Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
29.05.2022 13:00 DTM SINOV TESTIMIZNING 2- BOSQICHI BO'LIB O'TADI.
BARCHA YO'NALISHLAR BO'YICHA SINOV TESTIMIZ BO'LIB O'TADI. 2 LA FILIALLARIMIZDA.

RO'YXATDAN O'TISHNING SO'NGGI KUNI 28.05.2022 SOAT 22:00.
ZOMIN SAYOHATI YO'LLANMALARI SIZNI KUTMOQDA.BARCHA ABITURIYENTLARGA OMAD YOR BO'LSIN !!!
👍18🔥2
Pro Study pinned a photo
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 90 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinadi

17-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida maktablarda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.

Unda Xalq ta'limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar Prezident ta'lim muassasalari agentligiga o‘tkazilishi belgilandi. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlarini tubdan takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bunda Prezident ta'lim muassasalari agentligi uchun ustuvor vazifalar ham belgilab berildi.

Shundan so‘ng ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ishchi guruh tuzildi va ixtisoslashitirilgan maktablarni o‘rganishga kirishildi. Viloyatlardagi ta'lim muassasalarini o‘rganish davomida 500 tadan ziyod maktabdan 193 ta maktab tanlab olindi.

Ushbu maktablardan joriy yilda 168 ta ixtisoslashtirilgan (shundan 24 tasi maktab-internatlari tipida ixtisoslashtirilgan) maktablar tashkil etilmoqda.

2022-2024-o‘quv yillarida esa yana 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab Agentlik tizimiga qabul qilinadi.

2024-yilga qadar 90 mingdan ziyod o‘quvchini qamrab olishni rejalashtirganmiz.

Bilamizki, ta'lim sifatining kafolatlari o‘quv dasturlari, baholash tizimi va malakali pedagoglardir. Davlatimiz rahbari bu muhim masalaga ham alohida e'tibor qaratdilar, ya'ni ixtisoslashtirilgan maktablarni yetuk malakali pedagoglar bilan ta'minlash vazifasi topshirildi. Ushbu vazifa yuzasidan ham Agentlik tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2👍2🔥1😁1🤩1
Prezident maktabi qabul imtihonlarining saralash bosqichining o'tkazilish tartibi va baholash tizimi qanday?

Agar talabgorlar soni 1 o'ringa 20 kishidan ortsa saralash bosqich o'tkaziladi.
Saralash imtihonida Matematika fanidan 30 ta savol beriladi.

📌1-10 - savollar oson darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 2.1 ball beriladi.
📌11-20 - savollar oʻrta darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 3.2 ball beriladi
📌21-30 - savollar qiyin darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 4.3 ball beriladi
Saralash imtihoni talabgor xohishiga koʻra oʻzbek, ingliz yoki qoraqalpoq tillaridan birida boʻlib oʻtadi.
Eng yuqori ball : 96 ball

Kanal manzili
@ProStudy
2🤩2👍1