PROGRESS LC | PLC
683 subscribers
2.07K photos
450 videos
55 files
800 links
Oʻrgan,rivojlan,yetakchi boʻl!
📚Abituriyentlar uchun barcha fanlar
🥇Milliy sertifikat
🇺🇸 Ingliz tili
🇺🇿CEFR
🚀Prezidenti maktabi uchun tayyorlov

📞99-776-90-07
📞93-363-22-33

🌐 @Mr_Progress
Download Telegram
🇩🇪 NEMIS TILI – KELAJAGINGIZGA YO‘L!
📍 PROGRESS O‘QUV MARKAZIDA

Siz Germaniyada o‘qish, ishlash yoki sayohat qilishni xohlaysizmi? Unda nemis tilini mutaxassislar bilan o‘rganing!
O‘qituvchilar — tajribali va sertifikatli
Darslar – zamonaviy uslubda, interaktiv
4 oyda erkin suhbatlasha olasiz!
Sertifikat va til amaliyotlari kafolatlangan!

Darslar haftada 3kun
Dushanba
Chorshanba
Juma kunlari


📆 Yangi guruhlar qabuliga start berildi!
📞 Ro‘yxatdan o‘tish: 910336070
📍 Manzil: Juma shahri avtobuslar bekatiga kiraverishda

Orzularingizga til bilan yo‘l oching!
🔥 Joylar soni cheklangan – hoziroq yoziling!

@progress_lc
@progress_lcjuma
👍1
BMT ning 6 ta rasmiy tilidan biri boʻlgan RUS TILI kursiga qabul davom etmoqda

Rus tilini oʻrganish uchun sabablar

-Oʻrta Osiyo eng koʻp foydalaniladigan muloqot tili
-Yer yuzida 300 million odam rus tilida gaplashadi
-Eng koʻp ilmiy kitoblar rus tilida yozilgan
-Til bilgan el biladi


🔸Dushanba
🔸Chorshanba
🔸Juma

8:00 da

Bog'lanish 👇👇👇
91-033-60-70
93-363-22-33

#rustili

@progress_lc
@progress_lcjuma
👍1
‼️ESLATMA
#abituriyent

Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar
my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.

❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!

To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

Barchaga omad!


👉
@xushnudbek 👈
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Bu kabi savollar o’tgan yili ham ko’p berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.

UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida o’tgan yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Bu masalani o’tgan yili ham ko’targandim.

Balki agentlik fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilgan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

O’tgan yili shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, deb yaxshi gumonda bo’lgandik, lekin joriy yilda ham hech narsa o’zgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tushunarliroq algoritm o’ylab topishga vaqt bor edi.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/26738


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent

Joriy yil 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. To’lovlarni amalga oshirmaganlar hisobiga testga kiruvchilar soni yanada kamayishi aniq.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 O‘zbek tili  — 644 ming 27 nafar;
🔹 Rus tili  — 71 ming 476 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili  — 14 ming 959 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 ming 949 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🤵‍♂️ erkaklar — 346 ming 299 nafar;
👩🏻‍🔧 ayollar — 386 ming 112 nafar.

Agar oxirgi 7 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin:

▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
▪️2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar.

❗️Eslatma: abituriyentlar test uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni 23:59 ga qadar amalga oshirishlari kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
So‘nggi 15 yildagi abituriyentlar soni dinamikasi (2011-2025-yillar)
#abituriyent

2011-yilda O‘zbekistonda 418 ming abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda rekord darajadagi — 1,48 million nafarga yetgan. Bu bir qarashda oliy ta’limga bo‘lgan talabning keskin oshganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2020-yilda karantin qoidalari sababli ilk marta to‘liq onlayn hujjat qabul qilish boshlangan, ya’ni qabul jarayonlari soddalashtirilgani, yurtimizning istalgan hududidan turib, ortiqcha byurokratiyasiz 5 daqiqada onlayn hujjat topshiradigan tizimga o‘tilgani ham sabab bo‘lgandi.

So‘nggi yillarda esa bu son tabiiy ravishda pasaya boshladi. 2025-yilda test sinoviga 732 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan — bu 2020-yildagi cho‘qqidan deyarli ikki barobar kam.

Bunga bir qancha omillar ta’sir o‘tkazmoqda:

— eng avvalo oliy ma’lumoti mavjud bo‘lmasdan uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan xodimlarning deyarli barchasi o‘tgan yillar mobaynida sirtqi ta’limga o‘qishga kirishdi;
— xususiy oliygohlar ham davlat OTMlariga bo‘lgan yuklamaning katta qismini o‘ziga olishni boshladi;
— professional ta’lim tizimi rivojlanmoqda, texnikum va kollejlarda kasb-hunar o‘rganishni tanlayotgan yoshlarimiz soni ham oshib bormoqda;
— kasb-hunar o‘rgatuvchi zamonaviy o‘quv markazlari soni ko‘paydi, bu ham oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojni birmuncha pasaytirdi;
— va yana bir qancha katta-kichik omillar abituriyentlar soni kamayishiga ta’sir o‘tkazmoqda.

❗️O‘zi umuman bugungi yoshlar va ota-onalarning oliy ta’limga bo‘lgan qarashi sekin-asta o‘zgarmoqda, avvalgidek o‘qishga kira olmaslik yoki oliy ma’lumoti bo‘lmaslik katta sharmandalik sifatida qaralmay qo‘ydi, odamlar orasida bir varaq diplomga bo‘lgan haddan tashqari muhabbat kamaymoqda, yaxshi yashash uchun quruq oliy ma’lumotning o‘zi kamlik qilishi haqida hayotiy misollar ko‘paydi. Yaxshi tadqiqot qilsa bo‘ladigan mavzu bu.

2011-2025-yillardagi abituriyentlar soni:

2011-yil — 418 ming 598 nafar;
2012-yil — 432 ming 017 nafar;
2013-yil — 480 ming 407 nafar;
2014-yil — 543 ming 155 nafar;
2015-yil — 605 ming 836 nafar;
2016-yil — 663 ming 304 nafar;
2017-yil — 729 ming 950 nafar;
2018-yil — 675 ming 049 nafar;
2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
2024-yil — 894 ming 279 nafar;
2025-yil — 732 ming 411 nafar.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇸🇺🇸🇺🇸
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢MANASHU GURUHDA👇

https://t.me/progress_matem

ONLINE SARALASH TESTI
O'TKAZILMOQDA...

HAR KUNI SOAT 20:00 da

@progress_lc
@progress_lcjuma
😊Assalomu alaykum azizlar

🌙Juma ayyomi muborak bo'lsin

@progress_lc
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌PROGRESS o‘quv markazining Juma filialida NEMIS TILIdan darslar boshlandi

📍Manzil Juma shahri Avtobuslar bekatiga kiraverishda

👇👇👇
@progress_lc
@progress_lcjuma
👍1
#Predloglar1
🔆in - ichida
🔆inside - ichida
🔆into - ichiga
🔆near - yonida
🔆next - yonida, atrofida
🔆of…. - ning
🔆on - Ustida, ichida
🔆opposite - qarama-qarshi
🔆out….- dan
🔆outside - tashqarida
🔆over - tepasida, o’stida
🔆per - uchun
🔆plus - qo’shuv
🔆round - taxminan
🔆since…- dan beri
🔆than… - dan ko’ra
🔆through - orasidan, orqali
🔆till - gacha
🔆to….- ga
🔆toward…- ga
🔆under- tagida, pastida
🔆unlike…- ga o’xshamasdan
🔆until - gacha
🔆up…- ga, …da

@Progress_lc
@Progress_lcjuma
Forwarded from Садокат Аллаёровна🌷
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
PROGRESS LC | PLC
Video message
🔧👉🔰👈 RUS TILI test jarayoni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ingliz tili fanidan yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchilar rag'batlantirildi.


@progress_lc
@progress_lcjuma
👍2