Pro Study
1.55K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
⚡️“Tesla” asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bugun u “Amazon” kompaniyasi rahbari Jef Bezosdan oldinga o’tib oldi.

Maskning ayni paytdagi boyligi qiymati 188,5 milliard dollar. Uning boyligi keskin ko’payishiga so’nggi oylarda va kunlarda “Tesla” aksiyalari narxining gurkirab o’sishi sabab bo’ldi.

O'qing, o'rganing, o'z ustingizda juda ko'p ishlang. Mustaqil bo'ling, mustaqil fikriga ega inson bo'ling. Muhimi harakatdan to'xtamang. Ilon Maskni ham bilim, izlanish, intilish yuksaltirdi va dunyoning eng boy odamiga aylantirdi.

O'sha gap: «Agar senga ma'lum qoidalar yoqmasa, ularga amal qil. Cho'qqiga chiq va bu qoidalarni o'zgartir».
Forwarded from REPTEST.SAMARQAND
❗️17-yanvar kuni Respublika boʻylab Prezident maktablari imtihoniga diagnostika testlari boʻlib oʻtadi!
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling.


‼️ Testlar Respublika boʻylab bir vaqtda boshlanadi: 17-yanvar 9:00

‼️ Testlarda ishtirok etish narxi Respublika boʻylab hamma joyda bir xil: 40 ming soʻm (test kuni, testga kirishdan oldin toʻlov qilinadi)

‼️ Oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi: Roʻyxatdan oʻtish uchun oʻzingizning hududingiz boʻyicha koʻrsatilgan raqamlarga qoʻngʻiroq qiling yoki telegram orqali yozing.

‼️ Sinov testlari boʻlib oʻtadigan manzillar:
Samarqand viloyati bo'yicha:


🇺🇿 QOʻSHRABOT
🔶MANZIL: EVEREST EDUCATION oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Qo'shrabot qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji.
✔️ 97 930 95 93
✔️ @Everest9010


🇺🇿 ZARMITAN
🔷MANZIL: HIGH SCHOOL EDUCATION oʻquv markazi. Samarqand viloyat Zarmitan, 26-maktab va 34-maktab.
✔️ 94 182 22 72
✔️ @Yangiboev_Bobomurod


🇺🇿 NUROBOD
♦️MANZIL: Samarqand viloyati Nurobod tumani, 2-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi.
✔️ 94 284 32 55
✔️ @xusanp_n


🇺🇿 URGUT
♦️MANZIL: RAVON MULOQOT oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Urgut shahri, Yuqori bozorda Navoiy shox kochasi, 105
✔️ 97 912 29 95
✔️ @NonSMoKeR


🇺🇿 KATTAQOʻRGʻON
🔶MANZIL: Kattaqo'rg'on tumani, 32 maktab
✔️ 97 615 94 06
✔️ @Bright6930


🇺🇿 PASTDARGʻOM
🔷MANZIL: ZIYO YOGʻDUSI oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani, Juma shahri.
✔️ 97 615 94 06
✔️ @Bright6930


🇺🇿 POYARIQ
♦️MANZIL: PRO EDUCATION oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Poyariq tumani, Chelak shahri.
✔️ 97 615 94 06
✔️ @Bright6930


🇺🇿 TOYLOQ
♦️MANZIL: IDEAL STUDY oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Tayloq tumani , Tayloq shaharchasi Musiqa maktabi yoni Sayyora restorani, 2-qavat.
✔️ 97 615 94 06
✔️ @Bright6930


🇺🇿 OQDARYO
🔶MANZIL: AQL ZIYOSI oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Agrobank ro'parasi.
✔️ 97 615 94 06
✔️ @Bright6930


🇺🇿 NARPAY
🔷MANZIL: Oqtosh shahri, Navroʻz koʻchasi, 3-uy, 56-maktab, moʻljal Oqtosh Gosstrax.
✔️ 97 615 94 06
✔️ @Bright6930


🇺🇿 ISHTIXON
♦️MANZIL: EVEREST EDUCATION oʻquv markazi. Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, 33-maktab.
✔️ 94 289 90 10
✔️ @Everest9010


🇺🇿 JOMBOY
♦️MANZIL: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, 51-maktab
✔️ 94 200 02 57
✔️ @Muhri2908


Kanalga ulanish:
@reprez94
​2020 - yil sarxisobi !!!

Barchangizni hayolingizga faqat bir narsa, ya'ni butun yil pandemiya sharoitida yashadik degan fikr keldi, ammo xulosa qilishga shoshilmang do'stlar. Biz 6-7 oy kuchli karantin qoidalariga amal qilgan holda yashadik holos undan avvalgi hayotimiz ham bor. Ushbu yilda yo'qotishlar ko'p bo'ldi, yo'qotganlarimiz orasida eng achinarlisi bu - vaqt. Lekin shunga qaramasdan bu vaziyatdan unumli foydalanganlar ham topildi. O'tgan umrimizni sarxisob qiladigan bo'lsak, o'zimizga beradigan birinchi savol! Bir yil umrim davomida rejalarimdan qaysilari amalga oshdiy-u, qaysilari amalga oshmadi? Javobingizda agar amalga oshgan ishlaringiz miqdori ko'p bo'lsa vaqtingizni bekor ketkazmagansiz.

2020 - yilni sarxisob qilarkan ushbu savollarga javob bering !

-Asosiy vaqtingizni nimalarga sarfladingiz?
-Vaqtingizni kimlar bilan ko'proq o'tdi?
-Yangi nimalarni o'zingizda kashf qildingiz?
-Reja bilan ish yuritdingizmi?
-Maqsadlaringizdan uzoqlashmadingizmi?
-Ota-onangizga qanchalik vaqt ajrata oldingiz?
-Sport bilan shug'ullandingizmi?
-Qo'shimcha chet tillarini o'rgandingizmi?

Mana shu savollarga javob qidiring va xulosa qiling ! Hozirgi shiddat bilan o'tayotgan zamonamizda vaqtni tejash masalasi juda og'ir, lekin siz bilan biz yoshmiz, kuchlimiz hamma narsaga ulguramiz, agar vaqtimizni to'g'ri taqsimlasak albatta.

Yangi yilga qadam qo'ydik do'stlar. Bu yil erishgan natijalaringizdan hulosa chiqaring, qilingan xatolarni takrorlamang va yangi yilga maqsadlar qo'ying. Zeroki shu tarzda har bir yil sizga omad olib kelsin.
10.01.2021 Test sinovi natijalari
​Toshkentda Prezident universiteti ochiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni poytaxt tuman hokimlari,sektor rahbarlari, mahalla raislari va Yunusobod tumani yoshlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya хаbar bermoqda «Газета.uz».

«Biz prezident universitetini quramiz. Oksford ta’limini birinchi marta O‘zbekistonda joriy qilmoqchimiz. Britaniyaning ta’lim sohasi dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Biz yangi prezident maktablarini ochdik, endi 8000 talabaga mo‘ljallangan yangi prezident universitetini ochamiz. Barcha domlalari chet eldan bo‘ladi», - dedi davlat rahbari.

«Bizning bolalarimiz chet elga ketishadi - ularning 50 foizi qaytib kelmaydi. «Eng katta aql» ketayapti. U yerdagi sharoit ularga yoqadi, oylik katta. Ammo endi men shu sharoitlarni yaratib, ularni o‘zimizda o‘qitmoqchiman. Ketmasin bolalarimiz», — deya ta’kidladi prezident.

Universitetning ochilish sanasi haqida xabar berilmagan.
24.01.2021 navbatdagi DTM sanasi. Qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting !
Pro Study pinned «24.01.2021 navbatdagi DTM sanasi. Qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting !»
Eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti ajratiladi. Ularga qo‘shimcha stipendiya to‘lanadi

OTMlarga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etilishi kutilmoqda. Grant sohibi bo‘lgan talaba barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” baho bo‘lsa, unga prezident granti stipendiyasi to‘lab boriladi.
​Кейинги ўқув йилидан бошлаб нодавлат ОТМларида грант жойлар пайдо бўлади, уларнинг умумий сони кўпаяди, ҳамда президент гранти жорий этилади

🔰 2017–2021-йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг 5 та устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини “Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили”да амалга оширишга оид Давлат дастури умумхалқ мухокамасига қўйилди.

Ёшларни қўллаб-қувватлаш, ижтимоий муҳофазага муҳтож талабаларни ҳимоя қилиш тизимини такомиллаштириш, ижтимоий адолат тамойилини таъминлаш мақсадида 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб:

👉 ОТМларига кириш имтиҳонларида энг юқори балл тўплаган 200 нафар ёшлар учун Ўзбекистон Республикаси Президенти гранти жорий этилади;

👉 ОТМда икки ва ундан ортиқ фарзанди шартнома асосида ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредити бериш ва талаба томонидан ушбу кредитни ўқиш даври тугагандан сўнг қайтариш амалиёти йўлга қўйилади;

👉 олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони 25 фоизга ҳамда эҳтиёжманд оилалар фарзанди бўлган хотин-қизлар учун давлат грантлари сони 2 бараварга оширилади, шунингдек, хусусий ОТМларида мутахассисларни тайёрлашга давлат гранти бериш тизими жорий этилади.

🎯 Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги манфаатдор вазирлик ва идоралар билан биргаликда 2021/2022 ўқув йили учун ўқишга қабул қилишга давлат буюртмаси параметрларининг тубдан қайта кўриб чиқилади.
​ДТМ раҳбари Мажид Каримов пресс-тур давомида 2021 йилги имтиҳонлар учун режалар ҳақида маълумот берди

Унга кўра, абитуриентларга фанлар мажмуаси мос бўлган таълим йўналишларини чекланмаган миқдорда танлаш имкониятини яратиш, абитуриентларнинг мантиқий фикрлаши, масала ва мисолларни бажара олиш қобилиятини баҳолайдиган тест топшириқларини ишлаб чиқиш мақсад қилинган.

Шунингдек, чет тилини билиш бўйича кўп даражали тест тизимини амалиётга жорий қилиш ва йил давомида тест синовларини ташкил этиш учун республиканинг барча ҳудудларида бино ва иншоотлар қуриш ҳам 2021 йил режага киритилган.

🔥 Кўпчилик ДТМ фаолияти фақат ОТМга кириш имтиҳонларида тест тузишдан иборат деб ўйлаши мумкин, лекин аслида марказ кўплаб ташкилот ва муассаса ходимлари учун ҳам тестлар ўтказади. Масалан, ўтган йилда 28 турдаги тест синовлари ўтказган бўлса, бу йил 35 турдаги синовлар ўтказишни режалаштирилган.
Forwarded from Xushnudbek.uz
Математика фанидан олимпиада ғолибларига 3 та машина берилади!

Сўнгги вақтларда илмга эътибор қаратилаётгани ва билимли ёшлар муносиб рағбатлантирилаётгани қувонарли ҳолдир, албатта.

Ана шундай яхши хабарлардан бири Қўқон университети томонидан математика фанидан мактаб ва академик лицей ўқувчилари ўртасида «Қўқон олимпиадаси» ўтказилиши ҳақидагиси бўлди.

Олимпиада республиканинг барча ҳудудларидан бўлган умумтаълим, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактаблар, нодавлат таълим муассасаларининг 5—11-синфлари, академик лицейларнинг 1, 2-босқич ўқувчилари ўртасида уч гуруҳга бўлиб ўтказилиши кўзда тутилган.

Биринчи гуруҳ - 5, 6 ва 7-синфлар ўқувчилари ўртасида ўтказилади ва биринчи ўринни қўлга киритган ғолибга мукофот тариқасида «Nexia-3» автомобили берилади.

Иккинчи гуруҳ – 8 ва 9-синфлар ўқувчилари ўртасида бўлиб ўтади ва бу гуруҳ мусобақаси ғолиби ҳам «Nexia-3» автомобилини қўлга киритади.

Учинчи гуруҳ эса мактабларнинг 10 ва 11-синф ҳамда академик лицейларнинг барча ўқувчилари ўртасида ўтказилади. Бу гуруҳда ғолибликни қўлга киритган ўқувчи «Cobalt» автомобили билан тақдирланади.

Фақат спортчи чемпионлар эмас, билимли ёшлар ҳам ўз ақл-заковати билан қимматбаҳо автомашина соҳиби бўлиши керак, деб ўйлайман. Зеро, мамлакат келажаги шу билимли ёшларнинг қўлида.

Ташкилотчиларнинг хабар қилишича, тез орада олимпиадада қатнашиш тартиби ва бошқа шартлари ҳақида тўлиқ маълумот берилади. Бунинг учун olimpiada.kokanduni.uz сайтини кузатиб боришингиз керак бўлади.
​Qaysi davlat oliygohlar soni bo‘yicha yetakchi?

Qaysi davlatda oliygohlar soni ko‘pligini bilasizmi? Unday bo‘lsa biroz vaqtingizni ajratsangiz, quyidagi maqola orqari dunyoda eng ko‘p oliygohga ega davlatlar TOP 10 bilan tanishasiz!

Qaysi davlat oliygohlar soni bo‘yicha yetakchi?
Qaysi davlatda oliygohlar soni ko‘pligini bilasizmi? Unday bo‘lsa biroz vaqtingizni ajratsangiz, quyidagi maqola orqari dunyoda eng ko‘p oliygohga ega davlatlar TOP 10 bilan tanishasiz!

Yaqinda Quora.com saytida mamlakatlari orasida son jihatidan eng ko‘p OTMga ega TOP 10 taligi e’lon qilindi.

-Unda ko‘ra, Hindiston peshqadamlik qilmoqda. Mamlakat dunyodagi eng ko‘p oliygohlarga ega. Hozirgi kunda Hindistonda 4000 dan ortiq ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.

-Ikkinchi o‘rinni esa AQSh egallab turibdi. AQSh hozirda 3281 ta oliygohni o‘zida jamlagan. E’tiborli jihati shundaki, AQShda 330 million fuqaro uchun 3200 dan ortiq oliygohlar bor. Hindistonda esa 1,5 milliard aholi yashaydi va oliygohlar soni o‘rtasida tafovut u qadar katta emas.

Quyida TOP 10 reytingi bilan tanishishingiz mumkin!

Hindiston — 4004 ta

Amerika Qo‘shma Shtatlari — 3281 ta

Xitoy — 2310 ta

Braziliya — 1507 ta

Rossiya — 1306 ta

Yaponiya — 985 ta

Meksika — 931 ta

Eron — 605 ta

Fransiya — 562 ta

Indaneziya — 487 ta
DTM 24.01.2021.docx
26.5 KB
📌📌So'nggi 24.01.2021-yilda bo'lib o'tgan Test Natijalari📊📈📉
​G'alaba - bu doim birinchi bo'lish degani emas

📈 Har birimiz hayotda olg'a intilib yashar ekanmiz, birinchi bo'lishga, g'alaba, muvaffaqiyat eshiklari biz uchun har doim ochiq turishiga harakat qilamiz.

Maqsadlarimiz yo'lidagi turli xil qiyinchiliklarga duch kelib, unga erishish yanada qiyinlashgan paytda " qo'l siltab tashlab ketishgacha " kelib qolganmiz. Ayni shu payt biz uchun eng katta imtihondir.

G'alaba - bu doim birinchi bo'lish emas. G'alaba - bu kechagi kuningdan yaxshiroq bo'lishdir. (✍️Rey Bredberi | 📖 Istak)

📌 Maqsad sari ketayotganda bugungi qiyinchilikdan o'tishimiz bizning ertangi kundagi birinchi g'alabamizdir. Hech qachon harakatdan to'xtamasligimiz, o'z ustimizda tinimsiz mehnat qilishimiz bizga doimiy g'alaba hisini tuyishlikdagi poydevordir.
Келгуси йилдаги 5 та фан бўйича имтиҳон масаласида

ДТМ ўз расмий каналида келгуси йилдаги тестлар ҳақида айрим саволларга жавоб беришни бошлади. Аммо ушбу савол-жавобларда янги гап йўқ, Президент қароридаги бор маълумотни шунчаки қайта эслатишмоқда. Токи янги тартибга оид ҳужжат расман тасдиқланмагунча янги гап айта олишмаса ҳам керак.

Келгуси йилги тест синовлари ҳақида бизга қуйидагилар маълум:

👉 келаётган йилда 5 та фандан имтиҳон бўлиши аниқ, бу Президент қарорида белгиланган. Яъни бу масала аллақачон ҳал этилган, фақат тартиби ҳозирча номаълум холос;

👉 5 та фандан тест бўлишга оид тартиб, фақат давлат ОТМларига тааллуқли. Шу пайтгача бўлгани каби, бу янги тартиб ҳарбий, диний, хусусий, нодавлат ва хорижий ОТМларга алоқадор эмас;

👉 Президент қарорида тестлар икки бўлимга ажратилиши белгиланган, биринчи бўлимда барча учун мажбурий учта фан — она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи; иккинчи бўлимда йўналишга мос иккита махсус фан белгиланган;

👉 Қарорда она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили) деб кўрсатилганлиги сабабли, мажбурий блокда адабиёт фанидан тест саволлари бўлмайди;

👉 Қарорда Ўзбекистон тарихи деб кўрсатилганлиги учун, мажбурий блокда жаҳон тарихи фанидан тест саволлари бўлмайди.

Юқоридаги маълумотлар тушунарли, аммо асосий саволларга абитуриентлар қачон жавоб топишади?

• мажбурий блокда ўтиш бали бўладими ёки ушбу учта фандан неча балл олса ҳам фарқи йўқми, умумий 5 та фандан тўплаган бали ҳисобга олинадими?

• махсус блокда шундоқ ҳам она тили, математика ва тарих фанидан саволлар бўладиган йўналишларда тартиб қандай бўлади? Улар 2 марта математика, она тили, Ўзбекистон тарихидан саволларга жавоб берадими?

• айрим йўналишларда фанлар блоки ўзгариши ҳақида гап-сўзлар юрибди, масалан юриспруденция йўналишида яна тарих асосий фанга айлантирилиши мумкин экан. Умуман олганда қайси йўналиш қайси фандан имтиҳон топшириши қачон аниқ бўлади? Ахир абитуриентлар буни олдиндан билиши керакку! Ёки ўтган йилгиларга ўхшаб, яна тестга 1 ой қолганда маълум қиласизларми?

• қайси дарсликлардан тест саволлари тузилиши қачон эълон қилинади ёки бу ҳам узоқ вақт сир тутиладими?

Тестдаги шаффофлик деганда фақат ҳаммаёққа камера қўйиш, катта павильонларда тест ўтказиш тушунилмайди. Энг аввало шаффофлик деганда имтиҳонларга оид барча зарур маълумотлар олдиндан эълон қилиниши, абитуриентлар ҳамма саволларга очиқ-ойдин жавоб топа олиши, ҳеч нарса мавҳум бўлмаслиги муҳим.

Бизда эса минг афсуски энг муҳим маълумот ва жиддий ўзгаришларни тестга кам вақт қолганда эълон қилишадиган жуда ёмон одат бор. Бу абитуриентларга нисбатан адолатсизлик эканлигини ёки тушунишмайди, ёки тушунса ҳам пинагини бузишмайди. «Керак бўлса кўникади» деган принципда юрадигандек туюлишади. Қани, кўрамиз, балки жорий йилда мана шу «касаллик»ка барҳам берилар.
1
TO'XTANG! KELING, IKKI DAQIQA TAFAKKUR QILAMIZ! VA SIZ BAXTLISIZ 😊

🔘 Biror yoqimsiz so‘zni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling.

🔘 Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yo‘qlarni esga oling.

🔘 O‘z turmush o‘rtog‘ingizni birovga yomonlashdan oldin Allohga o‘zining yolg‘izligini aytayotganlarni ko‘z oldingizga keltiring.

🔘 Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan, yoshligida tugaganlarni eslang.

🔘 Farzandlaringizdan shikoyat qilishdan oldin, tirnoqqa zor bo‘lgan minglab odamlar borligini biling.

🔘 Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal ko‘tarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini bilib qo‘ying.

🔘 Ishingiz og‘irligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga sizningdek ishi bo‘lishi orzu ekanligini ham bilib qo‘ying.

🔘 Birovni barmog‘ingiz bilan ko‘rsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, o‘zingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishingiz ko‘z oldingizda tursin.

🔘 Dilingizni g‘am-alam qamrab olsa, hali tirik ekanligingiz uchun Allohga shukrona ayting. Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukrda boʻlaylik, tafakkur qilaylik.
1