Pro Study
1.56K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Forwarded from Davlat Test Markazi
РЕКОРД! 1 ўринга 346 нафар абитуриент!

Яқиндагина колл марказ рақамимиз дея қоровулхона телефон рақамини бериб юборган Қорақалпоғистон тиббиёт институти "Даволаш иши" ўзбек тили йўналишининг 1 ўрни учун 346 нафар абитуриент давогарлик қилмоқда.

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Forwarded from Davlat Test Markazi
SamDU 11.07.jpg
1.1 MB
Энг кўп абитуриентлар рўйхатдан ўтаётган олий таълим муассасалари ТОП-5 рўйхати

1-ўрин. Самарқанд давлат университетига ҳозирга қадар рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони

Таълим тили: Ўзбек
Сана: 11.07.2020

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Assalomu alaykum, dindoshlar! 
Bugungi sinov davrida vatandoshlarimizning ruhiyati va kayfiyati mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuyg‘ularida yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda.
Azaldan hayotining har bir daqiqasi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash, erk va obodlikka intiluvchanlik bilan o‘tayotgan xalqimizni arafa va ezgu g‘oyalarni o‘zida ifoda etuvchi mo‘tabar ayyom – Qurbon hayiti bilan qizg‘in muborakbod etamiz!
Baxtu saodat, sihat-salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin! 
O‘z navbatida, butun islom dunyosi xalqlarini mazkur ulug‘ ayyom bilan tabriklagan holda, hammamiz uchun bugungi sinovdan sog‘-salomat o‘tib, hayotimizning osoyishtaligi, rizqu-barakotliligi, ilmu fan ziyodaligida bardavomlik nasib aylashini tilaymiz! Hurmat bilan Pro Study jamoasi
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir.
Forwarded from Pro Study Education
⚡️RASMAN: Test sinovlari sentabr oyining boshida o‘tkaziladi

«Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentabr oyining boshida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan» — DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi.
Forwarded from Pro Study Education
❗️Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va 14 kun davom etadi

Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov ma’lum qildi.
Forwarded from Pro Study Education
Test natijalari qanday e’lon qilinadi?

DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov:

«Natijalarni e’lon qilishda o‘zgarish bo‘lmaydi. Xuddi har yilgidek test sinovlari o‘tkazilgan kunining ertasiga abituriyentning shaxsiy sahifasida e’lon qilinadi».
Rosa 5 oylik tanafusdan so'ng yana Pro Study o'z faoliyatini boshlaydi.Barcha bilimga chanqoq yoshlarimizni kutamiz.Abituriyentlarimizni esa 2020-2021 yilgi mavsum uchun qabul boshlanganini e'lon qilamiz. Barcha darslarimiz karantin talablariga to'liq amal qilgan holatda o'tkaziladi.Darslarda antiseptik vositalar va niqoblar o'quvchilarimiz uchun bepul tarqatiladi. Murojat uchun:998979209494
998996209494
Pro Study pinned «Rosa 5 oylik tanafusdan so'ng yana Pro Study o'z faoliyatini boshlaydi.Barcha bilimga chanqoq yoshlarimizni kutamiz.Abituriyentlarimizni esa 2020-2021 yilgi mavsum uchun qabul boshlanganini e'lon qilamiz. Barcha darslarimiz karantin talablariga to'liq amal…»
РАСМАН: Ижодий + тест олинадиган йўналишларда ижодий имтиҳон бўлмайди

Ва ниҳоят Давлат қабул комиссияси тест синовлари билан бир қаторда касбий (ижодий) имтиҳонлар ўтказиладиган йўналишлар бўйича касбий (ижодий) имтиҳонларни аввалги йилларда олинган мос фан бўйича ТЕСТ СИНОВЛАРИга алмаштириш тўғрисида қарор қабул қилди.

Тезда тасдиқласа бўларкан-у! Ана энди расмийлар ҳам мавҳум гапирмасдан, бемалол ишонч билан шунақа бўлди, деб айта олишади.

Юқоридаги жадвалда ижодий + тест имтиҳонлари бўлган 12 та йўналишга қайси фанлардан тест синовлари бўлиши тўлиқ акс этган.

Эслатма: тест олинмасдан, фақат ижодий имтиҳон олинадиган (масалан, санъат ёки спорт) йўналишларда ҳеч нарса ўзгармади, уларда ижодий имтиҳон бўлади, тест эмас.
Forwarded from Pro Study Education
​​⚡️Aйтишларича, абитуриентларга «Aбитуриент рухсатномаси»ни 23-24-августдан бошлаб abitur.dtm.uz сайти орқали тақдим этиш режа қилинмоқда.

❗️Aбитуриентлар «Aбитуриент рухсатномаси»ни abitur.dtm.uz сайтидан электрон шаклда юклаб олгач, принтер орқали оқ қоғозга чиқартирган ҳолда имтиҳонга паспорт билан бирга олиб келишлари керак.
5 йил стажга эга бўлган ходимлар қабулига оид қўшимча маълумотлар

Аввалроқ 74 та ташкилотнинг 5 йил иш стажига эга бўлган 100 нафардан ходимлари суҳбат асосида сиртқи (5 йил) ва кечки (4 йил) шаклга тўлов-шартнома асосида қабул қилиниши ҳақида хабар қилгандик.

Ушбу жараённинг яна айрим тафсилотлари маълум бўлди.

📲 тавсиянома олган талабгорлар ДТМнинг веб-сайти орқали онлайн рўйхатдан ўтади;

❗️талабгорларни онлайн рўйхатдан ўтказиш 15 августдан 5 сентябрга қадар (5 сентябрь куни ҳам) амалга оширилади;

рўйхатдаги 74 та ташкилот тавсиянома берилган ходимлари рўйхатини ДТМнинг махсус дастурига киритиб боради;

☝️талабгорларга тавсияномаларни АДОЛАТЛИ ВА ШАФФОФ БЕРИЛИШИ юзасидан масъулият 74 та ташкилотнинг биринчи раҳбарлари зиммасига юкланган.

‼️Қўшимча маълумотлар олиш учун қуйидаги ҳаволаларни босинг:

Қабул тартиби ҳақида овозли тушунтириш:
https://t.me/xushnudbek/6610

Ташкилотлар рўйхати мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/6602

Қабул қилиш тартиби мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/2633
⚡️Айрим абитуриентлар диққатига: бугун охирги кун!

#abituriyent

Бугун 2 та нарсанинг охирги куни:

1️⃣ Тўлов қилиш учун.

Аввалги йилларда битирган абитуриентлар онлайн рўйхатдан ўтиб, лекин айрим сабабларга кўра, тўлов (111 500 сўм) қилишга улгурмаган бўлса, бугун соат 23:59 га қадар тўловни амалга ошириши мумкин.

‼️Тўловни амалга оширмаганлар рўйхатдан ўтмаган ҳисобланади ва тест синовларида иштирок эта олмайди.

2️⃣ Қўшимча йўналиш танлаш учун.

Ижодий имтиҳони тестга алмашган 12 та йўналишга ҳужжат топширган абитуриентлар бугун соат 23:59 га қадар abitur.dtm.uz сайти орқали бештагача қўшимча йўналишларни танлаши мумкин.

Ижодий имтиҳони тестга ўзгарган йўналишлар рўйхати:
https://t.me/xushnudbek/6583

Жараёнга оид қўшимча саволларга жавоблар:
https://t.me/xushnudbek/6613

Бугун қўшимча йўналиш танлашга улгурмаган абитуриентларнинг аввал танлаган битта йўналиши сақлаб қолинади.
Endilikda "Abituriyent ruxsatnomasi"ni olish uchun nomer va parol kerak emas

Davlat test markazi abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratilganini malum qildi.

🔖 Endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

👉 pasport seriyasi;
👉 pasport raqami;
👉 jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).

Mazkur imkoniyatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin:
https://abitur.dtm.uz/allow
​​🚀 QABUL BOSHLANDI!
Pro Study o'quv markazining yangi 2020-2021 o'quv yili uchun qabul boshlandi. Siz endilikda barcha qulayliklarga ega, zamonaviy hamda sevimli o'quv markazingiz – Pro Studyda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rishni boshlashingiz mumkin!

Ho'sh, nega aynan Pro Study?

🚩 Eng qulay joylashuv;
🏢 Zamonaviy dars xonalar;
💻 Sifati kafolatlangan ta'lim;
🧑🏻‍🏫 Tajribali pedagoglar jamoasi;
🆓 Keng assortmentli kutubxona;
💪 Motivatsion treninglar;
💳 Albatta hamyonbop narxlar

Pro Study o'quv markazi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ta'lim beradi:

👉 Abituriyent tayyorlov kurslari;
📚 Ona tili va adabiyoti
📚 Matematika
📚 Fizika
📚 Kimyo
📚 Biologiya
📚 Tarix
📚 Ingliz tili (Grammar)
📚 Geografiya

👉 Chet tili kurslari;
📚 Ingliz tili (IELTS, CEFR)
📚 Koreys tili (TOPIK)
📚 Rus tili
📚Arab tili

Dars jarayonlari o'zbek hamda rus guruhlarda olib boriladi va ushbu mashg'ulotlarni tajribali ustozlar jamoasi olib boradi!

Kurslarga yozilish uchun hoziroq murojaat qilishingiz mumkin:
998979209494
998996209494
998974451815
Pro Study pinned «​​🚀 QABUL BOSHLANDI! Pro Study o'quv markazining yangi 2020-2021 o'quv yili uchun qabul boshlandi. Siz endilikda barcha qulayliklarga ega, zamonaviy hamda sevimli o'quv markazingiz – Pro Studyda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rishni boshlashingiz mumkin!…»
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Aziz Vatandoshlar Pro Study jamoasi sizlarni eng qadrli, eng ulug‘ ayyom – Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi.

Jannatmakon o‘lkamiz osmonining musaffoligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi barqaror, vatanimizning yuksak kuchu-qudrati, nurli yo‘li, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lsin!

Milliy qadriyatlarimizga to‘yingan oilalarimizning mustahkamligi, serbaraka rizqu-nasibasi, mehru-oqibati, Vatanga bo‘lgan sadoqati bundanda yuksak bo‘lishiga tilakdoshmiz!