Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Pro Studyda oylik DTM test jarayoni bo'lib o'tmoqda !!!
O'rganish haqida

Har bir o'rganish bu fikrning yoki amalning o'zgarishidir. Bilim olding. Uni foydali ekanligini qanday ajratib olsa bo'ladi? Fikrlashing o'zgarganidan. Fikrlashing o'zgardi degani oldingi fikrlaring xato bo'lganini tan olding degani. Fikrlashing qancha tez o'zgarayotgan bo'lsa - shuncha tez o'rganayapsan.

Amalning o'zgarishi nima?

1. Biror narsani qilmasding, o'rgangach qilishni boshlading
2. Biror ishni qilarding, qilmay qo'yding.

Agar o'rgangach ham shu ikkalovidan biri sodir bo'lmagan bo'lsa, hech nima o'rganmabsan, yoki o'rganish effektiv bo'lmagan, yoki shunchaki beamalsan.

Xulosalar:

1. Ilm va bilim olish natijasida fikrlashing yoki amaling (balki ikkalovi) o'zgarishi kerak, o'zgarmasa sen bilim olmabsan, shunchaki bir qiziqarli fakt yoki ma'lumot olgansan.
2. O'z fiklarini (prinsiplari emas) o'zgartirmaydigan odamlar - eng qoloq odamlar. Ular bilan gaplashsang 16 yoshli yigitcha bilan gaplashayotgandek bo'lasan.
3. O'sish tezligingni bilib olish uchun o'zgarish tezligingga qara - o'zgarishlarni ilg'ab olish uchun kundalik tut.
4. Kundalikdagi 2-3 yil avvalgi yozuvlarni o'qib ensang qotib, kulmasang - demak boyagi gap: sen hech nima o'rganmabsan.

@ProStudy
25.04 2021 DTM natijalsri
Янада самарали ишлашга ёрдам берадиган оддий рўйхатлар

Барча вазифаларни учта рўйхатга ажратиш керак: бажарилиши керак бўлган ишлар, бажарилган ва бажарилиши шарт бўлмаган ишлар. Хусусият шундаки, биринчи устунга фақат учта вазифани қўшишингиз мумкин — энг муҳим ёки фавқулодда деб ҳисоблаган ишлар. Қолган вазифалар вақтинча бажарилиши шарт бўлмаган ишлар рўйхатига киритилади.

Биринчи устундан бажарилган вазифани амалга оширилган ишлар рўйхатига ўтказиш лозим. Ва кейин ишлар рўйхатининг учинчи гуруҳидан биринчи гуруҳга кўчирилиши мумкин бўлган янги вазифа учун жой бўшатилади.

90 кунлик мақсадлар рўйхати
Баъзи шахсий самарадорлик бўйича мутахассислар, мақсадларни кўпчилик каби бир йилга эмас, балки уч ойга белгиланиши керак, деб ҳисоблашади. Бу орқали сиз ғайратингизни сақлаб қолиш ва хоҳлаган нарсангизга эришиш учун кўпроқ имкониятга эга бўласиз.
@ProStudy
Hodisalarni ideallashtirish

Jamiyat bizni muvaffaqiyatsizlikka programmalaydi. Chunki qayerga qarama hamma natijalar haqida gapiradi, asl mohiyat har kunlik mehnatda yotgan bo'lsa ham.

-25 yoshli sportchi oltin medal yutib, uylik, mashinalik bo'ldi. Hamma uni omadi kelgani haqida gapiradi. Lekin 6 yoshidan beri zaldan chiqmagani, juda ko'p marosimlarga qatnasha olmagani, shu paytgacha yaxshi ko'rgan ovqatini yeya olmaganini hech kim gapirmaydi.

-30 yoshda millioner bo'lgan yigit haqida hamma yozib chiqadi. Ishining boshida uzoq vaqt tengdoshlaridan kam pul topgani, yillar davomida umuman ta'tilsiz ishlagani, birinchi mashinasini hali ham almashtirmaganini hech kim eslamaydi.

-3 yoshli bolakay Qur'onni yodlab berishi, qissalarni adashmasdan aytib berishiga hammaning havasi keladi. Ota-onasining kunduzlari 8 soatlab u bilan shug'ullangani, bir donagina planshet berib qo'yib qutulish o'rniga, tinmay kitoblardan qissalar o'qib berishi, uyqusiz tunlar va charchoq kunlar haqida gapirilmay ketadi.

-Har qanday kino, serial, kitobda kelin-kuyovning to'ygacha bo'lgan hayotida haqida so'z ketadi. To'ydan keyingi takroriy amallar, kichik yaxshiliklar, doimiy g'amxo'rlik, yuzlab qurbonliklar haqida gapirish esa zeriklarli hammaga.

Biz hodisalarni sevamiz. Mehnatni emas. Bizga bir martalik hodisalar muhim (to'y, universitetga kirish, farzand tug'ilishi), lekin bilmaymizki haqiqiy natijalar har kunlik mehnatsiz bo'lmaydi. Fokusimizni o'zgartiraylik:

To'ydan ko'ra - To'ydan keyingi har kunlik muomala va kichik yaxshiliklar muhim

Universitetga kirishdan ko'ra - Doimiy o'qib, izlanish muhim

Farzand tug'ilishidan ko'ra - Uning ta'lim va tarbiyasiga har kunlik e'tibor muhim

Katta natijalar - har kunlik odatlar, qurbonliklar, tartiblardan iborat katta harakatlar mahsulidir.

Jarayonni sev - natija o'zi keladi.

@ProStudy
​​ Siz ham muvaffaqiyatga erishishni istaysizmi? unda siz...

Agarda siz muvaffaqiyatga, biron bir yaxshi natijaga erishmoqchi bo'lsangiz unda siz harakatingiz quyidagi ishlardan boshlashingiz kerak!

🔸 Hayotingizdagi keraksiz narsalardan voz keching (televizor, zararli odatlar, behuda narsalar) chunki bular sizni quruq vaqtingizni oladi va sizga hechqanday foyda bermaydi.

🔸Atrofingizga iloji boricha o'zingizga o'xshagan muvaffaqiyatga erishgan insonlarni yig'ishga harakat qiling, xalqimizda bir maqol bor "Qora qozonga yaqin yursang, qora kuyasi yuqadi" degan naql bor ya'ni hayotda ham huddi shunday agarda sizni atrofingizda tadbirkorlar yoki ITchilar bo'lsa siz ham ularga o'xshab borasiz.

🔸Hayotda muallif pozitsiyasida bo'ling ya'ni biron bir ishingiz o'xshamadimi aybni birovlarga ag'darmang, aybni o'zingizdan qidirishni o'rganing.

🔸Xatolardan xulosa chiqarishga odatlaning bir xato qildingizmi u xatoingizni yaxshilab analiz qiling, xatoingizni aniqlang va uni boshqa qilmaslikka harakat qiling

🔸Sohangizda ko'proq eng zo'ri, expertlaridan biri bo'lishga harakat qiling va izlanishdan, rivojlanishdan aslo to'xtamang!
https://t.me/ProStudy
Sen dunyoni qanday ko'rasan?

Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan.

Xafa bo'lma, hamma shunday. Misol keltiraman:

1. Ikki yarimta yigitdan xafsalasi pir bo'lgan qiz - hamma yigitlarning dardi bir deb o'ylashni boshlaydi. Faqat bekorchi qizlar bilan gaplashishga o'rganib qolgan bola - yaxshi qizlar qolmadi deb o'ylaydi.

2. Jiyani diplomi bilan ish topa olmasa, farzandiga - ana qara, o'qib nima ham qilarding deydi. Bitta 3 ga o'qigan boyib ketsa, boyib ketish uchun yaxshi o'qish shart emas ekan deb, shuni misol keltirib yuradi.

3. Bitta soqol qo'ygan aldab ketsa, e men bularni нармалный desam, hammasi мошенник ekanku deb jar soladi.

Dunyo juda katta. Biz tanigan 200-300 ta odam dunyo aholisi tursin O'zbekiston aholising mingdan biri ham emas.

Bu dunyoda ovqat yeyaverib ozadiganlar ham, chiroyli, aqlli bo'laturib 3 marta turmush qurganlar ham, 5 ga o'qib boyib ketgan va boyib ketmaganlar ham, 20 yoshda o'z yo'lini topgan va 40 yoshgacha qidirib yurganlar ham bor. Hayot shunisi bilan qiziq.

Lekin bunday xato fikrlashni to'g'rilashning yo'li bor. Birinchisi shu kanalga a'zo bo'lish. Ikkinchisi ko'p kitob o'qish. Uchinchisi o'zingdan ancha aqlli va tajribali insonlar bilan ko'p suhbatlashish.

https://t.me/ProStudy
🔔 Yuqorida Professional Study o'quv markazida 02.04.2021 sanasida bo'lib o'tgan DTM tayyorlov testi natijalari👆👆
Forwarded from Xushnudbek.uz
5та фандан тест синовларига оид ҳозиргача маълум бўлган барча маълумотлар

👉 2021 йилда 5та фандан тест бўлади. Ҳозирча ўтган йилгидек истисно тарзда 2 та фандан қилиш ҳақида гап-сўзлар йўқ, ўта фавқулодда ёмон вазият бўлмаса, унда ўзгариш бўлмаса керак (ишқилиб 2 та фандан бўлмасин-да, шахсан мен бунга қаршиман);

👉 Ҳозирча бизга маълум бўлган қоидалар қуйидагилар:

Mажбурий фанлар блоки (барча учун тушади):

Она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан;
Mатематика - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан;
Ўзбекистон тарихи - 15 та савол, ҳар бири учун 2.1 баллдан.

Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 94.5 балл.

Она тили ва Ўзбекистон тарихи фанидан 1 дақиқагача, математикадан - 1,5 дақиқагача вақт ажратилади.

👉 Tаълим йўналишига мос мутахассислик блокидаги фанлар (йўналишига қараб ўзгаради):

1-фан - 30 та савол, ҳар бири учун 3.1 баллдан;
2-фан - 30 та савол, ҳар бири учун 3.1 баллдан.

Жами тўплаш мумкин бўлган балл – 186 балл.

Асосий блокдаги 2 та фан учун жами 2 соат вақт берилади.

Қайси йўналишда қайси фандан саволлар тушишини мана бу ерда кўриб олишингиз мумкин:
https://t.me/xushnudbek/8824

👉 балларни ҳисоблаш тизимида ўзгариш бўлмайди, аввал қандай бўлса, шундайлигича қолади. Яъни ҳар бир блокдан тўпланган баллар қўшилиб, умумий баллни ташкил этади ва абитуриентлар мана шу 5 та блокдан тўплаган бали бўйича ўзаро курашади. Энг максимал балл 280,5 балл бўлади;

👉 айрим йўналишларда мажбурий блокдаги фан билан махсус блокдаги фан бир хил бўлиб қолиши мумкин. Масалан, математика йўналишига ҳужжат топширган абитуриент мажбурий блокда ҳам, мутахассислик блокида ҳам математика фанидан тест ишлайди. Бу иккаласининг асосий фарқи —мажбурий блокдаги саволларнинг барчаси соддалаштирилган, энг осон даражада бўлади, мутахассислик блокидаги саволлар эса турли мураккабликда (осон, ўртача, қийин) бўлади;

👉 5та фандан тест бўлишга оид тартиб, фақат давлат ОТМларига тааллуқли. Шу пайтгача бўлгани каби, бу янги тартиб ҳарбий, диний, хусусий, нодавлат ва хорижий ОТМларга алоқадор эмас;

👉 3та мажбурий фан магистратура учун тааллуқли эмас;

👉 3+2 кўринишдаги ушбу тартиб бакалавриатнинг барча таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки) учун бирдек қўлланади;

👉 мажбурий блокда она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) фанидан тушадиган 15та савол ичида Адабиёт фанидан тест саволлари бўлмайди;

👉 мажбурий блокда Ўзбекистон тарихи фанидан тушадиган 15та савол ичида Жаҳон тарихидан тест саволлари бўлмайди;

👉 мажбурий блокда
Математика фанидан тушадиган 15та савол ичида Геометриянинг фақат 5-6-синф дастурларида бор мавзуларидан саволлар бўлади, 7-11-синфлар дарслигидан савол бўлмайди. Батафсил.

👉 Мутахассислик блокида эса Математикадан тушадиган 30 та савол ичида Геометриянинг барча синфлар учун мўлжалланган мавзуларидан саволлар бўлади;

тест саволлари тушадиган дарсликлар рўйхати мана бу ерда эълон қилинди.

👉 2021 йил учун ДТМ эълон қилган намунавий тест саволлари мана бу ерда:

Математика
Физика
Биология
Кимё
Тарих
Она тили ва адабиёт
Қорақалпоқ тили ва адабиёти
Рус тили ва адабиёти
География
Инглиз тили
Немис тили
Француз тили

📍Рус гуруҳлари учун намунавий саволлар бу ерда.


👉 @xushnudbek 👈
​Bilimni olish kerak, boshingga quyib qo'yishlarini kutish emas.

O'rganishga kelganda odamlarni ikki turini ko'ramiz:

1. Qayerda bo'lmasin doimo yangi bilimlar, ma'lumotlar, hunar, insayt va keyslarni ketidan quvlaydiganlar.

2. Noliydiganlar: "Universitet rasvo, kuchli o'qituvchilar yo'q, нормальный kurslar topib bo'lmayapti, o'rganishga sharoit(pul, vaqt) yo'q" deb o'qimay yurganlar.

Bir narsani tushunib ol: Biz hozir ma'lumot bepul va hammani qo'li yetadigan joyda bor zamonda yashayabmiz.

Demak, hech qaysi o'quv jarayondan maqsad ma'lumot yoki bilim olish emas.

Unda o'qishdan maqsad nima? - Barcha ma'lumotlar ichidan o'zingga kerakligini ajratib olib uni amalda qo'llashni boshlash.

-Konferensiya, trening, yig'ilishlar - ma'lumot olish uchun emas - yangi tanishuv, motivatsiya va rivojlanish keyslarini ko'rish uchun.

-Universitetlar - lektor gapirgan gapni daftarga ko'chirish uchun emas - mustaqil o'rganishga odatlanish, ma'lumotlarni sistemalashga ko'nikish, ish va o'qishni birga olib borishni o'rganish uchun!

-O'quv kurslari - til yoki yangi mutaxassislik egasi bo'lish uchun emas (bu uchun kitoblar yetarli) - o'quvchiga yo'nalish berish, ekspert tomonidan doimiy fidbek (fikr-taklif) olish va bilimlarini tezroq amalda qo'llash uchun.

Ovchi bo'l. Yangi bilimlarni ovlashni o'rgan. Borlarini rivojlantir. Bilganlaringni amalda qo'lla.

Eng asosiysi - "Menga hech kim o'rgatmagan" deb nolima. O'zingdan boshqa hech kim senga hech narsa o'rgatolmaydi.
https://t.me/ProStudy
⁉️ MENTAL ARIFMETIKA & ODDIY ARIFMETIKA

🌐 Butun dunyoda intellekt tushunchasi borgan sari yuksalmoqda. Chunki intellekt taraqqiyotning muhim poydevori hisoblanadi. Bunda ko'pchilikni innovatsion ta'lim sohalari qiziqtirishi tabiiy albatta. Ana shunday ta'lim sohalaridan biri mental arifmetikadir. Shu o'rinda bir necha savol paydo bo'ladi:

Mental arifmetika bilan oddiy arifmetikaning qanday farqi bor?
Qanday qilib mental arifmetikani o'rganish mumkin?

🧮 Mental arifmetikani oʻrganishda bolalar avval abakusga tayanishadi: qoʻllari yordamida abakus toshlarini harakatlantirishni oʻrganadilar. Soʻng tasavvur orqali onglarida matematik operatsiyalarni bajarishga harakat qiladilar . Natijada , bolalar kalkulyatordanda tezroq quyidagi ammallarni miyalarida mustaqil ishlashadi.

Qoʻshish;
Ayirish;
Boʻlish;
✖️ Koʻpaytirish.

👩‍🏫 Mental arifmetika mutaxassislari ushbu aql sportini 4- 16 yoshgacha oʼrganishni boshlashni tavsiya qilishadi.
Bundan tashqari matematik hisob-kitoblarni oʻqitish boʻyicha odatiy dasturda bolalar 1-sinfdan 20 gacha, 2-sinfida 100gacha boʻlgan sonlarni qoʻshish va ayirishnigina oʻrganishsa , mental arifmetika bilan shugʻullanuvchi bolalar 5 yoshida yuqoridagi darajaga erishib ulgurgan boʻladilar. 6 yoshlarida esa ikki va uch xonali sonlar bilan amallar bajarishadi.
Mental arifmetikani standart kursi ikki yil davom etadi. Bolalar haftada ikki yoki uch marta darslar olib boriladi. Dars 1-2 soat davom etadi.

Muvaffaqiyat kaliti esa asosan har kungi uy vazifa hisoblanadi, u 20 minutdan 30 minutgacha davom etadi.

📌 Mental arifmetikani oʼrganishni klassik arifmetikani oʻrganishdan asosiy farqi shundaki, mental arifmetikada birinchi navbatda, eshitish va koʻrish sezgilari orqali oʻrganishga asoslanadi, ikkinchi o'rinda esa, vizual tasvirlar va taktil sezgilari ham qoʻshiladi.