QR SSP Business News
933 subscribers
5.99K photos
810 videos
41 files
2.83K links
Өзбекстан Саўда-санаат Палатасының Қарақалпақстан Республикасы басқармасы.

Мүрәжәәт ушын телефонлар;

☎️ +998(61) 222-15-02
☎️ +998(61) 222-05-95
☎️ +998(61) 222-00-58
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi.

– Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur,

– dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi.

Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi.

Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.

– Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.

– Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda.


Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor!

– dedi davlatimiz rahbari yakunda.

Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:
 
📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;

📌Yangi tadbirkorlar uchun Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;
 
📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;
 
📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;
 
📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
 
📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;
 
📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
 
📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;
 
📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;
 
📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi;

📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi;

📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Главное из заявлений Президента Шавката Мирзиёева на VI открытом диалоге с предпринимателями:
 
📌За пять лет выделенный бизнесу кредитный портфель увеличился почти в три раза и достиг 450 триллионов сумов. Предприниматели воспользовались налоговыми и таможенными льготами на сумму 650 триллионов сумов;
 
📌Для начинающих предпринимателей будут внедрена программа «Бизнес-старт», для запустивших производство – «Бизнес-лифт», а для переходящих на новый этап роста – «Бизнес-восхождение»;
 
📌При покупке государственного актива аванс будет снижен с 30 до 15 процентов. Полностью погасившим стоимость в течение шести месяцев предоставят скидку в размере 25 процентов;
 
📌Подключенным к системам АСКУЭ и АСКУГ, не нарушающим платежную дисциплину предприятиям первоначальный взнос за энергию составит 15 процентов;
 
📌Будет налажена система «навигатор экспорта», оказывающая комплексные услуги на всех этапах выхода на внешние рынки;

📌Вывод экономики из «тени» должен осуществляться не посредством проверок, а путем оказания предпринимателям поддержки, обучения их принципам добросовестной деятельности;
 
📌В сфере малого бизнеса будет введён мораторий сроком на три года на любые проверки, не связанные с угрозой здоровью людей или нарушением интересов других предпринимателей;
 
📌Размеры всех видов штрафов в среднем будут снижены в два раза;
 
📌Со следующего года в спорах между предпринимателями и государством будет введен принцип «Презумпции правоты предпринимателя»;
 
📌50 процентов государственных услуг в сфере предпринимательской деятельностью будут переведены на принцип «молчание – знак согласия»;

📌Скоро будут отменены лицензии и разрешения по более 30 видам деятельности, а сроки выдачи 35 разрешений сократятся в 2–3 раза. Еще 10 разрешений будут переведены на уведомительный порядок.
 
📌Мы должны сохранять высокие темпы экономического роста для дальнейшего улучшения жизни нашего населения.

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел в городе Хиве открытый диалог с предпринимателями.

#Mirziyoyev #muloqot #tadbirkorlar #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X