Python
21 subscribers
41 photos
2 videos
13 files
47 links
Download Telegram
#Fakt ❇️

🌵Kaktus o'zi foydalimi?

Kompyuter oldida turadigon kaktuslarga ko'p ko'zimiz tushgan. Ho'sh bu kaktusning qanday foydasi bor?
Kaktus odamning intellektual qobilyatini oshiradi. Oddiy qilib aytganda kaktus bizni Qitmirlashtiradi.

🙈 "Kaktus nurlanishdan saqlaydi" deb notog'ri o'ylaymiz

— Bu nurlanishdan himoya qiladi deb ishonishadi. Ammo, aslida bunday emas. Kaktus faqat o'zini nurlanishdan himoya qiladi, bizni emas.
@TheBestPythonProgrammers
Python dasturlash tili o'rganuvchisi sifatida juda ko'p holatlarda boshqa dasturlash tillari kabi massiv va matritsalar bilan ishlashimizga to'g'ri keladi.

Bir va ko'p o'lchamli massivlar bilan ishlash yirik loyihalar yoki yirik matematik muammolarni hal qilishda kompyuterda ko'p vaqt va xotirani egallaydi.🤯

Python numpy kutubxonasi bu muammolarni hal qilish uchun yaratilgan kutubxonalardan biri hisoblanadi (muqobil sifatida pandas dan ham foydalansangiz bo'ladi). Bugun numpy kutubxonasini o'rganishga kirishdim.

Allohdan madad so'ragan holda o'rganishni davom ettiramiz!

Olg'a-aa!✊
✅@TheBestPythonProgrammers
#numpy #pandas #python
‼️ AQSHning Donald Trumpdan oldingi prezidenti Baraka Obama dasturchi

— Haqiqatdan ham Obama dasturlash sirlarini o'rgangan.Uning homiyligida bir nechta dasturlash maktablari ham tashkil etilgan

🧑‍💻 O'zi ham doimiy dasturlar yozib, qandaydir loyihalarda ishtirok etgan.

🕵️‍♂️ Hamkasbi u haqida:
"Obama prezident bo'lgan davrlarida ham, jamoaviy loyihalarda ishtirok etardi. U kod yozishdan charchamas edi. U ajoyib dasturchi!"-deb aytadi.

@TheBestPythonProgrammers - Yosh Dasturchilar bilan hamnafas
Buzishni yoqtiruvchilar uchun

😎 Xakerlar — quloqqa ajoyib eshitiladi, to'g'rimi? Ammo, bu kabi shaxslar banklar va yirik kompaniyalar uchun koronavirusdan ham xavfli hisoblanadilar.

🤔 Birgina insondan butun boshli mega kompaniya zir titrasa-ya?

Sizga Dunyodagi eng kuchli himoyalangan dasturlarni buza olgan xakerlarni keltirib oʻtamiz:

😈 Gary McKinnon. Yoshligida nomaʼlum uchar jismlar haqida maʼlumot olish uchun u NASA tizimini buzib kirishga qaror qildi.(buni uddaladi ham🌚) Virusni yuklash va bir nechta fayllarni oʻchirish orqali Amerika harbiy kompyuterlari va NASA kompyuterlaridan 97 tasini buzdi.

😈 LulzSec guruhi. Ularning muvaffaqiyatli hujumlari “eng mustahkam himoyalangan” deb hisoblangan kompaniyalar tarmog'ida amalga oshirilgan. Sony, News International, CIA, FBI, Scotland Yard va boshqa bir qator mega kompaniyalar hisob raqamlarini qo'lga kiritishgan.

😈 Adrian Lamo. Juda aqlli dasturchilardan hisoblanib, U Yahoo!, Microsoft, Google va The New York Timesga xakerlik uyushtirgan. Hatto uning xakerliklari haqida bir nechta filmlar, opera, teatr tomoshasi va koʻplab kitoblarda keltirilgan.

@TheBestPythonProgrammers
Qaysi operatsion tizimni ishlatsam yaxshi Windows, MacOS yoki Linux?

Bugungi kunda, kompyuterlar uchun 3 ta asosiy operatsion tizimdan foydalanib kelinmoqda. Yuqoridagi rasmda koʻrinib turibdi-ki, sizda uchta variant bor

Qisqacha izoh:

1. Windows — Siz bilgan qotib-qotib ishlashiga koʻnikkan va taʼmir talab. Pullik, lekin koʻpchilik bepul ishlatadigan Microsoft mahsulotidir. Dasturlarni oʻrnatishdagi xatoliklar, ularni sozlash, drayverlarni mosligiga ahamiyat berish, dastur ishlashi uchun kutubxonalar qidirish lozim boʻlgan tizimdir. Shu bilan birga foydalanuvchi uchun chiroyli koʻrinishga ega emas.

2. MacOS — Haqiqiy goʻzallik, juda chiroyli interfeys shuningdek hammasi siz uchun qilib qo'yilgandek. Dasturlarda muammolar boʻlmaydi, chunki barcha dasturlar Apple kompaniyasiga tegishli, lekin toʻliq yopiq tizim, oʻzingizcha bir nimalar qilib tashlolmaysiz.

3. Linux — Haqiqiy linux tizimlarda sizga buyruqlar yozish uchun bitta terminal beriladi, oʻzingiz shu orqali tizimni oʻrnatasiz
#Games

Python dasturlash tilini o'yin o'ynab o'rganamiz.

Check iO - bu o'yin sarguzasht janridagi brauzer o'yin hisoblanadi. O'yinga kirib ro'yxatdan o'tasiz, boshlang'ich bilim darajasidan boshlab kod yozish orqali topshiriqlarni bajarib borasiz va barchasi sekin-sekin o'yin shaklida yaralib boradi.

Video darsliklar zerikarli bo'lsa, o'yin o'ynab python dasturlash tilini o'rganing 😊

👉 @TheBestPythonProgrammers
#qiziqarli

Kompyuterlar tarixi haqida bilasizmi?

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 - yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqarilgan. Avvaliga mazkur kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilingan. So'ngra bu kompyuter 1977 - yilda amerikalik Stiv Jobs "Apple Compyuter" firmasi tomonidan mukammalashtirilib, ommaviy ravishda chiqarila boshlangan.

👉 @TheBestPythonProgrammers
Python pinned a photo
#Fakt ❇️

📌 Yuqori daromad
📌 Mustaqil o‘rganish mumkin
📌 Doimiy rivojlanish
📌 Masofaviy ishlash imkoniyati
📌 Oliy maʼlumot shart emas

Siz ham IT(ayti)ni o'rganishni xohlarmidingiz ⁉️
— Fikringizni yozib qoldiring..

👉 @TheBestPythonProgrammers
#Games

O'yin o'ynash orqali to'g'ri kodni toping.

Hex Invaders - nomli klassik janridagi arkada o'yinining ushbu versiyasida dunyoga turli rangdagi uchta o'zga sayyoralik hujum qiladi. Insoniyatni qutqarish uchun o'yinchi teg bilan yozilgan kodning qiymatini tezda odam tiliga tarjima qilishi va topishi kerak. To'g'ri topilgan qiymatdan so'ng o'zga sayyoraliklarni urib tushirishi mumkin bo'ladi.

Dasturlash o'yinini o'ynab dunyoni qutqaring 😉

👉 @TheBestPythonProgrammers
"15 yilda Paynetchi degan kasb paydo bo‘ldi va yo‘qolish jarayoni ham boshlandi. 15 yil oldingi eng zo‘r buxgalter vaqtida kompyuter va dasturlarni o‘rganib zamonga moslashmaganligi uchun taxtdan tushib qoldi.

Mana bu rasmda ko‘rib turibsiz, 10 yilda operator va pilotni o‘rnini dron egallagan.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini (IT) yaxshi bilish va moslashuvchanlik har qanday kasb egasi uchun ham muhim. Bo‘lmasa, yangi texnologiyalar sizni mehnat bozoridan tashqariga chiqazib tashlayveradi.

Bu hozir sizga tegishli emasdek tuyuladi. Lekin, 4 yil oldin Toshkentda yaqin orada aksar taksi haydovchilari mijozni internet orqali oladi desa kim ishonardi?"

@TheBestPythonProgrammers
Yirik IT kompaniyalarining yoshi nechada?

2021 yil talqiniga ko'ra IT kompaniyalarining tashkil topgan vaqtdan, hozirgacha necha yoshga to'lgani hisoblab chiqib, ro'yxat tuzildi.

Yosh Tesla ko'rinishidan unchalik ham yosh emas ekan, hozirda uning yoshi 18 da. hp ham 82 yoshga to'lib qolibdi. Ro'yxatimizning kichkintoylari esa, TikTok va Snapchat. Ularning yoshi bor yo'g'i 5 va 10 da.

Bizda ham shu ro'yxatga kiradigan IT kompaniya tug'ilib qolar degan umiddamiz 😉

👉 @TheBestPythonProgrammers
​​Qanday qilib tez va samarali o'rganish kerak? Dasturchilikni endi boshlayotganlar uchun oltin maslahatlar!

🔹 Oddiydan murakkabga o'ting va ko'proq mashq qiling.
Darhol kod yoki dasturlar yozishga urinmang. Avval miyyangizni chiniqtiring. Mantiqiy jumboqlarni va boshqotirlalarni yeching. Blok sxemadan foydalanib, algoritmlar tuzing.

🔹 Yodlamang. Yangi materialni o'rganayotganda, boshlang'ich maktabdagi o'quvchi kabi, tushunmasangiz ham barcha shartlarni va texnikani o'rganishga urinmang) Yaxshisi uzoqroq o'tirib, ma'nosini to'liq anglab yetish uchun har bir iborani yaxshilab kuzating.

🔹 Google'dan izlang. Hozir kutubxonaga borib, sanoqsiz kitoblarni varoqlab o'tirishga aslo xojat yo'q. Istalgan brauzerni oching va qidiruv satriga kerakli narsalarni yozing. Agar siz savolingizga javob topmagan bo'lsangiz, uni to'g'ri forumda so'rashni o'rganing.

🔹Amaliyot qiling. Dasturlashni o'rganishda amaliyot doim birinchi o'rinda turishi kerak. Nazariy ham muhim albatta, ammo 10 ta mavzuni amaliyotsiz o'rgangandan ko'ra, bitta mavzuni 10 marta amaliy bajarib ko'rgan yaxshi.

👉 @TheBestPythonProgrammers
Ushbu soʻzlarni har tong oʻzingiz uchun oʻqib qoʻying.

Menga pul yetishmaganda paytlarda men yugurib ishga chiqib ketmas edim, aksincha o‘tirib o‘ylar edim. Dunyodagi eng qimmat tovar - g‘oyadir.
© Stiv Jobs

Aqlli odamlarni ishga olib, keyin ularga nima qilishni oʻrgatish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Biz aqlli odamlarni bizga nima qilish kerakligini aytish uchun yollaymiz.
© Stiv Jobs

Har doim qiyin yoʻlni tanlang , bu yoʻlda siz haqiqiy raqobatchilarni uchratasiz.
© Sharl de-Goll

Agar siz yagona maqsadingiz boy boʻlish boʻlsa, siz hech qachon unga yeta olmaysiz.
© Jon Devis Rokfell

Umuman kitob o‘qimaydigan mehnatkashdan ko‘ra, kitob o‘qiydigan dangasa bilan ishlagan yaxshiroq. Chunki u doim qiyin topshiriqlarga oson yechim topa oladi.
© Bill Geyts

👉
@TheBestPythonProgrammers
Assalomu alaykum do'stlar. Biz yangi boshlagan loyihamizga sizni taklif qilamiz 🤝.
Unda masofadan ish berish va ish olish imkonyatiga ega bo'lasizlar. O'rtada xech kim bo'lmaydi 🙅‍♂️, ish beruvchi👨‍💼 bilan freelanser👨‍💻 o'zaro aloqa qiladi. Bepul elon berin va bepul ish toping.
Bizni loyihamizda 9️⃣ ta kategoryasi bor bular:
1. Dasturlash va loyihalash
2. Dizayn va san'at
3. Yozish va tarjima
4. Ma'muryat va kotibiyat
5. Savdo va marketing
6. Biznes va moliya
7. Muhandislik va arxitektura
8. Huquq
9. Talim va trening
Bu kategoryalar ichida o'ziga oid bo'limlar bor. Jami bo'limlar soni 8️⃣4️⃣ ta. Ish davomida saytda yangi bo'limlar qo'shib boramiz, bular o'zingiz qilgan ishlarni joylab ko'p marotaba sotish💰 imkonyatiga ega bo'lasiz. Istalgan joyda🏞, istalgan vaqtda⏳ ish bering va o'zizga yoqan ishni toping. Saytmiz nomi: Yuksalish.net
Yuksalish bilan birga yuksalin🙂
Internetda pul topishning eng ishonchli yo'li qanday?

Bu albatta bilimingizni ishga solgan holda internetda "frilancer" sifatida xizmat ko'rsatish.

Freelancer sifatida ishlashning afzalliklari haqida ko'p gapirishim mumkin. Ammo keling, asosiylarini ajratib ko'raylik:

1. Erkin ish grafigi. Ish vaqtini va haftaning qaysi kunida dam olishni o'zingiz reja qila olasiz. Eng asosiysi formani ham.

2. Qulay bo'lgan joyda ishlash. Freelancerlikning eng jozibali sabablardan biri siz shahringiz bo'ylab mahalliy choyxona yoki uyda ko'k choyni ichib o'tiradigan holda ishni bajarishingiz mumkin.

3. Rahbarlar yo'q. Freelancerlarning yana bir qulay tarafi ularning moylovli jahldor xo'jayinlari bo'lmaydi. Barcha muhim qarorlarni o'zlari qabul qiladilar. Erkinlik, loyihadan olingan barcha daromadlarni olish imkonini beradi, xo'jayin yo'q.

4. Cheksiz daromad. Sizning daromadingiz bajarilgan ishlar hajmi va sifatiga bog'liq. Siz bir vaqtning o'zida bir nechta mijozlar bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Sizning tajribangiz qanchalik ko'p bo'lsa, xizmatlaringiz qimmatroq bo'ladi.

Qaysi soha vakillari uchun hozirgi kunda freelancer'likka talab yuqori?

1. Dizayner
2. Dasturchi
3. SMM
4. Video montajchi
5. Hisobchi (Buxgalter)
6. Tarjimon
7. Marketolog

Aytishim kerakki, internet faoliyat sohasi bo'lgan kasblar cheksiz maydon. Bugungi kunda, agar u internetda bo'lmasa, biznes mavjud emas. Har kimga ishlab chiqilishi, targ'ib qilinishi, optimallashtirilishi, tarkib bilan to'ldirilishi kerak bo'lgan saytlar kerak. Shuning uchun dasturchi, dizayner, kopirayter va yana ko'plab zamonaviy kasb mutaxassislariga talab tez o'sib bormoqda.

Agar siz ham shunday erkin ishlab, internet orqali "yaxshigina" daromad qilmoqchi bo'lsangiz, ushbu kasblardan birini va frilancerlik sirlarini o'rganing.



👉 @TheBestPythonProgrammers
Dasturchi bo'lib, qaysi sohalarda ko'proq buyurtmalar olish mumkin?

Telegram-botlar
Ushbu soha bo'yicha buyurtmalar doimiy ravishda bo'ladi. Chunki botlar o'ta qulay va ular orqali ko'p narsalarni avtomatlashtirish mumkin. Odatda restoranlar uchun botlar talabgir va qimmat turadi. Ularning narxi 200$ dan boshlanadi.

Saytlar
Bir kunda qariyb mingta sayt ochiladi. Sayt ochuvchilarining katta qismi saytni o'zlari taxlay olishmaydi. Bu yerda dasturchi asosiy rolni o'ynaydi — u saytni yozib beradi. Saytlarning o'rtacha narxi 300$-400$ atrofida bo'ladi (TZ ga qarab).

Android va iOS ilovalar
Frilansda ushbu sohaga juda ko'p buyurtma tushmasligi ham mumkin, ammo kompaniyalarda bu dasturchilarga katta maosh to'lashadi. Tajribamdan kelib chiqib aytaman, bir dasturchi Android va iOS uchun ilova yozdi. Ularning narxi 1200$ bo'ldi, bu unga 2-3 oyga yetadi :)

@TheBestPythonProgrammers - dasturlashni biz bilan o'rganing !!!
Python va Java texnologiyasida yaratilgan loyihalar

Dasturlash tilini tanlashga qiynalayotganlar uchun

Kanal: @TheBestPythonProgrammers
​​Dasturchilar qayerga borsin?

Ofisga. Bu yerda dasturchi mahoratini tez oshiradi. Chunki bu yerda sohasiga oid mutaxassislar yigʻilgan boʻladi. Koʻplab qiziqarli va foydali tanishlar orttiradi. Bu yer tez boshlashni va kompaniyada ishlashni istaydiganlar uchun ayni muddao.

Freelance. Bu yerda sizga yoʻl boshchi boʻlmaydi va erkin grafika asosida ishlaysiz. Frilansda siz oʻzingizga mablagʻ, ish vaqti va boʻsh vaqtni belgilaysiz. Oʻzingizga mijoz qidirasiz, muloqot qilishni, muomala madaniyatini va ishbilarmonlik xususiyatlarini oʻzingizda shakllantirasiz.

Startap. Bu ekstremal sportlarni yoki katta tavakkalga qoʻl urishni yaxshi koʻradiganlar uchun. Biroq bunga qadam qoʻyish uchun katta bilim va yuqori tajriba talab qilinadi. Muvaffaqiyatga erishgandan soʻng esa, dunyo boʻylab shon-shuhrat va unutilmas tajribaga erishiladi.

Masofadan ishlash. Bu yangi tendensiya. Uyda ishlash koʻplab ijobiy va salbiy tomonlarni olib keladi. Mijozlarni qidirishni va boshqa aloqa vositalarida qatnashishni istamaydigan, oʻz vaqtini boshqara oladigan, kompaniyada ishlash va oʻzini tez rivojlantirishni istaydiganlar uchun qulay tanlov.

Shaxsiy biznes. Dasturchilar koʻpincha oʻzlarini shaxsiy bizneslarini tashkil qilishadi va rivojlantirishadi. Hayotga tatbiq qiladigan, insonlarga foydasi tegadigan ajoyib gʻoyalaringiz boʻlsa, unda bu aynan siz uchun.

Siz qaysi birini tanlaysiz? 😊

👉 @TheBestPythonProgrammers