ўтади. Унда Ўзбекистон – Қозоғистон дўстлик, стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада ривожлантириш масалалари кўриб чиқилади. Сиёсий мулоқотни, парламентлараро, ҳукуматлараро ва ҳудудлараро алоқаларни мустаҳкамлашга алоҳида эътибор қаратилади.

Шунингдек, етакчилар товар айирбошлаш ҳажмини ошириш, саноат кооперациясини чуқурлаштириш, транспорт, энергетика, сув ва экология соҳаларида қўшма лойиҳа ва дастурларни илгари суриш ҳамда маданий-гуманитар алмашинувни фаоллаштириш масалаларини муҳокама қиладилар.

Халқаро ва минтақавий кун тартибидаги масалалар юзасидан ҳам фикр алмашилади.

Биргаликда тарихий обидаларни зиёрат қилиш, саноат корхоналари фаолияти ва маҳсулотлар кўргазмаси билан танишиш режалаштирилган.

Бугун эса давлат раҳбари Бухоро вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича амалга оширилаётган ишлар ва истиқболли лойиҳалар билан танишади.

@pressuzb
🇮🇱🇱🇧 Isroil bosh vaziri Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi

Binyamin Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar “eng qisqa vaqt ichida” boshlanadi.

“Livanning Isroil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlash haqidagi takroriy so‘rovlarini inobatga olib, vazirlar mahkamasiga Bayrut bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni imkon qadar tezroq boshlash vazifasini topshirdim”, — deyiladi Isroil bosh vaziri bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar “Hizbulloh”ni qurolsizlantirish hamda Isroil va Livan o‘rtasida tinchlik munosabatlarini o‘rnatishga qaratiladi.

Axios jurnalisti Barak Ravidning isroillik amaldorlar so‘zlariga tayanib xabar berishicha, muzokaralar boshlanishi Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni anglatmaydi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇮🇷 Eronda yashirin qo'poruvchi guruhlar va qurol-aslaha omborlari aniqlandi

Eron maxsus kuchlari tomonidan besh viloyatida 19 nafar qo'poruvchilar hibsga olindi. Terrorchilar yonidan "Starlink" internet qurilmalari, G'arb davlatlarida ishlab chiqilgan o'qotar qurollar topilgan.

Siston va Balujiston viloyatidagi chegaralar bo'ylab bir nechta yirik qurol-yaroq omborlari aniqlandi. Ulardan 133 ta engil va o'rta qurol, jumladan, RPG-7, SVD snayper miltig'i, M16 va Kalashnikov avtomatlari va turli rusumdagi 119 ta to'pponcha, ko'p miqdordagi o'q-dorilar, ko'z yoshlantiruvchi gaz va elektroshokerlar musodara qilindi, deyiladi xabarda.

Oldinroq AQSh prezidenti va rasmiylari "Eron muxolifatini darhol qurollantirish zarurligini" aytishgan edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷🇺🇸🇮🇱 Eron oliy rahbari Mujtabo Xomaiyniy mamlakatga yetkazilgan zarar uchun AQSh va Isroildan tovon to‘lashni talab qilishini ma’lum qildi

Bu haqda uning sobiq oyatulloh Ali Xomaiyniy halok bo‘lganining 40 kunligi munosabati bilan yo‘llangan yozma murojaatida aytilgan. Murojaat matnini Fars axborot agentligi e’lon qildi.

Mujtabo Xomaiyniyning murojaatidan asosiy iqtiboslar:

◾️ Qahramon Eron xalqi ushbu hal qiluvchi urushda g‘olibga aylandi;

◾️ Bugungi kunda Eron buyuk davlatga aylanish ostonasida turibdi;

◾️ Mamlakatimizga hujum qilgan jinoiy tajovuzkorlarni jazosiz qoldirmaymiz;

◾️ Qo‘shnilarimiz to‘g‘ri pozitsiyani egallashi lozim. Ular shaytonlarning yolg‘on va’dalariga shubha bilan qarashi kerak;

◾️ Biz Hоrmuz bo‘g‘ozini boshqarishning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz.


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇦 Ukrainaning NATO’ga a’zo bo‘lish masalasi qisqa muddatda hal qilinishi mumkin deb o‘ylamayman — alyans bosh kotibi

“Bir qator mamlakatlar, jumladan Germaniya, Slovakiya, Vengriya va Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning NATO’ga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Mark Rutte.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇫🇷🇮🇷 Eronning zarbalari natijasida Yaqin Sharqda kamida 104 frantsuz askari halok bo‘ldi, ammo rasmiylar bu yo‘qotishlarni yashirmoqda — Le Point


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺🇺🇦 Rossiya Ukrainaga 1000 nafar halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar jasadlarini topshirdi va 41 nafar Rossiya askarining jasadini qabul qilib oldi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇰🇷🇮🇷 Janubiy Koreya Hormuz bo‘g‘ozi masalasida Eronga maxsus elchi yuboradi

Janubiy Koreya TIVning yuqori martabali diplomati Chon Byon Ha yaqin orada maxsus vakil sifatida Eronga jo‘nab ketishini ma’lum qildi.

Tashrifdan asosiy maqsad — o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash va Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan o‘rnatgan nazorati masalasini muhokama qilishdir.

Vazirlikning juma kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Chon Byon Ha barcha kemalar, jumladan, Janubiy Koreya kemalari uchun ham bo‘g‘oz orqali erkin harakatlanish huquqini himoya qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Eron tomoni Seulning maxsus vakil yuborish tashabbusini ijobiy kutib olgan edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 Eron oliy rahbari maslahatchisi Kamol Horroziy Tehronga uyushtirilgan hujum natijasida olgan jarohatlaridan vafot etdi — Eron davlat televideniyesi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇬🇧🇷🇺🇺🇸 Energiya narxlari Putin yoki Trampning harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolganidan to‘ydik – Kir Starmer

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ITV News telekanaliga bergan intervyusida energiya narxlarining beqarorligidan qattiq noroziligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, butun mamlakat bo‘ylab oilalar va korxonalar dunyoning qaysidir nuqtasida Putin yoki Tramp tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tufayli kommunal to‘lovlarning doimiy sakrashidan charchagan.

The Guardian nashrida e’lon qilingan maqolasida Starmer Yaqin Sharqdagi urush fonida Britaniya o‘z energetika sohasiga faol sarmoya kiritayotganini yozgan. Uning fikricha, bu “gaz narxlarini manipulyatsiya qilayotgan tiranlarga qaramlikdan qutulishning” yagona yo‘lidir.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, shuningdek, joriy yilning 28 fevralida boshlangan AQSh va Isroilning Eron bilan urushi energiya bozorida narxlarning keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan edi. Biroq, 8 aprelga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida ikki haftalik sulh imzolanganidan so‘ng, xomashyo narxlari yana keskin pasaydi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi

Og‘irligi 31,1 gramm bo‘lgan tangalar ikki xil dizaynda taqdim etilgan. Ular 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
📈 O‘zbekiston ilk bor jahon aksiyalar bozoriga chiqadi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, Milliy investitsiya fondi aksiyalarni bir vaqtning o‘zida ikki maydonda — London Stock Exchange hamda Toshkent Republican Stock Exchange’da joylashtiradi.

Qayd etilishicha, bu qadam O‘zbekistonning global moliyaviy bozorlarga ochiqligi va shaffoflikka tayyorligini namoyish etadi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸 Tramp dam olish kunlari UFC turniriga tashrif buyuradi

Unda chexiyalik Irji Proxazka va yangi zelandiyalik Karlos Ulberg o‘rtasida yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir shanba kuni Mayami shahrida tashkil etiladi. Yakshanba kuni esa Amerika rahbari Vashingtonga qaytishi kutilmoqda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇮🇷 🇺🇸 🇮🇱 Eron AQSh va Isroildan mamlakatga yetkazilgan zarar uchun reparatsiya talab qiladi

Bu haqda Oliy rahbar Mojtaba Xomanaiy ma'lum qildi.

“Biz mamlakatimizga hujum qilgan jinoyatchi tajovuzkorlarni tinch qo‘ymaymiz. Biz yetkazilgan har bir zarar uchun kompensatsiya va bu urushdagi shahidlar va yaradorlar uchun xun talab qilamiz”, deyiladi uning murojaatida.


Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇿 Xorazmda “Etnomadaniyat forumi – Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari madaniyati va san’ati festivali” bo‘lib o‘tadi

Forum 25–30 aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkaziladigan III Xalqaro “Lazgi” raqs festivali doirasida tashkil etiladi.

Uning tashkiliy qismini muhokama qilish uchun Madaniyat vazirligida “Markaziy Osiyo + Rossiya” formatidagi ilk videokonferensaloqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga ko‘ra, ayni festivalda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan keladigan soha mutaxassislari ishtirok etishadi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷 NYT: Jey Di Vens Trampni Eron bilan urushdan qaytarishga uringan asosiy shaxs bo‘ldi

“Trampning yaqin atrofidagi hech kim Eron bilan urushni to‘xtatish uchun vitse-prezident Venschalik harakat qilmagan”, — deb yozadi The New York Times nashri o‘z maqolasida.

AQSh vitse-prezidenti o‘z siyosiy faoliyatini bunday harbiy sarguzashtlarga qarshi chiqish asosida qurgan. U Eron bilan urushni resurslarning behuda sarfi va rejimni almashtirishga bo‘lgan urinishni halokatli deb hisoblagan.

Vens Trampni Eronga qarshi urush mintaqaviy tartibsizlik va ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirgan. Shuningdek, bu qaror “yangi urushlar bo‘lmaydi” degan va’daga ishongan saylovchilar uchun xiyonat bo‘lishini ta’kidlagan.

Vitse-prezident sifatida u Qo‘shma Shtatlardagi o‘q-dorilar taqchilligini yaxshi bilardi va bu urush Vashingtonni yillar davomida zaiflashtirishidan xavotirlangan. Uning fikricha, Eronning javob qaytarishini prognoz qilib bo‘lmaydi va urushdan keyin tinch Eronni qurish imkonsiz. Eng katta xavf esa — Hirmuz bo‘g‘ozining yopilishi bo‘lib, bu AQShda benzin narxini keskin ko‘tarib yuborishi mumkin edi.

Shuningdek, jurnalist Taker Karlson ham Trampni bu yo‘ldan qaytarishga uringan. U bir yil davomida Trampni Eron bilan urush uning prezidentligini barbod qilishidan ogohlantirib kelgan. Urushdan oldingi suhbatda Tramp Karlsonni tinchlantirib: “Xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan. Karlson buni qayerdan bilishini so‘raganda, Tramp: “Chunki doim shunday bo‘ladi”, deb javob qaytargan.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸 Politico: Tramp va NATO rahbari uchrashuvi janjal bilan yakunlandi

Yevropalik mulozimlarning so‘zlariga ko‘ra, yopiq eshiklar ortidagi suhbat tez fursatda keskinlashgan: Tramp ittifoqchilarini ayovsiz tanqid qilib, Yevropa davlatlarining Eronga qarshi urushda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlamaganidan g‘azablangan.

“Hammasi rasvo bo‘ldi. Suhbat haqoratlardan boshqa narsa emas edi. Tramp ochiqchasiga har qanday chorani qo‘llash bilan tahdid qildi”, — dedi ta’kidladiki, manbalardan biri.

Tramp ittifoqchilarga nisbatan choralarga shama qilgan. Ishtirokchilar u Yevropadan aniq qadamlar, jumladan, Hirmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ko‘mak kutmoqda, degan xulosaga kelishgan. Oq uy esa buni rad etib, prezident NATO’dan hech narsa so‘ramaganini bildirdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari AQSh Eron bilan urushni tanqid qilgan davlatlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇺🇸🇮🇷 Xabarlarga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi vakillari Uitkoff va Kushner muzokaralar o‘tkazish uchun Islomobodga yetib keldi.

Eron davlat ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, hozirgacha hech qanday Eron delegatsiyasi Pokistonga uchib ketmagan. Tehron Isroil Livandagi barcha zarbalar va operatsiyalarini to‘xtatmaguncha muzokaralar olib bormasligini bildirmoqda.

Muzokaralarning birinchi raundi bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 Xitoy raisi Tayvan muxolifati rahbari bilan uchrashdi

“Ikki partiyamiz rahbarlari umumiy vatanimizdagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, bo‘g‘ozlararo munosabatlarning tinch yo‘l bilan rivojlanishiga ko‘maklashish hamda kelajak avlodlarning yorqin va go‘zal kelajakdan bahramand bo‘lishiga imkon yaratish maqsadida uchrashmoqda”, dedi Si Tszinping bugun Kuomintang muxolifat partiyasi rahbari Cheng Li-vun bilan uchrashuvda.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat
🇪🇺 Yevropada 8-10 kunlik aviatsiya yoqilg‘isi qoldi.

Lotin:
@Jahon_Geosiyosati
Кирил:
@Dunyo_Geosiyosati
Chat:
@Dunyo_geosiyosati_Chat