Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Yuqorida 09.05.2021gi test matijalari. Hamma qatnashganlarga tashakkur, xatolar ustida ishlaysiz degan umiddaman. keyingi testlarimizni ajoyib qilib o'tqazmoqchimiz !!!
⚡️⚡️ Matbuot anjumanida prezident maktablariga qabul sanalari aytib o'tildi!

Hujjatlar topshirish vaqti:
5-25-iyun

1-bosqich saralash imtihoni:
20-25-iyul

Asosiy bosqich imtihoni:
20-23- avgust

🔶Shuningdek, imtihon o'tkazish tartibida yana bir qancha o'zgarishlar aytib o'tildi:
- Ingliz tili (reading) va grammatika savollaridan tashkil topadi. (Listening chiqarib tashlangan)
- 5-6 sinf oʻquvchilari uchun 40 savol
- 7-10 sinflar uchun 50 savol
Bir xatolik tufayli natijalar boshqatdan yuklandi
📣📣📣 DIQQAT, E'LON!!!

HURMATLI OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR!

Respublikamizdagi barcha PREZIDENT MAKTABLARIga qabul jarayonlari 2021- yilning 5-iyun sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Hujjatlar topshirish 5-iyun sanasidan portal.piima.uz orqali faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi va 25-iyunga qadar davom etadi.

Qabul bo'yicha savollar tug'ilsa, Siz uchun maxsus yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

Buning uchun:

🌐 telegram bot (t.me/Qabul2021_bot)

☎️ Call-markaz +99871-207-72-22
raqamlari bilan bog'lanib o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

❗️Bularning barchasi 2021-yilning 5-iyun sanasidan o'z faoliyatini boshlaydi.
Qadrli yurtdoshlar!

Pro Study oilasi dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!

Xalqimizni marhamatli Alloh ezgulik va shukronalik, Haq yo‘lida sobitqadamlik bilan siylasin! Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Ramazon hayiti bir boshqacha kun.

Bu kun sen albatta yoshligingni eslaysan. Necha yosh bo'lsang ham. Hayit namozi, shirinliklar, qarindoshlarni yo'qlash, kelin-salom, hamma hammasi yoshlikni eslatadi.

Bu kun sen kuningni yarmini tabriklash va tabriklarni qabul qilish bilan o'tkazasan.

Bu kun sen yaqin va uzoq o'rtoqlaringni ajratib olishing mumkin. Birinchilar tabriklash uchun shaxsiy xabar yozib yoki qo'ng'iroq qilsa, ikkinchilar shablon tabrik yoki rasm jo'natishadi.

Bu kun sen aslida qancha qarindoshlaring borligini bilib oladigan kun.

Bu kun seni asl hayotiy qadriyatlarga qaytaradi: Oila, silai rahm, ehson, namoz. Deyarli hech kimni ish haqida gapirganini ko'rmaysan.

Bu kun sen biron narsa yeyishdan oldin, har safar ikkilanib, o'zingdan "Ro'zamasmidim o'zi? " deb so'raydigan kun. 😊

Bu kunni hamma yaxshi ko'radi, yosh bolalar ham, kattalar ham ,qariyalar ham. Biz ham bu kunni yaxshi ko'ramiz. Ramazon hayitini yaxshi ko'rganlarga hayit muborak aziz do'stim!

https://t.me/ProStudy
21 yoshgacha ulgurish

Real hayotga tayyorlanish uchun yoshlar 21 yoshgacha nimalar qilishga ulgurishi kerak?

Quyidagi variantlar qabul qilinmaydi:
-"Kollej, universitetni tugatish". Bu shunchaki ko'zga ko'rinadigan bosqichlar xolos. Real hayotga tayyorgarlik bilan umuman bog'liq emas

-"Yaxshi ta'lim olish". O'ta umumiy gap. Ta'lim - nima? Yaxshi - nima? Ta'lim insonni biron nimaga tayyorlashi kerak. Ya'ni o'qiyotgan bilimlarini odam qayerda ishlatishni bilsagina u haqiqiy ta'lim olayotgan bo'ladi, qolgani esa shunchaki chalg'itish.

Men stereotiplar bilan fikrlamasdan, 21 yoshgacha quyidagi ishlarni qilishni maslahat bergan bo'lardim. Bu ishlar o'zini topishda, hayotni tushunishda, har qanday diplom va kitoblardan yaxshi yordam beradi:

1. 7ta har xil ishlar bilan tanishish. Ya'ni hunar. O'zing. Tanishlaring uchun. Shogird tushib. Pulga, tekinga - farqi yo'q. Agar o'rganishga biron nima qolsa - ko'proq, qolmasa har biri kamida 3 oy. "Nima u", "qanday qilinadi" bilish uchun.

2. Eng kamida 2ta ishda ishlab ko'rish. Har biri kamida 6 oydan. Mas'uliyat, vazifalar, boshliq, qo'l ostidagilar, jamoa, rejalar, natijalar, maqtov va dakkilar. Mana bu real hayot. Chunki ish - bu institut emas, jamoa - kursdoshlar emas, natija - baholar emas, bu yerda hammasi jiddiy.

3. Kamida 1ta biznes qilib ko'rish. Kamida 1 yil davomida. O'zingni g'oyang, do'stlar bilan, franshiza, otangni biznesini filiali - farqi yo'q. O'xshaydimi, yo'qmi - farqi yo'q.
Kelajakda biznes qilish ham shart emas. Muhimi hammasi o'zingga bog'liq ekanligini tushunish. Shuningdek, o'zing ham odamlarga bog'liqligingni tushunish.

©Arkadiy Moreynisdan tarjima
Forwarded from Anvar Norboyev
Follow me on Instagram! Username: professional_study_
https://www.instagram.com/professional_study_?r=nametag
16.05.2021.xlsx
16.9 KB
16-May sanasida bo'lib o'tgan #DTM_test natijalari📊
#ЖумаМуборак🌙

Aссалому алайкум ДИНДОШЛAРИМ. Жума айёмингиз муборак бўлсин. ☺️

Яқинларингизни Биринчи Бўлиб Табрикланг 🤗
Birlashib yuksalmoq, yuksalib birlashishdan ko‘ra yaxshidir.
Matematik isboti:

2³ + 4³ = 72
(2 + 4)³ = 216
«Омадсизликка учраган 25000 нафардан ортиқ эркак ва аёлларни ўрганиб чиқиш жараёнида маълум бўлдики, омадсизликнинг асосий 30та сабаби ичида қатъиятнинг етишмаслиги деярли асосий ўринни эгаллар экан. Бу шунчаки назарий таъкид эмас – бу факт... Ким дарҳол қарор қабул қилса ва нимани истаётганини билса, бунга албатта эришади»

Фикрингиз ? ......👇

https://t.me/ProStudy
АЖОЙИБ ҚИССА !

Кунларнинг бирида қурбақаларнинг тўдасидан икки қурбақа чуқурликка тушиб кетибди.

Барча қурбақалар чуқурлик тепасида жамланиб олиб, «Бўлди энди, шу ерда ўлиб кетасизлар, ҳадеб сакрайверишдан фойда йўқ" дер эдилар. Узоққа бормай икки қурбақанинг бири қўрқув ва қаттиқ тушкунлик оқибатида нобуд бўлди.

Иккинчи қурбақа эса тинмай сакрашда давом этар эди. Ҳар сафар сакраганда, илгаригисидан баландроқ сакрар эди. Аммо, юқоридаги қурбақалар ҳамон : "Бўлди қил энди, фойдаси йўқ" деб такрорлар эдилар.

Кўп ўтмай бояги қурбақа чуқурдан чиқишга муваффақ бўлди. Тепадаги қурбақалар қаттиқ таажжубда ундан сўрашибди: "Қандай буни уддалай олдинг ?!"

У жим турарди. Кейин билсалар, унинг қулоқлари эшитмас экан.

Ҳар сафар уни сакрашдан қайтарганларида, қўллаб-қувватламоқдалар деб ўйлаб, бу мушкул ишнинг уддасидан чиққан экан.

«Балки, энг зўри бўлишингизга инсонларнинг сиз ҳақингиздаги гаплари тўсқинлик қилаётгандир...

Тафаккур қилинг.
​​Tengdoshlaringni unut

1. Biror inson muvaffaqiyatga erishsa, yoshini bilishga qiziqasan. Sendan katta bo'lsa yoshingni ayirib, hali vaqting borligi bilan o'zingni ovutasan. Yoshi kichikroq bo'lsa ozgina depressiya bo'ladi. Lekin miyang unga albatta tanish bilishi yordam berganini uqtirib, seni ovutadi.

2. O'sha tanish hammada bor. Bu Alloh.

3. Muvaffaqiyatning katta qismi, to'g'ri joyda, to'g'ri paytda bo'lishdir. Yoshning ahamiyati bu yerda juda kam. O'sha omad kelganda o'zingda biroz bilim va harakat bo'lsa natijaga erishish faqat vaqt masalasi.

4. Bilimni olish uchun odam o'zi qiziqadigan narsani topish kerak. Shu qiziqishni qondirish jarayoni bilim olish deyiladi. Qiziqmayotgan narsasini o'rganishdan og'ir narsa yo'q odam uchun.

5. Harakat bu olingan bilimni amalda qo'llash. Har kuni. Xato qilgach uni tan olib, kelajakda takrorlanmaydigan qilish. Diqqat bilan ishlash va chalg'imaslik.

6. Tengdoshlaringni unut. Ularni muvaffaqiyatlari yoki bekorchiliklari seni chalg'itishi yoki xotirjam qilishiga yo'l qo'yma. Bilimni ol va harakatni bos, shundagina Alloh omad berganda ushlab qolasan va natijaga erishasan.

https://t.me/ProStudy