PwlSec
118 subscribers
171 photos
32 videos
3 files
88 links
Cyber News
Exploits
Bugs
Download Telegram
PwlSec
Photo
Haad guy🥶
🤣7❤1
👾
❤3🤣2
PwlSec
👾
Shunchaki yoshim
Yetmas ekan…
Forwarded from LogBit AI
«Ichki ishlar vazirligi targ’ib qilgan “Apk Qo’riqchi” bu josuslik agenti» — degan da’volar haftalab tarqaldi. LogBit Labs gapni emas, kodni tekshirdi.

IIV ilovani ochiq targ’ib qilmoqda: vazir o’rinbosari Ramazon Ashrapov 9-oktabr matbuot anjumanida 3 million foydalanuvchi ulanganini aytdi, Google Play’da esa yuklanishlar 5 milliondan oshgan. Shu ko’lamdagi davlat ilovasi ijtimoiy tarmoqlarda «bu josus dastur», «davlat telefoningizni to’liq nazorat qiladi» degan izohlarga sabab bo’ldi.

Taxmin qilish o’rniga LogBit Labs forenzik tahlil o’tkazdi — so’nggi versiya (v1.2.15) va 10 ta eski versiya dekompilyatsiya qilinib, kod satrma-satr o’qildi.


Avval bir chalkashlik: “Apk Qo’riqchi” - antivirus emas. U bitta aniq muammoga - Telegram orqali yuboriladigan zararli «.apk» fayllarga qarshi ishlaydi: ularning o’rnatilishini to’xtatadi, xavfli ilovalarni belgilaydi va qolib ketgan .apk’larni tozalaydi. Hammasi qurilmada, bepul, o’zbek tilida.

Asosiy xulosa. v1.2.15 kodida masofaviy server (C2), buyruq kanali, kuzatuv ruxsatlari (SMS, joylashuv, kamera, mikrofon, IMEI) yoki yashirin ma’lumot uzatish - yo’q. Aniqrog’i, ilova kodida umuman tarmoq kodi yo’q. Demak, uni “josuslik quroli” deyishga texnik asos yo’q.

Eng muhim topilma — eski versiyalarda. 1.2.0–1.2.12 versiyalari o’rnatilgan ilovalar xeshlarini foydalanuvchiga aytmasdan VirusTotal’ga (Google xizmati) yuborgan — bu Play’dagi «ma’lumot yig’ilmaydi» deklaratsiyasiga zid. Muhim nuqta: ma’lumot davlat serveriga emas, VirusTotal’ga ketgan; telefon raqami yoki IMEI uzatilmagan. Bu kod 1.2.13 versiyadan boshlab butunlay olib tashlangan.


Shaffoflik. Nashriyotchi «IIV» deb ko’rsatilgan, biroq aloqa ma’lumotlari shaxsiy (shaxsiy Gmail, com.baxtiyorov.security), maxfiylik siyosati rasmiy davlat domenida emas, Google Sites’da. Ilovani IIV o’zi ishlab chiqdimi — ochiq manbalardan tasdiqlab bo’lmadi; bu savolga IIV javob bergani ma’qul.

Fuqarolarga: ilovani faqat Google Play’dan o’rnating; Telegram’dagi «Qo’riqchi.apk»ni hech qachon ochmang; o’rnatgan bo’lsangiz 1.2.13+ ga yangilang. Esda tuting: u faqat APK’dan himoya qiladi — SMS-kodingizni hech kimga bermang.


Umumiy baho: josus vosita emas, real tahdidga qarshi foydali — lekin kuchli ruxsatli, egaligi shaffof emas va doimiy mustaqil nazoratni talab qiladi. Barcha xulosalar SHA-256 xeshlari va trafik loglari bilan tasdiqlangan.

To’liq texnik hisobot :
https://logbit.uz/blog/apk-qoriqchi-forenzik-tahlil


😎 LogBit Labs - kiberxavfsizlik tadqiqotlari

Telegram | Web-site | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Сунъий интеллектни ривожлантиришга сармоя қилинганида, ундан ҳимоя қилишга ҳам тегишли сармоя киритиш жуда муҳим (уни СИ йўналишида мақсадсиз сарф деб ҳисобланса риск ортаверади)

Охирги кунларда хакерлар атакалари бўйича дунёда жуда кўп янгиликлар чиқмоқда. Масалан, BINANCE биржасидан 6 млрд доллардан ортиқ маблағлар ўғирлангани тасдиқланди. СИдан сўраса яна кўплаб мисоллар беради: https://share.gemini.google/snFw4XVANeO1

Яқинда 27 млн маълумот чиқиб кетди деб шов-шув қилган https://t.me/butterfly_grp мақсади ҳам айнан шу масалага эътибор қаратиш бўлганлигини ўзида ҳам ёзиб чиқибди. Лекин ҳозир тарқалмади дегани, зудлик билан чоралар кўрилмаса, эртага бундай ҳолат бўлмаслигига кафолат дегани эмас!!!

Сунъий интеллект эски ишлатилаётган тизимларда заифликларни аниқлаш бўйича жуда катта революцияни бошлаб берди. Gemini тайёрлаган графикка эътибор қилсангиз, аввалгиларига қараганда, ҳозир аниқланаётган заифликлар сони бир неча бараварга ортиб кетди.

Шунинг учун, барча давлат, нодавлат ва тижорат ташкилотлари ўз тизимларида доимий равишда ушбу заифликларни вақтида тузатиб боришлари зарур бўлади.

Рисклар кескин ортиб бораётгани сабабли тизимларни яратишга ва юритишга масъул идоралар ва компаниялар томонидан Киберхавфсизлик учун қўшимча молиялаштириш кўзда тутилиши ва мутахассислар тайёрланиши зарур.

Ўша мутахассислар ДХХ Киберхавфсизлик маркази тавсиялари https://t.me/cyber_csec_uz ва уларнинг UzCERT хизмати https://t.me/uzcert_live хабарларидаги янги топилган заифликлар ҳақида ўқиб, зудлик билан тизимларни тузатиш чораларини кўриши шарт!

Акс ҳолда, рақамлаштириш ва СИ ривожи борган сари хавфни ортишига сабаб бўлаверади.

Бу ҳолат келажакда юқори даромадли ишга эга бўлмоқчи бўлган ёшларга қўшимча эслатма ва имконият. Киберхавфсизлик бўйича мутахассис бўлишга ҳаракат қилинг! Уларга ўзимизда ҳам, чет элда ҳам талаб ортаверади. Шунинг учун, Cyber University давлат университетини танлашни тавсия қиламиз. Албатта, ТАТУ, INHA, Amity, Acharya университетларида ҳам Киберхавфсизлик йўналишларини кучайтиришга эътибор қаратилади.
)
Forwarded from The Hacker News
‼️WARNING - OpenSSH issues emergency fix for a critical SSH authentication bypass on Alpine Linux.

A password longer than 256 bytes can unlock key-only accounts on affected servers, without knowing the actual credentials.

Here's how it works ↓ https://thehackernews.com/2026/11/openssh-issues-emergency-fix-for-flaw.html
Forwarded from choriyev.
h4ckc0n ctf - 6th place NoAI category
well well well
🔥4
Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
🇺🇿🇺🇿18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun!

1991-yil 18-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği tasdiqlanib, ranglari va undagi har bir unsuri xalqimizning tarixiy ildizlari, milliy anʼanalari hamda kelajak sari intilişini ifodalaydi.

🔵Moviy rang — tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu — yaxşilikni, donişmandlikni, halollikni, şon-şuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayroğining rangi ham moviy rangda edi.

⚪️Oq rang — muqaddas tinçlik ramzi bölib, u kun çaroğonligi va koinot yoritkiçlari bilan uyğunlaşib ketadi. Poklik, beğuborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligini ifodalaydi.

🔴Qizil çiziqlar — vujudimizda jöşib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

🟢Yaşil rang — tabiatning yangilaniş ramzi. U köpgina xalqlarda navqironlik, umid va şodumonlik timsoli hisoblanadi.

🌙 Navqiron yarim oy
— tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan boğliq. Ayni paytda u qölga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

✨Yulduzlar — barça uçun ilohiy timsol sanalgan. Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğidagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning ön ikki yulduzga bölgan eʼtiborimiz Özbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

👍Kiberxavfsizlik markazi jamoasi barça yurtdoşlarimizni uşbu kun bilan muborakbod etadi.

🌐 Website | 📝 Telegram | 🌐 Facebook | 📹 Youtube | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Soon
🍾6
100+ thanks
🔥6
Forwarded from UzCERT Live
⚠️ NGINX veb-server dasturida masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini beruvçi ikkita kritik zaiflik aniqlandi!

💻 2026-yil 18-noyabr kuni dunyo böylab keng qöllaniladigan NGINX veb-server dasturida axborot tizimlari xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvçi ikkita kritik zaiflik aniqlangani haqida maʼlum qilindi. CVE-2026-123633 va CVE-2026-123007 identifikatorlari bilan röyxatga olingan mazkur zaifliklar tajovuzkorlarga ayrim şaroitlarda autentifikatsiyadan ötmasdan, tarmoq orqali masofadan turib server xotirasiga zarar yetkaziş hamda zararli dasturiy kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin.

Har ikkala zaiflik CVSS 4.0 baholaş tizimi böyiça 9,2 ball bilan baholangan bölib, xavflilik darajasi kritik deb belgilangan.


⚠️ Mazkur zaifliklar NGINX dasturining HTTP/2 protokoli orqali kelayotgan sörovlarni qayta işlaş mexanizmlarida aniqlangan. Ulardan foydalaniş uçun tajovuzkor serverda avvaldan foydalanuvçi hisobiga ega bölişi yoki tizimga qonuniy kiriş huquqini qölga kiritişi şart emas. Biroq zaifliklardan foydalaniş imkoniyati serverning dasturiy versiyasi, konfiguratsiyasi va muayyan texnik şaroitlarga boğliq.

📱 Batafsil

🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Apache Roller'da autentifikatsiyasiz RCE
⚠️ CVSS: 9.8 | Faol ekspluatatsiya haqida xabar berilgan
📅 18–21-noyabr, 2026-yil
🔎 CVE-2026-129448
Apache Roller platformasida autentifikatsiyadan o'tmasdan masofadan turib kod bajarish (RCE) imkonini beruvchi jiddiy zaiflik haqida xabar berildi.
Texnik ma'lumotlar:
▪️ Zaiflik turi: Ishonchsiz ma'lumotlarni obyektga aylantirish (Deserialization of Untrusted Data).
▪️ Ta'sirlangan versiyalar: 4.0.0–6.1.4.
▪️ Hujum vektori: XML-RPC endpoint.
▪️ Ta'siri: Serverda masofadan turib kod bajarish.
Zaiflik nimasi bilan xavfli?
Ushbu zaiflik sababli hujumchi tizimda autentifikatsiyadan o'tmasdan kod bajarish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Bu serverdagi ma'lumotlar va xizmatlar xavfsizligiga jiddiy tahdid tug'diradi.
🛡 Tavsiya:
Apache Roller versiyasini yangilash, XML-RPC xizmatining sozlamalarini tekshirish va serverdagi shubhali faoliyatni kuzatish tavsiya etiladi.
📚 Manba: The Hacker News
#ApacheRoller #CVE #RCE #Exploit #CyberSecurity #PWL
hasker level up🤓
😁2