Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
29.05.2022 13:00 DTM SINOV TESTIMIZNING 2- BOSQICHI BO'LIB O'TADI.
BARCHA YO'NALISHLAR BO'YICHA SINOV TESTIMIZ BO'LIB O'TADI. 2 LA FILIALLARIMIZDA.

RO'YXATDAN O'TISHNING SO'NGGI KUNI 28.05.2022 SOAT 22:00.
ZOMIN SAYOHATI YO'LLANMALARI SIZNI KUTMOQDA.BARCHA ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN !!!
👍18🔥2
Pro Study pinned a photo
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 90 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinadi

17-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.

Unda Xalq ta'limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta'lim muassasalari agentligiga o‘tkazilishi belgilandi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlarini tubdan takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bunda Prezident ta'lim muassasalari agentligi uchun ustuvor vazifalar ham belgilab berildi.

Shundan so‘ng ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ishchi guruh tuzildi va ixtisoslashitirilgan maktablarni o‘rganishga kirishildi. Viloyatlardagi ta'lim muassasalarini o‘rganish davomida 500 tadan ziyod maktabdan 193 ta maktab tanlab olindi.

Ushbu maktablardan joriy yilda 168 ta ixtisoslashtirilgan (shundan 24 tasi maktab-internatlari tipida ixtisoslashtirilgan) maktablar tashkil etilmoqda.

2022-2024-o‘quv yillarida esa yana 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab Agentlik tizimiga qabul qilinadi.

2024-yilga qadar 90 mingdan ziyod o‘quvchini qamrab olishni rejalashtirganmiz.

Bilamizki, ta'lim sifatining kafolatlari o‘quv dasturlari, baholash tizimi va malakali pedagoglardir. Davlatimiz rahbari bu muhim masalaga ham alohida e'tibor qaratdilar, ya'ni ixtisoslashtirilgan maktablarni yetuk malakali pedagoglar bilan ta'minlash vazifasi topshirildi. Ushbu vazifa yuzasidan ham Agentlik tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2👍2🔥1😁1🤩1
Prezident maktabi qabul imtihonlarining saralash bosqichining o'tkazilish tartibi va baholash tizimi qanday?

Agar talabgorlar soni 1 o'ringa 20 kishidan ortsa saralash bosqich o'tkaziladi.
Saralash imtihonida Matematika fanidan 30 ta savol beriladi.

📌1-10 - savollar oson darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 2.1 ball beriladi.
📌11-20 - savollar oʻrta darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 3.2 ball beriladi
📌21-30 - savollar qiyin darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 4.3 ball beriladi
Saralash imtihoni talabgor xohishiga koʻra oʻzbek, ingliz yoki qoraqalpoq tillaridan birida boʻlib oʻtadi.
Eng yuqori ball : 96 ball

Kanal manzili
@ProStudy
2🤩2👍1
📢📢📢DIQQAT E'LON🗣

"MENTAL ARIFMETIKA" BO'YICHA LITTLE MASTERS OLIMPIADASI🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆
🧮Olimpiadaga 4 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan🧠 BILIMDON BOLAJONLARNI 🧠taklif qilamiz!!!
📅 O'tkazish vaqti: 30.05.2022 SOAT 8:00

📌Ro'yxatga olishning so'nggi kuni 29.05.2022

📌O'tkazish joyi:Payariq tumani Professional Study o'quv markazi.

Sovrindorlar taqdirlanadilar 🥇🥈🥉
Har bir daraja bòyicha
1-o'rin🥇📜🎁
2-o'rin🥈📜🎁
3-o'rin🥉📜🎁
Va HAR BIR DARAJADA 1TADAN OLIY ÒRIN UCHUN KUBOK 🏆
📌Barcha ishtirokchilarga alohida sertifikat va sovg'alar beriladi.
BUNDAN TASHQARI OLIY SOVRINIMIZ VELOSIPED VA AJOYIB SAMOKAT
ISHTIROK ETISH NARXI :70.000

☎️RO'YXATDAN O'TISH UCHUN

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:+99897 920 9494
👍51🔥1🎉1🤩1
🌍⚡️⚡️ Ilmga homiylik har birimizning burchimiz!!⚡️

🔷 Yurtimiz rus bosqinchilari tomonidan bosib olinib 1,5 asr davomida talandi. Tonnalab oltinlar, neft va boshqa moddiy merosimiz, ko'plab qimmatli kitoblarimiz olib ketildi. Hatto, momolarimiz taqib yurgan tilla taqinchoqlarigacha davlatga topshirildi. Yurtimizning ilmli qatlami yo’q qilindi. 900 ming vatandoshimiz O’zbekistondan bosh olib, xorijiy mamlakatlarga chiqib ketdi va bir million 700 ming yurtdoshimiz surgun qilindi. Ko’pchilik ziyolilar otib tashlandi.

Boyliklari talangan, ziyoli qatlami yo’q qilingan xalqimiz mustaqil bo’lganida boshqa xalqlardan ko’p jihatda orqada qoldi. Ko’pchilik davlatlar ilm-fan va texnologiyada yuksak marralarni zabt etishdi🧑‍🚀. Biz esa ular ishlab chiqargan eng zamonaviy teknikalardan foydalanishni ham bilmaydigan darajaga kelib qoldik. Chunki, xalqni qul qilishga qaratilgan nazariyalar ta’sirida ilmga e’tibor kamaygan, xalq faqat “qora” mehnat qilishi lozim degan tushunchalar paydo bo’lgan edi.

Xayriyatki, xalqimiz yaqin vaqtlardan beri najot – ilmda ekanligini anglab yetmoqda. Ota-onalar farzandlari ta’limi uchun bor mablag’larini sarflamoqdalar. Ilmga e’tibor davlat darajasiga ko’tarilmoqda. Ammo, yurtimizda hozir ham kamida 5 mln aholining kunlik daromadi 10 ming so’mdan oshmaydi. Ular iqtidorli farzandlarini qo’shimcha ta’lim olishiga sharoit yaratib bera olmaydi. Agar kimdir shu qatlamning iqtidorli farzandlarining ilm olishiga homiylik qilmasa yoki shunchaki ilmga qiziqtirmasa, kambag’al qatlam soni ortib boraveradi. Ammo, bir iqtidorli bola ta’lim olsa, u butun oila a’zolari va avlodlarini kambag’allikdan qutqaradi.

Ilmga yo’lidagi yoshlarga homiylik qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz vatan oldidagi haqiqiy burchini bajarmoqdalar. Ularning farzandlaridan buyuk bobolarimiz kabi olimlar chiqsin! Qilayotgan ishlarida Alloh muvaffaqiyat bersin! (Kecha o’tkazilgan maxsus yutuqli olimpiadamiz ham shunday bir yurtdoshimiz mablag’lari hisobiga o’tkazildi.)

Insonning yurti uchun qilishi lozim bo’lgan eng katta ishi o’z farzandining mukammal ta’lim olishini ta’minlashidir. Agar u boshqa insonning ta’limiga ham mablag’ sarflasa, u bu ishni ikki karra amalga oshirgan bo’ladi. Zero, imom az-Zamaxshariy aytganlaridek, Ilmli (olim) bo‘linglar, loaqal ilmni izlovchi talaba yoki tinglab eshitadigan bo‘linglar, yoki ilmni qo'llab-quvvatlovchi homiy, ulamo va talabalarni sevuvchi bo'linglar, ammo to‘rtinchisi bo‘lmang, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasizlar, halok bo'lasizlar, halok bo'lasizlar!

👉👉 @ProStudy
👍10😁2🎉2👏1
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham online hujjatlar qabuli 1-20-iyun kunlari ariza.piima.uz sayti orqali boʻlib oʻtadi!

❗️Hududlardagi qaysi muassasalar ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻzgarmoqda?

Navbatdagi postlarda bu haqida maʼlumotga ega boʻlasiz! Bizni kuzatishda davom eting.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍5🥰2🤔2🎉2🤩1
❗️Prezident maktablariga hujjat topshirish mutlaqo bepul boʻladi.

Oldinroq hujjat topshirish pullik (bazaviy hisoblashning yarim baravari miqdorida) boʻlishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda gap tarqalgan edi. Biz ushbu mavzuda rasmiylar bilan bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritdik.

Hujjatlar topshirish 1-20 iyun kunlari ariza.piima.uz saytida online tarzda amalga oshiriladi. Imtihonlar iyul-avgust oylariga rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
🔥3👍2👏1🤩1
Prezident maktablari imtihonlari joriy yilda quyidagicha boʻlib oʻtadi:

1-bosqich
Matematika fanidan 30 ta savol (60 daqiqa vaqt ajratiladi)

2-bosqich
Muammoni hal qilish 24 ta savol;
Tanqidiy fikrlash 16 ta savol;
Ingliz tili (55 ta savol). (Jami 110 daqiqa vaqt ajratiladi)

Baholash mezoni 2021-yildagidek amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍72🔥2👏2🤩1
Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihon tartibi

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bir bosqichda boʻlib oʻtadi.

❗️Aniq fanlar yoʻnalish 5- va 6-sinf uchun:
🔹 Matematika 25 ta savol (shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan savollar)
Har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 77.5 ball
🔹 Ingliz tili 15 ta savol
Har bir toʻgʻri javob uchun 2.1 baldan jami 31.5 ball.

🔸Matematika va Ingliz tilidan jami ball — 109 ball
🔸Umumiy ajratilgan vaqt — 120 daqiqa

Boshqa sinf va yoʻnalishlar boʻyicha maʼlumot yaqin orada kanalga joylashtiriladi:
@ProStudy
👍3🔥2😁1
❗️Aniq fanlar yoʻnalishi 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar uchun:

🔹 Matematika 20 ta savol (shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan savollar)
Har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 62 ball
🔹 Fizika 10 ta savol
Har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 31 ball.
🔹 Ingliz tili 10 ta savol
Har bir toʻgʻri javob uchun 1.1 baldan jami 11 ball

🔸 Jami ball — 104 ball
🔸Umumiy ajratilgan vaqt — 120 daqiqa

Kanalga ulanish:
@ProStudy 👈👈👈
👍1😁1🤩1
❗️Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinflar uchun:

🔹 Biologiya fanidan 25 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 77.5 ball)
🔹 Ingliz tili fanidan 15 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 2.1 baldan jami 31.5 ball)

Jami ball — 109 ball
Ajratilgan vaqt — 120 daqiqa

Kanalga ulanish:
@ProStudy
🔥3👍1🤩1
❗️Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 8-,9-,10-,11-sinflar uchun:

🔹 Biologiya fanidan 15 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 46.5 ball)
🔹 Kimyo fanidan 15 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 3.1 baldan jami 46.5 ball)
🔹 Ingliz tili fanidan 10 ta savol (har bir toʻgʻri javob uchun 1.1 baldan jami 11 ball)

Jami ball — 104 ball
Ajratilgan vaqt — 120 daqiqa

Kanalga ulanish:
@Prostudy
👍41🔥1😁1🤩1