Pro Study
1.56K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Хотин-қизлар 4%лик грантга тавсиянома олиш учун нима қилиш керак?

#abituriyent

Кўпчилик савол билан мурожаат қилиб, хотин-қизларнинг алоҳида тоифалари учун ажратиладиган давлат гранти бўйича квоталарга тавсияномаларни қандай олиш мумкинлигини сўрашмоқда.

Бунинг жавоби қуйидагича:

👉 Тавсиянома олмоқчи бўлган хотин-қизлар Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигининг туман/шаҳар бўлимларига мурожаат қилишлари керак;

👉 Талабгорлар қуйидаги ҳужжатларни топшириши лозим:

1) туман/шаҳар ҳокими ўринбосари номига ариза;
2) белгиланган талаблардан бирига тўғри келишини тасдиқловчи ҳужжатлар (иловаси билан);
3) маълумотнома, объективка;
4) умумтаълим мактаби ёки ўрта махсус касб-ҳунар муассасасидан маълумотнома;
5) паспорт ёки туғилганлик тўғрисидаги гувоҳнома нусхаси.

👉 Ҳужжатлар 10 июлгача қабул қилинади;

👉 Туман бўлимларида ташкил этилган ишчи гуруҳ талабгор қизларнинг ҳужжатларини вилоят бошқармаларига 8 июлга қадар тақдим этади;

👉 Вилоят бошқармалари томонидан эса ҳужжатлар кўриб чиқилиб, 10 июлга қадар вазирликка юборади;

👉 Хотин-қизларга тавсияномалар 15 июлга қадар берилади;

👉 Тавсияномалар берилган хотин-қизлар ҳақидаги маълумотлар 20 июлга қадар ДТМ базасига киритилади.

Тавсиянома қуйидаги тоифаларга берилади:

кам таъминланган оиладан чиққан хотин-қизлар;
ота ёки онаси вафот этган хотин-қизлар;
14 ёшгача бўлган 2 ва ундан ортиқ фарзандларни тарбиялаётган, бошқа қариндошларидан алоҳида яшаётган ёлғиз аёл (эркак)ларнинг қизлари;
шахсий уй-жойга эга бўлмаган, ижарада яшаётган оилалар;
ота-оналардан бири ёки ҳар иккиси ишсиз бўлган ва иш қидирувчи шахс сифатида аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларида ҳисобда турганлар;
ногиронлиги бўлган фарзанди бор оилалардан чиққан хотин-қизлар;
олий маълумотли хотин-қизлар билан қамраб олиш даражаси республиканинг ўртача кўрсаткичларидан икки ёки ундан ортиқ маротаба паст бўлган туманлар, шунингдек, олис ва бориш қийин бўлган ҳудудларда яшовчи оилалардаги қиз фарзандлар (уларни ўз ҳудудида 3 йил ишлаш шарти билан).
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy
#қабул_2020

Бакалавр кечки

Шунингдек, кечки таълим шаклига хорижий тил ва адабиёти йўналишига 200 та ўрин:

Мактабгача ва бошланғич таълимда хорижий тил йўналишига (инглиз тили) 50 та ўринга қабул бўлади.

Ҳаммаси контракт асосида ўқийди, кечки таълимда грант йўқ.

Магистратура

Бундан ташқари, магистратура таълим босқичига 130 та ўрин ажратилган. Шундан 27 та грант, 103 та контракт асосида ўқишга қабул қилинади.

Хусусан, магистратура таълим босқичида 2020/2021 ўқув йилида янги йўналиш очилди, яъни “Компютер лингвистикаси”. Ушбу йўналишга жами 6 та қабул квотаси ажратилган, 2 та грант, 4 контракт.

СамДЧТИ Ахборот хизмати
👉
@samdchtijamoasi
__________
@Asilbek_Abduraimov
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy
#qabul_2020

Maqsadli qabul ko'rsatkichlarining tumanlar kesimidagi holati
__________

1. Nurobod tumani — 8 ta
2. Kattaqo'rg'on tumani — 3 ta
3. Qo'shrabot tumani — 9 ta
4. Urgut tumani — 3 ta
5. Ishtixon tumani — 3 ta
6. Paxtachi tumani — 1 ta
7. Narpay tumani — 3 ta
8. Payariq tumani — 1 ta

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
____________
@Asilbek_Abduraimov
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy
#qabul_2020

SamDCHTIda ta'lim yo'nalishlariga bo'ladigan imtihon fanlar majmuasi (bakalavr kunduzgi)

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili
1. Nemis tili
2. Ona tili va adabiyot

Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili
1. Fransuz tili
2. Ona tili va adabiyot

Filologiya va tillarni o’qitish: ispan tili
1. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)
2. Ona tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o’qitish: italiyan tili
1. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)
2. Ona tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili
1. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)
2. Ona tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili
1. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)
2. Ona tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o’qitish: xitoy tili
1. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)
2. Ona tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o’qitish: arab tili
1. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)
2. Ona tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili
1. Rus tili
2. Chet tili (ingliz, nemis, fransuz)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo’yicha)
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika
1. Ona tili va adabiyot
2. Ijodiy imtihon

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo’yicha)
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

SamDCHTIda ta'lim yo'nalishlariga bo'ladigan imtihon fanlar majmuasi (bakalavr kechki)

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
1. Ingliz tili
2. Ona tili va adabiyot

____________
SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
____________
Asilbek Abduraimov
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy
#qabul_2020

Samarqand davlat chet tillar institutida 2020/2021 o'quv yilida belgilangan qabul kvotalari

MAGISTR

Yangi ochilgan ta'lim yo'nalishi
"Kompyuter lingvistikasi"

____________
SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
____________
@Asilbek_Abduraimov
Forwarded from SamDCHTI | Rasmiy
#qabul_2020

Samarqand davlat chet tillar institutida 2020/2021 o'quv yilida belgilangan qabul kvotalari

BAKALAVR

Yangi ochilgan ta'lim yo'nalishi
"Xalqaro jurnalistika"

Imtihonlar

1. Ona tili va adabiyot. Maksimal ball 96
2. Ijodiy imtihon. Maksimal ball 93

____________
SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
____________
@Asilbek_Abduraimov
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Ro’yxatdan o’tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning
#abituriyent

Hurmatli abituriyentlar!

Oliy ta’lim mussasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni to’g’ri kiritishingizni so‘raymiz, - deyiladi DTM xabarida.

Chunki ro‘yxatdan o‘tishda va ma’lumotlarni o‘zgartirishda sizning telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi va siz SMS xabardagi 5 xonali raqamni dasturga kiritish orqali ma’lumotlarni tasdiqlaysiz.

Tizimga kiritilgan telefon raqamisiz ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

☎️ Davlat test markazining murojaatlar markaziga abituriyentlardan telefon raqamini o‘zgartirib berish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

👨🏻‍💻 Bunga abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamlarini kiritmaganligi sabab bo‘lmoqda.

💁‍♂️ Abituriyentlardan buning sababi so‘ralganda, qaysidir kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi joylar orqali yoki qaysidir tanishining yordami bilan ro‘yxatdan o‘tganligini va tizimga ularning telefon raqami kiritilganligini aytishmoqda.

Sizlardan ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalanishingizni va ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.


👉 @xushnudbek 👈
​​To’lov amalga oshirilganini qanday bilish mumkin?

📋 Abituriyentlar abitur.dtm.uz sayti orqali ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

🔖 Qayd varaqasining quyi qismida bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys hosil bo‘ladi.

🔗 Invoysning quyi qismida onlayn to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish uchun havolalar joylashgan bo‘lib, ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

💳 Umuman olganda to‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

👨🏻‍💻 To’lovni amalga oshirgan abituriyentlar to’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”laridan “Qabul-2020” bo’limiga kirib bilib olishlari mumkin.

Bunda, ularning qayd varaqasining quyi qismidagi invoys o’rnida “To’lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

❗️Izoh: To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganida ularga invoys shakllantirilmaydi.
Online hujjat topshirish jarayoniga oid savollar
#abituriyent

⚡️Bu yil abituriyentlar abitur.dtm.uz yoki my.gov.uz veb saytlari orqali online hujjat topshiradilar.

Shuningdek, Maxsus komissiya tasdiqlab bergan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ham hujjat topshirish mumkin. Ya'ni DXMlar barcha joyda hujjat qabul qilmaydi, faqat 8ta tumanlarda ishlaydi. Ro’yxati mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6148

OTMga borib hujjat topshirilmaydi. Faqat fuqaroligi bo’lmagan shaxslargina OTMlarga borib hujjat topshiradi.

⚡️Abituriyentlar online ro'yxatdan o'tayotganda JSHSHIR raqam kiritadilar.

📎 JSHSHIR raqam nima va uni qanday aniqlash mumkinligi bu yerdan bilib olishingiz mumkin:
t.me/xushnudbek/6086

⚡️Online hujjat topshirish jarayonida kerak bo'ladigan hujjatlar:

✔️ Pasport
✔️ Shahodatnoma yoki Diplom
✔️ Imtiyoz beruvchi hujjat (agar ega bo'lsangiz)

❗️Sizdan yuqoridagi hujjatlarning asli yoki skaner qilingan nusxasi talab qilinmaydi. Faqatgina hujjatlardagi ma'lumotlar tizimga kiritiladi xolos.

❗️Ammo imtiyoz beruvchi hujjatlar bundan mustasno. Ya'ni ushbu hujjatning skaner qilingan yoki oddiy rasmga olingan shakli ham jo'natiladi.

Sizdan talab e'tilmaydi:

🔖 Rasm
🔖 MFYdan ma'lumotnoma
🔖 Tibbiy ma'lumotnoma...

❗️Sizda doimiy ishlaydigan telefon raqam bo'lishi kerak. Chunki DTM bazasidan keladigan SMS xabarni siz tasdiqlashingiz kerak bo'ladi.

⚡️Online hujjat topshirish jarayoni 20-iyulga qadar davom etadi.

📝 Ariza topshirganlar keyinchalik arizasiga o’zgartirish kiritish mumkin. Masalan, boshqa yo’nalishga topshirmoqchisiz yoki imtiyoz beradigan hujjatni qo’shib qo’ymoqchisiz, shuningdek xato qilgan bo’lsangiz, tahrirlamoqchisiz - bularning barchasini 20-iyulga qadar bemalol qila olasiz.

1️⃣ Bir kishi faqat bir marta ariza yubora oladi. 2-3 ta telefon raqami orqali 2-3 marta ariza yuborib bo’lmaydi.

📲 Bitta telefon raqami orqali faqat bir marta ariza yuborish mumkin. 2-3 kishi bitta telefon raqami orqali ariza yubora olmaydi.

5️⃣ Beshta yo’nalishni tanlash tartibi haqida mana bu yerda batafsil yozilgan:
t.me/xushnudbek/6078
Forwarded from Davlat Test Markazi
O'zMU o'zbekcha 10.07.jpg
625 KB
qabul.dtm.uz сайти ишламоқда!

Ўзбекистон миллий университетининг ўзбек тили таълим йўналишларининг ҳозирги вақтга нисбатан рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Forwarded from Davlat Test Markazi
Тошкент давлат юридик университети

10.07.2020 вақтига кўра, рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони

😳 1 ўринга 50 нафар талабгор!

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Forwarded from Davlat Test Markazi
Sharqshunoslik 10.07.jpg
384.3 KB
Қойил! 1 ўринга 115 нафар талабгор

ОТМ: Тошкент давлат шарқшунослик университети
Таълим шакли: ўзбек тили
Йўналиш: Туризм

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Forwarded from Davlat Test Markazi
РЕКОРД! 1 ўринга 346 нафар абитуриент!

Яқиндагина колл марказ рақамимиз дея қоровулхона телефон рақамини бериб юборган Қорақалпоғистон тиббиёт институти "Даволаш иши" ўзбек тили йўналишининг 1 ўрни учун 346 нафар абитуриент давогарлик қилмоқда.

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Forwarded from Davlat Test Markazi
SamDU 11.07.jpg
1.1 MB
Энг кўп абитуриентлар рўйхатдан ўтаётган олий таълим муассасалари ТОП-5 рўйхати

1-ўрин. Самарқанд давлат университетига ҳозирга қадар рўйхатдан ўтган абитуриентлар сони

Таълим тили: Ўзбек
Сана: 11.07.2020

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈
Assalomu alaykum, dindoshlar! 
Bugungi sinov davrida vatandoshlarimizning ruhiyati va kayfiyati mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuyg‘ularida yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda.
Azaldan hayotining har bir daqiqasi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash, erk va obodlikka intiluvchanlik bilan o‘tayotgan xalqimizni arafa va ezgu g‘oyalarni o‘zida ifoda etuvchi mo‘tabar ayyom – Qurbon hayiti bilan qizg‘in muborakbod etamiz!
Baxtu saodat, sihat-salomatlik, ishlaringizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin! 
O‘z navbatida, butun islom dunyosi xalqlarini mazkur ulug‘ ayyom bilan tabriklagan holda, hammamiz uchun bugungi sinovdan sog‘-salomat o‘tib, hayotimizning osoyishtaligi, rizqu-barakotliligi, ilmu fan ziyodaligida bardavomlik nasib aylashini tilaymiz! Hurmat bilan Pro Study jamoasi
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir.
Forwarded from Pro Study Education
⚡️RASMAN: Test sinovlari sentabr oyining boshida o‘tkaziladi

«Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz, sentabr oyining boshida test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan» — DTM boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi.
Forwarded from Pro Study Education
❗️Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va 14 kun davom etadi

Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov ma’lum qildi.