ProUnity| IT va Tillar Maktabi
255 subscribers
287 photos
227 videos
1 file
135 links
Savolar bo'yicha: @prounityadmin
+998338995000

🧑🏻‍💻 Web dasturlash:
Frontend//Backend
🎨 Grafik dizayn
🏡 Arxitektura
💻 Kompyuter savodxonligi
📱SMM|Mobilografiya
⌨️ Foundation
👨‍💻 Bolalar uchun dasturlash
🤳 Mobil dasturlash
📝 IELTS
🇷🇺RUS
Download Telegram
Grafik dizayn sohasiga qiziqasizmi?
Anonymous Poll
84%
Ha, juda💛
16%
Unchalikmas to'g'risi🤔
Grafik dizayn bo'yicha kursga qatnab, kelajakda shu kabi egallashi istaysizmi?
Anonymous Poll
54%
Bu mening orzuim💫
25%
Hali kasb haqida bir qarorga kelmaganman 😣
21%
Boshqa yo'nalishni tanlash istagidaman
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Behzod Usmanovdan 2023-yil Grafik Dizayn sohasidagi trendlar haqida bilib olamiz 👌
👍4
Agar "Grafik dizayn" kursiga yozilish istagida bo'lsangiz, qaysi guruhda o'qishni istaysiz?
Anonymous Poll
21%
Rus guruhida
79%
O'zbek guruhida
Brending va rebrending farqini bilasizmi?
Anonymous Poll
50%
Tushuncham bor 🤗
50%
Ularni farqlolmayman 🤔
BRENDING VA REBRENDING

Marketing sohasi bilan qiziqmagan odam ham “brending” va “rebrending” haqida qachonlardir eshitgan bo’lsa kerak. Ammo “nima oldin paydo bo’lgan brendingmi yoki rebrendingmi?” savolining javobi aniq – albatta brending.

Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, brending dastlab o’zida salbiy ma’noni mujassamlashtirgan. Chunki tarixan bir jinoyatga qo’l urgan insonlarning boshqalardan ajralib turishi uchun tanasiga qizigan temir bilan tamg’a solib qo’yishgan va aynan shu tamg’a “brending” nomi bilan atalgan. O’sha vaqtdagi “brending”dan qolgan yagona narsa – u hozirgi kunda ham bir brendning boshqalaridan ajraladigan  belgilarini ko’rsatadi. Shu orqali brend mahsulot o’z raqobatchilari orasida ustunligini belgilaydi. Bu vazifa muvaffaqiyatli amalga oshsa, demak-ki brending o’z vazifasini a’lo darajada bajaryapti.
Eng dastlabki brendingga qo’l urgan kompaniya Procter & Gamble hisoblanadi. U o’tgan asrning 30-yillarida markalash usuliga o’tgan va shu orqali mahsulotlarini bir-biridan ajralishini ko’rsatgan. Kompaniya muvaffaqiyatidan so’ng, boshqalar ham o’z tajribalarida brendingni keng qo’llay boshlaganlar.

Tabiiyki, rebrending amaldagi brendning yangicha ko’rinishi, ya’ni, uning nomi, logotipi, stilining o’zgartirilishidir. Rebrending istemolchi tomonidan mazkur brendga nisbatan sovuqonlik paydo bo’lishi, qiziqishi sovushi sabab amalga oshiriladi. Rebrending orqali mahsulotga yangi tus berilib, iste’molchi tomonidan e’tibor qozonilishiga erishiladi.

Brending hamda rebrending haqida ko'proq ma'lumotni "Garfik dizayn" kursimizda bilib olishingiz mumkin. Eslatib o'tamiz, mazkur kurs ikki tilda - rus va o'zbek tillarida olib boriladi.

kursga yozilish

----------------------------------

@prounityuz

Kurslarimiz haqida ma'lumot olish uchun:

Tel: 99833-899-50-00

Manzil: Buxoro shahri, I.Karimov ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: "Golubie Kupola"
👍1
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
⚡️Вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси “Oxford IELTS” ўқув маркази ҳамда “PRO UNITY” IТ ва замонавий касблар мактаби билан ҳамкорлик меморандумини имзолади

Мазкур меморандум дебочаси сифатида “Oxford IELTS” ўқув маркази , “PRO UNITY” IТ ва замонавий касблар мактаби ташаббуси билан, Бухоро вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси кўмагида умумий бюджети 600 000 000 сўм бўлган “Бухоро Умиди” нодавлат таълим гранти эълон қилинди.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🔥3
@oxford_bukhara “Buxoro Umidi” nodavlat Granti saralash bosqichlari quyidagi tarzda olib boriladi:

Shahar/Tuman bosqichi:

Bu bosqichda har bir maktabda  9-10- sinf (iqtirdorli 8 sinf o’quvchilari ham jalb qilinishi mumkin - mana shu yeri subtitrda yoziladi lekin aytilmaydi) o’quvchilari maxsus insho – motivatsion xat yozib berishadi. O’quvchilar nazorati, yozma varaqalarning maxsus konvertga solib, muhrlangan holatda tashkilotchilarga topshirilishi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tayinlangan mas’ullar tomonidan amalga oshiriladi. Grant tashkilotchilari yozilgan xatlarni birma-bir tekshirib, ular orasidan 200 nafar o’quvchini tanlab olishadi.

Motivatsion xatda nimalar hisobga olinadi?

☑️Motivatsion  xat ona tilida, imloviy, grammatik va uslubiy xatolarsiz yozilgani - 10 ball (subtitrda)

☑️Motivatsion  xatda nega aynan xat muallifi ushbu grantga loyiq ekanligi, uning kelajak maqsadlari, qiziqishlarini aniq ifoda etganligi (10 ball subtitr)

☑️Xat muallifi “Buxoro Umidi” granti doirasida IELTS va zamonaviy kasblar (dasturlash, dizayn, 3dsMax) yo’nalishlarini a’lo darajada yakunlagach, kelgusida o’z oilasi, jamiyati hamda davlati  uchun qanday manfaat keltirishi mumkinligi haqidagi fikrlarini ochiq, aniq ifoda etganligi (10 bal subtitr)

☑️Xat-insho 300-500 so’zdan oshmaganligi va unda o’ta kitobiy, jimjimador hamda siyosiy jumlalar yoki yolg’on ma’lumotlar ishlatilmaganligi (10 ball subtitr)

☑️Va eng muhim shartlardan biri ta’lim olayotgan joyidagi so’nggi yillik o’zlashtirish ko’rsatkichi 100%=10 ball (subtitr)

❗️Eslatib o’tamiz, ushbu grant tanloviga yillik o’zlashtitish ko'rsatkichi 5 va 4 bahodan past bo’lmagan o’quvchilar ishtirok etishi mumkin!

Viloyat bosqichi – 1- bosqich natijalari e’lon qilingach birinchi bosqich g’oliblari Oxford IELTS va PRO UNITY maktablariga keyingi bosqich uchun taklif qilinadi. Tuman markazlaridan transport tashabbuskorlar tomonidan tashkillashtiriladi.  Suhbat natijasida 50 ta o’quvchi tanlab olinadi va ularning har biri 13 oy davomida Oxford IELTS o’quv markazida o’qish xarajatlarini qoplovchi imtiyoz sohibiga aylanadi (9mln 100 ming so’m).
1👍1
Xo'sh, suhbat qanday tartibda olib boriladi va qaysi mezonlarga asosan baholanadi?

🔺O’zi va qiziqishlari haqida erkin, aniq gapira oladi  (10)
🔺Yozgan xati yuzasidan berilgan savollarga to’liq, tugallangan javoblarni bera oladi  (10)
🔺O’zi qiziqqan fani yoki sohasi yuzasidan umumiy savollarga javob bera oladi (10)
🔺Suhbat jarayonida maksimal darajada samimiy qatnashib, yolg’on, noo’rin, balandparvoz fikrlarni ifoda etmaydi (10)
🔺Ta’lim olayotgan joyidagi so’nggi chorak/semestrda o’zlashtirish ko’rsatkichi 100%=10 (10)

❗️Ko'rib turganingizdek maktabdagi o'qish ko'rsatkichi ushbu grant uchun katta ahamiyatga ega.

Final bosqichi – Tanlab olingan 50 ta o’quvchidan maxsus matematik, mantiqiy va kompyuter savodxonligi bo’yicha savollardan tashkil topgan imtihon yordamida 20 ta o’quvchi saralab olinadi.

Endi bu 20 ta yosh 13 oylik IELTS kursi bilan bir vaqtda “PRO UNITY” IT va zamonaviy kasblar maktabining dasturlash, dizayn yoki arxitektura 3dsMAX kurslaridan birida o’qib, mutaxassis bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi va umumiy hisobda o’quv xarajatlarini qoplashga qaratilgan 16 millon uch yuz ming so’mlik grant sohibiga aylanadi.

Grant g’oliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda, maxsus belgilangan  joyda , viloyat mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida o’tkaziladi.
Ushbu grant haqida bilarmidingiz?
Anonymous Poll
49%
Eshitgandim
51%
Xabarim yoq edi
👍2
"Buxoro Umidi" grantida ishtirok etasizmi?
Anonymous Poll
61%
Ishtirok etaman 👌
18%
Hali bir qarorga kelmadim 🤔
21%
Afsuski yoq 😣
Shu kabi grantlar sizni qiziqtiradimi?
Anonymous Poll
92%
Albatta 🤗
8%
Unchalikmas 😑
HUNARLI BO'LISH HAQIDA (I)
#nostandartfikrlar

Zamonviy kasblar, an’anaviy hunarlar. Keling bugun biz unutib yuborgan, og’riqli bir mavzu haqida gaplashamiz.” Yigit kishiga 70 hunar oz” degan gapni hammamiz eshitganmiz yoshligimizda. Lekin aksariyat insonlar 70 ta u yoqda tursin bir dona ham hunarning ustasi emas. O’zimning hayotimdan misol. Yaqinda o’z sahifamda so’rovnoma o’tkazdim. “10 yil oldingi ozingizni ko'chada ko'rib qolsangiz, unga nima degan bo'lardingiz?” degan savol qoyildi. Mani ajablantirgan holat ko’pchilik “hunar o'rgan” degan mazmundagi javobni qoldirgan. Ba’zilar hatto o’zini koyigan. Ha, biz hunardan uzoqlashdik. Qo’shtirniq ichidagi “oliy ma’lumotlilik” vasvasasi, diplom uchun o’qish trendi ota-onalarni ancha chalg’itib qo’ydi. Natijada 99% yoshlar yoppasiga abiturientlikka safarbar qilindi. Minglab dollar berib o’qishlarga qo’yildi. Mani hatto shunaqa tanishlarim borki, diplom uchun bolasini katta pul berib Qozoqiston, Qirg’izistonni institutlariga qoygan, darsga bormaydi lekin bolasi mol boqishdan boshqasiga yaramaydi. Bu ta’limga qilingan investitsiyaning eng xo’rlangan shakli bo’lsa kerak. Aksariyat saviyasi past kimsalar, usta-hunarmand desa o’qimagan degan tamg’ani bosishadi. O’qimagan degan so’z esa bir daraja pastroq, noshudroq degan ma’noga tenglashtiriladi. Lekin aslida bu gaplar safsata ekanligini vaqt ko’rsatib qo’ydi. Har kimning yoshligidan hunar o’rgangan va usta bo’lgan tanishi bir, sinfdoshi bo’lishi mumkin, do’sti bo’lishi mumkin. Etibor bering siz-u biz kelajagi aniq bo’lmagan sohaga oliy malumot uchun tayyorlanib yurgan paytda, ular tajriba orttirishdi, biz 4 yil bitirgandan keyin nima ish qilaman deb yurgan payda ular o’z mijozlar bazasiga ega ustalarga aylanishdi. Bizdan oldinroq mashina olishdi, bizdan oldinroq oila qurishdi. Umuman olganda hech kimdan kam bo'lmasdan hayotda o'z o'rinlarini topishdi. Man oliy ma’lumot kerak emas demoqchimasman. Har bir jamiyatda haqiqiy o’qimishli olim, mutaxassis insonlar kerak. Lekin talabalikning yoppasiga targ’ib qilinishi, kontraktlar superkontrakt, xo’rlangan xususiy universitetlarning ommaviy kirib kelishi sizni o’ylantirib qoymayaptimi?

Mironshoh Mustafoyev
Pro Unity IT maktabi direktori