Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
«Омадсизликка учраган 25000 нафардан ортиқ эркак ва аёлларни ўрганиб чиқиш жараёнида маълум бўлдики, омадсизликнинг асосий 30та сабаби ичида қатъиятнинг етишмаслиги деярли асосий ўринни эгаллар экан. Бу шунчаки назарий таъкид эмас – бу факт... Ким дарҳол қарор қабул қилса ва нимани истаётганини билса, бунга албатта эришади»

Фикрингиз ? ......👇

https://t.me/ProStudy
АЖОЙИБ ҚИССА !

Кунларнинг бирида қурбақаларнинг тўдасидан икки қурбақа чуқурликка тушиб кетибди.

Барча қурбақалар чуқурлик тепасида жамланиб олиб, «Бўлди энди, шу ерда ўлиб кетасизлар, ҳадеб сакрайверишдан фойда йўқ" дер эдилар. Узоққа бормай икки қурбақанинг бири қўрқув ва қаттиқ тушкунлик оқибатида нобуд бўлди.

Иккинчи қурбақа эса тинмай сакрашда давом этар эди. Ҳар сафар сакраганда, илгаригисидан баландроқ сакрар эди. Аммо, юқоридаги қурбақалар ҳамон : "Бўлди қил энди, фойдаси йўқ" деб такрорлар эдилар.

Кўп ўтмай бояги қурбақа чуқурдан чиқишга муваффақ бўлди. Тепадаги қурбақалар қаттиқ таажжубда ундан сўрашибди: "Қандай буни уддалай олдинг ?!"

У жим турарди. Кейин билсалар, унинг қулоқлари эшитмас экан.

Ҳар сафар уни сакрашдан қайтарганларида, қўллаб-қувватламоқдалар деб ўйлаб, бу мушкул ишнинг уддасидан чиққан экан.

«Балки, энг зўри бўлишингизга инсонларнинг сиз ҳақингиздаги гаплари тўсқинлик қилаётгандир...

Тафаккур қилинг.
​​Tengdoshlaringni unut

1. Biror inson muvaffaqiyatga erishsa, yoshini bilishga qiziqasan. Sendan katta bo'lsa yoshingni ayirib, hali vaqting borligi bilan o'zingni ovutasan. Yoshi kichikroq bo'lsa ozgina depressiya bo'ladi. Lekin miyang unga albatta tanish bilishi yordam berganini uqtirib, seni ovutadi.

2. O'sha tanish hammada bor. Bu Alloh.

3. Muvaffaqiyatning katta qismi, to'g'ri joyda, to'g'ri paytda bo'lishdir. Yoshning ahamiyati bu yerda juda kam. O'sha omad kelganda o'zingda biroz bilim va harakat bo'lsa natijaga erishish faqat vaqt masalasi.

4. Bilimni olish uchun odam o'zi qiziqadigan narsani topish kerak. Shu qiziqishni qondirish jarayoni bilim olish deyiladi. Qiziqmayotgan narsasini o'rganishdan og'ir narsa yo'q odam uchun.

5. Harakat bu olingan bilimni amalda qo'llash. Har kuni. Xato qilgach uni tan olib, kelajakda takrorlanmaydigan qilish. Diqqat bilan ishlash va chalg'imaslik.

6. Tengdoshlaringni unut. Ularni muvaffaqiyatlari yoki bekorchiliklari seni chalg'itishi yoki xotirjam qilishiga yo'l qo'yma. Bilimni ol va harakatni bos, shundagina Alloh omad berganda ushlab qolasan va natijaga erishasan.

https://t.me/ProStudy
Qadrli maktab bitiruvchilari!

Avvalo, barchangizni begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qoʻyayotganingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Pro Study oilasi sizlarga yetuk marralarga erishishgizga tilakdosh bo'lib qoladi !!!
👍1🔥1👏1
23.05.2021.xlsx
16.1 KB
23-May sanasida bo'lib o'tgan #DTM_test natijalari📊
Bu linkimizda juda ko'pchilik so'ragan Prezident maktablari haqida to'liq ma'lumot berilgan.
❗️Diniy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi ma'lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi 2021/2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari qaysi fanlar asosida o‘tkazish reja qilinayotganini ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirishda quyidagi fanlardan imtihon olinadi:

▫️Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 x 3,1 – maksimal 93 ball;
▫️Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 x 2,1 – 63 ball;
▫️O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabi:

▫️Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 x 3,1 – 93 ball;
▫️Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 x 2,1 – 63 ball;
▫️O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalari:

▫️Xorijiy til (test sinovi) 30 x 3,1 – 93 ball;
▫️Tarix (test sinovi) 30 x 2,1 – 63 ball;
▫️Ma'naviyat va ma'rifat (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.

Ma'lumot uchun, o‘tgan o‘quv yilida pandemiya sababli O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi.
Bugun jamoamiz uchun alohida quvonchli kun do'stim jamoamiz a'zosi Oybek Rabbimov qiz 👶👶👶👶farzandli bo'ldi.Jamoamiz nomidan tabriklaymiz. Umri uzoq rizqi butun bo'lsin. Jamoamizning yangi a'zosi bilan hammani tabriklaymiz !!! Chin qalbimdan tabriklayman do'stim !!!
👏21
#Jonli_efir

🔴 Qabul yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy web-saytimizga kelib tushgan murojaatlarga jonli efirda javob berishda davom etamiz.

👉 13:00 da Agentlikning Youtube kanali orqali bizni kuzating.
———
🔴 Questions about admission on social networks and official website will be answered live.

👉Watch the live broadcast on the Agency's YouTube channel at 13:00

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Бу йил 5та фандан имтиҳон бўлиши аниқ, касаллик кўпайиб кетсагина буни қайта кўриб чиқиши мумкин

Бу ҳақда ДТМ Бош бошқарма бошлиғи Фарҳод Мирзаев маълум қилди.

Унинг айтишича, норматив ҳужжатлар бўйича, 3та мажбурий фан ва 2та мутахассислик фанидан имтиҳон олиниши аниқ. Максимал балл – 280,5 балл қилиб белгиланган.

"Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевнинг 5та фандан имтиҳон олиниши аниқмас, деган гапи турлича талқин қилинди. Мусаев пандемия шаротидан келиб чиқиб, деган маънода гапирганди. Ўтган йили ҳам 5та фан бўлса-да, пандемия сабаб фанлар 2тага туширилганди. Лекин ҳозир пандемия ҳолати барқарор.

Aгар касаллик кўпайиб кетсагина, унда Қабул комиссияси ҳолатни кўриб чиқади. Ҳозирча 5та фандан имтиҳон олиниши аниқ"
, деди Фарҳод Мирзаев.

Аввалроқ каналимда ҳам 5 та фандан тест бўлишининг ҳуқуқий асослари ҳақида маълумот бергандим. Ва 2 та фандан тест бўлишига қаршилигимни доим айтиб келаман. Бундай кутилмаган ўзгариш ўқиган ва тайёрлаган абитуриентлар учун адолатсизлик бўлади.


👉 @xushnudbek 👈
🎓 Bu yil prezident maktablariga qabul qanday bo'ladi?

Ushbu video "Prezident maktablari"ga qabul jarayoni bo'yicha ma'lumot beradi.
Diagnostik Testdan yuqori natija olgan o'quvchilarni Prezident maktabiga kirishiga 100 foiz kafolatli kurslarimizga qabul qilamiz.. 2 oylik sinov darslaridan keyin testdan o'tolmasa kichik guruhga tushuriladi yoki guruhdan chetlatiladi.Shoshiling o'rinlar cheklangan.
📍Manzil: Chelek shahri “Pro Study” o'quv markazi. Savdogar bank binosi, O'zbegim to'yxonasi qarama qarshisida
🏪 Chelek shahridagi Prezident maktabiga kirishga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar diqqatiga. Tayyorlov quyidagi fanlar va test to'plamlaridan:
Matematika va Murakkab matematik masalalar +Tanqidiy fikrlash + Masala yechish
✳️ “Cambridge Assessment” formatidagi nostandart testlar.
Haqiqiy imtihon muhiti. BIZNING O'QUV MARKAZIMIZDA ENG QOBILIYATLI VA IQTIDORLI O'QUVCHILAR TAYYORLANADI KELING VA BIZNING JAMOAGA QO'SHILING BIRGALIKDA NATIJA QILAMIZ.
Pro Study pinned «Diagnostik Testdan yuqori natija olgan o'quvchilarni Prezident maktabiga kirishiga 100 foiz kafolatli kurslarimizga qabul qilamiz.. 2 oylik sinov darslaridan keyin testdan o'tolmasa kichik guruhga tushuriladi yoki guruhdan chetlatiladi.Shoshiling…»
#Hujjat_namunalari #Qabul

📧 Prezident maktablariga qabul yuzasidan hujjatlarning qanday ko'rinish va shaklda bo'lishi haqida kelib tushayotgan ko'plab murojaatlarni inobatga olgan holda PIIMA hujjat namunalarini taqdim etdi.
👍1