Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
​G'alaba - bu doim birinchi bo'lish degani emas

📈 Har birimiz hayotda olg'a intilib yashar ekanmiz, birinchi bo'lishga, g'alaba, muvaffaqiyat eshiklari biz uchun har doim ochiq turishiga harakat qilamiz.

Maqsadlarimiz yo'lidagi turli xil qiyinchiliklarga duch kelib, unga erishish yanada qiyinlashgan paytda " qo'l siltab tashlab ketishgacha " kelib qolganmiz. Ayni shu payt biz uchun eng katta imtihondir.

G'alaba - bu doim birinchi bo'lish emas. G'alaba - bu kechagi kuningdan yaxshiroq bo'lishdir. (✍️Rey Bredberi | 📖 Istak)

📌 Maqsad sari ketayotganda bugungi qiyinchilikdan o'tishimiz bizning ertangi kundagi birinchi g'alabamizdir. Hech qachon harakatdan to'xtamasligimiz, o'z ustimizda tinimsiz mehnat qilishimiz bizga doimiy g'alaba hisini tuyishlikdagi poydevordir.
Келгуси йилдаги 5 та фан бўйича имтиҳон масаласида

ДТМ ўз расмий каналида келгуси йилдаги тестлар ҳақида айрим саволларга жавоб беришни бошлади. Аммо ушбу савол-жавобларда янги гап йўқ, Президент қароридаги бор маълумотни шунчаки қайта эслатишмоқда. Токи янги тартибга оид ҳужжат расман тасдиқланмагунча янги гап айта олишмаса ҳам керак.

Келгуси йилги тест синовлари ҳақида бизга қуйидагилар маълум:

👉 келаётган йилда 5 та фандан имтиҳон бўлиши аниқ, бу Президент қарорида белгиланган. Яъни бу масала аллақачон ҳал этилган, фақат тартиби ҳозирча номаълум холос;

👉 5 та фандан тест бўлишга оид тартиб, фақат давлат ОТМларига тааллуқли. Шу пайтгача бўлгани каби, бу янги тартиб ҳарбий, диний, хусусий, нодавлат ва хорижий ОТМларга алоқадор эмас;

👉 Президент қарорида тестлар икки бўлимга ажратилиши белгиланган, биринчи бўлимда барча учун мажбурий учта фан — она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи; иккинчи бўлимда йўналишга мос иккита махсус фан белгиланган;

👉 Қарорда она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) деб кўрсатилганлиги сабабли, мажбурий блокда адабиёт фанидан тест саволлари бўлмайди;

👉 Қарорда Ўзбекистон тарихи деб кўрсатилганлиги учун, мажбурий блокда жаҳон тарихи фанидан тест саволлари бўлмайди.

Юқоридаги маълумотлар тушунарли, аммо асосий саволларга абитуриентлар қачон жавоб топишади?

• мажбурий блокда ўтиш бали бўладими ёки ушбу учта фандан неча балл олса ҳам фарқи йўқми, умумий 5 та фандан тўплаган бали ҳисобга олинадими?

• махсус блокда шундоқ ҳам она тили, математика ва тарих фанидан саволлар бўладиган йўналишларда тартиб қандай бўлади? Улар 2 марта математика, она тили, Ўзбекистон тарихидан саволларга жавоб берадими?

• айрим йўналишларда фанлар блоки ўзгариши ҳақида гап-сўзлар юрибди, масалан юриспруденция йўналишида яна тарих асосий фанга айлантирилиши мумкин экан. Умуман олганда қайси йўналиш қайси фандан имтиҳон топшириши қачон аниқ бўлади? Ахир абитуриентлар буни олдиндан билиши керакку! Ёки ўтган йилгиларга ўхшаб, яна тестга 1 ой қолганда маълум қиласизларми?

• қайси дарсликлардан тест саволлари тузилиши қачон эълон қилинади ёки бу ҳам узоқ вақт сир тутиладими?

Тестдаги шаффофлик деганда фақат ҳаммаёққа камера қўйиш, катта павильонларда тест ўтказиш тушунилмайди. Энг аввало шаффофлик деганда имтиҳонларга оид барча зарур маълумотлар олдиндан эълон қилиниши, абитуриентлар ҳамма саволларга очиқ-ойдин жавоб топа олиши, ҳеч нарса мавҳум бўлмаслиги муҳим.

Бизда эса минг афсуски энг муҳим маълумот ва жиддий ўзгаришларни тестга кам вақт қолганда эълон қилишадиган жуда ёмон одат бор. Бу абитуриентларга нисбатан адолатсизлик эканлигини ёки тушунишмайди, ёки тушунса ҳам пинагини бузишмайди. «Керак бўлса кўникади» деган принципда юрадигандек туюлишади. Қани, кўрамиз, балки жорий йилда мана шу «касаллик»ка барҳам берилар.
1
TO'XTANG! KELING, IKKI DAQIQA TAFAKKUR QILAMIZ! VA SIZ BAXTLISIZ 😊

🔘 Biror yoqimsiz so‘zni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling.

🔘 Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yo‘qlarni esga oling.

🔘 O‘z turmush o‘rtog‘ingizni birovga yomonlashdan oldin Allohga o‘zining yolg‘izligini aytayotganlarni ko‘z oldingizga keltiring.

🔘 Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan, yoshligida tugaganlarni eslang.

🔘 Farzandlaringizdan shikoyat qilishdan oldin, tirnoqqa zor bo‘lgan minglab odamlar borligini biling.

🔘 Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal ko‘tarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini bilib qo‘ying.

🔘 Ishingiz og‘irligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga sizningdek ishi bo‘lishi orzu ekanligini ham bilib qo‘ying.

🔘 Birovni barmog‘ingiz bilan ko‘rsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, o‘zingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishingiz ko‘z oldingizda tursin.

🔘 Dilingizni g‘am-alam qamrab olsa, hali tirik ekanligingiz uchun Allohga shukrona ayting. Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukrda boʻlaylik, tafakkur qilaylik.
1
31.01.2021da bo'lib o'tgan Prezident maktablari sinov testi natijalari.
⚡️Umumta’lim fanlaridan olingan sertifikat kirish imtihonda abituriyentga maksimal emas, foizga mos ball beradi

«Sertifikatda to‘plangan ball kirish imtihonida mos tarzda hisoblanadi. Masalan, sertifikat imtihonida 90 foiz ball olgan abituriyent xohlasa, kirish imtihonida ham o‘sha fandan 90 foizlik ballga ega bo‘lishi, agar xohlamasa, test ishlashi mumkin. Bu — uning tanlovi», — Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev
Sinov test DTM imtihoni 07.02.2021 soat 14:00 da bo'lib o'tadi ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting !
Hayotingizni tubdan oʻzgartiruvchi amaliy odatlar bilan tanishing

Koʻpchilik insonlar oʻz hayotini chaynalgan plastinkaga oʻxshatadi. Ish, uy, doʻstlar davrasidagi dam olish kuni va yana ish. Qoʻshimchasiga, keyingi dushanbagacha barchasi, albatta, oʻzgaradi, degan doimiy hayollar ogʻushida yuramiz. Biroq bilib qoʻying, hech narsa oʻz-oʻzidan oʻzgarmaydi. Hayotga yangiliklar kiritish uchun ozgina ter toʻkishga toʻgʻri keladi.
Quyida tavsiya etilayotgan odatlar bilan siz zerikarli hayotingizni yanada qiziqarliroq boʻlishiga erisha olasiz.

Kiyim-kechak

Yangi kiyimlar sotib olishni sarmoya kiritish sifatida qabul qiling. Bu atrofdagilar sizning koʻrinishingizga baho berishi uchun emas, balki oʻzingizga yanada qulaylik tugʻdirishingizga yordam beradi. Yaxshi, chiroyli va qulay libos sizga shunchaki yanada koʻproq quvvat va qatʼiyatni taqdim etadi. Oʻzingizga boʻlgan ishonch ortadi.

Texnika

Iloji boricha, sevimli gadjetlaringiz bilan boʻlgan aloqani cheklashga odatlaning. Planshet, smartfon, leptop: har daqiqada bu texnika mahsulotlari sizning ongingizni maʼlumotlar oqimi bilan toʻldirib tashlaydi. Uni qayerga berkitish kerak, deysizmi? Shunchaki, uxlashdan avval kitoblar oʻqing. Kun davomida tanaffuslar qilib, vaqtingizni texnikasiz oʻtkazishga harakat qiling.

Ogohlik

Meditatsiya stressni kamaytirish va baxt garmonlarini ortishiga yordam beradi. Meditatsiya bu istalgan harakatni amalga oshirishdir. Shunchaki avtomatik harakatlarni oʻchirib qoʻying. Qoʻllaringizni yuvayotgan paytingizda, uzoq oʻyga tolishdan voz keching va koʻproq vaqtga eʼtibor qarating. Suvni, sovun hidini his eting – hattoki shu arzimas harakat ham ajoyib va aniq shunday takrorlanmaydigan lahzadir.

Kitob oʻqish

Adabiyot vazifalarni bajarishingizda sizga yaqindan yordam beradi. Soʻz boyligini kengaytiradi va fikrlash doirasining turli qobiliyatlarini rivojlantiradi. Vaqtingiz yoʻqmi? Unday boʻlsa, taʼlimga yoʻnaltirilgan podkastlar (ovozli hujjat yoki videolar texnologiyasi) tinglang. Qisqa TED maʼruzalari — oʻz fikrlaringizni meʼyorida ushlab turishning samarali usulidir.

Kamroq rejalashtiring

Albatta, rejalar tuzish — qulay hayotning muhim boʻlagi. Biroq chegaradan oʻtish yaramaydi: baʼzan avvaldan tuzilgan rejalar juda ham murakkab boʻladiki, ongingiz ularni amalga oshirishdan bosh tortadi.

Tik holatda ishlang

Bir yil avval tik turgan holatda mehnat qilishga moʻljallangan ish joylari chinakamiga muvaffaqiyatga erishdi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, turgan holatda ishlash koʻplab muammolarni bartaraf etadi: bel va boʻyin ogʻrigʻi toʻxtaydi, koʻzlar kamroq zarar koʻradi.

Ertaroq turing

Koʻp insonlar tongni yomon koʻrishadi. Bu tushunchaga qarshi kurashish kerak. Erta tongda turishning juda katta ijobiy tomonlari bor. Ertaroq uygʻongach, siz kun ogʻirligini darhol oʻz nazoratingiz ostiga olasiz. Tonggi beshda uyqudan turish qiyinchilik tugʻdirsa-da, bu vaqtda siz gipersamaradorlikni oʻzingizda mujassam etasiz. Toʻplanib qolgan vazifalarni ham aynan erta tongda amalga oshirish juda foydali.
Pro Study pinned «Sinov test DTM imtihoni 07.02.2021 soat 14:00 da bo'lib o'tadi ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting !»
Forwarded from REPTEST.SAMARQAND
❗️ 14-fevral 📆yakshanba kuni 🌐Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun☝️Repetitsion tayyorgarlik testi📝 bo'lib o'tadi💯.

Bizning testlarimiz sizga o’z bilimingizni baholash va imtihonlarga to’g’ri yo’nalishda tayyorlanish imkonini beradi❗️

Testlarda ishtirok etish orqali haqiqiy imtihon muhitini his qilasiz, zarur ma’lumotlarga ega bo’lasiz!💯

Testlar Prezident maktabiga tayyorlash yo'nalishida faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassisimiz tomonidan Cambridge Assessment International Education (Buyuk Britaniya) tashkiloti standartlari asosida tuzilgan boʻlib, haqiqiy imtihonlarga 95% yaqinlikda! 🏆

Testlarda ishtirok etish narxi Respublika boʻylab hamma joyda bir xil: 40 000 soʻm

☝️Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi: Roʻyxatdan oʻtish uchun oʻzingizning hududingiz boʻyicha koʻrsatilgan raqamlarga qoʻngʻiroq qiling yoki telegram orqali yozing.

Repetitsion test📝lar quyidagi👇 manzillarda 💯START💯 oladi.

🏃‍♀️Shoshiling joylar soni cheklangan.

Samarqand viloyati bo'yicha:


🌐SAMARQAND shahri🌐
Start up o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06,
(93) 963 69 30
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐PASTDARGʻOM🌐
Ziyo yog'dusi o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06,
(93) 963 69 30
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐TAYLOQ🌐
Ideal Study o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06,
(93) 963 69 30
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐NARPAY🌐
Manzil: Oqtosh shahri, 56 maktab.
9:00
☎️Telefon: (97) 615 94 06, (93) 963 69 30
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️
🌐KATTAQO'RG'ON🌐
Eski shahar 5-makatb
13:00 ☎️Telefon: (97) 615 94 06, (93) 963 69 30
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐PAYARIQ🌐
Pro Study o'quv markazi
9:00 ☎️Telefon: (97) 615 94 06, (93) 963 69 30
📲Telegram: @Bright6930
😱 Ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi 14-fevral. 😱

🏃‍♀️Shoshiling joylar soni chegaralangan!

Kanal manzili
https://t.me/reptestsam
Pro Study pinned «❗️ 14-fevral 📆yakshanba kuni 🌐Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun☝️Repetitsion tayyorgarlik testi📝 bo'lib o'tadi💯. Bizning testlarimiz sizga o’z bilimingizni baholash va imtihonlarga to’g’ri yo’nalishda tayyorlanish imkonini beradi❗️»
Maqsad qo'yish muhim.

1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:

- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:

👉 84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan

👉 13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan

👉 3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.

Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:

👉 13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.

👉 3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.

Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.
Qat'iy qaror!☝️

Siz muvaffaqiyatli, omadli, baxtli inson bo‘lishni, boy bo‘lib ketib, qimmatbaho uylar-u, eng so‘nggi marka mashinalarda yurishni orzu qilasiz!
Barchaning hurmatiga sazovor bo‘lib, ko‘plab muhtoj insonlarga yordam berishni xohlaysiz!
Ota-onangizni, oilangizni farovon yashashini, ularni baxtli ko‘rishni istaysiz!
Ha, orzu qilasiz, xohlaysiz, istaysiz! Ammo...

Ammo bilasizmi, barchamiz qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ishni unutib qo‘yamiz. Agar biz orzu qilsagu shu ishni qilmasak, umrimizning oxirigacha orzular og‘ushida yashab, o‘tib ketamiz!
Hamma orzularni, xohishlarni, istaklarni amalga oshirishda qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy ish bu qat'iy qarordir!

Siz orzu qilsangiz-u, shu orzuga yetishish uchun qat'iy qaror qilmas ekansiz, orzu-orzuligicha qolib ketadi.

Men muvaffaqiyatli inson bo‘lishni orzu qilaman (yo‘q unday emas)
Men muvaffaqiyatli inson bo‘lishga qaror qildim va bo‘laman! (mana shunday)
Assalomu alaykum xurmatli jamoamiz a'zolari aziz talabalarimiz va abituriyentlarimiz. Bugun markazimizning tavallud kuni bilan barchangizni muborakbot etamiz.Shu darajaga yetishimizda o'zining beminnat yordamini ayamay mehnat qilgan juda ko'plab insonlarga minnatdorchilik bildirishni joiz deb bildik.Ular o'zlarining beg'azar yordamini borini berganligi uchun biz shu daraja erishdik. Bu insonlarning mehnatlari beqiyosdir. Ular o'zlarining faoliyati davomida markazimiz uchun borini berdilar,yaxshi,yomon paytlarimizda dalda bo'ldilar va bizni doim qo'llab quvvatladilar. Hech qachon yordamlarini ayamadilar. O'quv markazimiz tashkil topgandan shu kungacha biz bilan bo'ldilar. Qishning sovug'ida ham yozning jaziramasida ham oliy darajada ta'lim berdilar. Bu insonlar oldida doimo ta'zimdamiz.Mehnatlaringizni hech qachon unutmaymiz va yuksak qadrlaymiz. Barcha uchun tashakkur bildiramiz.
Eshqobilov Toshtemir
Egamqulova Gulzoda
Rabbimov Oybek
Muhammadov Bobur
Amirova Nigora
Musayev Orzubek
Rahimova Ozoda
Nizamov Otajon
Barchasi uchun Rahmat aziz ustozlar !!! 👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓
👍1
Лист Microsoft Excel.xlsx
18.1 KB
12.02.2021 FULL
Channel photo removed
Navbatdagi DTM sanasi 21.02.2021 14:00 da bo'lib o'tadi. Ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi 19.02.2021