Pro Study
1.56K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Assalomu Alaykum aziz AYOLLAR, OPALAR VA SINGILJONLAR
Sizlarni 8-mart XALQARO XOTIN -QIZLAR BAYRAMI bilan jamoamiz nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Shuningdek jamoamizning barcha ayol a'zolarini tabriklaymiz.Ilohim bizni baxtimiz birinchi navbatda sog'-omon bo'ling yuzingizda tabassum arimasin bahor gullaridek ochilib yuring !!!
Forwarded from Pro Study
15-MART: BARCHA ABITURIYENTLAR UCHUN TAKRORLANMAS KUN

"Pro Study" o'quv markazi Respublikamizning barcha abituriyentlarini 15-mart kuni DTM standartlari asosidagi keng qamrovli test sinovlariga taklif etadi.

Yo'nalishlar:
🖥 Iqtisod
🦾 Texnika
👥 Ijtimoiy
🧠 Tabiiy

O'zingizni DTM testlarida bo'lgani kabi his etishingiz uchun ajoyib "atmosfera"ni sizga ta'minlab beramiz! Keling, Testda qatnashing va olgan bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!
Murojat uchun: 97 920 94 94
99 620 94 94
📖Dars This/that/these/those kabi ko'rsatish olmoshlarining qo'llanishi

1️⃣ this + birlikdagi ot va these + koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari bu, mana shu degan ma'noda yonginamizda, yaqinda turgan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllanadi.
🔸This book is mine. (Bu kitob meniki)
🔸These books are mine. (Bu kitoblar meniki)

2️⃣ that+birlikdagi ot va those+ koʻplikdagi ot qurilmasida koʻrsatish olmoshlari u/anavi degan ma'noda uzoqroqda, yaqinimizda boʻlmagan shaxs yoki predmetlarni koʻrsatish uchun qoʻllaniladi.
🔸A: That table is nice, isn't it? (Anavi stol yaxshi, shunday emasmi?)
B: But I don't like those chairs. (Lekin menga anavi kursilar yoqmayapti.)

✳️ this/that olmoshlari sanalmaydigan otlar bilan ham qoʻllanadi.
🔸The taste of this soup is bad.
🔸That water is very cold.

✳️ this olmoshi insonlarni tanishtirishda, that olmoshi insonlarni koʻrsatishda qoʻllaniladi.
🔸James, this is my friend Rita.
🔸That's Andrew over there.

✳️ Telefon suhbatida ham this/that olmoshlari qoʻllanishi mumkin.
🔸Hello. This is Laura speaking.
🔸Whoʻs this/that, please?

🔸that/those olmoshlari oldin tilga olingan otlarni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi.
🔸The salary of teachers are higher than that of doctors. (Oʻqituvchilarning maoshi doktorlarnikiga qaraganda balandroq)
🔸The stories written by OʻHenry are as full of life as those written by M.Twain.
Birinchi gapda that of so'zi salary so'zini, ikkinchi gapda those so'zi the stories so'zini qayta takrorlamaslik uchun ishlatilmoqda.

💡 Bu soʻzlar bilan keladigan odatiy iboralar:
that's right/that's it - toʻgri
that will do - toʻg'ri keladi, boʻladi, yetadi
that won't do - toʻg'ri kelmaydi, boʻlmaydi, yetmaydi
​​🔰 Useful and Motivational Reading time 👌

✳️ Today's reading passage is about William Harvey (1 April 1578 – 3 June 1657) who was an English physician who made influential contributions in anatomy and physiology.

Although brilliant William Harvey became the doctor of choice for the wealthy, the nobility, and even the King of England, he never stopped giving free treatments to the poor.
It may seem hard to believe, but until William Harvey came along, even the best doctors in Europe didn’t know that your heart pumps blood around your body. The common wisdom was that blood was created by your liver, and the heart pumped air and heat through your body, along with just some of your blood!
So, you can imagine the uproar in 1628 when William Harvey published a book that explained exactly how the entire circulatory system worked, from your heart to arteries and veins. He was completely right, but his work contradicted the belief that had been around for hundreds of years. Many other doctors refused to believe Dr. Harvey, and said his theories were crazy.
William Harvey was a brilliant physician who had astonished his professors at medical school. Almost straight out of university, he was hired as chief physician at St. Bartholomew’s Hospital in London, where he provided medical treatment to the poor for free.
Harvey’s reputation grew rapidly, and he was chosen to deliver an ongoing series of public lectures to explain anatomy and medicine to the general public. Soon, wealthy people, including members of the nobility, were asking him to be their doctor. He even wound up becoming the personal physician to the King of England!
But when he published his now-famous book on the heart and blood circulation, it looked as if William Harvey might lose everything.
However, Dr. Harvey’s critics hadn’t counted on his brilliance and tenacity. He proved his theories time and again with experiments that showed how the circulation system worked, and with calculations that proved the impossibility of the theory about blood originating in the liver.
In the end, no one could argue with the powerful evidence; William Harvey had clearly made a huge advance in medical science. Not only did people finally understand how the heart really worked, they also were inspired to copy his style of provable, repeatable experiments.
While Dr. Harvey went on to great fame and fortune as the physician of kings and other rich clients, and as the man who opened the eyes of the world to the wonders of the heart, he never stopped working for the poor. Until he was an old man, he served at St. Bartholomew’s Hospital every week, giving free health care to people who could not afford to pay a doctor.

✳️10 Words to learn
nobility - zodagonlar
treatment – (matnda) muolaja
to pump – kuch bilan aylantirmoq
uproar – (matnda) shov-shuv, g’alayon
circulatory system – (qon) aylanish tizimi
to astonish – hayratda qoldirmoq
ongoing - davomli
physician – shifokor, terapevt
tenacity - sabot
evidence – dalil
​​✳️ Idiom of the day 👌

✳️ Biz muvaffaqiyatli va boy paytimizda atrofimizda bo'lgan, lekin boylik va omad ketgandan keyin yo'qolib qoladigan 'do'stlarni' ingliz tilida 'a fair-weather friend' deb nomlashadi.
🔸 The rich tend to attract fair-weather friends. (Boylar o'z atrofiga soxta do'stlar yig'ishga moyil bo'ladi)
🔸Solih is looking for a loyal friend, not a fair-weather friend. (Solih sodiq do'st qidirmoqda, soxta do'st emas)

▪️ Cambridge lug'atida mazkur iboraga 'someone who is a good friend when it is easy to be one and who stops being one when you are having problems' deb izoh berilgan.
📖Dars Relative clause

✳️ Ingliz tilida relative clause deb gapning biror boʻlagini izohlab kelgan gapga aytiladi. Bunday gaplar oʻzlari mustaqil mazmunni ifodalay olmaydi, lekin gapdagi biror boʻlakka aniqlik kiritadi.

✳️ Relative clauseda qoʻllaniladigan olmoshlar asosan quyidagilar:
who, whom - shaxslarga nisbatan qoʻllanilib, ularni izohlab keladi.
which - predmet (narsa)larga nisbatan qoʻllanilib, ularni izohlab keladi.
that - shaxslar va predmetlarni izohlab keladi.
whose - shaxslar va predmetlarga qaratqich kelishigi qoʻshimchasini qoʻshib izohlaydi.
where - oʻrin-joy otlaridan keyin kelib joyni izohlab keladi.

⚠️ Relative clause qoʻllanilgan bitta gapni tahlil qilamiz.
🔸 The man who lives next door is very kind. (Qoʻshni uyda yashovchi kishi juda mehribon)
💡Yuqoridagi gapda who lives next door gapi izohlovchi gap hisoblanadi va the man soʻzini izohlab, qaysi kishi nazarda tutilayotganini aniqlashtirib kelmoqda. Ko’pincha izohlovchi gap oʻzi izohlab kelgan gap boʻlagidan keyin keladi. Yana bir misol:
🔸We know a lot of people who live in the country. (relative clause people soʻzini izohlab, undan keyin kelyapti.)

✳️ Gapning egasini izohlab kelgan relative clauselar, agar gapning egasi shaxs boʻlsa, who olmoshi bilan bilan boshlanadi.
🔸We know a lot of people. They live in the country. (ikkita gap...ikkinchi gapda they olmoshi gapning egasi)
🔸We know a lot of people who live in the country. (bitta gap...who olmoshi they olmoshi oʻrnida kelmoqda)

✳️Misollar:
🔸A teetotaller is someone who doesn't drink alcohol.
🔸What was the name of the man who phoned you last night?
💡Yuqoridagi gaplarda who olmoshi oʻrniga that olmoshini qoʻyish qoʻllasa ham boʻladi.
🔸What was the name of the man that phoned you last night?

✳️ Agarda gapning egasi predmet (jonsiz narsa) boʻlsa, relative clause which olmoshi bilan boshlanadi.
🔸Where is the cheese? It was in the fridge. (ikkita gap...ikkinchi gapda it olmoshi gapning egasi)
🔸Where is the cheese which was in the fridge? (bitta gap... which olmoshi it olmoshi oʻrnida kelmoqda)

✳️ Misollar:
🔸I don't like stories which have unhappy endings.
🔸 Barbara works for a company which makes furniture.
💡Yuqoridagi gaplarda which olmoshi oʻrniga that olmoshini qoʻysa ham boʻladi.
🔸I don't like stories that have unhappy endings.

✳️ Oʻzbek tiliga tarjima qilganda relative clause oʻzi izohlab kelgan gap boʻlagining aniqlovchisiga aylanadi.
🔸 I don't like stories which have unhappy endings. (Men fojea bilan tugaydigan hikoyalarni yoqtirmayman)
🔸The man who lives next door is very kind. (Qoʻshni uyda yashovchi kishi juda mehribon)

⚠️ Yuqoridagi misollarda who va which olmoshlari oʻrnida that olmoshi kelishi mumkinligini koʻrib oʻtdik, lekin ba'zi vaziyatlarda faqat who va which olmoshlarini qoʻllashimiz shart boʻladi. Bunday holatlarni keyingi mavzularda koʻrib chiqamiz.
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​Самарқандда яна бир университет филиали ташкил этилади

Kun.uz нашри хабарига кўра, Тошкент давлат аграр университетининг Самарқанд филиалини ташкил этиш режалаштирилмоқда

Тошкент давлат аграр университетини 2030 йилгача бўлган инновацион ривожланиш стратегиясини амалга ошириш бўйича 2020 йилга мўлжалланган “Йўл харитаси” лойиҳаси эълон қилинди.

Қайд этилишича, республика ҳудудларини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш дастурларида белгиланган вазифалар ҳамда ёшларни олий таълим қамровини ошириш мақсадида “Тошкент давлат аграр университетининг Самарқанд филиали”ни ташкил этиш кўзда тутилмоқда.

Бунда Самарқанд филиалида ташкил этиладиган таълим йўналишлари ва мутахассисликларининг ўқув-услубий таъминотини яратиш режалаштирилмоқда.
Шунингдек, 2020/2021 ўқув йилидан Филиал фаолиятини йўлга қўйиш ҳамда малакали илмий-педагогик кадрлар билан тўлдириш назарда тутилган.

Масъул ижрочилар - проректорлар (С.Исломов, К.Султонов, И.Исроилов, А.Абдувосиқов, Ш.Сатторов).

Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAECOxo-RSqV0py3QIQ
🆘 Pro Study O'quv Markazi barcha o'quvchilari uchun vaqtinchalik taʼtil eʼlon qiladi

⚡️16-martdan barcha davlat, nodavlat va xususiy taʼlim muassasalarida, jumladan bog'cha, maktab, kollej, litsey va OTMlarda muddatdan oldin taʼtil eʼlon qilinishi va o'qishlar to'xtatilishi munosabati bilan Pro Study O'quv Markazi 16-martdan barcha o'quvchilari uchun vaqtinchalik taʼtil eʼlon qiladi.

❗️Pro Study markazida taʼtil sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda o'quvchi va o'qituvchilarning sog'lig'ini himoyalash maqsadida eʼlon qilinmoqda.

🙋🏻‍♂️ Taʼtil vaqtida bolajonlar uchun qo'shimcha dars va topshiriqlar ustozlarimiz tomonidan berib boriladi. O’quvchilarning darslari va to'lovlari hozirgacha o’qigan joyida muzlatiladi. Darslar qachon boshlanishligi haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali maʼlumot beriladi. Bizda tatil vaqtida masofaviy talim yo'lga qo'yiladi abituriyentlarimiz biz bilan uzviy aloqada bo'ladi. Masofaviy o'qitish dasturi va tartibi bugun e'lon qilinadi.

😔 Kelib chiqqan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

Alloh taolo o'zingizni va oila a'zolaringizni panohida asrasin!🤲
📖Dars Relative clause II qism

✳️ Avvalgi darsda biz gapda egani izohlab kelgan relative clause haqida soʻz yuritgan edik. Endi gapda toʻldiruvchini izohlab kelgan relative clauselarni koʻrib chiqamiz.
🔸The man was away on holiday. I wanted to see him. (... ikkita gap, ikkinchi gapdagi him olmoshi toʻldiruvchi)
💡 Yuqoridagi ikkinchi gapni relative clause ga aylantiramiz va bitta gap qilib yozamiz. Toʻldiruvchi shaxs (inson) boʻlganligi uchun whom/that olmoshi qoʻllaniladi.
🔸The man whom (that) I wanted to see was away on holiday. (whom I wanted to see gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (The man) dan keyin joylashgan.)
🔸Most of the people whom I invited to the party couldn't come. (whom I invited to the party gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (most of the people) dan keyin joylashgan.)

✳️ Toʻldiruvchi predmet (jonsiz narsa) boʻlgan holatda which/that olmoshini qoʻllaymiz.
🔸Have you found the keys? You lost them. (...ikkita gap, ikkinchi gapda them olmoshi toʻldiruvchi.)
💡Yuqoridagi ikkinchi gapni relative clause ga aylantiramiz va bitta gap qilib yozamiz.
🔸Have you found the keys which(that) you lost? (which you lost gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (the keys) soʻzidan keyin joylashgan)
🔸The dress which (that) Ann bought doesn't fit her very well. (which (that) Ann bought gapi relative clause hisoblanadi va oʻzi izohlab kelgan boʻlak (the dress) soʻzidan keyin joylashgan.)

⚠️ Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan gaplarda relative clause toʻldiruvchini izohlab kelganligi tufayli whom/which/that olmoshlarini tushirib qoldirishimiz ham mumkin.
🔸The man I wanted to see was away on holiday. (=whom (that) I wanted to see)
🔸Most of the people I invited to the party couldn't come.(=whom I invited to the party)
🔸Have you found the keys you lost? (=which(that) you lost?)
🔸The dress Ann bought doesn't fit her very well. (=which (that) Ann bought)

⚠️ Agar toʻldiruvchi oldida predlog boʻlsa, predlog whom/which soʻzlaridan oldin qoʻllaniladi.
🔸The girl with whom he fell in love left him after a few weeks.
🔸The bed in which I slept last night wasn't very comfortable.
"Pro Study Education" NTM jamoasi butun O'zbekiston xalqini Navro'z — umumxalq bayrami bilan muborakbod etadi
📖 Dars Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (A)

absence OF (IN the) - …ning yoʻqligida
absent FROM (meeting etc.) -…da yoʻq
acceptable TO sth/sb -…ga toʻg'ri keladi
accident (BY) - tasodifan
accordance WITH (IN) -…bilan mos ravishda
according TO sth - …ga koʻra
accuse…sb OF sth - ayblamoq
acquainted WITH sth/sb -…bilan tanish
addition TO (IN) -…ga qoʻshimcha tarzda
admire ... sth/sb (v)- qoyil qolmoq
address ... sb (v)- murojaat qilmoq
advantage IN (there is/was) -…da ustunlik bor
advantage OF sth -…ning ustunligi
advantage OVER sb -…dan ustunlikka ega
advertisement FOR sth -…uchun reklama/e'lon
advice OF sb (ON the) -…ning maslahatiga koʻra
advise...sb AGAINST sth -…ga qarshi maslahat bermoq
advise...sb - maslahat bermoq
affect...sth - ta'sir qilmoq
afraid OF sth/sb - …dan qoʻrqadi
ages (FOR) - koʻp vaqt davomida
agree ABOUT/ON sth - kelishmoq
agree TO (suggestion) -…ga rozi boʻlmoq
agree WITH smb -…bilan kelishmoq
aim AT sb/sth -…ga qaratmoq (moʻljallamoq)
all (AT) - umuman
all costs (AT) - nima qilib boʻlsa ham
alternative TO sth -…ga muqobil
altitude (AT) - dengiz sathidan yuqorida
amazed AT/BY sth -...dan taajjubda
amount TO sth -…miqdorga bormoq
angry ABOUT sth – jahli chiqqan
angry WITH sb FOR sth -…dan…uchun jahli chiqqan
annoyed ABOUT sth -…dan jig'ibiyron
annoyed WITH sb FOR doing sth - jig'ibiyron
answer TO sth (n) -…ga javob
answer…sth (v) -javob bermoq
anxiety (WITH) -hayajon, tashvish bilan
anxious ABOUT sth -…dan tashvishda, hayajonda
apart FROM sth -…dan tashqari

⚠️ Ro'yxat imkon qadar yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.
📖 Dars Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (B)

back TO -…ga qaytmoq
back…home -uyga qaytmoq
bad AT sth - …da yomon, uquvsiz
bank (ON the) of a river - daryo qirg'og'ida
be DOWN WITH illness – kasal bo’lmoq
be IN FOR sth – kutmoq (yomon xabar)
be OFF sth– yoqtirmay qolish
be OFF TO smwh - …ga ketmoq
be ON – televizorda yoki teatrda qo’yilmoq
be UP – bedor bo’lmoq
because OF sth/sb - sababli
begin WITH sth -…bilan boshlanmoq
beginning (IN the) - dastlab
beginning (AT the) - boshida
behalf OF sb (ON) - …ning nomidan
believe ... sb/sth - (gapiga) ishonmoq,
believe IN sth - (biror narsa mavjudligiga) ishonmoq
belong TO sb/sth - …ga tegishli
birthday (receive FOR the) - tug'ilgan kuni uchun olmoq
birthday (ON) - tug'ilgan kunida
blame… sb FOR sth - birovni biror narsada ayblamoq
blame … sth ON sb - biror narsani birovga to'nkamoq
blind TO sth - …ni koʻrmaslik (ayb)
blow OUT sth - oʻchirmoq
board a ship/plane (ON) - kema/samolyot bortda
border ON sth (ph.v) - o'xshamoq
border ... sth - umumiy chegaraga ega bo'lmoq
bored WITH sth/sb -…dan zerikkan
borrow sth FROM sb -…ni…dan qarzga olmoq
bottom (AT) -…ning pastida

⚠️ Ro'yxat imkon qadar yangi birikmalar bilan yangilanib boradi.
📖 Dars Ingliz tilidagi ko'makchi qatnashgan birikmalar (B)

break AWAY – qochishga ulgurmoq, ajralib chiqmoq
break DOWN (ph.v) – buzilib qolmoq, asabiylashmoq
break IN – gapini bo’lmoq
break INTO (ph.v) - oʻg'irlikka tushmoq
break OFF (ph.v) – to’xtatmoq, munosabatni tugatmoq
break OUT (ph.v) - boshlanmoq (epidemiya, urush)
break OUT OF (ph.v) - qochmoq (turmadan)
break THROUGH (ph.v) – yorib o’tmoq
break TO sb (ph.v) – sirlarini aytmoq
break UP - (telefonda) ovozi eshitilmay qolmoq
break UP WITH sb (ph.v) - munosabatni tugatmoq
break WITH sth (ph.v) - biror ish qilishni to'xtatmoq
breakfast (AT) - nonushta payti
breakfast (FOR) - nonushtaga (ovqat)
breath (OUT OF) - halloslab qolgan
brilliant AT sth - …da tengsiz
bring sth ABOUT (ph.v) - sabab bo'lmoq
bring sb AROUND (ph.v) - hushiga keltirmoq
bring DOWN the price - narxni tushirmoq
bring sth IN (ph.v) - yangilik kiritmoq
bring sth IN (ph.v) - foyda keltirmoq
bring INTO contact WITH sb - …bilan aloqaga chiqmoq
bring UP a child (ph.v) - tarbiyalamoq
bring UP a topic (ph.v) - mavzu olib kirmoq
baffled BY sth - chalkashgan, adashgan
bump INTO sth (ph.v)- borib urilmoq
busy WITH sth - bilan band
buy FROM - -dan sotib olmoq
buy ... sth - biror narsa sotib olmoq

⚠️ Ro'yxat imkon qadar yangi birikmalar bilan to'ldirib boradi.
Diqqat e'lon
Ertadan yani 22.03.2020 dan boshlab markazimiz markazimizdagi barcha darslar online tarzda yo'lga qo'yiladi.Hozirga qadar:
Ingliz tili
Ona tili
Tarix
Matematika
Rus tili
Biologiya
guruhlari faoliyat yuritmoqda. Abituriyentlarimizdan guruhlarga qo'shilib darslarda to'liq qatnashishini so'raymiz.Har bir kun muhimligini tushuning.Maqsadga erishmaguncha faqat olg'a intilamiz.
Murojat uchun tel:97 920 9494
99 620 9494
Diqqat e'lon 📢📢📢Markazimizda barcha darslar online tarzda yo'lga qo'yilganligini ma'lum qilamiz. Hozirgi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda barchamiz qo'lgan kelgan yordamni sizlardan ayamaydi. Faqat maqsad sari olg'a. Bugun sizning kelajagingiz kelajakni biz bilan quring. Barchasi sizlar uchun !!!
Murojat uchun : 97 920 94 94
99 620 94 94
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ Масофавий таълим бўлаётгани учун контракт суммаси камаядими? Талабалар учун айрим саволларга жавоблар

Кун.уз мухбири Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мутасаддилари билан суҳбатлашди ва айрим саволларга жавоблар олди. Жумладан:

👉 2-ярим йиллик учун контракт тўлаш муддатини узайтириш бўйича ваколат ректорларнинг ўзига берилган. Талаба карантин вақтида контракт тўламаганлиги учун талабалар сафидан чиқарилмайди. Контрактни уйдан чиқмасдан онлайн тарзда тўлаш имконияти ҳам бор;

👉 масофавий таълим олишга имконияти йўқ талабаларга қайта имконият берилади, ушбу дарсларда қатнашолмаган ёки уни ўзлаштиролмаган талабалар курсдан-курсга қолдирилиши ёки талабалар сафидан четлаштирилиши мумкин эмас. Интернет ёки бошқа техник сабаб билан қатнаша олмаган талабаларга карантин муддати тугашига қараб ўқув йили охирида ёки ёзги муддатда график асосида фанларни ўзлаштиришга имконият берилади;

👉 битирувчи талабалардан битирув малакавий иши ўрнига мутахассислик фанлардан онлайн тест шаклида якуний давлат имтиҳонлари олинади. Онлайн тест топшириш имконияти йўқ талабаларга карантин муддати тугагач якуний битирув малакавий иши ёки имтиҳонни топширишга имкон берилади;

👉 бу йилдан бошлаб магистрлик диссертациялари ҳам электрон шаклда тақдим этилади. Бунда илмий раҳбар ўз тақризларини ҳам электон шаклда тақдим этади. Ҳозирги ҳолатда топшириқларни қоғоз вариантда сўраш мантиқсиз ва ақлсиз иш;

❗️ ҳозирча тўлов-контракт суммасини камайтириш масаласи кўрилмаяпти. Чунки талабаларни ўқитиш харажатлари деярли ўзгаргани йўқ. Талабалар икки ой университетда бўлмагани учун коммунал харажатлар камаяди, лекин бу талабаларни ўқитиш қийматини камайтиришга асос бўлмайди. Сабаби масофавий таълим жорий қилиш учун харажатлар сарфланмоқда. Шундоқ ҳам базавий контракт миқдори ўқитиш харажатининг 68 фоизинигина қоплайди.

👉 карантин даврида стипендия тўланиши лозим бўлган талабаларга стипендия тўланяпти. Масалан, март ойи стипендиялари ёппасига тўланди. Апрель ойи стипендияларини тўлаш 15 апрелдан бошланди ва у ҳам деярли якунланди. Агар стипендия бўйича кимдадир индивидуал муаммо юзага бўлган бўлса, вазирликка мурожаат қилишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈
Assalomu alaykum Pro Study jamoasi barcha mo'min musulmonlarni Ramazon oyi bilan qutlaydi. Ollohim shu kunlarga yetkazgina shukur. Kimki nima ezgu niyatlar qilgan bo'lsa shu ezgu niyatlar eng yaxshi bo'lgan Ramazon oyida amalga oshishiga tilakdoshmiz.Barchaga sog'lik salomatlik tilab qolamiz !!!
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Жорий йил қабул тест синовларида қўлланиладиган тест топшириқлари соддалаштирилади

Давлат тест маркази абитуриентлар учун Тест технологияларини ривожлантириш бошқармасидаги Умумтаълим фанлари бўйича тест топшириқларини шакллантириш бўлими томонидан амалга оширилаётган ишлар хусусида маълумот берди.

Таъкидланишича, жорий йил қабул тест синовларида қўлланиладиган тест топшириқлари ўтган йилларда фойдаланилган тест топшириқларига нисбатан соддалаштирилади.

2019/2020-ўқув йилида олий таълим муассасаларига ўқишга қабул учун ўтказилган тест синовлари жараёнида тарих ва география фанларидан ёзувсиз харита, жадвал, расмли тест топшириқлари қўлланилган эди.

Абитуриентларнинг тест топшириқларини тез англай олиши, фикрлаш кўникмаларини ривожлантириш мақсадида эндиликда яна чет (инглиз, немис, француз) тилларидан ҳам ҳолатни ифодалашда расмли тест топшириқлари шакллантирилмоқда. Бу одатдаги талабдан анча осон бўлади дегани.

Шунингдек, биология ва кимё фанларидан расмли тест топшириқлари сони кўпайтирилмоқда.

Булардан ташқари, она тили ва адабиётдан мустақил ўқиш учун тавсия қилинган бадиий асарлардан ва фанга оид чизмали тест топшириқлари сонини кўпайтириш устида ҳаракатлар олиб борилмоқда.

Кимё фанидан шакллантирилаётган тест топшириқлари таркибида назарий саволлар сонининг оширилиши ва лаборатория ишларига оид тест топшириқларини яратиш жараёнлари давом этяпти.

Соддалаштириш ишлари физика фани бўйича ҳам амалга оширилмоқда ва бу қуйидаги кўринишда акс этади:

⁃ биринчи қийинлик даражасидаги (энг осон) тест топшириқлари сони 6 тадан 10 тагача кўпайтирилади;

⁃ жами тест топшириқлари таркибида назарий тест топшириқларининг улуши оширилади;

⁃ абитуриентларга қулайлик яратиш мақсадида «Доимий физик катталиклар жадвали» ишлаб чиқилди ва у тест синовлари жараёнида тақдим этилади.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from platforma.uz
Лицейни ҳамма фанлардан аъло баҳога битирганлар Юридик университетга тест синовларисиз қабул қилинади

Бугун Президентининг юридик таълим ва фанни тубдан такомиллаштиришга доир Фармони қабул қилинди. Ҳужжат қуйидаги янгиликларни ўз ичига олади.

Самарқанд, Наманган ва Термиз давлат университетларида юридик факультетлар ташкил этилади.

Ўзбекистон Республикаси Фанлар академиясининг Давлат ва ҳуқуқ институти ташкил этилади.

ТДЮУда Халқаро ҳуқуқ ва қиёсий ҳуқуқшунослик факультети ташкил этилади.

ТДЮУда базавий олий юридик маълумотга эга бўлган шахслар
учун ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда магистратура йўналишида масофавий, сиртқи ва кечки ўқитиш дастурлари жорий этилади.

Базавий олий юридик маълумотга ҳамда давлат ҳокимияти ва бошқаруви марказий органларида юридик йўналиш бўйича камида беш йил иш стажига эга бўлган раҳбар ходимларни магистратурага ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда масофавий, сиртқи ва кечки ўқитиш дастурлари бўйича ўқиш учун қабули тегишли давлат органининг биринчи раҳбари тавсиясига кўра, кириш тест синовларисиз, тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

“Юриспруденция” йўналиши бўйича бакалавриатни имтиёзли тугатган битирувчиларни ТДЮУ магистратурасига тест синовларисиз, тўлов-контракт асосида, ўқиш қийматининг 50 фоизини тўлаб, ўқишни тугатгандан сўнг ТДЮУ, юридик факультетлар, юридик техникумлар ва ТДЮУ қошидаги лицейда камида уч йил узлуксиз ишлаш мажбуриятини юклаган ҳолда қабул қилиш тартиби жорий этилади.

2021/2022 ўқув йилидан бошлаб ТДЮУ қошидаги академик лицейнинг барча фанлар бўйича юқори натижаларга эга битирувчилари ТДЮУга кириш тест синовларисиз, якка тартибда суҳбат ўтказиш орқали, тўлов-контракт асосида кириш ҳуқуқига эга бўлади.

Бизни кузатишда давом этинг👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE-8OBEIuKJJ6ouDAA