Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
#E'lon
#Haftalik_test

Assalomu alaykum "Pro Study" o'quv markazining Ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik koʻrayotgan o'quvchilari. Sizni ajoyib yangilik kutmoqda :
Yakshanba kuni soat 13:00 da 9-sinf ona tili va adabiyoti darsligidan butun Payariq tumani miqyosida oʻtkaziladigan musobaqaga qatnashishingizni so'rab qolamiz. Siz nima uchun bu testga ishtirok etishingiz kerak. Chunki 👉

🎯 Bu testda kuchli raqobatni his qilasiz.

🎯 O'z bilimingiz darajasini sinab koʻrasiz.

🎯 DTM namunasidagi testlarni yechish imkoniga ega boʻlasiz.

🔥 Va eng muhimi Payariq tumani boʻyicha Ona tili va adabiyotdan eng zoʻri kimlar ekanligini aniqlaymiz.🏆

📌 Eslatma ! Testga qatnashish 5000 so'm.

Sizdan talab etiladigan narsa esa, Yakshanba kuni 13:00 ga kechikmay kelish va 9-sinf darsligi boʻyicha puxta tayyorgarlik koʻrish. Shoshiling. OLG'A !

🏢 Manzil :Chelak shahri va Karl Marksda, har ikkala filiallarimizda "Pro Study" o'quv markazida.

"Kelajak bugundan boshlanadi, harakatdan toʻxtamaymiz".

Manba @ProStudy
👍7🤩43🔥1😱1🎉1
Kuni kecha yosh matematiklarimiz azim Samarqand bo'ylab sayohat uyishtirishdi. Sayohatimizdan fotolavhalarni sizlar bilan ulashamiz !!!
🔥8👏8👍1
​​⚡️Rasman: Test topshiriqlarini bajarish uchun 3 soat beriladi

Bu yil jami 90 ta test boʻladi va ularni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.
👍10🔥2🤩2😢1
⚡️2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

• kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.
👍1
⚡️MANA BU ENG ZO'R YANGILIK!

Loyihaga ko'ra, endilikda abituriyentlarga barcha ta'lim shakllariga hujjat topshirish imkoniyati yaratilmoqda

Joriy yildan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi

Bu degani, 5 ta ta'lim yo'nalishini tanlab ro‘yhatdan o‘tayotganda kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllarini bir vaqtda tanlash mumkin bo‘ladi.
🔥9👍7
📢📢📢DIQQAT E'LON🗣

"MENTAL ARIFMETIKA" BO'YICHA LITTLE MASTERS OLIMPIADASI🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆🎖🏆
🧮Olimpiadaga 4 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan🧠 BILIMDON BOLAJONLARNI 🧠taklif qilamiz!!!
📅 O'tkazish vaqti: 30.05.2022 SOAT 8:00

📌Ro'yxatga olishning so'nggi kuni 29.05.2022

📌O'tkazish joyi:Payariq tumani Professional Study o'quv markazi.

Sovrindorlar taqdirlanadilar 🥇🥈🥉
Har bir daraja bòyicha
1-o'rin🥇📜🎁
2-o'rin🥈📜🎁
3-o'rin🥉📜🎁
Va HAR BIR DARAJADA 1TADAN OLIY ÒRIN UCHUN KUBOK 🏆
📌Barcha ishtirokchilarga alohida sertifikat va sovg'alar beriladi.
BUNDAN TASHQARI OLIY SOVRINIMIZ VELOSIPED VA AJOYIB SAMOKAT
ISHTIROK ETISH NARXI :70.000

☎️RO'YXATDAN O'TISH UCHUN

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:+99897 920 9494
👍13
Portal.piima.uz sayti maʼlumotlariga koʻra, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish tartibi

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish 1-20 iyul kunlari. Kirish imtihonlari bir bosqichda 25 iyuldan 20 avgustga qadar yo‘nalishlar bo‘yicha oflayn shaklda kompyuterda o‘tkaziladi.

1⃣ Bosqich
Hujjatlar onlayn elektron tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi
1. Tug'ilganlik haqida guvohnoma nushasi
2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3x4 o'lchamdagi rasmi
3. Baholar tabeli nushasi (o'quvchi o'qiyotgan maktab direktori imzo va muhri bilan tasdiqlangan)

2⃣ Bosqich. Imtihon bosqichlari
🔹Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha:
5- sinf uchun 40 ta javobi tanlanadigan test topshiriqlari, jumladan:
10 ta mantiqiy topshiriqlar;
20 ta test matematika fanidan;
10 ta test ingliz tili fanidan.

🔹Biologiya va kimyo yo‘nalishi bo‘yicha:
7- sinflar uchun 40 ta javobi tanlanadigan test topshiriqlari, jumladan:
10 ta mantiqiy topshiriqlar;
10 ta test biologiya fanidan;
10 ta test matematika fanidan;
10 ta test ingliz tili fanidan.
8-sinflar uchun 40 ta javobi tanlanadigan test topshiriqlari, jumladan:
5 ta mantiqiy topshiriqlar;
10 ta test biologiya fanidan;
10 ta test kimyo fanidan;
5 ta test matematika fanidan;
10 ta test ingliz tili fanidan.

🔹Fizika va astronomiya yo‘nalishi bo‘yicha:
7-8-sinflar uchun 40 ta javobi tanlanadigan test topshiriqlari, jumladan:
10 ta mantiqiy topshiriqlar:
10 ta test fizika fanidan;
10 ta test matematika fanidan;
10 ta test ingliz tili fanidan.

3⃣ Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yhatini e'lon qilish
Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi, qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Test sinovlari yakunida har bir o‘quvchining to‘plagan bali kompyuter ekranida ko‘rsatiladi va e’lonlar taxtasida yozib qo‘yiladi. To‘plagan bali natijalari yozma shaklda talabgorlarga tanishtiriladi hamda bu haqida yozma qayd etiladi.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍9🎉3🔥2👏1
🔶 Bilimli insonlar davri kelmoqda❗️

Yurtimizda turli sohalardagi ijobiy o’zgarishlar insonni quvontiradi. Bu o’zgarishlarni dunyo ekspertlari ham e’tirof etmoqda. O’zbekistonga katta miqdorda investitsiya oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu iqtisodiyotdagi raqobat muhitini oshiradi. Yaqin 5 yil ichida mutaxassislarga bo’lgan talab ortadi. O’z sohasining ustalari uchun yuqori daromadli ishlar paydo bo’ladi.

Endi yoshlarimiz faqat chet-elda qora ishchi bo’lib ishlashga majbur bo’lmaydi. O’zimizda ham yaxshi mutaxassis bo’lib, ko’proq daromad olishga imkoniyatlar tug’iladi.

Hurmatli yoshlar, hozirgi ilm-fan va texnologiya asrida yaxshi o’qish orqali o’z o’rningizni toping. Yaxshi ilm olish bilan o’zingiz va oilangizning farovon hayotini ta’minlaysiz. Siz bu orqali yurtimiz rivojiga ulkan hissa qo’shayotgan bo’lasiz!!

Barcha ota-onalar ham farzandi kelajagi haqida o’ylashi, farzandini ilmli qilishga intilishi lozim. Zero, vatan uchun qilinadigan eng katta xizmat farzandlarga yaxshi ta’lim va tarbiya berishdir.

Ilm olayotgan barcha yoshlarga Alloh muvaffaqiyat bersin!!
@ProStudy
👍194🔥2🤩2👏1😱1
Portal.piima.uz sayti maʼlumotlari yangilanibdi. Ixtisoslashtirilgan maktablar boʻlimi quyidagicha boʻlib oʻzgargan:

Ixtisoslashtirilgan maktablarga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn elektron tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi
1. Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi
2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3x4 o'lchamdagi rasmi
3. Baholar tabeli nusxasi (o'quvchi o'qiyotgan maktab direktori imzo va muhri bilan tasdiqlangan)

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari
🔹Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan

🔹Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan imtihonlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yhatini e'lon qilish
Topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqt ajratiladi, imtihonlarning qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍4🎉2🔥1🤩1
Portal.piima.uz sayti maʼlumotlari yangilanibdi. Ixtisoslashtirilgan maktablar boʻlimi quyidagicha boʻlib oʻzgargan:

Ixtisoslashtirilgan maktablarga belgilangan kvota doirasida tegishli sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

1 Bosqich
Hujjatlar onlayn elektron tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi
1. Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi
2. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3x4 o'lchamdagi rasmi
3. Baholar tabeli nusxasi (o'quvchi o'qiyotgan maktab direktori imzo va muhri bilan tasdiqlangan)

2 Bosqich
Imtihon bosqichlari
🔹Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan

🔹Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan imtihonlar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

3 Bosqich
Nomzodlarning umumiy ballari bo'yicha ro'yhatini e'lon qilish
Topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqt ajratiladi, imtihonlarning qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish:
@ProStudy
👍6🔥2🥰1🎉1🤩1
Haftalik testlarimiz 22.05.2022 kuni bo'lib o'tadi.Haftalik testlarimizning to'liq jadvali
Matematika 8:00
Ona tili 13:00
Tarix 13:00
Rus tili 10:00
Ingliz tili 14:00
Biologiya 12:00
👍5🔥1
Forwarded from Pro Study (Pro study)
Demak ko'plab talab va istaklarga binoan Payariq tumani miqyosida DTM va haftalik testlarimizni boshlaymiz.
DTM testlarimiz o'tkazilish sanalari quyidagilar:
8-29-May va 5-iyun kunlari
Haftalik testlarimiz o'tkazilish sanalari:
15-22 May 12- 19-26-Iyun kunlari
Haftalik test bo'ladigan fanlar
Ona tili
Matematika
Biologiya
Tarix
Ingliz tili
Rus tili
Asosiy talab testlarda to'liq qatnashib yuqori ball yig'ish. Demak haftalik testlar va DTM testlarida belgilangan sanalarda qatnashgan 60 nafar abituriyenatlarni iyun oyida oxirida AYOJIB SAYOHAT kutmoqda.
Haftalik va DTM testlarimizdan maqsad abituriyentlarimizni yakuniy davlat imtihonlariga tayyorlash !!!
Abituriyent unutmang bugungi mehnatingiz,zahmatingiz albatta o'z natijasini ko'rsatadi. Barcha abituriyentlarga omad !!!
👍6🔥2🎉2🥰1😁1🤩1