Python FAQ
278 subscribers
4 photos
7 videos
37 links
Python bo'yicha odatiy va ko'p beriluvchi savollarga javoblar + pythonchidan kichik maqolalar
Download Telegram
Channel created
⭕️ Python nima?

#python_nima

🌀 Python - dasturlash/skriptlash tili. Bu borada bahslar ko'p, xohlang uni dasturlash tili deng, xohlang skriptlash. Biroq, bu til o'zida ko'proq skriptlash tillariga xos belgilarni jamlaydi. Demak, Python nimaligi ma'lum. Uning asoschisi Guido van Rossum hisoblanadi.

Pythondan Google, Youtube kabi saytlarda foydalaniladi. Bundan tashqari NASA da ham bu tilni ilmiy tadqiqotlarda ishlatishadi. Pythondan kompyuter va mobil dasturlar, saytlar, o'yinlardan tortib robotlargacha tayyorlashda foydalaniladi.

Rasmiy sayti: python.org
⭕️ Qanday o'rganamiz?

#qanday_organamiz

🌀 Bu borada aynan bitta manbani keltirish noto'g'ri. Kundan kunga yangiroq va yaxshiroq darslar chiqaveradi. Lekin baribir nimadir tavsiya qilish kerak!

Hozirda "SoloLearn" sayti dasturlashni o'rganuvchilar uchun juda ajoyib dizayndagi sifatli va bepul darslarni taqdim etadi. Darslar ingliz tilida, asosan. Ayrimlarini rus tilida ham topish mumkin.

Android va iOS foydalanuvchilari uchun ilovalar tayyorlangan, ularni do'konlar (App Store, Play Store) dan "Learn Python" deb qidirish yetarli.

O'zbek tilida darslar ko'p emas, lekin bor. Mana bu ulardan biri: bu yerga bosing

Boshqa darslarni topish uchun Gooogleni ozroq qiynashga to'g'ri keladi ;)
⭕️ Funksiya nima?

🌀 Funksiya va uning turlari haqida maqola: http://telegra.ph/Pythonda-funksiya-03-13
Python bo'yicha video tayyorlashga bo'lgan urinishlardan yana bittasi boshlanibdi. Kamchiliklar bor, xatolar bor... lekin bu O'ZBEKCHA. Qidirganlar uchun yangi kontent. Hozircha Pythondan darslar yo'q, faqat tanishtiruv. Kelajakda to'liq darslarni ko'rishimiz mumkin bo'lar balki.

https://www.youtube.com/watch?v=teGJYkTFU6U
🐯 hops 2.0 - contributorlar uchun ochiq eshiklar

Python UZBEKISTAN jamiyati uchun ochilgan guruhimiz boshqaruviga bag’ishlangan yordamchimizning yangi 2.0 (TORA edition) versiyasi ustida ishlar boshlandi. oxirgi paytlarda guruhda odamlar ko’paydi, ularga qo’shilib muammolar ham. bu o’z-o’zidan yangi o’zgarishlarni talab qiladi. guruhning zabardast vakillarini birga ishlashga chaqirmoqchiman.

loyihada qo’llaniluvchi birlamchi texnologiya va modullar:
+ Django
+ Daphne
+ DreamGraph
+ Pillow
+ Docker (+ docker-compose)
+ sqlite3
+ ?

githubdagi repoda yangi "dev" branchi ochilgan, ishlar endi boshlanish arafasida. xohlovchilar bemalol qo’shilishi mumkin. fikr, tanqid va boshqa har qanaqa munosabatni guruhda emas, o’zimga jo’natishilani so’rardim. iltimos, @python_uz guruhida bu mavzuda gaplashilmasin. bu xabar - qiziquvchilar uchun e’lon edi.