Python
21 subscribers
41 photos
2 videos
13 files
47 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
iScanner — mahsulotlarni endi qo'lda sanamaymiz 😉

Odatda iScanner har qanday hujjatlarni, kitoblarni, ID-kartalarni, pasport ma'lumotlarini skanerlash va ularni qulay shaklga (.txt, .doc, pdf) aylantirishga yordam beradi edi.

Ammo, yaqinda ilovaga yangi rejim qo'shilgan - Count (sanash). Bu rejimda ilova deyarli har qanday ob'ektni sanashi mumkin: paypoq, g'isht va boshqa mahsulotlargacha.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Xitoy 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun TikTok analogidan foydalanishni taqiqladi

Barchamizning hayotimizga kirib ulgurgan TikTok ijtimoiy tarmog'iga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi, Xitoylik 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni ushbu platformadan foydalanishini taqiqladi.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Java dasturchilarga yuboramiz 🦦

https://t.me/Pythonnews1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Depositphotos — ro'yxatdan o'tmagan holda bepul orqa fonni kesib tashlang

Qizig'i shundaki, 2021 yilda orqa fonni kesib tashlaydigan ko'plab onlayn xizmatlar ishga tushdi. Lekin, ularning hammasi pullik yoki reklama orqali ishlaydi. "Depositphotos" da, unday emas foydalanish ham tekin, interface'da hech qanday reklamalarga ham duch kelmaysiz.

https://t.me/Pythonnews1
Litva hukumati Xiaomi smartfonlarini tashlab yuborishga chaqirdi

Gap shundaki, Litva Mudofaa vazirligi foydalanuvchilarga Xiaomi telefonlarini sotib olishdan saqlanishni va ulardagi telefonlarni tashlab yuborishni tavsiya qildi.

Rasmiylarning xabariga ko'ra, kompaniyaning flagman telefonlari xukumatning ba'zi qonunlariga va fuqorolik hayot tarziga qarshi ishlangani sabab qilib ko'rsatilgan.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Google kompaniyasi dasturchisi bo’lish

— Google kompaniyasi dunyodagi eng yirik ish beruvchi hisoblanib, ayniqsa dasturchilar bu yerda tom ma’noda yulduz sanaladilar va shunga mos taqdirlanadilar.

— Kompaniyada yillik maosh o’rtacha 70 ming AQSH dollaridan 90 minggacha bo’lgan bir paytda, Google dasturchilarga 118 ming va katta dasturchilarga o’rtacha 153 ming AQSH dollari miqdorida maosh to’lashga tayyor.

— Biroq Googleplex oilasiga kirish oson ish emas. Kompaniyaga yiliga 2.5 milliondan ortiq odam ish so’rab murojaat etsa, shundan 4000 nafarigagina Google oilasiga kirish nasib etadi.

— Birinchi navbatda ingliz tilini o'rganish maqsadga muvofiq. Chunki eng zo'r adabiyotlar, kurslar, dokumentatsiyalar ingliz tilida. Undan tashqari ingliz tilida rasmiy so'zlashuv, yozish ko'nikmalarini shakllantirish ishda juda muhim.

— Axborot texnologiyalari bo’yicha fundamental bilimlar. C++, Java, Python kabi obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillaridan birini chuqur o’rganing. Java Script, CSS, Ruby yoki HTML kabi dasturlash tillarini bilimingiz omboriga qo’shing.

✅ https://t.me/Pythonnews1
"Heppi bo'zdi Gugl!"

Google bugun, 27-sentyabrda 23 yoshini nishonlamoqda. Bu muhim voqeani nishonlash uchun qidiruv tizimi o'zining bosh sahifasida ajoyib doodle o'yinini chiqardi.

Google 1998-yil 4-sentyabrda tashkil etilgan. Kompaniya birinchi yetti yil davomida tug'ilgan kunini xuddi shu sanada nishonlagan. Ammo keyinroq bayramni 27 sentyabrga ko'chirishga qaror qilindi.

Nega deb so'rashingiz mumkin?

Sababi bu qidiruv tizimi indeksatsiya* qilayotgan sahifalarning rekord soni e'lon qilinganiga to'g'ri keldi.

23-yoshing bilan Google !

Izoh
: Indeksatsiya bu sahifalarni tekshirish tartibi!
👉 https://t.me/Pythonnews1
Elon Musk yana bir bor dunyoning eng boy odamlari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi

Uning boyligi Tesla aktsiyalarining o'sishi fonida birinchi marta 200 milliard dollardan oshdi.

Bezos 197 milliard dollarlik boylik bilan ikkinchi qatorga o'tdi. Kuchli uchlikni Louis Vuitton Moet egasi Hennessy Bernard Arno 175,2 milliard sarmoyasi bilan band qildi.

Ko'rinishidan, endi Elon eng boy odam maqomida uzoq vaqt qoladi. Axir Tesla tezlashib, butun dunyoni avtonom elektromobillar bilan to'ldirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

👉 @Pythonnews1
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

✅ Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

✅
@Pythonnews1
Dasturchi hayoti

Mendan nima qolar — besh-o'n qator kod,
Ikki sandiq disku, eski diskovod,
Sistemga o'tirgan chirkin viruslar,
Va bazasi eskirgan 32 «Nod».

Kompda o'tiribman, sezib turibman,
Netdan kelayotir viruslar toshib,
«CPU» kuchanadi, «RAM» ga yolvorib,
Titraydi, qaqshaydi nagruzka oshib.

Ko'chaga men yana chiqamanmi-a?
Ulfat-la choyxonada o'tirolmadim,
To'rtta dasturim bor «bug»larga to'la,
Chalasin hali ham bitirolmadim.

O'g'lim ekranga boq, ko'rgin ne savdo,
Bu ishlar tarixin «Notepad»ingda yoz,
Kimlarga yetmaydi boylik, mol-dunyo,
«Facebook»ing yig'ishtir, trafigim oz.

«Video-card» turibdi, xo'p qizigan, cho'g',
«Case» ning qopqog'in hecham yopmadim,
Gezargan «keybord»im, bitta «key»i yo'q
Bir paytlar yo'qolgan, hanuz topmadim.

Ekranga qarayman ko'zim qizarib,
Yotganda qo'l soat yuzga uribdi,
Qop-qora sochlarning bir chekkasidan
Bir tutam oq tola boqib turibdi.



✅ @Pythonnews1
Doktor bemorlarning ko'zlarini tekshirish uchun iPhone 13 Pro Max'dan foydalanadi

Oftalmolog Tommi Kornning aytishicha, u iPhone 13 Pro Max yordamida bemorlarning ko'zlarini davolaydi.

Kameraning yangi makro rejimi tufayli Korn juda kichik detallarni ko'rish uchun ko'zlarini juda batafsil suratga olishi mumkin. Masalan, iPhone 13 Pro Max transplantatsiyadan so'ng kornea qanday o'ralganligini kuzatishga yordam beradi.

😳 Nimalar bo'lmoqda olamda
@Pythonnews1
Facebook ishlamay qolganda Telegram har kuni 70 milliondan ortiq yangi foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazdi

Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma'lum qildi

👉 https://t.me/Pythonnews1
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas

👇👇👇
✅ https://t.me/Pythonnews1
Python birinchi o’ringa chiqib oldi.

TIOBE indeksiga ko’ra, Python dasturlash tili eng mashxur tilga aylandi. 20 yildan beri eng mashxur tillar sifatida C va Java birinchilikni bermas edi. Ana endi navbat Pythonga.

Manba: https://www.tiobe.com/tiobe-index/

P.S. bu degani Python hamma tillardan zo’r degani emas. Mashxurroq degani holos. Urishmanglar iltimos.

https://t.me/Pythonnews1
💻Turli sohalarda TOP dasturlash tillari!


🔹Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

🔹Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

🔹iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

🔹Kompyuter dasturlash
• C#
• C++
• Python

🔹Oʻyin yaratish
• Python
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

🔹Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++


🔹Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP


Yuqorida eng kõp qollaniladigan va qulay tillar berilgan

https://t.me/joinchat/C931ao_y6gRkOTEy
Yosh frilanser uchun 4 ta maslahat

Agar frilanserlik bilan shug’ullanish istasi bo’lsa va ishni nimadan boshlash kerak ekanligini bilmasangiz, quyidagi algoritm asosida harakat qiling.

1. O’z qiziqishingiz va potensial imkoniyatingizdan kelib chiqib yo’nalish tanlang (Dasturchilik, Dizayn, Kopirayting va b.)

2. Tanlagan yo’nalishingiz bo’yicha bilim oling va amaliyot qiling

3. Amaliyot davrida shaxsiy portfolio yarating

4. Bir qancha kreativ ishlarga boy portfolio yaratilganidan so’ng frilans platformalarida ro’yhatdan o’tib ish boshlang

👉https://t.me/Pythonnews1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi martta
print("Hello World") yozganingda 😅

https://t.me/Pythonnews1
#maqola
🖥 Dasturlashni oʻrganish uchun 10ta sabab💡
Har bir inson bir ishga kirishar ekan, uni oldinga intilishga undaydigan narsa boʻlishi kerak, dasturlashda ham shunday. Shu maqsadda sizlarga "Dasturlashni oʻrganishga 10ta sabab" mavzusidagi maqolani taqdim etamiz. Foydali boʻladi degan umiddamiz.

Quyida dasturlashni oʻrganishga oʻnta sabablar👇

1️⃣ Dasturlash insonga qanday fikrlashni oʻrgatadi.
Dasturlashni oʻrgangan har bir odamda fikrlash oʻsadi. Dasturlash sohasi mos kelmasa, boshqa sohada oʻzini sinab koʻrishi oson kechadi. Umuman har bir inson, dasturchi boʻlmasa ham, uning asoslarini oʻrganishi kerak✅

2️⃣ Dunyoda dasturchilarga ehtiyoj koʻp, dasturchilar esa ish topishda chegaralarga qarab oʻtirmaydi, istalgan joyda, imkoniyatlarga qarab ish topib olishi mumkin.

3️⃣ Dasturlashni oʻrganish, insonda muammolarga yechim topish qobiliyatini rivojlantiradi, bunday qobiliyatlar hayotda har bir inson uchun kerak.

4️⃣ Dasturchi boʻlish uchun hech qanday hujjat kerak boʻlmaydi, ish beruvchilar koʻproq qobiliyat, bilim va tajribaga e'tibor berishadi.

5️⃣Dasturchi ish qidirib yurishi yoki ish beruvchilarni kutib oʻtirishi shart emas. Mustaqil tarzda oʻzini ish bilan taʼminlashi mumkin.

6️⃣ Dunyodagi eng koʻp mablagʻ topadigan soha vakillari ichida dasturchilar ham bor. Dunyoning eng boy odamlari ham shu sohaga aloqador odamlar💰💰💰

7️⃣ Dasturlashni o'rganish uchun maʼlumotlar bazasi katta va internet orqali istalgan odam uni oʻrganishi mumkin📚

8️⃣ Oʻzingizga mos va qulay ish sharoitida ishlay olish imkoniyati. Dasturchilar dunyoning istalgan joyida turib ishlashi mumkin.

9️⃣ Barqaror rivojlanayotgan va ishonchli kasb egasi boʻlish. Dasturlash sohasi yildan-yilga rivojlanib bormoqda va asosiysi bu rivojlanish muntazam ravishda kuzatilmoqda.

🔟 Doimiy oʻsib borish imkoniyati.
Dasturchilar uchun doimiy oʻsib borish va yangi narsalarni oʻrganish ham imkoniyat ham majburiyat. Chunki bu soha har doim oʻsib borishni talab etadi.

Maqolaning foydasi tekkan boʻlsa, boshqalarga ham ulashing.
https://t.me/Pythonnews1
Frontend va Backend
Barchamiz bir marta bo'lsa ham ko'zimiz tushgan bir surat bor. Eslasangiz barchamiz Icebergni usti qismini ko'ramiz. O'sha Icebergning ustki qismini Frontendga, ostki qismini esa Backendga qiyoslashimiz mumkin. Sodda tilda aytganda IT loyihalarda foydalanuvchiga ko'rinadigan qism frontend, ortki barcha funksiyalar, arxitektura yoziladigan qism esa Backend deb yuritiladi.

https://t.me/Pythonnews1
O'rganish nisbatan oson va talab kundan kunga oshib borayotgan dasturlash tili haqida!🤓

— Ushbu dasturlash tili python dasturlash tili hisoblanadi.
💡Python bu - eng tez rivojlanayotgan dasturlash tillaridan biri.
Pythonning muvafaqiyat omillaridan biri sodda tuzilganligi va o’rganish osonligidadir.

— Python dasturchilari dasturlash sohasida eng yuqori ish haqqi to'lanadigan mutaxasislar sirasiga kiradi.
— AQSHda Python dasturchilarining o’rtacha ish haqqi 120.000$ atrofida.
— O’zbekistonda ham Python dasturchilariga talab katta.

P.s: Qaysi dasturlash tilini o'rganishni bilmasdan vaqtingizni o'tqizib yurgandan, hech ikkilanmasdan python dasturlash tilini o'rganishni boshlang!😉

https://t.me/Pythonnews1