Python
21 subscribers
41 photos
2 videos
13 files
47 links
Download Telegram
#Tarqating

Samsung va barcha Android telefonlari ustida xatolik yozuvlari chiqib qolmoqda


Buning sababi Google ilovasi ishlashida xatolik duch kelmoqda.

Buni qanday tuzatsa bo'ladi? Degan savolga javob

Muammoning yechimi:
- Yangilangan Google ilovasini o'chirish
Sozlamalar ➔ barcha ilovalar ➔ Google ➔ Yangilanishni o'chirib tashlang ➔ Ок.
Настройки ➔ Все приложения ➔ Google ➔ Удалить обновление ➔ Ok.

❗️Bu ma'lumotni barcha do'stlaringizga yuboring

👉 https://t.me/Pythonnews1
pip install orqali tashqi paketlarni yuklab olishda paket/modul nomini to'g'ri yozishga ahamiyat bering.

Sonatype axborot xavfsizligi kompaniyasining hisobotiga ko'ra, pip paketlar joylashgan PyPi.org sahifasida bir nechta cryptomining viruslar python moduli sifatida yashiringan.

Bu viruslar pythonning mashhur paketlarining nomiga juda o'xshash qilib (imloviy xato bilan) yozilgan. Masalan, matplotlib o'rniga matplatlib, yoki numpy o'rniga numpi va hokazo.

✅https://t.me/Pythonnews1
Dunyoning eng boy dasturchisi kimligini bilasizmi?

Bugungi zamonamizda, IT sohasiga bo'lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda va ularning orasida jahon bozorida oʻz o'rniga ega bo'la olgan dasturchilar talaygina.

Dunyoning eng boy dasturchisi Elon Musk hisoblanadi. U 2021-yilga kelib daromadining qiymati 158 milliard dollarni tashkil qiladi. Elon Musk 2 ta web-sahifani dasturiy taʼminotni X.com va Zip2'ni ishlab chiqadi, bu Elonga oʻzining muhandislik manfaatlari uchun (Tesla hamda SpaceX)ga asos solish uchun yetarlik bo'lgan mablagʻ taqdim etadi.

Xoʻsh, sizni bugungi kunda oʻz sohangizda lider boʻlishingiz uchun nima toʻsqinlik qilmoqda?

👉https://t.me/Pythonnews1
Bir kunda kompyuter qarshisida kamida 3 soatdan oshiq oʻtiradiganlar uchun tavsiya

Bugungi kunda, zamonaviy kasb egalari kompyuter qarshisida koʻp vaqtlarini sarflaydilar. Buni esa, inson uchun zararli taraflari bir qancha hisoblanadi.

Xoʻsh, buning yechimi qanday?

1. Har soatda qilayotgan ishingizdan 5 daqiqa tanaffus oling. Yaʼni, tashqariga chiqib havo alishtiring va sayr qiling. Ushbu holat sizning organizmingiz va belingiz uchun juda foydali hisoblanadi.

2. Ish jarayoningizning har 20 daqiqasida koʻzingiz uchun 1 daqiqa dam bering.

3. Bir kunda ikki mahal koʻzingiz uchun maxsus mashqlar bajarishni o'zingiz uchun odat qiling.

4. Ish stolingizda doimo sogʻlom mahsulotlar turishini ta'minlang va ularni ish mobaynida, qisqa tanaffuslaringizda isteʼmol qilishingiz kerakligi tavsiya etiladi.

5. Ish stolingizni toza tuting. Stolingizni tozaligi, sizning ishingizni sifatiga va kayfiyatingizga jiddiy taʼsir koʻrsata oladi.

Ushbu tavsiyalarni doʻstlaringizga joʻnatishga unutmang!

https://t.me/Pythonnews1
Nega muvaffaqiyatsizlikka uchragan studentlar boyib ketadi?

Hayotda ko'p guvohi bo'lganimiz kabi, maktab yoki universitetda aʼlo baholarga o'qigan insonlar har doim ham hayotda o'z yo'lni topib keta olishmaydi. Aksincha, u dargohlarda taʼlim olmasdan turib olamshumul loyihalarni amalga oshirgan insonlar oramizda yo'q emas.

Bu toifadagi insonlar:

- Universitetda oʻqish muvaffaqiyatga erishishning yagona yoʻli emasligini tushunib yetishadi.

- Ular Universitetdagi darsliklarni eslab qolishdan koʻra, oʻz qobiliyatlarini ustida ishlash muhimroq ekanligini bilishadi.

- Ular omma fikriga qarshi borishdan qoʻrqishmaydi.

- Bunday studentlar ustozlar va ota-onalarini oʻtmishda nima deyishganini eslab tahlil qila olishadi.

Xulosa qilish esa oʻzingizdan!

👉 https://t.me/Pythonnews1
Nima uchun ITni tanlash kerak?

🧐 Ushbu savolga juda ko‘p javob topish mumkin. Biz esa hayotiy va juda oddiy faktlar orqali savolning javobini aniqlashga urinib ko‘ramiz?
🤔 O‘ylab ko‘ring, odamzod paydo bo`lganiga necha yil bo‘lgan va ushbu vaqt davomida qanday bosqichlarni boshidan o‘tkazgan?

Tosh davri, bronza davri, temir davri va boshqalar. Har bir davrning o‘ziga yarasha TOP insonlari bo‘lgan. Tosh davrida tosh yo‘nishni bilganlar, bronza davrida bronzaga, temir davrida temirga ishlov berishni bilganlar va quldorlik davrida ko‘proq qullari, mablag‘i bo‘lgan insonlar martabali bo‘lishgan va boshqalarni boshqarishgan.
☝️ Endi esa do‘stlar sizga yana bitta savol XXI asr qanday davr hisoblanadi?
💻 To‘g‘ri! Siz juda to‘g‘ri topdingiz hozir axborot texnologiyalari ya’ni ITning davri va hozir kompyuterni hamda ITni yaxshi bilgan insonlarning martabasi ulug‘ bo‘ladi. Shuning uchun hozir hamma IT kasblarini o‘rganishga intilyapti, siz ham doim TOPda bo‘lishni istasangiz ITni o‘rganing. Kam bo‘lmaysiz!

Do‘stlar savol
. Yana qanday sohalar hozirda trendda va qaysi kasb egalari yuqori obro‘ga ega bo‘lib turibdi?
Izohlarda o‘z fikringiz bilan bo‘lishing.

👉 @Qitmirjon_uz
Telegramdagi spam blokni olib tashlashni o'rganamiz

Bu usul vaqtinchalik yoki abadiy bo'lib qolgan spam'ni olib tashlash uchun juda foydali lifehack:

1. @SpamBot ga / start tugmasini bosing va u akkauntning hozirgi holati haqida ma'lumot beradi.
2. "Это ошибка" tugmasini, keyin "Да", keyin "Нет, ничего подобного не было" larni bosasiz.
3. Bot sizga bunday xabar yuboradi:

Хорошо! Простите, если аккаунт ограничен по ошибке. Пожалуйста, расскажите подробнее о Вашей ситуации, и я перешлю эту информацию нашим специалистам. Как Вы считаете, что могло привести к ограничениям?

4. Siz bu xabarga mana bunday javob bering:

Telegram developers! I have not logged into telegrams for a long time, and have not corresponded for a long time in various public groups, and you spammed me here, most likely blocked! But I think it was not right because there was nothing speciall! Therefore, I ask you to remove my restrions!

5. Bir qancha muddat javob kelishini kuting. Katta ehtimol bilan bot sizni spamdan chiqaradi 😊

Foydali ma'lumotni do'stlaringizga ham yuborib qo'ying!

👉 https://t.me/Pythonnews1
Dasturlashni mustaqil qayerdan o'rganish mumkin?

1. Yangi boshlanuvchilar uchun albatta birinchi o'rinda YouTube yordamga keladi. Mashhur va kuchli dasturchilarni izlang. Ular turli xil tillar haqida sodda va aniq aytib berishadi.

2. Oddiy dasturlarni yoza olasizmi? Zo'r! Endi dasturlash tilini yana ham yaxshiroq o'rganishga kirishing. Bunda metanit, W3schools'ning ajoyib saytlari yordam beradi. Python dasturchilari uchun - pythowworld.

3. Tilning katta qismini bilasizmi? Ajoyib! Chuqurroq yondashish vaqti keldi. Bu naqshlar, arxitektura, kompilyator ishi va boshqalarni o'rganishga olib keladi. Siz juda ko'p google'dan izlashingiz kerak, yoki ushbu mavzu bo'yicha kitoblar o'qing. Mutaxassislardan doim maslahat so'rang.

Shuni unutmangki, dasturchining eng muhim mahorati bu – Google'dan izlay olish qobiliyatidir. Usiz, rivojlanish juda qiyin bo'ladi.

Bundan ham yaxshirog'i ustoz ko'ring, u sizga qisqa, oson va to'g'ri yo'lni ko'rsatadi 😊

👉 https://t.me/Pythonnews1
🎂 Google Andoid tizimini raqamlashdan tashqari shirinlik nomi bilan atashini bilarmidingiz!

Google
Android 10 versiyasigacha tizimni raqamlab, har bir versiyaga shirinlik nomini berib kelar edi. Oxirgi versiyada bu an'ana to'xtadi, ungacha quyidagicha nomlar berib kelinar edi:

🥧 Android 1.0 Apple Pie (Olmali pirog): 2008 yil 23 sentyabr
🥞 Android 1.5 Cupcake (Keks): 2009 yil 30 aprel
🍩 Android 1.6 Donut (Ponchik): 2009 yil 15 sentyabr
🥖 Android 2.0–2.1 Eclair (Trubochkali pirojniy): 2009 yil 27 oktyabr
🍧 Android 2.2 Froyo (Muzlatilgan yogurt): 2010 yil 20 may
🍪 Android 2.3 Gingerbread (Imbirli priyannik): 2010 yil 6 dekabr
🍯 Android 3.0–3.2 Honeycomb (Asal uyasi): 2011 yil 22 fevral
🍰 Android 4.0 Ice Cream Sandwich (Vaflili muzqaymoq): 2011 yil 19 oktyabr
🔮 Android 4.1–4.3 Jellybean (Marmelad): 2012 yil 27 iyun
🍫 Android 4.4 KitKat: 2013 yil 31 oktyabr
🍭 Android 5.0 Lollipop (Cho'pli konfet): 2014 yil 3 noyabr
🧁 Android 6.0 Marshmallow (Zefir): 2015 yil 28 may
🍥 Android 7.0–7.1 Nougat (Nuga - yong'oq, asalli, oq rangli shirinlik): 2016 yil 22 avgust
🥯 Android 8.0–8.1 Oreo (O'rtasi kremli pecheniya): 2017 yil 21 avgust
🥮 Android 9.0 Pie (Pirog): 2018 yil 6 avgust
#android #google

Do'stlaringizga ham ulashing:
👉 https://t.me/Pythonnews1
Nima uchun eshitishni bilish kerak va u qanday rivojlantiriladi?

Xalqimizda: "gapirishdan avval eshitishni o'rgan" deb aytiladigan iboraga asoslanib, sizga 5 ta samarali eshitish qoidalarini aytib o'tamiz:

1. Bir fikrli bo'ling. Qaysi natijaga erishmoqchi ekanligingizni aniq tushunish bilan suhbatga kiring.

2. Jarayonni kuzatib boring. Hatto tinglovchi sifatida siz ham suhbat oqimini boshqarishingiz va kelgan ma'lumotni suhbat maqsadiga muvofiq filtrlashingiz mumkin.

3. To'g'ri savol bering. Bu suhbatdoshingizga yangi faktlarni eslab qolishga, o'z fikrlarini qayta ko'rib chiqishga va yangi g'oyalarni yaratishga yordam beradi.

4. Diqqatni jamlang. Mavzudan chiqmang. Bu sizga suhbatni samarali holatga aylantirishga yordam beradi va o'z vaqtida savollar berish imkoniyatini beradi.

5. O'z vaqtida tugating. Samarali tinglashning asosiy maqsadi - qaror qabul qilish va harakatga o'tish. O'zingizga kerakli ma'lumotlarni olgandan so'ng, munozarani tugatishga tayyor bo'ling.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Endi AI (sun'iy intelekt), butun dunyo bo'ylab terroristik hujumlarni oldindan aytib beradi

Dunyo olimlari algoritmlarni ishlab chiqdi, uning yordamida kompyuter turli mintaqalarda sodir bo'layotgan teraktlarni bashorat qila oladi.

Olimlar 2002 yildan 2016 yilgacha (ya'ni 795 haftadan ortiq) sodir bo'lgan 13 ta mintaqada, jumladan, global ma'lumotlar bazasida ko'rsatilgan barcha subkontinental mintaqalarda sodir bo'lgan terror xurujlarini o'rganib, butun dunyo bo'ylab teraktlarni bashorat qilish uchun asos yaratdilar. Terrorizm ma'lumotlari. (GTD) va G'arbiy Afrika.

Har bir mintaqa uchun terrorchi kuchlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlarining rolini aniqlash, baholash va solishtirish imkonini beradigan prognozli modellar tuzilgan.

Suratda 2002 yildan 2016 yilgacha bo'lgan teraktlar xaritasi ko'rsatilgan.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Python dasturlash tili haqida 5 ta fakt

Python dasturlash tili koʻp yillardan beri maʼlum va mashhurdir. Shu vaqt mobaynida u dasturchilar uchun sevimli tilga aylanib ulgurdi.
Bu post orqali Pythonning dasturchilarning muhabbatini qozonishiga sabab boʻlgan 5 ta faktni keltirib oʻtamiz

1. Koʻp platformali ♻️
Pythondan deyarli hamma yerda foydalanish mumkin. U kompyuterlardan tortib, smartfonlar va server tarmoqlarigacha dastur yozish uchun ishlatiladi. Til Windows, Linux, macOS bilan ishlashni, shu jumladan X versiyasini ham qoʻllab -quvvatlaydi. Shuningdek, mobil Windows, Android, Symbian, iPhone OS 2.0, Palm OS, OS / 2, OS / 390 va OS / 400 larda ham ishlaydi.

2. Katta kompaniyalar Pythonni yaxshi koʻradilar 📊
Dunyodagi eng yirik kompaniyalar: NASA, Google, Yahoo, Microsoft va boshqalar oʻz ishlanmalari uchun bu tildan foydalanadilar. Google asosan Java, C ++ va Pythonga eʼtibor qaratadi. Microsoft esa Python dasturchilari uchun alohida “markaz" ochgan.

3. Mashhurlik 🏆
Dunyo bo'yicha tan olingan TIOBE indeksi bo'yicha Python eng mashhurlar ichida 5-o'rinda turadi. Agar reytingga diqqat bilan qaralsa, bu yerda C oilasi 2 va 4-oʻrinlarni egallaydi, ularni bitta birlik bilan almashtirilsa, Python 3-oʻrinni egallaydi.

4. Python bu sizga ilon emas 🐍
Koʻpchilik Python nomi ilonlar bilan bogʻliq deb oʻylaydi. Ammo, tilning yaratuvchisi Guido van Rossumning bayonotiga koʻra, bu nom “Monty Pythonʼs Flying Circus” telekoʻrsatuvidan olingan.

5. Oʻrganish oson 👨🏻‍💻
Pythonni oʻrganish juda oson, hatto tajribasiz insonlarga ham buni tushunish qiyin boʻlmaydi. Shuning uchun, dasturlashni endi oʻrganayotganlarga bu tildan boshlash tavsiya etiladi.

📲+998732542404
📩 @rtmadmin
📌 Manzil: Marg'ilon shahar, Xiyobon ko‘chasi, 65-uy (Mo‘ljal: Diyor mehmonxonasi orqasida joylashgan Raqamli texnologiyalar markazi)

IJtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqa insonlar hayotda hech nimaga erisha olishmaydi.

Bu yangi dasturchi bo'laman deb va juda tez taslim bo'lgan insonlar toifasidandir. Dasturchilik shunday kasb hisoblanadiki, bu kasbni o'rganish uchun sabr kerak.

Shuni unutmang, hech narsaga juda tez erishib bo'lmaydi. Siz hozir qorong'ilikdasiz, soat 03:00 bo'ldi, sabr qiling, tong yorisha boshlaydi😊

✅ https://t.me/Pythonnews1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
iScanner — mahsulotlarni endi qo'lda sanamaymiz 😉

Odatda iScanner har qanday hujjatlarni, kitoblarni, ID-kartalarni, pasport ma'lumotlarini skanerlash va ularni qulay shaklga (.txt, .doc, pdf) aylantirishga yordam beradi edi.

Ammo, yaqinda ilovaga yangi rejim qo'shilgan - Count (sanash). Bu rejimda ilova deyarli har qanday ob'ektni sanashi mumkin: paypoq, g'isht va boshqa mahsulotlargacha.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Xitoy 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun TikTok analogidan foydalanishni taqiqladi

Barchamizning hayotimizga kirib ulgurgan TikTok ijtimoiy tarmog'iga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi, Xitoylik 14 yoshgacha bo'lgan bolalarni ushbu platformadan foydalanishini taqiqladi.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Java dasturchilarga yuboramiz 🦦

https://t.me/Pythonnews1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Depositphotos — ro'yxatdan o'tmagan holda bepul orqa fonni kesib tashlang

Qizig'i shundaki, 2021 yilda orqa fonni kesib tashlaydigan ko'plab onlayn xizmatlar ishga tushdi. Lekin, ularning hammasi pullik yoki reklama orqali ishlaydi. "Depositphotos" da, unday emas foydalanish ham tekin, interface'da hech qanday reklamalarga ham duch kelmaysiz.

https://t.me/Pythonnews1
Litva hukumati Xiaomi smartfonlarini tashlab yuborishga chaqirdi

Gap shundaki, Litva Mudofaa vazirligi foydalanuvchilarga Xiaomi telefonlarini sotib olishdan saqlanishni va ulardagi telefonlarni tashlab yuborishni tavsiya qildi.

Rasmiylarning xabariga ko'ra, kompaniyaning flagman telefonlari xukumatning ba'zi qonunlariga va fuqorolik hayot tarziga qarshi ishlangani sabab qilib ko'rsatilgan.

👉 https://t.me/Pythonnews1
Google kompaniyasi dasturchisi bo’lish

— Google kompaniyasi dunyodagi eng yirik ish beruvchi hisoblanib, ayniqsa dasturchilar bu yerda tom ma’noda yulduz sanaladilar va shunga mos taqdirlanadilar.

— Kompaniyada yillik maosh o’rtacha 70 ming AQSH dollaridan 90 minggacha bo’lgan bir paytda, Google dasturchilarga 118 ming va katta dasturchilarga o’rtacha 153 ming AQSH dollari miqdorida maosh to’lashga tayyor.

— Biroq Googleplex oilasiga kirish oson ish emas. Kompaniyaga yiliga 2.5 milliondan ortiq odam ish so’rab murojaat etsa, shundan 4000 nafarigagina Google oilasiga kirish nasib etadi.

— Birinchi navbatda ingliz tilini o'rganish maqsadga muvofiq. Chunki eng zo'r adabiyotlar, kurslar, dokumentatsiyalar ingliz tilida. Undan tashqari ingliz tilida rasmiy so'zlashuv, yozish ko'nikmalarini shakllantirish ishda juda muhim.

— Axborot texnologiyalari bo’yicha fundamental bilimlar. C++, Java, Python kabi obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillaridan birini chuqur o’rganing. Java Script, CSS, Ruby yoki HTML kabi dasturlash tillarini bilimingiz omboriga qo’shing.

✅ https://t.me/Pythonnews1