YELKALAR HOLATI – KAYFIYAT
IFODASI
Insonning tabiati va kayfiyatini aniqlab olishda yelkalar ham
katta ahamiyatga ega.
Koʻtarilgan yelkalar – bir oz engashgan bel, quyi solingan bosh oʻzini himoyasiz his qiluvchi, oʻziga ishonchi yoʻq odamlarda uchraydi.
Erkin tashlangan yelkalar ichki erkinlik, oʻziga ishonch, egalik qilish hissidan dalolat beradi.
Yelkalarni galma-gal koʻtarib tushirish – ikkilanish va oʻychanlik, shubha, rejalarni oʻzgartirishni koʻrsatadi.
Yelkalarni birgalikda koʻtarib-tushirish bilishni istamagan holda “bilmayman” degan javobni berishdir.
Yelkalar orqaga tashlangan, koʻkrak oldinga boʻrtib chiqqan boʻlsa, uddaburonlik,
tashabbuskorlik, kuchlilik hamda shu bilan birga koʻpincha oʻziga yuqori baho berishning ham belgisi.
Oldinga osilgan yelkalar umidsizlik va boʻshanglik bilan oʻzini-oʻzi xarob qilayotgan insonning aksini koʻrsatadi. Bu holat qoʻrquv va yoqimsiz hislar tufayli insonning oʻz qobigʻiga oʻralib olganligi va bularga ochiq-oshkor magʻlub boʻlganligini koʻrsatib turadi.
👉 @progresspsixika

Ustozlar
Sanobar Rahmonova
Ustozlar yaxshi a baribir o'qitmasayam 😂
#hatomi yo?
Millovdan avval:
O'qish kerak, yozish shart emas.
(Aflotun)
21-asr:
Yozish kerak, o'qish shart emas.
(Davlat Institutlari)
@progresspsixika
Millovdan avval:
O'qish kerak, yozish shart emas.
(Aflotun)
21-asr:
Yozish kerak, o'qish shart emas.
(Davlat Institutlari)
@progresspsixika
Xarakteringiz haqidagi barcha narsani oshkor qiluvchi 11 rangdagi liboslar...
Londonlik uslubchi va «Sizning uslubingizning rangi» kitobining muallifi Devid Zila shunday deydi: «Javoningiz turli rangdagi kiyimlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa ham, baribir, siz o‘zingizga yoqqan, o‘zingizni qulay his qiladigan rangdagi kiyimni boshqalaridan ko‘proq kiyasiz. Aynan mana shu rang sizning xarakteringizni ochib beradi».
Turli ekspertlarning fikrlarini o‘rganib chiqqach, «adme.ru» sayti sevimli rang bizni boshqalar ko‘z o‘ngida qanday gavdalantirishi va xarakterimizni namoyon etishini aniqladi.
Quyida ana shu ranglarning 11 tasi haqida fikr yuritamiz.
«Qora rang – jiddiy qabul qilinadigan rangdir», — deydi moda va uslub bo‘yicha ekspert Karen Xaller.
Haqiqatan ham, psixologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qora rangni atrofdagilar obro‘, hokimiyat, jiddiylik va ziyolilikni bildiradigan rang sifatida qabul qiladi. Shuning uchun Yevropaning ko‘plab universitetlarida bitiruv libosi qora rangda.
Kiyinishda qora rangni tanlaydiganlar shijoatli, maqsadli, shuningdek, nozikta’b odamlardir. Odatda ular hissiyotga beriluvchan bo‘lishadi, ammo ko‘pincha buni yashirishga harakat qilishadi. Qora rang ularga boshqalarning e’tiborini tashqi ko‘rinishdan shaxsga qaratishga yordam beradi.
Jigarrang – yer rangi. Ishonchlilik, kuchlilik va barqarorlikni ifodalovchi rang. Ushbu rangdagi kiyimlarni kiyadiganlar kattalarni hurmat qiladigan, har doim hammadan tinchlik, barqarorlik va kuch izlashga moyil bo‘lgan biroz konservativ odamlardir. Jigarrang ko‘ylakdagi qiz yoki yigit ishonchli, aqlli insonday taassurot qoldiradi. Aslida ham shunday.
Ko‘k rang - Jurnalist va psixolog Liza Jonson Mendelning fikriga ko‘ra «ko‘k rang kishining o‘ziga ishonchini kuchaytiradi. Shuning uchun ko‘plab ish kiyimlari va rasmiy kostyumlar ko‘k rangda bo‘ladi».
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlarining aniqlashicha, to‘q ko‘k rangdagi liboslar tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lar ekan.
Ko‘pincha ko‘k rangdagi kiyimlarni mehrli, xushmuomala va hatto uyatchan kishilar tanlashar ekan. Psixologlarning aytishlaricha, ko‘k kiyimli kishilar risoladagidek ota-ona yoki ishchi bo‘la oladi. Bunday odamlarning asosiy fazilati bosiqlik va xayrixohlikdir.
Yashil - Amsterdam universiteti olimlari yashil rang sizni yaxshi kayfiyatda ushlab turishini ta’kidlaydilar. Yashil rangni yoqtiradiganlar faol ijtimoiy hayotni ma’qul ko‘radi, yaxshi tumanda yashaydi, ularning moliyaviy holati barqaror bo‘ladi. Ko‘pincha ular muloyim va mehribon, yaqinlari uchun qayg‘uradigan insonlar bo‘lishadi.
Binafsharang - Qadimda binafsharang oliy tabaqaga mansublikni, nafislik, boylik va hashamatni anglatgan. Ma’lumki, Kleopatra bu rangni haddan ortiq yaxshi ko‘rgan. U paytlarda bunday rangdagi kiyimlarni faqatgina boylar kiyishi mumkin bo‘lgan.
Bugungi kunda, kiyimdagi binafsharang ijodkorlikni, g‘oyalarni va san’atni sevishni bildiradi. Binafsharang kiyim kiyadiganlar nozik tabiatli odamlardir.
Qizil — ehtiros va kuch rangi. Qizil rangning har qanday yorqin ko‘rinishi barchaning diqqatini o‘ziga torta oladi. «Qizil rang erkaklar uchun asosiy stimulyator vazifasini o‘taydi», — deydi Virjiniya shtatining (AQSh) Norfolk tibbiyot maktabi professori Ebbi Kalish.
Sariq – baxt, quyosh va kulgi rangi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atrof-muhitdagi sariq rang miya ichidagi serotonin ishlab chiqarishni oshiradi, metabolizmni tezlashtiradi va atrofdagi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi.
Bundan tashqari, sariq rang konsentratsiyani va e’tiborni oshiradi, shuning uchun u tez-tez plakatlarda, reklama bannerlarida, yo‘l belgilarida ishlatiladi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sariq rangli kiyimlardan ko‘pincha faol, ijod kishilari bo‘lgan odamlar foydalanadi.
Oq rang — ozodlik, poklik, aybsizlik va oddiylik ramzi. Shu sababli hayotni toza sahifa bilan boshlashga qaror qilsak, tez-tez o‘zimizga oq narsa sotib olamiz. Oq rang ishonchli odamlarni jalb qiladi, ular erkinlikni sevadilar va hayotga umid bilan qarashadi.

Umuman olganda, oq libosni har qanday xarakter bilan ham kiyish mumkin. Oq neytral rang.
Yorqin pushti - yoqimtoy qizning rangi, u ko‘pincha bolalar shkafi yoki Barbi qo‘g‘irchoqlarida ko‘rinadi. Yosh katta bo‘lgan sayin bu rangga talab ham kamayib boraveradi.
Och pushti - sokin, haroratli va nazokatli rang hisoblanadi. Ushbu rang – eng kuchli tinchlantiruvchi ranglardan biridir. Shuning uchun ba’zi qamoqxonalarda devorlar agressiya darajasini pasaytirish uchun pushti ranglarda bo‘yaladi. Psixologlarning fikriga ko‘ra, pushti rangni xush ko‘ruvchi insonlar romantik, optimist va o‘zini yaxshi ko‘radigan (yaxshi ma’noda) insonlar bo‘lishadi.
To‘q sariq - Ushbu rang quvnoq, ijodiy, jozibali rangdir. To‘qsariq rangli kiyim kiyganlarga qarang. Ular o‘zgarishlarga tayyor bo‘lgan optimist, quvnoq va harakatchan odamlardir. Ba’zida ular biroz o‘zgaruvchan odamlar bo‘lsa-da, shuhratparast va ehtiyotkor bo‘lishlari mumkin.
Kulrang - Uslubchilarning aytishicha, kulrang — muvozanat rangi. U juda yorqin ham emas, juda to‘q ham emas. Kulrang kiyim kiyadigan kishilar odamlarning diqqatini o‘ziga tortishni istamaydigan kishilar bo‘lishadi. Kulrang xotirjamlik, o‘lchovlilik va yetuklikning belgisidir.
Ko‘plab o‘rta yoshli erkaklar kulrang kostyum kiyadi, ayollar esa kulrang ko‘ylak kiyadi.
Bu neytral rang bo‘lgani uchun uni yoqtiradigan odamni tavsiflash juda qiyin.
Biroq ko‘pchilik hollarda kulrang libos kiygan odam e’tiborni jalb qilishni yoqtirmaydi va betaraf bo‘lgan pozitsiyani saqlaydi.
👉 @progresspsixika
“Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki”
Olmoniyaga (Germaniya) oʻqishga borgan bir arab yigit hikoya qiladi.
Olmoniya sanoatlashgan, oʻta rivojlangan davlat. U yerda turli sohalarga oid mahsulotlarning saralari ishlab chiqariladi. Koʻpchilik, bu mamlakat aholisi nihoyatda toʻkin-sochin, oʻta dabdabada yashaydi, deb oʻylaydi. Safarimdan oldin men ham shu fikrda edim. Hamburg shahriga kelib tushganimda, u yerdagi tanishlarim bir restoranda ziyofat uyushtirishdi. Restoranga bordik. Qarasak, restoranda odam kam, bir nechta yoshi ulugʻ ayollar bor, bir chetdadagi stolda yosh er-xotin oʻtiribdi. Oldilarida ikkita tarelka ovqat va ikkita ichimlikdan boshqa narsa yoʻq. Biz ham bir stolga oʻtirdik, qorin ham ochqab ketgandi, shundan sherigim koʻpgina ovqat buyurtma berdi. Restoran tinch ekan, ovqat ham tezda keldi. Ovqatlanib boʻlib, turib ketayotganimizda ovqatni deyarli uchdan biri tarelkada ortib qolgan edi. Restoran eshigiga yetib bormagan ham edikki, kimdir bizni chaqirdi, qarasak yoshi ulugʻ xonimlar restoran boshligʻiga nimalarnidir gapirishyapti. Bilsak, ular koʻp ovqat qoldirib ketayotganimizdan norozi ekanlar. Sherigim: “Oʻzimiz buyurtma bergan ovqat, pulini toʻladik, sizlarga daxli boʻlmagan narsaga nega aralashasizlar”, dedi. Xonimlardan biri bizga qattiq gʻazab bilan qarab turdi-da, telefon oldiga borib, kimgadir sim qoqdi…
Koʻp oʻtmasdan, rasmiy kiyimda bir kishi kerib keldi, oʻzini “ijtimoiy taʼminot muassasa”sining zobiti deb tanishtirdi. Bizga 50 marka (pul birligi) jarima soldi. Biz javob qaytarolmadik. Sherigim uzr soʻrab 50 marka toʻladi. Zobit samimiy ohangda: “Ortib qolmasligiga koʻzlaring yetgan taomni buyurtma beringlar, pul oʻzlaringniki, lekin resurslar barchaniki. Dunyoda koʻplab odamlar resurs, oziq-ovqat taqchilligiga duch kelmoqda, sizlar esa behudaga ketkazyapsizlar”. Biz rosa xijolatda qoldik. Uning gaplari haq edi.
Biz shuni tafakkur qilishimiz kerak, bizning yurtlarda (Arab davlatlari) oʻzi resurs koʻp emas, shunday boʻlsa ham, birovni chaqirsak, odamlar nima deydi, deb, koʻp yeguliklar xarajat qilib yuboramiz. Natijada kimlardir zor boʻlayotgan koʻplab ovqatlar isrof boʻlib qolib ketadi. Bu biz uchun amal qilishimiz kerak boʻlgan dars boʻldi.
Sherigim oʻsha jinoyat qogʻozini suratga olib, har birimizga esdalik sifatida bittadan nusxa berdi. Biz uni hech qachon isrof qilmasligimizni eslatib tursin, deb xonamiz devoriga osib qoʻydik… “Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki”.
Bu hikmatni har qachon ovqatlanganimizda, yoki dush qabul qilganimizda, yoki resurslardan, masalan, elektr, gaz, suv va hakazo… qay biri boʻlsin, ishlatayotganimizda eslashimiz kerak. Resurslarning barchasi Allohning neʼmati, agar biz uni isrof qilib yuborsak, oqibatda unga zor boʻlib qolishimiz mumkin. Uni ato qilgan Robbimizga shukr qilib, uni tejab, keragicha ishlatsak, Robbimiz uni yana ham ziyoda qiladi.
Alloh taolo marhamat qilgan: “Yeb-iching, (lekin) isrof qilmang! Chunki U zot isrof qiluvchilarni sevmas”.
© Muhammad Yahyoxon Muhammadxon oʻgʻli tarjimasi

HAYOT PSIXOLOGIYASI
Bir martagina beriladigan umrni zavq-shavqqa toʻldirib, olam-olam quvonchlarga burkab yashashga ne yetsin! Bu olam boyliklari, qadriyatlari qurshovida inson oʻzini xuddi par kabi yengil sezadi, yurganday emas, goʻyoki uchayotganday boʻladi. Nimani istasa, hammasi oyogʻi ostida hozir boʻlayotganday tuyuladi.
Bu xayol emas, haqiqatan shu darajaga yetish mumkin. Qachonki inson hayotni sevsa, odamlarga, butun mavjudlikka mehrini ulashsa, fikr hamda tuygʻularini suv kabi tiniq, quyosh misoli yorugʻ, xuddi nurdek shaffoflantirsa, ana shunda oʻzi bu olamga bergan jamiki yaxshiliklarining oʻn, yuz, balki ming chandon ortigʻiga ega boʻladi. Chunki hayot muhabbat ulashish, mehr koʻrsatish demakdir.
Mazkur kitob umr mazmunini izlagan, oʻzligini anglashga harakat qilgan, ichki va tashqi olam munosabatlarini muvozanatga keltirishni istagan barcha insonlarga moʻljallangan.
Mazkur kitobni oʻqib hayotingizni oʻzingiz xohlagandek qurishga, uni omad va uygʻunlikka toʻldirishga imkon beruvchi bitmas-tuganmas kuch manbaining oʻzingizda mavjudligini bilib olasiz. Ichingizda yashirin chek-chegarasi yoʻq aql-idrokka va kuchga monand sozlanishni oʻrganasiz. Risola sogʻlikni mustahkamlashda, baxt, farovonlikka yetishishda, umuman, nimani istayotgan boʻlsangiz, oʻsha narsalarga ega boʻlish uchun ong osti kuchlaridan foydalanish qoidalarini, usullarini hamda tamoyillarini tushunishga imkon beradi.
Inson umri hayot mazmunini izlashdan boshqa narsa emas.
Baxt hayot mazmunini, mehr-muhabbatni topish demakdir! Har bir inson oʻz fikr-oʻylari bilan oʻzi tarkib topgan quvvatni tashqi olamga yoʻllaydi. Har bir inson koʻrishni bilmay va bunga ishonmay turib hayotidagi oʻzgarishlarni oʻzi chaqiradi. Inson fikrlash tarzini faqat oʻzigina oʻzgartirishi mumkin. Inson umri — biz oʻz ixtiyorimizga koʻra bu yorugʻ olamda mavjudligimizni oʻzlashtirish uchun bor-yoʻgʻi bir saboq. Hayot ortidan hayot, saboq ortidan saboq — hayot hikmati, donishmandlik ana shunday jamlanadi. Bugungi kunda zamonaviy sivilizatsiyaning kattagina muammosi munosabat qurishni bilmaslik hisoblanadi, yaʼni odamlar begʻaraz sevishni bilmaydilar. Tashqi olam, hayot bilan oʻzaro munosabat qura olmadilarmi, demak, toʻgʻri oʻylay olmaydilar, bu ham bir muammo. Koʻngil insonning borliq bilan bitta butunlikni tashkil etishini, tabiat qonuniyatlariga amal qilish lozimligini aytib tursa-da, ammo inson baribir hayot qonuniyatlarini tushunmasa, samimiy, shartlashmasdan sevish haqiqatan qiyin boʻladi. Bu dunyoda eng muhimi — SЕVISH, MUHABBAT QOʻYISH, MЕHR KOʻRSATISH!
Faqat muhabbat yordamidagina siz Mehrning, Muhabbatning, Sevgining qudratini oʻzingizdan, koʻnglingizdan oʻtkazasiz. Xayolingizda boshqa narsa-yu tilingiz boshqa narsalarni gapirsa, bu — yolgʻon, soxtalik. Fikr soʻz bilan mos kelgandagina soʻzlar foydali boʻladi.
© Psixolog Shoira Isoqova

Oilada nizolar maqsadi jihatidan 2 xil bo'ladi:
Shartli ravishda «konstruktiv»
(«biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. Ular, o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bolgan muammolar, bu muammolaming hal etilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalaming xarakteriga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi.
• Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bolgan
muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan boladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik,
tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va
boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo‘la oladi. Ular asosan er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlarning o‘zlarigina hisoblanadilar.
Bunday nizolaming muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolami hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «еr-xotinning urishi — doka ro‘molning qurishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro‘molning qurishi» er-xotin o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
• Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos
boigan muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining
manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomon
manfaatining hal etilishi ko‘pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, emi yoki xotinni shaxsan o‘zi uchun biron nima xarid qilishi, eming yoki xotinning ishi tufayli, o‘zbek oilasi uchun xarakterli boigan
nizolardan bo‘lmish er yoki xotinning qarindosh-urugiari bilan boiadigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolaming hal qilinishi, ya’ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi ko‘pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga
oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozilik, e’tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos boiib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan
sabablar bevosita er-xotinlaming o‘zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bogiiq boiadi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan er-xotindan tashqari uchinchi odam boiishi mumkin, ulaming hal etilishi ham er-xotinlaming o‘zlarigagina emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bogliq boladi. Bulaming oqibatida nizolami yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi.
Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralanmagan» nizolar bo‘lib, o‘z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va oqibatlariga ko‘ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a’zolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar ham aralashadi.
Ijtimoiy psixologiyada gap, so‘z, nizo haqidagi ma’lumot
bir og‘izdan chiqib, kishilaming keng tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning ko‘lami ma’lumot manbayidan uzoqlashib, undan xabardor bo‘lgan va unga jalb etilgan ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi.
Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qolganlaridan so‘ng
bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo‘Isa, imkon qadar shu nizoda o‘zini aybsiz, haq qilib ko‘rsatishga, shu uchinchi
odamni uning manfaatlarini himoya qilishiga og‘dirib olish
maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda subyekt foydalanadigan gap-so‘zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg‘u va boshqalar deyarli barcha verbal va no verbal vositalar ro‘y berib
o‘tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda bo‘rttiribroq idrok etilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qanchali

k ko‘p odamga gapirib beraverilgani sayin, u ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va oqibatda fojiali natijalarga ham olib kelishi mumkin.
Shunday ekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki
ulami birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas.
Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro‘y beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor bo‘lishlari, ulami biriktiruvchilik, er-xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ulaming o‘zaro munosabatlarining
rivojlanishini ta’minlovchi, ulaming har ikkalovining ham,
ya’ni «biz»ning manfaatiga qaratilgan nizolaming biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ulami salbiy oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o‘rganishlari lozim. Albatta, ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» nizolami oldini olish, uning oqibatlaridan voqif bo‘lishlari ham maqsadga muvofiq.
© "Oila psixologiyasi" (G'.B.Shoumarov)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"SHAXS PSIXOLOGIYASI"
Shaxsni yetukligini aks ettiradigan va oʻz atrofida boshqa guruhlarni tashkil qiladigan 4ta asosiy tipi mavjud boʻlib ularga:
1) masuliyat;
2) sabr;
3) oʻz-oʻzini rivojlantirish;
4) ijobiy fikrlash, tashqi dunyoga ijobiy munosabati kiradi.
Masuliyat – ijtimoiy yetuklikga yetmagan shaxsni oddiy insondan farqlaydigan holat boʻlib, xozirgi kunda shaxs psixologiyasida masuliyatning
ikkita koʻrinishi keng tarqalgan.
Birinchi tipli masuliyat shundayki, shaxs oʻzining
hayotida roʻy berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, masuli sifatida faqat oʻzini tan oladi (Dj.Rotter terminalogiyasida internal nazorat lokusi).“Oʻzimning yutuqlarim va omadsizligimga oʻzim javob beraman. Mening va oilamning hayoti faqat oʻzimga bogʻliq. Men buni qilishim kerak va qila olaman” –bunday shiorlar ostida “amerikancha orzuga” ega boʻlgan qaxramonning xarakati yoki faoliyati shakllana boshlaydi. Shu yerda M.Mitchell romanining bosh qaxramoni Skarlet Oʻxaraning xayotini misol kilish mumkin.
• Ikkinchi tipli masuliyat- shaxs oʻzining xayotida ro'y berayotgan voqealarni, xodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar bilan
bogʻliq deb hisoblaydi (eksternal nazorat lokusi).
Bunday holatda shaxs oʻzining yutuqlari va omadsizliklari yuzasidan masuliyatli deb ota-ona, oʻqituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlarni hisoblaydi. Bunday masuliyat koʻproq bolalar va oʻsmirlarga xos boʻlib, masuliyatni faqat boshqalarga yuklashga moyil boʻladilar.
Oddiy tilda aytadigan boʻlsak, ikkinchi tipli masuliyat tushunchasi masuliyatsizlikni anglatadi.
Katta yoshdagi, ijtimoiy yetuk boʻlmagan va masuliyatiz insonlarda bunday holat gʻaroyib formalarda aks ettirilishi mumkin.
Bugungi kunga kelib koʻpgina tadqiqotlardan maʼlumki, yaʼni internallar (birinchi tipli masuliyat odamlar) oʻziga koʻproq ishongan, ancha
vazmin va mehribon, ijtimoiy taniqli boʻladilar. Internallarning boshqalarga oʻta mehribonligi haqidagi umumiy tasavvur quyidagi tadqiqot natijalari tasdiqlaydi.
• Maʼsuliyatli oʻsmirlar (internal lokus nazorati bilan) oʻqituvchilariga hamda huquqni muhofaza
qiluvchi organ vakillariga koʻproq ijobiy yondoshadilar. Tadqiqot natijalari shundan
dalolat beradiki (K.Muzdibayev) hayot mazmuni va internallik oʻrtasida oʻzaro mavjudlik bor. Agar inson hayotda hamma narsa insonning oʻz kuch va qobiliyatiga bogʻliqligiga ishonsa, hayotdan shunchalik koʻproq mazmun va maqsad topadi deydi.
Ammo ayrim tadqiqotlar eksternallarni (“masuliyatsiz” yoki ikkinchi tipli masuliyatli odamlar), aksincha bir-biridan farq qiladi, ular oʻta tashvishli va xavotirga tushadigan, sabrsiz, oʻta tajovuzkor, loqayd, jamiyatda kamroq taniqli boʻladilar deb koʻrsatishadi.
Shuningdek, ayrim maʼlumotlar qaraganda (A.A.Rean) delinkvent oʻsmirlar (huquqbuzarlar) oʻrtasida eksternallar 84 foizni,
internallar esa 16 foizni tashkil etishi koʻrsatilgan. Bundan maʼlum boʻladiki, aksariyat koʻp shaxslar oʻziga maʼsuliyatni ololmaydilar ammo boshqalarga yuklaydilar yoki tahlikali xolatga tashlaydilar.

Brave Heart OST - Freedom
William Jackson
🎵 Yoqimli motivatsion musiqa
🎶 Sheryurak (alternativ style)
🎶 Sheryurak (alternativ style)
KOʻRINGANINGIZ KABIMISIZ?
Ichki dunyomizni va niyatimizni oshkor etuvchi soʻzsiz “signal”larni tez-tez qoʻllaymiz. Ushbu test orqali odamlar sizning xatti-harakatlaringizga qarab qanday qabul qilishini bilib olishingiz mumkin.
Javoblardan oʻzingizga mos keladiganlarini belgilab chiqing.
1. Odatda siz qanday qilib qoʻl siqishasiz?
a) ikki qoʻlingiz bilan;
b) suhbatdoshingizning harakatiga qarab;
v) barmoqlaringizning uchi bilan;
g) qoʻlingizni yuqoridan olib kelasiz.
2. Koʻpincha qanday holatda turasiz?
a) qoʻlingizni belingizga qoʻyib;
b) qoʻlingizni biqiningizga tirab;
v) qoʻlingizni boʻsh tashlab;
g) qoʻlingizni koʻksingizga qoʻyib.
3. Quyidagi xatti-harakatlardan qaysi
birini kun davomida koʻp ishlatasiz?
a) yuzingizga teginasiz;
b) qoʻllaringizni bir-biriga ishqalaysiz;
v) barmoqlaringiz bilan oldingizdagi
buyumni chalasiz;
g) koʻzlaringizni yumasiz;
d) qoʻllaringizni koʻksingizga qoʻyasiz.
4. Kursida qanday oʻtirish sizga qulay?
a) oyogʻingiz ikkinchi oyogʻingizning usti-
da, qoʻllaringiz boshingizning orqasida;
b) oyoqlaringizni ikki tomonga osiltirib;
v) uzatilgan oyoqlaringizni osiltirib;
g) oyoq-qoʻlingizni boʻsh qoʻygan holda oz-
gina oldga engashib;
d) oyogʻingizni kresloning tutqichidan
osiltirib.
5. Stol atrofida qanday oʻtirasiz?
a) qoʻllaringizni stol ustiga, gavdangizni bir oz oldga tashlab;
b) tirsagingizni stolga tirab, boshingizni qoʻlingizga suyagan holda;
v) tirsagingizni stolga tiragan holda barmoqlaringizni oʻynab.
Ruhshunoslar fikricha, yuqoridagi har bir xatti-harakatga izohlar mavjud.
1. Qoʻl siqishuv:
a) “Siz bilan doʻstlashishni shunchalik istaymanki, hayotda sizdan ortiq insonni uchratmaganman!”
b) “Men oʻzimga ishonmaganim kabi sizga ham unchalik ishonmayman. Ammo agar qarshiligingiz boʻlmasa, siz bilan doʻstla-
shishdan xursandman”.
v) “Men bilan doʻstlashishga urinayapsiz,
lekin sizning koʻnglimdagidek doʻst boʻli-
shingizga ishonmayapman”.
g) “Bu yerda men muhimman, siz emas”.
2. Oʻzini tutish:
a) “Bu yerda men muhimman”.
b) “Men bu ishga tayyorman, qoyilla-
tib uddalashimga ishonaman!” yoki “Hech kimni eshitishni istamayman, ayniqsa,
boshliqlarni!”
v) “Men tinchman va oʻzimga ishonaman”.
g) “Sizga unchalik ishonmayman, mendan
uzoqroq yuring!”
3. Imo-ishoralar:
a) “Mana bunga men ikkilanayapman” yoki
“Oʻzimga ishonsam boʻlarmikin”.
b) “Mana bu boshqa gap!”
v) “Hammasi jonimga tegdi!”
g) “Tezroq boʻling, sabrim tugayapti!”
d) “Aytsangiz-aytmasangiz men qarshiman!”
4. Kursida oʻtirish:
a) “Shu paytgacha qayerda edingiz! Men oʻzimga ishonaman, sizga esa toʻliq ixlos-mandman”.
b) “Bu yerda men asosiy kishiman, mana
bu stul esa meni sizdan uzoqroq tutadi”.
v) “Bu yerdagi hech kimga ishonmayman va
hech kim mening his-tuygʻularimdan xabar
topishini istamayman”.
g) “Sizni oʻzimga teng koʻraman, agar siz ham menga shunday munosabatda boʻlsangiz”.
d) “Menga hech narsaning farqi yoʻq”.
5. Stol atrofida oʻtirish:
a) “Fikringiz meni juda qiziqtirib
qoʻydi, u haqida toʻliqroq eshitishni va mulohaza yuritishni istayman”.
b) “Charchadim, diqqat bilan eshitolmayman”.
v) “Menga juda qiziqarli!”
N A T I J A:
Har gal xatti-harakatlaringiz haqiqatan ichingizdagi gapni ifoda etishini bilsangiz, oʻzingizga bir ball qoʻying. Agar inkor etsangiz – nol. Masalan, siz barmoqlaringizning uchi bilan koʻrishasiz-u, oʻzingiz doʻstlashishni xohlaysiz, bu holda nol ball qoʻying – xatti-harakatingiz ishonarli emas!
▪ Bir ball – deyarli hamisha odamlar sizni toʻgʻri tushunmaydi va hamisha siz nimani nazarda tutganingiz haqida ularga tushuntirib berishingizga toʻgʻri keladi.
▪ Ikki ball – sizga ham tez-tez oʻzingizni toʻgʻri tushunmayotganlari toʻgʻrisida izohlab berishingizga toʻgʻri keladi.
▪ Uch ball – kamdan-kam vaziyatlarda insonlar sizni tushunmasliklari muammo tugʻdiradi.
▪ Toʻrt ball – atrofingizdagilar deyarli hamisha sizni tushunishadi, siz ularni soʻzsiz ishontira olasiz.
▪ Besh ball – odamlar har doim sizni toʻgʻri tushunishadi. Chunki xatti-harakatlaringiz va oʻzingizni tutishingiz soʻzlaringiz, fikringiz va his-tuygʻularingiz bilan mos tushadi.