Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
346 subscribers
196 photos
76 videos
22 files
225 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

https://farruxnet.uz

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
Forwarded from UzTech UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

AI bilan ishlash bo‘yicha darslarimiz davom etadi.

Bu safar Claude Code haqida gaplashamiz.

Meetup davomida Saidolim Djuraev bilan:
• Claude Code’dan unumli foydalanish
• Ish jarayonini samarali tashkil qilish
• Foydali usullar va tajribalar

haqida suhbatlashamiz.

🗓 Sana: 22-May, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: Online (Google Meet)

📱 Qatnashish uchun havola:
https://meet.google.com/eak-erzp-hjp

Agar AI vositalarini kundalik ish jarayoningizga qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi.

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Qurbon hayiti muborak bo'lsin 🌙
🎉3👍1
#linux #history

Talabaning hobbiysi bugun milliardlab qurilmalarda ishlayapdi!

just a hobby, won't be big and
professional like gnu


https://groups.google.com/g/comp.os.minix/c/dlNtH7RRrGA/m/SwRavCzVE7gJ

👩‍💻 Ko'p holatlarda startup yoki texnologiyaning rivojlanishi uning o'ziga bog'liq bo'lmaydi, to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lishi muhim bo'ladi.

Linux ham 1990-yilda internet endi rivojlanayotgan davrga to'g'ri kelgan. Bu davrda serverlar uchun OT ga bo'lgan talab oshishni boshlagan usha vaqtdagi OTlar(Solaris, AIX, HP-UX) pullik bo'lgan bu kichik korxona va startuplar uchun ortiqcha xarajat edi. Linux esa bepul.

Keyin esa maydonda yangi o'yinchi paydo bo'lgan bu Apache. Apache ham bepul veb-server edi. Linux bilan birgalikda zo'r kombinatsiya hosil qilgan, LAMP(Linux, Apache, MySql, PHP).

Serverlar dunyosini Linuxsiz tasavvur qilish qiyin.

Ko'pchilik Linuxni faqat dasturchilar ishlatadigan OT deb o'ylaydi. Aslida esa Linux hayotimizning deyarli har bir qismida mavjud. Smartfonlar, televizorlar, avtomobillar, routerlar, aqlli soatlar, kir yuvish mashinalari va boshqa ko'plab qurilmalar ichida Linux yoki Linux kerneliga asoslangan tizimlar ishlaydi.

TOP500 ro‘yxatidagi deyarli barcha superkompyuterlar Linux ishlatadi(manba).

@Py_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
Forwarded from UzTech UK
Assalomu alaykum,

Bugun Claude Code Skills bo‘yicha amaliy mashg‘ulotimiz bor.

🕕 18:00 (London vaqti)
📍 77 Marsh Wall, E14 9SH
💻 https://meet.google.com/eak-erzp-hjp

Ko‘rishguncha! 👋

📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Dr. Algorithm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chala tizim = to‘liq tizim

Rahmatli domlam, Prof. Abdumajid Po‘latov, aytar edilar:

"Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bir tashkil etuvchisi to‘liq bo‘lishi shart emas. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa yetarli."


Bittada tushunib olishim qiyin bo‘lgan. Keyin sinab ko‘rib, o‘zim uchun zo‘r dars qilib olgan edim. Keling shuni biroz batafsil aytib bersam:

Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bitta tashkil etuvchi (komponentlari) to‘liq bo‘lishi shart emas.
- degani tizimda albatta bir necha tashkil etuvchi qismlari bo‘ladi. Shular har xil xususiyatga ega. Masalan, avtomobil uchun - g‘ildirak, rul, o‘rindiq va boshqalar kabi.

Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi yetarli.
- demak har bir tashkil etuvchi qism, o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa bo‘ldi. Yana nimalarnidir bilishi bizga kerak emas aslida.

Boshqacha ham bo‘ladimi? - deb so‘rashingiz mumkin. Ha bo‘ladi! Yetmaganiga hayotda doim shunday.

Har bir tashkil etuvchi qism o‘zi vazifasini bajara olib, lekin boshqa vazifalarda oqsasa (70% foydali desak), shunda ham ularni to‘g‘ri qo‘yib chiqsa, umumiy tizim to‘liq va to‘g‘ri bo‘laveradi - mana shu joyda san’at boshlanadi.

Buni masalan jamoani boshqarishda ham ko‘rsa bo‘ladi.

Har bir dasturchi yoki har bir jamoa a’zosi har xil kayfiyatga ega, har xil bilimga ega, har xil tajribaga ega. Lekin team lead sifatida sizning vazifangiz - aynan o‘sha, ularning qila oladigan imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olib, ularni to‘g‘ri joyga qo‘yib, ularni yaxshi tomonlarini umumiy ishga to‘g‘ri ishlata olishda.

Kimdir biror narsani yaxshi bilmasligi mumkin.


Masalan, bir dasturchi Frontend’da yaxshi kod yozadi, ammo Database’ni yaxshi bilmaydi. Yana kimdir deylik, Frontend’ni yaxshi bilmaydi - ahamiyati yo‘q. Siz qilayotgan ish vaqtida umumiy ishga bittasi faqat Backend’ni bilsa, uni Backend’ga qo‘yasiz. Faqat Database’ni yaxshi bilsa, Database bilan hisobotlarga qo‘yasiz. Agar yana biri Frontend’ni yaxshi bilsa, Frontend’ga qo‘yasiz.

Ya’ni, siz ko‘rib turganingizdek, hamma narsani zo‘r biladigan odamlarni yig‘ib olib ishlatayotganingiz yo‘q. Ayni bitta narsani zo‘r biladi, qolgan narsalardan xabari bor, xolos. Ana o‘shalarni ketma-ketligini to‘g‘ri qo‘yib olib, umumiy tizimingizni, umumiy ishingizni to‘g‘ri tashkillashtirgan bo‘lasiz.

SI modellari ham shunday.

Hamma narsani zo‘r biladigan model hali mavjud emas. Multimodel bo‘lgani bilan, alohida yig‘ilgan tizimlar ketma-ketligi sifatliroq va tezroq bo‘lishi kuzatilmoqda.

SI biznesga katta foyda berdi, dasturchilar ishini tezlashtirdi, jarayonlar tezlashdi, - deb eshitib olib, shatta bitta SIni olib, o‘zini ishiga tatbiq qilayotganlar ko‘p. Afsuski ular bitta SI bilan cheklanib, ishlarini orqaga tortishmoqda. Chala SI modellaridan to‘g‘ri foydalanish vaqti keldi, akalar.

Xulosam, post uzum bo‘lib ketdi, rozi bo‘lasiz.
- SIni ishlatish kerakmi?
- Ha.
- Bitta SI modelini olib, shuni o‘zini ishlatsam bo‘ladimi?
- Yo‘q.
- Biznesimga (ishimga) samara berish uchun nima qilay?
- SI modellari, turlari, nima uchun ishlatilishini o‘rganing. Boshqalar bilan siz tanlagan SI zo‘r ekanini bahslashmang. Taklif qiling, ularning fikrini eshiting.

Kuch birlikda.


Kelasi ish haftasini kuchga to‘lib, samarali va barakali boshlab oling.

07.06.2026 London
@DrAlgorithm
👍3
Yuqoridagi post izohlarida JavaScript stack’i bo‘yicha, ya’ni "AI keldi, junior dasturchilik o‘ldi, endi yangi boshlovchilarga ish yo‘q" ga o'xshash juda ko‘p savollar bo‘ldi. Shunga doir chuqurroq izlanib ko‘rdim va qiziq faktlarni topdim.

1. Ish o‘rinlari nega kamaydi?
Ko‘pchilik junior vakansiyalar kamayganiga AIni ayblashyapti. Aslida esa asosiy sabab — makroiqtisodiyot. 2021-yildagi "tekin pullar" (ZIRP- Zero Interest Rate Policy) davri tugadi, global foiz stavkalari oshdi. Oldin kompaniyalar juniorlarni olib, 12-18 oy davomida o‘qitish (training tax) xarajatlarini bemalol ko‘tara olishardi. Hozir esa hamma srazu foyda keltiradigan kadrlarni qidiryapti.

Shu sababli AQSHda junior vakansiyalar 67%ga, Buyuk Britaniyada 46%ga qisqargan. Big Tech kompaniyalari (Google, Meta va h.k.) o‘zlarining umumiy xodimlari ichida juniorlar ulushini 32%dan 7%ga tushirib yuborgan.

2. Rahbarlarning xatosi: "AI Productivity Disconnect"
Kompaniya rahbarlari marketing gaplariga uchib, "AI dasturchilarning unumdorligini 10 barobar oshirib yuboradi, junior olish shart emas" deb o‘ylashgandi. Lekin tadqiqotlar umuman boshqa narsani ko‘rsatdi:

• AI shunchaki bir xil turdagi kodlarni (boilerplate) 55% tezroq yozib beradi, xolos.
• Tizim arxitekturasi, murakkab buglarni topish va biznes talablarni tushunishda AIning foydasi bor-yo‘g‘i 3.4% bo‘lgan. Hatto ba’zi joylarda AI yozgan kodni tekshirish va uning xatolarini to‘g‘rilash ortiqcha vaqt olgani uchun umumiy samaradorlik 7.2%ga tushib ketgan.

3. Eng katta xavf: "Vibe Coding" yoki "O'rganish qarzi" (Learning Debt)
Anthropic kompaniyasi o‘tkazgan o‘ta qiziq tadqiqot (2026-yil yanvar): dasturchilarga vaqtinchalik yangi Python kutubxonasi berilgan. Muammoni tushunish uchun AIdan faqat konseptual so‘raganlar 65%lik natija ko‘rsatishgan. Kodni srazu AIga yozdirib, tayyorini ko‘chirganlar esa tushunish testidan 40%dan ham past ball olishgan.

Agar juniorlar fikrlashni AIga topshirib qo‘yishsa, ular muhandis emas, shunchaki "knopka bosuvchi operator" bo‘lib qolishadi va birinchi jiddiy muammodayoq yiqilishadi.

4. Xo‘sh, kimlarga ish bor? (JS/TS stack'ida qolish kerakmi?)
JavaScript (66%) va TypeScript (43.6%) dunyoda baribir yetakchi. Lekin shunchaki frontendga ish kam ($82k). Full-stack dasturchilarga ($92k) va AI-Integration muhandislariga ($118k) talab juda yuqori.

Hozir Big Tech juniorlarni kamroq olayotgan bo‘lsa-da, an’anaviy va og‘ir sohalar (Tibhiyot, FinTech/Banking, Mudofaa va Kiberxavfsizlik) junior dasturchilarni faol ishga olyapti. Chunki ularning 20-30 yillik eski kod bazalari bor. Agar hozir juniorlarni olib, ularga arxitekturani o‘rgatishmasa, qariyalar pensiyaga ketgandan keyin u sistemalarni hech kim tushunmay qoladi (AI ham tushunolmaydi :D).
Forwarded from Aziz Mirzayev
Terminalda kod yozish zerikarli deganlar adashadi. Mana bu ikki skillni ko‘rib, "shuncha payt qayerda edinglar?!" deyishingiz aniq:

1. /remote-control (yoki /rc) — Terminalni cho'ntakka solib yurish!

Kompyuteringizda yoki VPS'da claude remote-controlni yoqasiz va noutbukni yopib ko'chaga ketasiz.
Telefoningizdagi Claude mobil ilovasi yoki claude.ai/code orqali uydagi terminalingizni masofadan boshqaraverasiz! Kodlar esa xavfsiz tarzda faqat o'z kompyuteringizda qoladi.

2. /chrome — Claude-ga "ko'z" va "qo'l" beramiz!

Terminalingizni Chrome brauzeri bilan ulab qo'yasiz (maxsus extension orqali).
Claude siz ochgan saytni yoki localhost:3000ni o'zi ochib, tugmalarni bosib, formani to'ldirib test qila oladi.
Console loglardagi xatolarni o'zi o'qib, kodni terminalingizda avtomatik to'g'rilab beradi! Hatto sayt skrinshotini olib, UI to'g'ri chiqqanini tekshiradi.

Endi faqat kofe ichib, terminal va brauzer o'zaro qanday "gaplashayotganini" tomosha qilish qoldi!
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Midjourney "temir"ga o'tdi — butun tanani skanerlovchi ultratovush apparati ishlab chiqarmoqchi.

Rasm generatsiyasi bilan tanilgan Midjourney, Midjourney Medical bo'limini ochdi. Birinchi mahsuloti — The Midjourney Scanner, butun tana uchun ultratovush skaner ("Ultrasonic CT").

• MRTdan ~10x arzon, ~60x tez
• Bitta skan ~60 soniya, radiatsiyasiz, kuchli magnit maydonisiz
• 10 ta shunday apparat dunyodagi barcha MRTlardan ko'p skan qila oladi degan ambitsiya

Reja: 6 yil ichida 50 000 apparat. Test deploy uchun 2027 oxiriga SFda katta spa-markaz ochmoqchilar.
Eslatma: asoschi David Holz ilgari LeapMotion (qo'l-tracking hardware) ni qurgan, ya'ni "temir"ga qaytishi tasodif emas. Generativ AI kompaniyasining sensor + signal processing + scale o'yiniga o'tishi — kuzatishga arzir keys.
👍1
Forwarded from Janob Panda | AI
Qo’lni qaytarmanglar endi ))

Bersangiz ham olmaydigan do’stlaringizga yuborib qo’ying 😁

@mukhammadkarim_tukhtaboev
😁2
Forwarded from Aziz Mirzayev
GitHub Copilot yozgan kodlaringiz sifatini 2 baravar oshirmoqchimi?

GitHub rasmiy hujjatlarida AI yordamchisidan maksimal foyda olish va eng sifatli natijalarga erishish bo‘yicha ajoyib qo‘llanma e’lon qilindi. Undagi eng muhim qoidalarni bitta tizimga jamladik — buni "4S" Prompt muhandisligi deb atashadi:

1. Single (Yagona vazifa) — AIga bir vaqtning o'zida ham sahifa yaratishni, ham uni bezashni buyurmang. Har bir so'rovda faqat bitta aniq vazifaga e'tibor qarating.
2. Specific (Aniq cheklovlar) — So'rovni umumiy yozmang. Qaysi kutubxona, qanday autentifikatsiya yoki qaysi algoritm kerakligini aniq ko'rsating.
3. Short (Qisqa va lo'nda) — Ortiqcha gaplar shart emas. AI qisqa va aniq texnik ko'rsatmalarni ancha yaxshi tushunadi.
4. Surround (Ochiq tablar) — Copilot siz VS Code-da ochib qo'ygan qo'shni fayllardagi o'zgaruvchilar va uslublarni tahlil qiladi. Kerakli fayllarni doimo ochiq qoldiring!

Bonus maslahat: Yangi mavzuga o'tganingizda eski chatni tozalang (/new). Bu ortiqcha "token"lar sarflanishini kamaytiradi va AI chalkashib ketishining oldini oladi.

To'liq qo'llanmani o'qish: GitHub Copilot: Optimize AI Usage
Forwarded from 1% Bilim
Ko'pchilik bugun qiyinchilikdan qochadigan (discomfort avoidant) bo'lib qolgan. AI bergan natijaga haddan tashqari ruju qo'yish (results obsessed) shu qiyinchilikdan qochish kasalligining eng yuqori nuqtasidir.

Lekin AI dan olingan javobni «tergov qilish orqali» (masalan «nimaga unday, va hokazo» deb) o'rganish va bilim olish bu og'riqli, tizimli mehnat. Aynan shu narsa uzi aslida insoniyatga katta yordam beradi. AI sizga doim tayyor javobni bersa, siz hech narsani o'rganmaysiz, fikrlash qobiliyati o'ladi.

Texnologiya tufayli chuqur va tanqidiy fikrlashdan voz kechish insoniyat tarixidagi eng katta fojia bo'lishi mumkin deb ogohlantiryapti Ethan Mollick.

@birfoizbilim
👍1
#python #django #mentor

Najot Ta'lim markazi Python Django mutaxassisini qidirmoqda.

Hudud: Samarqand shahri
Ish vaqti: Part-time
Maosh: 8,000,000 – 16,000,000 so‘m

Majburiyatlar:
— Soha bo‘yicha o‘quvchilarga ta’lim bera olish;
— Talabalarning loyihalarini yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash.

Talablar:
— Python dasturlash tilida amaliy tajriba (2+ yil);
— Django / Django REST Framework bilan ishlash tajribasi;
— Backend development va REST API yaratish tushunchasi;
— Ma’lumotlar bazalari (PostgreSQL yoki o‘xshash) bilan ishlashda amaliy tajriba;
— Algoritmlar bilan ishlay olish qobiliyati;
— O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish.

Biz sizga taklif qilamiz:
— Kitob sotib olish uchun chegirmalar;
— Qarindoshlaringizni IT sohalarida o‘qitish uchun chegirma;
— 300 dan ortiq mutaxassislar bilan networking;
— Pedagogik ko'nikmalarni oshirish uchun treninglar;
— Turli mavzularda maxsus master-classlar;
— Faollik va natijaga qarab o‘sish imkoniyati;
— O‘z sohasi bo‘yicha kuchli ustozlar bilan rivojlanish;
— Kuchli, ahil jamoa!

Arizalar uchun: Havolani to'ldiring
🔥1
Forwarded from UzTech UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

So‘nggi bir necha oy davomida AI bo‘yicha meetup'lar seriyasini o‘tkazib keldik va AI’ni amaliy ishlatish yo‘llarini birgalikda o‘rgandik.

Juma kuni ushbu seriyamizni Local AI mavzusi bilan yakunlaymiz.

Meetup davomida:
• AI modellarini o‘z kompyuteringizda ishlatish mumkinmi?
• Qachon cloud xizmatlari o‘rniga local yechimlardan foydalanish ma‘qul?
• Maxfiylik, xarajat va ishlash tezligi jihatidan qanday afzalliklari bor?

kabi savollarga javob beramiz.

🗓 Sana: 26-Iyun, Juma
🕕 Soat: 18:00 (London vaqti)
📍 Manzil: UzTechUK YouTube kanali

Barchangizni kutamiz!


📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTechUK
📱 @UzTech-UK | www.UzTech.uk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from ai mastava
Nima bo’lganda ham, ming baqir chaqir qilsa ham, Palantir yaxshi kompaniya emas…

@aimastava
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir paytlar hazil qilib qilgan klaviaturamiz endi rostdan sotuvga chiqdi

OpenAI o'zining Codex kodlash vositasi foydalanuvchilari uchun Codex Micro nomli mini klaviaturani chiqardi.

Uni Work Louder kompaniyasi ishlab chiqargan va narxi $230