Pro Study
1.56K subscribers
5.93K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
11.04. 2021 DTM natijalari
👍1
Forwarded from REPTEST.SAMARQAND
18-aprel 📆 yakshanba kuni 🌐Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun☝️Repetitsion tayyorgarlik testi📝 bo'lib o'tadi💯.

Bizning testlarimiz sizga o’z bilimingizni baholash va imtihonlarga to’g’ri yo’nalishda tayyorlanish imkonini beradi❗️

Testlarda ishtirok etish orqali haqiqiy imtihon muhitini his qilasiz, zarur ma’lumotlarga ega bo’lasiz!💯

Testlar Prezident maktabiga tayyorlash yo'nalishida faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassisimiz tomonidan Cambridge Assessment International Education (Buyuk Britaniya) tashkiloti standartlari asosida tuzilgan boʻlib, haqiqiy imtihonlarga 95% yaqinlikda! 🏆

Testlarda ishtirok etish narxi Respublika boʻylab hamma joyda bir xil: 40 000 soʻm

☝️Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi: Roʻyxatdan oʻtish uchun oʻzingizning hududingiz boʻyicha koʻrsatilgan raqamlarga qoʻngʻiroq qiling yoki telegram orqali yozing.

Repetitsion test📝lar quyidagi👇 manzillarda 💯START💯 oladi.

🏃‍♀️Shoshiling joylar soni cheklangan.

Samarqand viloyati bo'yicha:


🌐SAMARQAND shahri🌐
Start up o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐PASTDARGʻOM🌐
Ziyo yog'dusi o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐TAYLOQ🌐
Ideal Study o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐NARPAY🌐
Manzil: Oqtosh shahri, 56 maktab.
9:00
☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️
🌐KATTAQO'RG'ON🌐
Eski shahar 5-makatb
13:00 ☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

🌐PAYARIQ🌐
Pro Study o'quv markazi
9:00 ☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930

🌐URGUT🌐
United Study o'quv markazi
☎️Telefon: (97) 615 94 06
📲Telegram: @Bright6930
☝️Ro'yxatdan o'tish shart☝️

😱 Ro'yxatdan o'tishning oxirgi sanasi 17-aprel. 😱

🏃‍♀️Shoshiling joylar soni chegaralangan!

Kanal manzili
https://t.me/reptestsam
⚡️Prezident qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi

Hujjat bilan shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq:

▫️Universitetga o‘qishga qabul qilish tanlov asosida, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ehtiyojini hisobga olgan holda har yili belgilanadigan kvotalar doirasida amalga oshirilib, ta'lim oluvchilarga o‘rnatilgan tartibda stipendiya (pul ta'minoti) to‘lanadi va moddiy ta'minot belgilanadi;

▫️Universitet kursantlarini kelgusida harbiy xizmat (xizmat) o‘tash uchun idoralararo taqsimlash ta'lim yo‘nalishlariga muvofiq bitiruv bosqichida amalga oshiriladi;

▫️Universitet bitiruv bosqichidagi kursantlarning faoliyat sohasi bo‘yicha stajirovkasi o‘qishni tamomlagandan so‘ng harbiy xizmat (xizmat) o‘tash uchun yuborilishi nazarda tutilgan bo‘linmalarda tashkil etiladi;

▫️Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning harbiy xizmatchilari (xodimlari) mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida mutaxassislik fanlari bo‘yicha Universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish huquqiga ega;

▫️Universitet tomonidan Milliy gvardiya akademik litseylarining o‘quv-metodik jarayoni muvofiqlashtiriladi hamda ularga tizimli amaliy va axborot-resurs yordami ko‘rsatiladi;

▫️Universitetga o‘qishga kiruvchi abituriyentlarning antropometrik parametrlari Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga harbiy xizmat (xizmat)ga qabul qilish talablariga muvofiq tartibda tanlangan mutaxassislikka qarab belgilanadi;

▫️Universitetning ilmiy va professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tegishli sohada kamida besh yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaxslar harbiy xizmatchilar lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;

▫️Universitetning xizmatchilar uchun belgilangan professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlariga tayinlanadigan pedagog xodimlar bilan shartnomalar bir yil muddatga tuziladi.

Qarorga asosan, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari ma'qullandi:

▫️Universitetga kunduzgi ta'lim shaklining bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha umumiy asoslarda yurisprudensiya, psixologiya va iqtisodiyot sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish;

▫️umumiy asoslarda kadrlar tayyorlashni to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish va bitiruvchilarga «zaxiradagi ofitser» harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplom berish.
👍1
Xato qilish – muvaffaqiyat asosidir!

–Siz menga muvaffaqiyat sirini ayta olasizmi, deb mendan so'rashsa, men: –Ha bu juda oddiy, buning uchun siz xatolaringiz sonini ikki marotaba oshirishingiz lozim!

Qanday qilib va nima sababdan deysizmi?
Siz xato qilishni muvaffaqiyatsizlikdan deb bilasiz, aslida esa unday emas!

- Siz qilgan xatolaringiz orqali katta motivatsiya hamda qaysidir ishni qilish to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi tog'risida dars olasiz!

- Shunday ekan, marhamat xato qilavering!

©Thomas John Watson
17.07.2021 DTM sinov testi natijalari
Pro Studyda oylik DTM test jarayoni bo'lib o'tmoqda !!!
O'rganish haqida

Har bir o'rganish bu fikrning yoki amalning o'zgarishidir. Bilim olding. Uni foydali ekanligini qanday ajratib olsa bo'ladi? Fikrlashing o'zgarganidan. Fikrlashing o'zgardi degani oldingi fikrlaring xato bo'lganini tan olding degani. Fikrlashing qancha tez o'zgarayotgan bo'lsa - shuncha tez o'rganayapsan.

Amalning o'zgarishi nima?

1. Biror narsani qilmasding, o'rgangach qilishni boshlading
2. Biror ishni qilarding, qilmay qo'yding.

Agar o'rgangach ham shu ikkalovidan biri sodir bo'lmagan bo'lsa, hech nima o'rganmabsan, yoki o'rganish effektiv bo'lmagan, yoki shunchaki beamalsan.

Xulosalar:

1. Ilm va bilim olish natijasida fikrlashing yoki amaling (balki ikkalovi) o'zgarishi kerak, o'zgarmasa sen bilim olmabsan, shunchaki bir qiziqarli fakt yoki ma'lumot olgansan.
2. O'z fiklarini (prinsiplari emas) o'zgartirmaydigan odamlar - eng qoloq odamlar. Ular bilan gaplashsang 16 yoshli yigitcha bilan gaplashayotgandek bo'lasan.
3. O'sish tezligingni bilib olish uchun o'zgarish tezligingga qara - o'zgarishlarni ilg'ab olish uchun kundalik tut.
4. Kundalikdagi 2-3 yil avvalgi yozuvlarni o'qib ensang qotib, kulmasang - demak boyagi gap: sen hech nima o'rganmabsan.

@ProStudy
25.04 2021 DTM natijalsri
Янада самарали ишлашга ёрдам берадиган оддий рўйхатлар

Барча вазифаларни учта рўйхатга ажратиш керак: бажарилиши керак бўлган ишлар, бажарилган ва бажарилиши шарт бўлмаган ишлар. Хусусият шундаки, биринчи устунга фақат учта вазифани қўшишингиз мумкин — энг муҳим ёки фавқулодда деб ҳисоблаган ишлар. Қолган вазифалар вақтинча бажарилиши шарт бўлмаган ишлар рўйхатига киритилади.

Биринчи устундан бажарилган вазифани амалга оширилган ишлар рўйхатига ўтказиш лозим. Ва кейин ишлар рўйхатининг учинчи гуруҳидан биринчи гуруҳга кўчирилиши мумкин бўлган янги вазифа учун жой бўшатилади.

90 кунлик мақсадлар рўйхати
Баъзи шахсий самарадорлик бўйича мутахассислар, мақсадларни кўпчилик каби бир йилга эмас, балки уч ойга белгиланиши керак, деб ҳисоблашади. Бу орқали сиз ғайратингизни сақлаб қолиш ва хоҳлаган нарсангизга эришиш учун кўпроқ имкониятга эга бўласиз.
@ProStudy
Hodisalarni ideallashtirish

Jamiyat bizni muvaffaqiyatsizlikka programmalaydi. Chunki qayerga qarama hamma natijalar haqida gapiradi, asl mohiyat har kunlik mehnatda yotgan bo'lsa ham.

-25 yoshli sportchi oltin medal yutib, uylik, mashinalik bo'ldi. Hamma uni omadi kelgani haqida gapiradi. Lekin 6 yoshidan beri zaldan chiqmagani, juda ko'p marosimlarga qatnasha olmagani, shu paytgacha yaxshi ko'rgan ovqatini yeya olmaganini hech kim gapirmaydi.

-30 yoshda millioner bo'lgan yigit haqida hamma yozib chiqadi. Ishining boshida uzoq vaqt tengdoshlaridan kam pul topgani, yillar davomida umuman ta'tilsiz ishlagani, birinchi mashinasini hali ham almashtirmaganini hech kim eslamaydi.

-3 yoshli bolakay Qur'onni yodlab berishi, qissalarni adashmasdan aytib berishiga hammaning havasi keladi. Ota-onasining kunduzlari 8 soatlab u bilan shug'ullangani, bir donagina planshet berib qo'yib qutulish o'rniga, tinmay kitoblardan qissalar o'qib berishi, uyqusiz tunlar va charchoq kunlar haqida gapirilmay ketadi.

-Har qanday kino, serial, kitobda kelin-kuyovning to'ygacha bo'lgan hayotida haqida so'z ketadi. To'ydan keyingi takroriy amallar, kichik yaxshiliklar, doimiy g'amxo'rlik, yuzlab qurbonliklar haqida gapirish esa zeriklarli hammaga.

Biz hodisalarni sevamiz. Mehnatni emas. Bizga bir martalik hodisalar muhim (to'y, universitetga kirish, farzand tug'ilishi), lekin bilmaymizki haqiqiy natijalar har kunlik mehnatsiz bo'lmaydi. Fokusimizni o'zgartiraylik:

To'ydan ko'ra - To'ydan keyingi har kunlik muomala va kichik yaxshiliklar muhim

Universitetga kirishdan ko'ra - Doimiy o'qib, izlanish muhim

Farzand tug'ilishidan ko'ra - Uning ta'lim va tarbiyasiga har kunlik e'tibor muhim

Katta natijalar - har kunlik odatlar, qurbonliklar, tartiblardan iborat katta harakatlar mahsulidir.

Jarayonni sev - natija o'zi keladi.

@ProStudy
​​ Siz ham muvaffaqiyatga erishishni istaysizmi? unda siz...

Agarda siz muvaffaqiyatga, biron bir yaxshi natijaga erishmoqchi bo'lsangiz unda siz harakatingiz quyidagi ishlardan boshlashingiz kerak!

🔸 Hayotingizdagi keraksiz narsalardan voz keching (televizor, zararli odatlar, behuda narsalar) chunki bular sizni quruq vaqtingizni oladi va sizga hechqanday foyda bermaydi.

🔸Atrofingizga iloji boricha o'zingizga o'xshagan muvaffaqiyatga erishgan insonlarni yig'ishga harakat qiling, xalqimizda bir maqol bor "Qora qozonga yaqin yursang, qora kuyasi yuqadi" degan naql bor ya'ni hayotda ham huddi shunday agarda sizni atrofingizda tadbirkorlar yoki ITchilar bo'lsa siz ham ularga o'xshab borasiz.

🔸Hayotda muallif pozitsiyasida bo'ling ya'ni biron bir ishingiz o'xshamadimi aybni birovlarga ag'darmang, aybni o'zingizdan qidirishni o'rganing.

🔸Xatolardan xulosa chiqarishga odatlaning bir xato qildingizmi u xatoingizni yaxshilab analiz qiling, xatoingizni aniqlang va uni boshqa qilmaslikka harakat qiling

🔸Sohangizda ko'proq eng zo'ri, expertlaridan biri bo'lishga harakat qiling va izlanishdan, rivojlanishdan aslo to'xtamang!
https://t.me/ProStudy
Sen dunyoni qanday ko'rasan?

Seni hayotingda bo'ladigan voqealar butun dunyoda kechayotgan hodisalarning 0,0000000001% foizini ham tashkil etmaydi, lekin shu tajribang asosida dunyo qanday ishlashini 80% bilaman deb o'ylaysan.

Xafa bo'lma, hamma shunday. Misol keltiraman:

1. Ikki yarimta yigitdan xafsalasi pir bo'lgan qiz - hamma yigitlarning dardi bir deb o'ylashni boshlaydi. Faqat bekorchi qizlar bilan gaplashishga o'rganib qolgan bola - yaxshi qizlar qolmadi deb o'ylaydi.

2. Jiyani diplomi bilan ish topa olmasa, farzandiga - ana qara, o'qib nima ham qilarding deydi. Bitta 3 ga o'qigan boyib ketsa, boyib ketish uchun yaxshi o'qish shart emas ekan deb, shuni misol keltirib yuradi.

3. Bitta soqol qo'ygan aldab ketsa, e men bularni нармалный desam, hammasi мошенник ekanku deb jar soladi.

Dunyo juda katta. Biz tanigan 200-300 ta odam dunyo aholisi tursin O'zbekiston aholising mingdan biri ham emas.

Bu dunyoda ovqat yeyaverib ozadiganlar ham, chiroyli, aqlli bo'laturib 3 marta turmush qurganlar ham, 5 ga o'qib boyib ketgan va boyib ketmaganlar ham, 20 yoshda o'z yo'lini topgan va 40 yoshgacha qidirib yurganlar ham bor. Hayot shunisi bilan qiziq.

Lekin bunday xato fikrlashni to'g'rilashning yo'li bor. Birinchisi shu kanalga a'zo bo'lish. Ikkinchisi ko'p kitob o'qish. Uchinchisi o'zingdan ancha aqlli va tajribali insonlar bilan ko'p suhbatlashish.

https://t.me/ProStudy