“Biznesni rivojlantirish banki” ATB
3.59K subscribers
2.83K photos
368 videos
1 file
1.85K links
Bankning yangi rasmiy telegram kanal ushbu havolada: https://t.me/brb_uzb
Download Telegram
❗️Moliyaviy ijaraning bir turi sifatida lizing!

💰 Lizing — bu biznesga sarmoya qilishning qulay shakllaridan biri. Lizing yo‘li bilan yangi biznesni ochish yoki mavjud biznesni kengaytirish uchun korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'char va ko'chmas mulklarni bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

💁‍♂️ Qanday shakllari mavjud?

👉 Lizing uning uchta sub’ekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

💁‍♀️ Subyektlari kimlar?

👉 Lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchi.

Lizing shartnomasiga asosan lizing beruvchi sotuvchidan o'z hisobiga lizing obyektini sotib oladi va lizing oluvchiga lizingga (moliyaviy ijaraga) beradi.

🌐 Batafsil

#Moliyaviy_savodxonlik

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
🏦 ATB “Qishloq qurilish bank” Bosh kelishuv imzoladi

📑 O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi va ATB “Qishloq qurilish bank” o‘rtasida Bosh kelishuv imzolandi.

📈 Mazkur kelishuvning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida, yurtimiz aholisiga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish uchun iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bank axborot xizmati

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi va ATB “Qishloq qurilish bank” o‘rtasida Bosh kelishuv imzolash jarayonidan videolavha

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
🏦 ATB “Qishloq qurilish bank” jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 ATB “Qishloq qurilish bank”da “Yosh saylovchi” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

📚 Unda Toshkent davlat yuridik universiteti professori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi F.Muxiddinova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

🎤 Ma’ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining mamlakat istiqbolida tutgan muhim o‘rni va ahamiyati, unda saylovchi bilishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar, saylovchilar faolligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

▫️Yosh mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
🏦 ATB “Qishloq qurilish bank”dan mobil bank – QUANT mobil ilovasi

📲 QUANT mobil ilovasini yuklab oling va pulingizni uyda turgan holda boshqaring!

❗️Unutmang! Qaysi bank mijozi boʻlishingizdan qatʼiy nazar, QUANT Siz uchun juda zarur. Ilovani tezroq yuklab oling va moliyaviy operatsiyalarni muammosiz bajaring🔻🔻🔻

📲 Android 📲 iOS

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
#kun_hikmati

✏️ Agar siz mukammallikni qidirsangiz, hech qachon baxtli bo‘lmaysiz.

©️Lev TOLSTOY

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 “Butunjahon jamgʼarish kuni” (World Savings Day 2021) doirasida АTB “Qishloq qurilish bank” tomonidan umumtaʼlim maktablarida turli tadbirlar, ochiq darslar oʼtkazilmoqda.

Bankning Yakkabogʼ filiali tomonidan 8 ta maktabda bu kabi tadbirlar tashkil etildi.

▪️Xususan, tumanning “Madaniyat” QFYda joylashgan №12-umumtaʼlim maktabi, “Qorasuv” QFYdagi №40-umumtaʼlim maktabi hamda filial tomonidan tashkil etilgan “Loyihalar fabrikasi” oʼquv markazida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi mashgʼulotlar tashkil etildi.

▪️Shuningdek, filial tomonidan oʼziga biriktirilgan maktab oʼqituvchilari oʼrtasida “Bank omonatlari yordamida jamgʼarmalarni shakllantirish” mavzusida “Moliyaviy savodxonlik boʼyicha eng yaxshi dars” tanlovi ham eʼlon qilingan.

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
💳 Endi Visa kartalari barcha UZCARD terminallari va ATMlarida xizmat qiladi

🏦 Endilikda Siz ATB “Qishloq qurilish bank”ning UZCARD terminallari orqali Visa kartangiz bilan mahalliy xaridlarni ham amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, UZCARD Visa kartani komissiyasiz qabul qiladi.

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
🚘 Visa kartangiz bilan UZCARD terminallarida to‘lovlarni amalga oshiring va avtomobil g’olibiga aylaning!

💳 Aksiyada qatnashish uchun Visa kartasi bilan UZCARD terminali orqali 10 ming so‘mdan ortiq xaridni amalga oshirishingiz kifoya.

❗️❗️❗️Unutmang, qancha ko‘p xarid qilsangiz, yutish imkoniyati shuncha ko'p bo'ladi!

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
📄 Hamkorlik bitimi imzolandi

🏦 ATB “Qishloq qurilish bank”
va Belarus Respublikasining “Belagroprombank” OAJ o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.

Mazkur kelishuv imzolanishi istiqbolda turli yo‘nalishlar bo‘yicha banklararo moliyaviy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, bir qator manfaatli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatini beradi.

📈 Bitim doirasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, mijozlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishda samarali va ishonchli xizmatlarni birgalikda joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube
🏦 ATB “Qishloq qurilish bank” delegatsiyasi “MASHREQ” banki vakillari bilan uchrashdi

📄 АTB “Qishloq qurilish bank”
delegatsiyasi Birlashgan Аrab Аmirligiga qilgan safari davomida mazkur mamlakatning yirik banklaridan biri – “MASHREQ” banki rahbariyati bilan uchrashdi.

▪️ Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.

❗️“MASHREQ” banki vakillari АTB “Qishloq qurilish bank” faoliyatiga qiziqishni qayd etib, kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida banklar o‘rtasida moliyaviy hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuv bitimi imzolashga kelishib olindi.

📞 +998 78 150 00 55 ☎️ 1254

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | Youtube