Pro Study
1.55K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Prezident maktablariga Repititsion sinov testlari endi Payariq tumanida ham tashkillashtiriladi:
🏷 PAYARIQ 📌
🏷 MANZIL: Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, "PRO STUDY EDUCATION" o'quv markazi.
🏷 VAQT: 1 noyabr 9:00
🏷 TOʻLOV: 40 ming soʻm
🏷 ROʻYXATDAN OʻTISH:
☎️ 976159406 / 939636930 / @Bright6930
Pro Study pinned «Prezident maktablariga Repititsion sinov testlari endi Payariq tumanida ham tashkillashtiriladi: 🏷 PAYARIQ 📌 🏷 MANZIL: Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, "PRO STUDY EDUCATION" o'quv markazi. 🏷 VAQT: 1 noyabr 9:00 🏷 TOʻLOV: 40 ming soʻm 🏷 ROʻYXATDAN…»
✳️ Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi


Televizor ko'rmang, kitob o'qing

Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!

Yaxshi g'oya hayolga kelsa, darhol yozib qo'ying

Kechikyapsizmi, bu haqda ogohlantirib qo'yish yo'lini toping.

Birovlarning orzularini ustidan kulmang.

Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo'ling, ular o'zgarishi qiyin.
Ota-onangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing, kun kelib ular mavjud bo'lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.

Xush muomila zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo'lishni o'rganing.

Xatolaringizni tan olishni o'rganing, aks holda o'ziga bino qo'ygan haykalga aylanib qolasiz.

Hayotdan nolishdan to'xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.

G'iybat qilmang.

Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o'tkinchi.

Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so'z esa esda qoladi.

Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to'g'ri kelmaydi.

Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun oxirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg'ita olmaydi.

Hech kim hech qachon hech kimning oldida qarzdor emas
📌 Oliy ta’lim muassasasini qanday tanlash kerak?

Oliy ma’lumotli bo‘lishga sarflagan vaqtingizga (va pulingizga!) afsuslanmaslik uchun o‘zingizga bir nechta savollarni bering.

Menga qaysi kasb yoqadi?

Oliy ta’lim muassasasini tanlash qaysi kasbni egallashni xohlashingizga bog‘liq. Aytaylik, huquqshunos bo‘lishga qaror qildingiz. Bunday mutaxassislarni tayyorlaydigan oliygoh ro‘yxatini tuzing va har birining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiling. O‘qituvchilar tarkibi qayerda kuchliroq ekanligini, malaka oshirish (stajirovka) va amaliyot qanday o‘tishini, ma’ruzalar qanday formatda o‘tkazilishini bilib oling. OTM rahbariyati tomonidan intizom va o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablarga e’tibor bering.
Kerakli barcha ma’lumotlarni olishning eng yaxshi usuli - bu bitiruvchilar yoki hozirgi vaqtda bakalavrda ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbatlashishdir. Talaba birodarlar - juda ahil va ochiqko‘ngil bo‘lishadi va hech qachon mavjud bo‘lgan muammolarni yashira olmaydilar

To‘lov-kontrakt asosidami yoki grant?

Albatta, har birimiz grant asosida o‘qishni va o‘qish uchun to‘lov haqida qayg‘urmay ta’lim olishni istaymiz. Afsuski, davlat granti uchun o‘rinlar chegaralangan, o‘qishni istaydiganlar esa har doim ko‘p. Agar, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinsangiz, uni qanday to‘lashingizni oldindan o‘ylab ko‘ring va uning narxi yiliga kamida bir marta oshishini yodda tuting. OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlashda to‘lov-kontrakt miqdorini inobatga oling.

Davlat yoki nodavlat OTM? Mahalliymi yoki xorijiy?

Bularning barchasi qiziqishlaringiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Asosiysi, ta’lim muassasasi davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lsin.

Qayerda yashaysiz?

Bu boshqa shaharda o‘qishni rejalashtirganlarga tegishli. Yotoqxonami yoki ijaraga olingan xonadon? Birinchi variant arzonroq va shubhasiz, quvnoq bo‘ladi, ammo siz o‘sha yerdagi sharoitlarga, jumladan, yashash sharoitlariga moslashishingiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi holda, qulaylik darajasini o‘zingiz belgilaysiz, ammo bu imkoniyat uchun to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Spoyler: stipendiyangiz, albatta, yetarli bo‘lmaydi!

Ushbu va boshqa omillarni tahlil qilib, sizning oldingizda yangi bilimlar, tanishuvlar va imkoniyatlar bilan to‘la qiziqarli talabalik yillari turganini unutmang. Bu vaqtdan o‘zingiz uchun maksimal darajada naf bilan foydalaning!