Pro Study
1.55K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Prezident maktablariga Repititsion sinov testlari endi Payariq tumanida ham tashkillashtiriladi:
🏷 PAYARIQ 📌
🏷 MANZIL: Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, "PRO STUDY EDUCATION" o'quv markazi.
🏷 VAQT: 1 noyabr 9:00
🏷 TOʻLOV: 40 ming soʻm
🏷 ROʻYXATDAN OʻTISH:
☎️ 976159406 / 939636930 / @Bright6930
Pro Study pinned «Prezident maktablariga Repititsion sinov testlari endi Payariq tumanida ham tashkillashtiriladi: 🏷 PAYARIQ 📌 🏷 MANZIL: Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, "PRO STUDY EDUCATION" o'quv markazi. 🏷 VAQT: 1 noyabr 9:00 🏷 TOʻLOV: 40 ming soʻm 🏷 ROʻYXATDAN…»
✳️ Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi


Televizor ko'rmang, kitob o'qing

Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!

Yaxshi g'oya hayolga kelsa, darhol yozib qo'ying

Kechikyapsizmi, bu haqda ogohlantirib qo'yish yo'lini toping.

Birovlarning orzularini ustidan kulmang.

Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo'ling, ular o'zgarishi qiyin.
Ota-onangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing, kun kelib ular mavjud bo'lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.

Xush muomila zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo'lishni o'rganing.

Xatolaringizni tan olishni o'rganing, aks holda o'ziga bino qo'ygan haykalga aylanib qolasiz.

Hayotdan nolishdan to'xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.

G'iybat qilmang.

Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o'tkinchi.

Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so'z esa esda qoladi.

Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to'g'ri kelmaydi.

Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun oxirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg'ita olmaydi.

Hech kim hech qachon hech kimning oldida qarzdor emas
📌 Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?

Oliy ma’lumotli bo‘lishga sarflagan vaqtingizga (va pulingizga!) afsuslanmaslik uchun o‘zingizga bir nechta savollarni bering.

Menga qaysi kasb yoqadi?

Oliy ta’lim muassasasini tanlash qaysi kasbni egallashni xohlashingizga bog‘liq. Aytaylik, huquqshunos bo‘lishga qaror qildingiz. Bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan oliygoh ro‘yxatini tuzing va har birining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. O‘qituvchilar tarkibi qayerda kuchliroq ekanligini, malaka oshirish (stajirovka) va amaliyot qanday o‘tishini, ma’ruzalar qanday formatda o‘tkazilishini bilib oling. OTM rahbariyati tomonidan intizom va o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarga e’tibor bering.
Kerakli barcha ma’lumotlarni olishning eng yaxshi usuli - bu bitiruvchilar yoki hozirgi vaqtda bakalavrda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdir. Talaba birodarlar - juda ahil va ochiqko‘ngil bo‘lishadi va hech qachon mavjud bo‘lgan muammolarni yashira olmaydilar

To‘lov-kontrakt asosidami yoki grant?

Albatta, har birimiz grant asosida o‘qishni va o‘qish uchun to‘lov haqida qayg‘urmay ta’lim olishni istaymiz. Afsuski, davlat granti uchun o‘rinlar chegaralangan, o‘qishni istaydiganlar esa har doim ko‘p. Agar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsangiz, uni qanday to‘lashingizni oldindan o‘ylab ko‘ring va uning narxi yiliga kamida bir marta oshishini yodda tuting. OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlashda to‘lov-kontrakt miqdorini inobatga oling.

Davlat yoki nodavlat OTM? Mahalliymi yoki xorijiy?

Bularning barchasi qiziqishlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Asosiysi, ta’lim muassasasi davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lsin.

Qayerda yashaysiz?

Bu boshqa shaharda o‘qishni rejalashtirganlarga tegishli. Yotoqxonami yoki ijaraga olingan xonadon? Birinchi variant arzonroq va shubhasiz, quvnoq bo‘ladi, ammo siz o‘sha yerdagi sharoitlarga, jumladan, yashash sharoitlariga moslashishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi holda, qulaylik darajasini o‘zingiz belgilaysiz, ammo bu imkoniyat uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Spoyler: stipendiyangiz, albatta, yetarli bo‘lmaydi!

Ushbu va boshqa omillarni tahlil qilib, sizning oldingizda yangi bilimlar, tanishuvlar va imkoniyatlar bilan to‘la qiziqarli talabalik yillari turganini unutmang. Bu vaqtdan o‘zingiz uchun maksimal darajada naf bilan foydalaning!
❗️Diqqatni jamlashning 15 usuli.

1. Bajarilayotgan vazifalar miqdorini kamaytirish. Michigan universiteti olimlari tadqiqotlar davomida shunday xulosaga keldilar, inson miyasi bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bo‘lmagan vazifani bajarganidagina samarali ravishda ishlaydi.

2. Biroz meditatsiya qiling. Diqqatni ishga qaratishning yana bir usuli – meditatsiya qilish. Olimlar fikriga ko‘ra, har kungi meditatsiya miya ish faoliyatini yaxshilab, diqqatni jamlash xususiyatini oshiradi.

3. Sport bilan shug‘ullanish. Garvard tibbiyot maktabi olimlari jismoniy mashqlar “miyaning neyrotrofik omili” (BDNF) deb ataladigan oqsil ishlab chiqarilishiga ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi, u xotira va e'tiborlilikni yaxshilaydi. Muvaffaqiyatning bosh kaliti - mashqlarni doimiy ravishda bajarishda.

4. Ishlar ro‘yxati muhim vazifalar to‘g‘risida unutib qo‘ymasligingizga yordam beradi. Olimlar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, biz oxiriga yetkazilmagan ishlarni yaxshi eslab qolamiz va ish vaqtida ularga ko‘p marotaba chalg‘iymiz. Ro‘yxat esa joriy vaqt davomida haqiqatan ham muhim bo‘lgan ishga diqqatni qaratishga yordam beradi.

5. Bir finjon qahva. AQSh milliy biotexnologiya ma'lumotlar markazi tadqiqotlariga ko‘ra, kam dozadagi kofein charchagan vaqtingizda e'tiboringizni jamlab olishga yordam beradi.

6. Kichik tanaffuslar. Illinoys shtati universiteti olimlarining xulosasiga ko‘ra, dam olish uchun ajratilgan qisqa tanaffuslar kun davomida quvvatni tejashga yordam berishi mumkin. Olimlar bunday xulosaga bir necha tajribalarni amalga oshirganlaridan keyin kelganlar, ya'ni unda bir guruh odamlar kompyuterda tanaffus bilan ishlaganlar, boshqa guruhga esa bunday dam olish vaqtlari ajratilmagan.

7. Ishdan to‘laqonli dam olish. Ishdan ketayotib, qolib ketgan ishlarni “unutish” va dam olish tavsiya etiladi. Bunday yo‘l tutsangiz, ofisga qaytganingizda vazifaga yangicha ko‘z bilan qaray olasiz va tezroq yangi yechim topishga muvaffaq bo‘lasiz.

8. Vazifachalarni hal etish. Mazkur usulni universal deb bo‘lmaydi, biroq tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ba'zilar “miya uchun mashqlardan” foyda oladilar.

9. Sukunat. Seton-Xill unversiteti tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, inson organizmi shovqinga ko‘nika olmaydi. Shovqin qanchalik ko‘p bo‘lsa, organizmda shuncha ko‘p kortizol ishlab chiqariladi, bu gormon esa zo‘riqishlar vaqtida ajraladi.

10. «20/20/20» qoidasi. Shifokorlar doimiy ravishda kompyuterda ishlaydiganlarga har 20 daqiqada uzoqligi 20 fut (6 metrga yaqin) nuqtaga 20 soniya davomida tikilib turishni maslahat beradilar. Bu ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni chetlab o‘tishga yordam beribgina qolmay, ishga diqqatni jamlashda ham qo‘l keladi.


11. Tiniqib uxlash. Parishonlik - doimiy ravishda miriqib uxlamaslik oqibatlaridan biridir. Tiniqib uxlash zo‘riqishlarga chidamlilik va xotira darajasini oshiradi.

12. “Offlayn” ishlash. Ba'zida ish vaqtida internetni o‘chirib qo‘ying. Bu sizni chalg‘itayotgan omillarni kamaytirish va joriy vazifalarga diqqatni qaratishga yordam beradi.

13. Ish joyini tez-tez o‘zgartirish. Olimlar fikriga ko‘ra, diqqatni oshirish va samaradorlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Biz ish joyi bilan bog‘liq masalalarga chalg‘ishga majbur bo‘lamiz, bu esa kuchimizni oladi.

14. Aniq belgilangan ish vaqti. Oldindan qaysi vaqtda qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishingizni belgilab oling. Eng murakkab vazifalarni kuch va g‘ayratingiz ko‘p bo‘lgan vaqtga ajrating va mazkur grafik bo‘yicha ishlashga harakat qiling.

15. Bekorchilik. Bunday dam olish vaqtni smarfonga sarflashdan ko‘ra yaxshiroq. Biroq Garvard universiteti olimlari bu hammaga ham qo‘l kelmasligini aytishgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, ko‘plab odamlar o‘zlarining qisqa tanaffuslarida smartfon va gadjetlar bilan ovora bo‘lganlarida samaraliroq bo‘lishgan.
​Xotirani yaxshilashda qadamlar !!!

1. Uyquni meyorlashtiring.

Uyqu vaqtida miya o'tgan kunni sarhisob qilib, yodda saqlab qolishi kerak bo'lgan narsalarni aniqlaydi. Uyqu jaryonini buzilishi esa, xotirani qayta qurish ishlariga xalal beradi.

2. Eslatmalar yozib yuring.

Dars, chet tillari yoki hayotingizda biron nimani o'rganayotganingizda kerakli so'zlarni, qoidalarni qayd qog'ozlariga yozishg odatlaning. Qaytdlar qisqa jumlalardan yoki so'zlardan tashkil topishi kerak. Ularga ko'zingiz tushganda ular bilan bog'liq ma'lumotlar kengaygan holda xotirangizda joylanadi. Bu esa ularni yodda saqlab qolishga ko'mak beradi.

3. Ko'proq badiiy kitob o'ing.

Albatta televizor ko'rish, internetda o'tirish yoki kompyuterda o'yin o'ynashni bir chetga yig'ishtirib, kitob o'qishga kirishish juda qiyin masala. Agar bugun to'g'ri qaror qabul qilish uchun irodangiz yetmasa, keyin afsus-nadomad chekasiz xolos. Dam olishni yig'ishtirib mutolaa bilan shug'ullaning. Unutmang, kitob- bu xotirani yaxshilashning eng samarali usuli xisoblanadi !