Python Uzbekistan | Shaxsiy blog | Farrux Elomonov
346 subscribers
196 photos
76 videos
22 files
225 links
— Backend boʻyicha maʼlumotlar ulashib boraman.

— “Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.” — Imom G'azzoliy.

https://farruxnet.uz

Guruh: @pyuzgroup
Aloqa: @pyuz_bot
Download Telegram
Forwarded from Khumoyun Codes
📣 Suhbat yuklandi 📣

Saidolimaka bilan bo'lgan suhbatimiz YouTube ga yuklandi. Suhbat davomida juda ham ko'p qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi. Asosiy "Dasturchi butun umr kod yozadimi?" savolimizga ham javob oldik. Tushlikdan keyin backgroundda eshtishlik chiqipti o'ziyam. Albatta tomosha qiling 😊

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Keyingi suhbatlarda kimni ko'rishni hohlashingizni post izohlariga yozib qoldiring 👇

@khumoyun_codes

https://youtu.be/VnWxsQYw7vg
👍1
Forwarded from Dr. Algorithm
Dasturchining odatlari

O‘zbekiston dasturchilari juda qimmat!


Shu gapni eshitganmisiz? Bu gapni o‘zimizdan emas, chet davlatida turgan va dasturchi yollamoqchi bo‘lgan korxonalar aytadi. O‘ylab qarasam, rostdan ham bizda dasturchilar qimmatga aylanar ekan.

Keling shuni o‘ylab ko‘ramiz, nima uchun bizda qimmat?


1. Daraja.

O‘quv kursini tamomlagan odam o‘zini Junior dasturchi deb biladi. 2-3 yil ishlagan dasturchi esa Middle bo‘ldim deydi. 5 yilda Senior bo‘lgan odamlarni ko‘p uchratasiz.

Daraja vaqt bilan o‘lchanadimi?


Albatta, yo‘q. Chunki u o‘zining ustida ishlamagan bo‘lsa, 10 yildan keyin ham Junior bo‘lib qolaveradi.

Unda nima uchun odamlar o‘ziga daraja beradi?


Sabablaridan biri o‘zini boshqa odamga qimmatroqqa sotish. Sizni sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham shuni maqsad qilgan. Sizni kichik darajada sotib olib, katta darajada sotsa, foyda ko‘proq bo‘ladi. Siz rostdan ham Juniordan Middlega chiqdingizmi, unisi keyingi masala bo‘lib qoladi.

2. Soft skill

Bilamiz-ki, dasturchining biror texnologiyani bilishi Hard skill deyiladi. Buni bizning o‘quv kurslarimiz sochib tashlashmoqda. Bitiruvchilar rostdan ham texnologiyalarni zo‘r bilib chiqishmoqda. Ammo...

Shu intizom kabi soft skill’larni hamma joyda ham o‘rgatishmaydi.


1. Vazifaga mas’uliyat bilan yondashish.
2. Tushunmasa savol berish.
3. Majlis (call)ga vaqtida kirish.
4. Vazifaning holatini izohlarida yozish.
5. Xabarlarni shaxsiydan emas, guruhda yozish.
6. Hujjat yozish (documentation)
7. Email ishlatish. 
8. O‘ron (parol)ni Password managerda saqlash. Qog‘ozda emas.
9. Vazifalarini qilib bo‘lgan bo‘lsa, backlogdan vazifa izlash.
bu ro‘yxatni hali ko‘p davom ettirsak bo‘ladi.

3. Jamoada ishlash.

Ko‘p dasturchilarimiz "yolg‘iz bo‘ri" holatidan chiqa olishmaydi. O‘rmonda bir o‘zi ov qilishda qolib ketishadi. Korxonalarda esa, hatto kichik korxona bo‘lsa ham, jamoada ishlay oladigan odam kerak.

Buni o‘rganish uchun bizda choyxonalar bo‘lar edi. Agar Abdulla Qodiriy davridagi choyxonani olsangiz, odamlar osh ustida yig‘ilganida kitob tahlil qilishgan, biror kishi muammosini hal qilish ustida bosh qotirishgan, mahallaga biror yordam kerak bo‘lsa, qanday tashkil qilishni gaplashishgan.

"Menga nima?" - deyishmagan ekan-a?


Bu madaniyatimizda bo‘lgan. Bu jamoa bo‘lishga va jamiyat shakllanishiga yordam bergan usul. Hozirgi nomlari:
- Networking
- Small talk
- Volunteering
- Donation
deb ataymiz.

Vaholanki aynan shu narsalar bor:
+ Tanishish (tanish bilish orttirish)
+ Holidan xabar olish 
+ Hashar
+ Ehson

Manimcha, biz nimanidir xato qildik.


Bu narsalar mahallada, choyxonada o‘rganilgan. Hozir choyxonalarimiz ovqat yeyish va telefonda o‘yin o‘ynashdan iborat.

~~~

Agar oylik maosh chet ellik dasturchilarniki bilan bir xil bo‘lsa, nima uchun bizning dasturchilar qimmat dedingiz?


Bunga sababim bor. Chunki, agar darajamizni o‘zimiz tanlab olsak, intizom ustida ishlamasak va jamoada ishlashni o‘rganmagan bo‘lsak, bu chet el korxonasi uchun qimmatga tushadi degani. 

Tasavvur qiling, man $3,000 ga dasturchi ishga olmoqchiman. Sharqiy yevropadan xodim olganim yaxshimi yoki O‘zbekistondan? 

+ Bizning dasturchi kuniga 8 soat ishlamaydi, 10-12 soat ishlaydi. Yevropalik 8 soat bo‘lishi bilan ishni to‘xtatadi. 
+ Biznikilar dam olish kunlari ham ishga chiqa oladi. Ular esa dam olishi kerak. 
+ Biznikilar texnologiyani zo‘r biladi. Ular muammoni qanday yechishni.
+ Biznikilar bitta o‘zi tez kod yoza oladi. Ular jamoada yaxshi ishlaydi. 

bu ro‘yxatning qaysi tomoni biznes egasi uchun foydali. Chap tomoni unumlimi, yoki o‘ng tomon?

Aynan shu kabi tahlillarni qilgan chet ellik korxonalar bizdan kamroq dasturchi olishmoqda. 

Yechim

Biz unutib qo‘ygan amallarimizni tiklashimiz kerak. Hozir uyqudamiz.
+ Intizom - intizomni tiklashimiz kerak. Har bir kishi ishni o‘z vaqtida qilishni boshlashimiz kerak. 
+ Mas’uliyat - yolg‘onni yo‘qotsak, va’dani ustidan chiqsak, buni ham eplaymiz. 
+ Jamoa - biz jamoa bo‘lib yashaydigan millatmiz. Birga rivojlanishimiz kerak. Qo‘limizdan keladi.

#dasturlash #odatlar

30.12.2025 London
@DrAlgorithm
👍5
Forwarded from Dr. Algorithm
Yuqoridagi "Dasturchining odatlari" maqolam ko‘proq salbiy maqolaga o‘xshab qoldi. Lekin ba’zida ma’lumotni boricha berish kerak. Achchiq bo‘lsa, yaxshi ta’sir qiladi. 

Kelasi yil uchun reja qilayotganlar uchun turtki bo‘lsa, ajab emas.


Yangi loyiha o‘ylayotgan edim. Yosh dasturchilarga jamoada ishlashni o‘rgatish va intizomni rivojlantirish bo‘yicha. 

Sizdan bir iltimos bo‘ladi:

⁉️ Dasturchilarimizda bo‘lishini xohlayotgan qaysi sifatlarni bilasiz? 


Izohlarda yozib qoldirsangiz, loyihaga qo‘shishga harakat qilar edim. Agar loyihamiz o‘xshasa, hammamizga foydali bo‘lar edi. 

Uzun maqolamni o‘qiganingiz uchun katta rahmat!

#dasturlash #odatlar #izoh

30.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Khumoyun Codes
Sardor og'a bilan bo'lgan suhbatni yukladik, iftorgacha ko'rib ulgursa bo'ladi bemalol, og'a qanday qilib PHPchi bo'lib qolganlaridan, 13 yildan beri nega ish joyini almashtirmayapganlari va boshqa mavzular haqida gaplashdik. Xullas suhbat qisqa bo'lmadi, lekin qiziqarli bo'lganiga shubham yo'q.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Bcv9b6H6FNs
Assalomu alaykum! Hayit ayyomi muborak bo'lsin!
🎉1
Forwarded from Dr. Algorithm
Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdi

Bugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi. https://t.me/durov/491

Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas.

Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam.

Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga:

Sening yoshingda mumkin emas!


degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi.

Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi.

Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi.


Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak.

Xato nimada edi?

Dasturga kirish uchun PIN kodni local qurilmada saqlashgan ekan. 🤯

Bu degani, qurilmada aynan oʻsha PIN kod faylini oʻchirib, yangi PIN qoʻysa bo‘ladi.

Juda tp, juda sodda ehtiyotsizlik.

Bu kabi davlat ahamiyatidagi dasturlarga jiddiy e'tibor beriladi. Yaxshi arxitektor, yaxshi dasturchi, yaxshi jarayon bo‘lmasa, katta talafot olib keladi.

Nima deyishga ham hayronman.

Iltimos dasturchi do‘stlar, siz bunday xatolarni qilmang. Maslahat kerak bo‘lsa katta dasturchilardan so‘rang. Ular inkor qilmaydi deb o‘ylayman.


Ayyom muborak bo‘lsin.

Manba: https://cybernews.com/security/eu-age-verification-app-hack

17.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
👍2😁1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Har bir dasturchi bilishi shart bo'lgan xavfsizlik asoslari.

Encryption, Hashing, TLS, etc.

Stream. 18:30 da.

https://www.youtube.com/watch?v=WsIyJPR-XFE
👍1
Forwarded from Dr. Algorithm
1 oy tekin ekan.

🧑‍💻 https://bytebytego.com

Assalomu alaykum do‘stlar,
Nodirjonga rahmat. Dasturlash bo‘yicha foydali kitoblarni tekinga o‘qish imkonini tavsiya etdilar.

Ishga kirishga tayyorlanayotganlar uchun foydali manba ekan.


Sizga ham ulashgim keldi.

30.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1
Forwarded from 42⚡️
⚡️System42'dagi energiyani his qiling

6 ta spiker va 100ga yaqin dasturchilar yig'ilib fikr, tajriba, bilim va energiya almashishdi

Keyingi System42 konferensiyani kattaroq o'tkazishni niyat qildik

@qirikki
👍1👏1