Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
239 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Sizda qanchalik ko'p foydali materiallar va kitoblar borligi muhim emas, agar ulardan foydalanishni bilmasangiz, ular hech qachon foyda keltirmaydi.

Mavjud materiallardan foydalaning, qunt bilan oddiy sinf darsliklari va mavjud ma'lumotlar orqali tayyorlanib ham imtihonlarda yuqori natijalarni qo'lga kiritgan o'quvchilar juda ko'p. Har bir o'qiyotgan kitobingiz siz uchun bir narvon. Hamma narvonni oyoq ostiga tashlab, yangi va yaxshiroq materiallar qidirishga vaqt sarflab imtihondan o'ta olmaydigan o'quvchi bo'lmang!!

👉👉 ProStudy
👍12🥰3🤩2🔥1😱1
• Sivilizatsiya - televizor tomosha qilish emas, balki uni yasashdir, ingliz matosi orqasidan chopish emas, balki uni toʻqishni oʻrganishdir.
• Sivilizatsiya bugun ilm, texnologiya, iqtisodiy qudrat va rivojlanishda boʻlib qoldi.
• Nonimizni, qurolimizni va kiyimimizni ajnabiy qoʻl yasab berar ekan, ozodlik ham, mustaqillik ham bekordir.

©Doktor Mustafo Mahmud

👉👉 @ProStudy
👍6🔥1👏1😁1🤩1
❗️Kirish imtihonlari (Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga)

PREZIDENT MAKTABI (2 BOSQICHLI)
1⃣-bosqich. Matematika fanidan 30 ta savol (60 daqiqa vaqt ajratiladi)
2⃣-bosqich. Muammoni hal qilish 24 ta savol;
Tanqidiy fikrlash 16 ta savol;
Ingliz tili (55 ta savol). (Jami 110 daqiqa vaqt ajratiladi)

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR (2 YOʻNALISHLI)
❗️Aniq fanlar yoʻnalish 5⃣- va 6⃣-sinf uchun:
🔹 Matematika 25 ta savol (shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan savollar)
Har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 77.5 ball
🔹 Ingliz tili 15 ta savol (Grammatika)
Har bir toʻgʻri javob uchun 2.1 baldan jami 31.5 ball.
🔸Matematika va Ingliz tilidan jami ball — 109 ball
🔸Umumiy ajratilgan vaqt — 120 daqiqa
❗️Aniq fanlar yoʻnalishi 7⃣-, 8⃣-, 9⃣-, 🔟-, 1⃣1⃣-sinflar uchun:
🔹 Matematika 20 ta savol (shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan savollar)
Har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 62 ball
🔹 Fizika 10 ta savol
Har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 31 ball.
🔹 Ingliz tili 10 ta savol
Har bir toʻgʻri javob uchun 1.1 baldan jami 11 ball
🔸 Jami ball — 104 ball
🔸Umumiy ajratilgan vaqt — 120 daqiqa
❗️Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7⃣-sinflar uchun:
🔹 Biologiya fanidan 25 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 77.5 ball)
🔹 Ingliz tili fanidan 15 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 2.1 baldan jami 31.5 ball)
Jami ball — 109 ball
Ajratilgan vaqt — 120 daqiqa
❗️Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 8⃣-,9⃣-,🔟-,1⃣1⃣-sinflar uchun:
🔹 Biologiya fanidan 15 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 46.5 ball)
🔹 Kimyo fanidan 15 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 46.5 ball)
🔹 Ingliz tili fanidan 10 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 1.1 baldan jami 11 ball)
Jami ball — 104 ball
Ajratilgan vaqt — 120 daqiqa

IJOD MAKTABLARI (2 BOSQICHLI)
🔹Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1⃣-bosqich. ijodiy imtihon (yozma va og'zaki shaklda);
2⃣-bosqich. ona tili va adabiyot, ingliz tili fanlaridan test.
🔹Xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishiga:
1⃣-bosqich ijodiy imtihon (yozma va og'zaki shaklda);
2⃣-bosqich ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlaridan test.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍3🔥1👏1🤩1
❗️Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga ayni damdan boshlab roʻyxatdan oʻtishga start berildi.

Ariza.piima.uz sayti orqali hujjatlar topshirishingiz mumkin.

🔹Prezident maktablariga 4-sinf bitiruvchilari;
🔹Ixtisoslashtirilgan maktablarga 4-10-sinf bitiruvchilari;
🔹Ijod maktablariga 6-10-sinf bitiruvchilari hujjat topshirishlari mumkin

Hujjatlar topshirish 20-iyun kuniga qadar davom etadi.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍4🔥1🤔1
​Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha bolakaylar va ularning ota-onalarini bayram bilan muborakbod etamiz! 😍
Bayram muborak!

Bolajonlarga beg‘ubor yoshlik, sihat-salomatlik, baxt, yangi bilimlarga chanqoqlik, ota-onalarining doimiy mehri va etiborida bo‘lishlarini tilab qolamiz!
👍15🔥1
​​

❗️DIQQAT E'LON!

📣📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

❗️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
@ProStudy
👍5🔥1
#Mutaxassis_javob_beradi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar nechanchi sinflarga qabul qilinadi va kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon tartibi

❗️Aniq fanlar yoʻnalishi 5-6-sinf uchun:
🔸 Matematika
🔸 Ingliz tili

❗️Aniq fanlar yoʻnalishi 7-11-sinflar uchun:
🔸 Matematika
🔸 Fizika
🔸 Ingliz tili

❗️Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinflar uchun:
🔸 Biologiya
🔸 Ingliz tili

❗️Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 8-11-sinflar uchun:
🔸 Biologiya
🔸 Kimyo
🔸 Ingliz tili


👉👉 @ProStudy
👍4🔥1🥰1
05.06.2022 13:00 DTM SINOV TESTIMIZNING 3- BOSQICHI BO'LIB O'TADI.
BARCHA YO'NALISHLAR BO'YICHA SINOV TESTIMIZ BO'LIB O'TADI. 2 LA FILIALLARIMIZDA.

RO'YXATDAN O'TISHNING SO'NGGI KUNI 04.06.2022 SOAT 22:00.
ZOMIN SAYOHATI YO'LLANMALARI SIZNI KUTMOQDA.BARCHA ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN !!!
👍3🤩2🔥1
Abituriyentlar hozir faqat va faqat o'qishimiz kerak.Mehnatlaringiz samarasini ko'rishimizga juda oz qoldi.Orzularingizni maqsadga aylantiring.Maqsadimizga albatta yetamiz izlanishdan to'xtamang !!!
👍10🔥1🥰1🤩1
Forwarded from Pro Study (A&Z)
#Hujjat_namunalari #Qabul

📧 Prezident maktablariga qabul yuzasidan hujjatlarning qanday ko'rinish va shaklda bo'lishi haqida kelib tushayotgan ko'plab murojaatlarni inobatga olgan holda PIIMA hujjat namunalarini taqdim etdi.
👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ProStudyda yosh tarjimonlar maktabi tashkil etild. Ushbu videoda siz yosh tarjimonlarimizning dastlabki ishlarini ko'rishingiz mumkin !
👍6🔥2👏2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Registon !!!
🔥10👍2👎1😁1🤯1🤩1