TERMIZ VATANPARVARLARI
1.48K subscribers
16.5K photos
4.33K videos
6 files
7.6K links
Download Telegram
Termiz davlat universitetida talabalar ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmning jamiyat hayotidagi xavfi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🗣 Davra suhbati davomida ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, yoshlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri hamda ushbu illatlarga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida fikr almashildi.

👨‍🏫 Mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

🎬 Shuningdek, tadbir doirasida “Mehr operatsiyasi”ga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Film orqali ekstremizm yo‘liga kirib qolgan fuqarolarni jamiyatga qaytarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi hayotga moslashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoritildi.

Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.me/RMMMTSH
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarni ilmli qilish eng muhim maqsadimizga aylanishi lozim. Ayniqsa, qizlarimizni o‘qitaylik, ularga imkon, sharoit yaratib beraylik. Boisi ular millat tarbiyachilari, kelajak ular qo‘lida voyaga yetadi.

#yangiruhiyat #birdamjamiyat #Uzb35 #Mustaqillik35
#hududlarda
#marom_meyor

Joriy yilning 18-may kuni Termiz davlat universitetida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Seminar-trening 3 ta auditoriyada guruhlar kesimida tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo‘limi rahbari Rahmatullayeva Nargiza Abdurahmonovna hamda professor G‘afforova Mavluda Qurbonboyevna ma’naviy muhitni mustahkamlash, marosimlarda me’yorni saqlash, yoshlar ongida tejamkorlik va mas’uliyatni kuchaytirish borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Seminar davomida isrofgarchilikning oldini olish, oilaviy marosimlarni ixcham va tartibli tashkil etish yuzasidan fikr almashilib, “Maromiylikni targ‘ib etuvchi” videoroligi namoyish etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/Janub_javohiri
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌺 XAYRLI TONG!

🌸 Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak bo‘lsin!

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/Janub_javohiri
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
#yangiruhiyat
#iqtibos

🔹To‘g‘rilik, halollik, tirishqoqlik, umidvorlik, tejamkorlik, mehnatsevarlik, shaxsiy ibrat – aynan mana shu yetti hislatga amal qilish – tarbiya samaradorligining tamal toshi hisoblanadi.

✍️ Abu Ali ibn Sino

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/Janub_javohiri
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat
#milliy_libos

Surxondaryo ayollarining rang-barang kiyimlari, erkaklarning milliy choponlari va do‘ppilari azaldan xalqimizning o‘ziga xos urf-odatlari hamda milliy g‘ururining timsoli bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham ushbu milliy liboslar turli bayram va tadbirlarda vohaning betakror madaniyatini namoyon etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.me/Janub_javohiri
#Jarayon

#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Termiz_shahar_boʻlinmasi

Termiz shahridagi “A.Jomiy” mahalla fuqoralar yig‘inida joylashgan shahardagi 9-son tergov hibisxonasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan maʼnaviy– maʼrifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib otdi.

9-son tergov hibisxonasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Unda so‘zga olganlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, teng huquqiylik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida fikr va mulohazalarni bildirib o‘tdilar.

Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.me/RMMMTSH
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
Gʻalaba bogʻi qachon tashkil etilgan?
Anonymous Quiz
21%
A) 2022-yil 5-may
58%
B) 2020-yil 9-may
20%
C) 2021-yil 31-aprel
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
“Chig‘atoy gurungi” tashkilotini tuzgan jadid namoyondasini toping.
Anonymous Quiz
38%
A) Abdurauf Fitrat
16%
B) Abdulla Qodiriy
46%
C) Abdulhamid Cho'lpon
Forwarded from JANUB JAVOHIRI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammamiz farzandlarimiz uchun ishlaymiz, ular haqida qayg‘uramiz! Kelajaklariga poydevor qurishga urunamiz. Lekin eng muhimini mehr va e’tiborni tez-tez unutib qo‘yamiz!

Ha, qattiq mehnat qilib, ularning kelajagi uchun moddiy ta’minotni yarata olamiz, ammo mehrsiz, sof tuyg‘ularsiz, birga vaqt o‘tkazmay turib ularni chinakam baxtli qila olmaymiz!

#yangiruhiyat #inson