Pro Study
1.57K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Қабул-2020: Фанлар мажмуасидаги асосий ўзгаришлар

Бакалавриат таълим йўналишларига киришда тест топшириладиган фанлар мажмуаси 2019 йил 19 декабрда тасдиқланган эди.
Узоқ кутилган қарордаги асосий янгилик мажбурий фанлар блокининг киритилиши билан боғлиқ. 2020/2021 ўқув йили қабулидан бошлаб, тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси икки қисмга – мажбурий ва таълим йўналишига мос фанларга ажратилади.

Kun.uz таълим йўналишига мос фанлар юзасидан абитуриент ва ўқитувчилардан тушаётган мурожаатларга асосан, Давлат тест маркази билан боғланиб, асосий ўзгаришларга аниқлик киритди.

1. Ўзбек филологияси йўналишида иккинчи фан – чет тили

Янги тасдиқланган фанлар мажмуасида «5120112: Филология ва тилларни ўқитиш (тиллар бўйича)» йўналиши бўйича она тили ва адабиёт ҳамда чет тили фанларидан имтиҳон олиниши белгиланган.

«Бироқ негадир рўйхатда 2019-2020 ўқув йили учун фанлар мажмуасида кўрсатилган «5120101: Филология ва тилларни ўқитиш: ўзбек тили» йўналиши ва унга қайси фанлардан имтиҳон олиниши кўрсатилмаган.
Шу сабабли ўзбек филологияси йўналишида ўқишни хоҳлаган абитуриентлар қайси фанлардан имтиҳон топширишни билишмаяпти. Она тили ва адабиётдан ташқари иккинчи фан тарихми ёки чет тили?» – деб ёзади самарқандлик ўқитувчи Самгин Қурбонов.

ДТМ матбуот хизмати маълумотига кўра, «5120112: Филология ва тилларни ўқитиш» таълим йўналишларининг барчасида йўналишга мос фанлар сифатида она тили ва адабиёт ҳамда чет тили фанлари тасдиқланган.
Нафақат «Филология ва тилларни ўқитиш», балки «Хорижий тил ва адабиёти», «Таржима назарияси ва амалиёти» каби таълим йўналишларининг барчаси тиллар бўйича битта гуруҳга бирлаштирилган.

2. Тарих йўналишида иккинчи фан – география

Бу йил тарих йўналишлари учун тарих ва география фанларидан имтиҳон олинади. Авваллари бу йўналишга киришдаги иккинчи фан она тили ва адабиёт эди.

3. Тошкент давлат юридик университети, юриспруденция йўналиши

ТДЮУга кириш учун фанлар мажмуаси 2019 йилгача тарих (3.1 балл), она тили ва адабиёт (2.1), чет тили (1.1) кетма-кетлигида, 2019 йили эса она тили ва адабиёт (3.1 балл), чет тили (2.1), тарих (1.1) этиб белгиланган эди.
2020 йилдан эса мазкур университет учун ҳам бошқа ОТМларнинг юриспруденция йўналишлари каби тарих ва чет тилидан тест олиниши белгиланган.

4. Туризм йўналиши

«5610300: Туризм (фаолият йўналишлари бўйича)» йўналишида ҳам ўзгартириш киритилган бўлиб, эндиликда туризм соҳасида ўқимоқчи бўлган абитуриентлар чет тили ва тарих фанларидан имтиҳон топширишади.
Лекин туризмга оид бошқа йўналишларда, масалан, «Туризм соҳасида маркетинг», «Туризм соҳасида логистика» каби қатор йўналишлар учун чет тили ва математика фанларидан имтиҳон қўйилган.

«Биринчи ва иккинчи» фанлар энди йўқ, биринчи даражали иккита фан бор

2020-2021 ўқув йили учун кириш имтиҳонларида барча тест топширувчилар учун мажбурий учта фан – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ тили), математика ва Ўзбекистон тарихи фанлари киритилади.

Бу учта фандан 15тадан жами 45та тест топшириғи берилади. Ҳар бир тўғри жавобга 2,1 балл берилади, максимал балл – 94,5 балл.

Иккинчи бўлимда эса абитуриент танлаган бакалавриат таълим йўналишларига мос иккита фан бўйича тест олинади. Ҳар бир фандан 30тадан жами 60та тест саволи берилади. Ҳар бир тўғри жавоб 3,1 балл билан баҳоланади. Максимал балл – 186 балл.

Шу тариқа, абитуриентларга 5та фан бўйича жами 105та тест топшириғи берилади. Тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 280,5 балл.

Манба: kun.uz

Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAECOxo-RSqV0py3QIQ
Forwarded from Abituriyent.uz
Sirtqi bilan maxsus sirtqi ta'lim shaklini nima farqalari bor, kimlar hujjat topshira oladi?

Umuman olganda sirtqi talim quyidagi shakllarda olib boriladi:
1. Sirtqi shakl,
2. Maxsus sirtqi shakl,
3. Ikkinchi va undan keyingi oliy malumot berishning sirtqi shakli.

Ho'sh bularning nima farqi bor? Qanday talablar qo'yiladi?

🔷 Sirtqi shakl

Sirtqi shaklda - umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar malumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar kamida 5 yil ta'lim olishadi.

Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 10 iyulidan 31 iyuligacha qabul qilinadi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma)ning nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

Bu yil sirtqi ta'lim shakli uchun 51 ta oliygoh uchun qabul kvotalari elon qilindi.


🔷 Maxsus sirtqi shakl

Maxsus sirtqi shaklda - faqat tegishli yoki turdosh talim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar malumotiga va talim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar kamida 3 yil ta'lim olishadi.

Maxsus sirtqi ta’lim shakli uchun abituriyentlardan hujjatlar 2018 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha qabul qilinadi. Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
- tavsiyanoma.

Bu yil maxsus sirtqi ta'lim shakli uchun 22 ta oliygoh uchun qabul kvotalari elon qilindi.

Demak sirtqi ta'lum uchun barcha abituriyentlar hujjat topshira olishadi, maxsus sirtqi ta'lim uchun esa faqat soha bo'yicha 3 yillik ish stajiga hamda tavsiyanomaga ega abituriyentlar hujjat topshira olishadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Bu oxirgi test sinovi natijalaridir
​​#Esga_olamiz

✴️Abdulla Avloniy va Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev Toshkentda tug’ilgan
✴️Amir Sayid Olimxon va Xudoyorxon Afg’onistonda vafot etgan

♦️Ajiniyoz “Bo’zatov” nomli doston yozgan,
♦️Berdaq Bo’zatovda tug’ilgan

❇️Xivada harbiy bo’linmalarga - lashkarboshi qo’mondonlik qilgan,
❇️Qo’qonda harbiy bo’linmalarga – mingboshi qo’mondonlik qilgan;

🌐Xo’jand va Andijon - ruslarga qarshi har bir qarich yer uchun kurash olib borgan shaharlar;

👤Dukchi Eshon qo’zg’olonida 2 ming kishi hibsga olindi
👤Jizzax qo’zg’olonida 3 ming kishi hibsga olindi
----------------
Manba: 9-sinf O'zbekiston tarixidan Qulay qo'llanma

👉Tarixdan qo'llanmalar
📖Dars Artikl qo'llashning aralash holatlari (I qism)

✳️ Ingliz tilida ba'zi so'zlar bilan artikl qo'llashning har xil qoidalari mavjud, bu ularning qaysi ma'noda yoki vazifada qo'llanayotganiga bog'liq.

1️⃣Ingliz tilidagi quyidagi soʻzlar oʻz vazifasidan kelib chiqib qoʻllanilganda hech qanday artikl qoʻllanilmasligi lozim.
university - universitet
college - kollej
school - maktab
prison - turma
hospital - kasalxona
church - cherkov
court - sud

✳️Masalan, quyidagi iboralarda bu soʻzlar oʻz vazifadan kelib chiqib qoʻllangan:
▪️go to ✖️school/✖️university/✖️college - maktab/universitet/kollejga oʻqishga bormoq
▪️be at ✖️school/✖️university/✖️college - maktab/universitet/kollejda oʻqishda boʻlmoq
▪️be in ✖️prison/be sent to ✖️prison - jinoyat qilganlik uchun qamoqda boʻlmoq/qamoqqa yuborilmoq
▪️go to ✖️church - ibodat uchun cherkovga bormoq va hakozolar.
🔸 Bill is ill in ✖️hospital.
🔸When I leave ✖️school, I want to study engineering at ✖️university.

⚠️ Yuqoridagi soʻzlar oʻz vazifasida emas, bino yoki joy sifatida qoʻllanilganda artiklning umumiy qoidasi qoʻllaniladi.
🔸Excuse me, how can I get to the university? (shahardagi universitet binosi)
🔸Sarah is a nurse. She works at the hospital. (kasalxona uning ish joyi)
🔸The workmen went to the church to repair the roof. (shahardagi cherkov binosi)

2️⃣ work -ish, home - uy, bed - yotoq soʻzlari ham odatiy, oʻz ma'nosida qoʻllanilganda artikl olmaydi. Quyidagi iboralarni yodlab oling:
be at work
start work
finish work
go to work
be at home
come home
arrive home
get home
go to bed
in bed
🔸I like reading books in ✖️bed.
🔸Is Tom at ✖️home? No, he is at ✖️work.

⚠️Yuqoridagi soʻzlardan bed soʻzi krovat (jihoz) sifatida tushunilganda, artiklning umumiy qoidasiga binoan qoʻllaniladi .
🔸 I enjoy sleeping on a soft bed. (tasvirlash qoidasi)
🔸He sat on the bed and began his story. (xonadagi aniq krovat)

3️⃣ Musiqa instrumentlari nomlari oldidan, agar ular oʻz vazifasida qoʻllanilganda, aniq artikl qoʻllaniladi.
▪️the piano/the guitar/the flute/the trumpet
🔸 Can you play the piano?

4️⃣ Axborot manbasi sifatida radio soʻzi aniq artikl, television (TV) soʻzi hech qanday artiklsiz qoʻllaniladi.
to listen to the radio - radio tinglamoq
on the radio - radioda
to watch TV - televizor koʻrmoq
on TV - televizorda
🔸I enjoy listening to the radio in the evenings.
🔸What's on ✖️TV today?

⚠️ Ammo bu otlar jihoz sifatida umumiy qoidaga koʻra qoʻllaniladi.
🔸Can you turn off the TV? (xonadagi televizor jihozi)

5️⃣ Quyidagi soʻzlar the...of+noun birikmalarida aniq artikl bilan qoʻllanadi:
▪️back/beginning/bottom/end/middle/side/top/front
🔸There was a table in the middle of the room.
🔸We are leaving for London at the beginning of July.

⚠️Biroq from ✖️beginning to ✖️end - boshidan oxirigacha, in ✖️front of - oldida iboralari artiklsiz qoʻllanadi.
Bizda mental arifmetika darslari boshlandi. Haftaning
Dushanba 10:00 -12:00
Chorshanba 10:00-12:00
Juma 10:00-12:00
oralig'ida olib borilayabdi.
Keyingi guruhimizga ham qabul boshlandi. Yangi guruhimiz fevral oyidan boshlanadi.Murojat uchun tel :+998979209494
💡Collocations of the day 👌

✳️ Bugungi postimizda 'initiative' (reja, tashabbus, ustunlik) so'zi bilan bog'liq collocationlarni o'rganamiz.

new/fresh initiative - yangi tashabbus (reja)
🔸 The new peace initiative was welcomed by both sides. (Yangi tinchlik tashabbusi taraflar tomonidan yaxshi kutib olindi)
to show/use initiative - tashabbus ko'rsatmoq, tashabbus qilmoq
🔸 Although she was quite young, she showed a lot of initiative. (Ancha yosh bo'lishiga qaramasdan, u juda ko'p tashabbus ko'rsatdi)
🔸 I shouldn't always have to tell you what to do, use your initiative! (Senga har doim nima qilish kerakligini aytishim noto'g'ri, o'zing tashabbus qilib chiq!)
on your own initiative - o'z tashabbusi asosida, o'z bilganicha
🔸He acted on his initiative and wasn't following orders. (U o'z bilganicha harakat qilar va buyruqlarga bo'ysunmasdi)
to have/seize/take/regain/lose the initiative - ustunlikka ega bo'lmoq/ustunlikni qo'lga olmoq/qo'ldan chiqarmoq
🔸In the second half, Manchester United regained the initiative. (Ikkinchi taymda Manchester Yunayted ustunlikni qo'lga oldi)
on sb's initiative - birovning tashabbusi asosida
🔸This university was established on the initiative of the President. (Mazkur universitet Prezident tashabbusi asosida tashkil etilgan)
​​🔰 Useful and Motivational Reading time 👌

✳️ Today's reading passage is about Michael Jordan (born February 17, 1963), who is an American former professional basketball player and the principal owner of the Charlotte Hornets of the National Basketball Association.

Although he was already an outstanding athlete, in Grade 10 Michael Jordan was told he wouldn’t be picked for the varsity basketball team - and would never make it as a college or professional player - because he was too short.
It now seems incredible that anyone ever told the boy who would become the greatest basketball player in history that he was never going to make it as a professional, but that is exactly what happened to the legendary Michael Jordan.
Today, Jordan is described by most experts as the best player to ever pick up a basketball. His list of awards, records, scoring titles, most-valuable-player trophies, Olympic gold medals, NBA championships, and other honors goes on for several pages. When the TV sports channel ESPN conducted a poll of sports journalists, they voted Michael Jordan the number one athlete in any sport of the past one hundred years!
Yet in high school, Jordan couldn’t even make the varsity basketball team. He was already an outstanding athlete in basketball, football, and baseball, but when he tried out for the senior basketball team in Grade 10, the coaches told him he was simply too short. He was told that, at 5’ 11” (183 cm), he was never going to make it as a college or professional player.
Some people might have taken that judgment to heart and lost their self-confidence, but Michael Jordan took it as a challenge, and decided he would prove the coaches wrong. He took his dedication to the sport to the next level, practicing and working out in every spare moment. In Grade 11, Michael was on the basketball team. In Grade 12, he was named one of the best high school basketball players in the United States.
As a star player in university, Michael Jordan had another turning point in his life when he scored the winning basket at the last second in a U.S. college championship game. That boost to his self-esteem never faded, and Jordan says he has never doubted himself since then.
Going on to win more championships at the college and professional levels, and setting records that may never be broken, Michael Jordan traces much of his success back to the lesson he learned in high school - when someone tells you that you can’t accomplish something, it simply means that you have to try harder.

✳️ 10 Words to learn:
outstanding – ko’zga ko’ringan
varsity team – universitet jamoasi
judgment – fikr, mulohaza, hukm
self-confidence – o’ziga ishonch
a spare moment – bo’sh vaqt
a turning point – burilish nuqtasi
self-esteem – o’ziga bo’lgan hurmat
to fade – so’nmoq, o’chmoq
a professional level – professional darajada
to trace back – bog’lamoq
📖Dars Artikl qo'llashning aralash holatlari (III qism)

✳️ Ingliz tilida artikl ishlatishining aralash holatlarini o'rganishda davom etamiz.

1️⃣ Shaxs nomlari oldidan artikl qoʻllanilmasligini avvalgi darslardan bilamiz:
🔸 I'm ✖️Bond, ✖️James Bond.
⚠️ Ammo nazarda tutilayotgan shaxs bizga va tinglovchiga notanish ekanligini bildirmoqchi boʻlsak, shaxs nomlari oldidan noaniq artikl qoʻllanishi mumkin.
🔸 A Mr Brown is at the door. (Mr Brown degan odam)
⚠️Shuningdek, shaxs nomlari mualliflikni bildirib, shu san’atkorga yoki yozuvchiga oid asarni bildirish uchun qoʻllanilganda birlikda noaniq artikl qoʻllaniladi.
🔸 I'm fond of painting, especially landscapes. A Levitan picture is hanging in my living-room.(Levitan qalamiga mansub)
⚠️ Agar bir nechta bir xil ismli shaxs mavjud boʻlib, ular orasidan bittasini ajratib koʻrsatmoqchi boʻlsak, shaxs nomlari oldidan aniq artikl qoʻllanishi mumkin.
🔸 The Mr. Brown who lives next door is very friendly.

2️⃣ Hafta kunlari va oy nomlari oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi.
🔸 I'll see you on ✖️Saturday.
⚠️ Ammo haftaning aniq kunini aytmoqchi boʻlsak, ular oldidan aniq artikl qoʻllanishi mumkin. Bunda aniqlovchi gap yoki birikma mavjud bo'ladi.
🔸 They arrived on the Saturday after my birthday party.

3️⃣ Tartib sonlar oldidan aniq artikl qoʻllanilishini bilamiz.
🔸 It is the third time Ann has been late this week.
🔸 She was the first person to know about it.
⚠️ Ammo tartib sonlari 'yana (bir)' degan ma'noda noaniq artikl bilan qoʻllaniladi
🔸 A third man entered the room. (Uchinchi (yana bir) odam xonaga kirdi)

⚠️ a first night - premera, a first prize - birinchi o'ringa mukofot iboralari ham noaniq artikl bilan qoʻllanadi.
⚠️ Ravish boʻlib kelgan first/at first iboralarida artikl qo'llanilmaydi.
🔸 ✖️First, you must shake the bottle well, then drink the water.

4️⃣ next soʻzi kelajak zamon payt ravishini bildiradigan birikmalarda artiklsiz qoʻllaniladi.
🔸 He is going to learn French ✖️next year.
⚠️ next soʻzi oʻtgan zamon payt ravishini bildiradigan birikmalar yoki ot bilan 'keyingi' degan ma'noda qoʻllanilganda har doim aniq artikl bilan qoʻllaniladi.
🔸 He suddenly arrived the next morning.
🔸 When is the next bus?

5️⃣ Undalmalarda ot oldidan artikl qoʻllanilmaydi.
🔸 ✖️Students, hand in your tests!
📖Dars Introduction to Pronouns - Personal pronouns

✳️ Ingliz tilida ham oʻzbek tilidagi kabi olmosh soʻz turkumi mavjud boʻlib, ular boshqa soʻz turkumlari oʻrnida ularni almashtirib keladigan soʻzlardir. Shuning uchun ham bu so'z turkumi nomi 'almash' so'zidan kelib chiqqan.

✳️ Olmoshlarning asosiy turlari darslarda o'rganamiz. Bugun Personal pronouns (Kishilik olmoshlari) haqidagi ma'lumotlarni o'rganamiz. Ingliz tilida hozirgi kunda quyidagi kishilik olmoshlari mavjud.
I - men
You - siz, sizlar
We - biz
They - ular
He - u (erkaklar uchun)
She - u (ayollar uchun)
It - u (jonsiz predmet yoki hayvonlar uchun)

✳️ Bu olmoshlar gapda ega boʻlib qatnashadi va ish-harakatning bajaruvchisi hisoblanadi. Gap boshida hamma olmoshlar katta harf bilan yoziladi. Gap oʻrtasida esa I olmoshidan tashqari hamma olmoshlar kichik harf bilan yoziladi.
🔸 They are going on holiday next week, but we are staying at home.
🔸She was worried about Tom. He might have got lost.
🔸The dog is barking. It is very aggressive.

⚠️ she olmoshi davlat va kemalar (mashina) uchun qoʻllanishi mumkin.
🔸Now Britain needs new leadership if she is to play a significant role shaping Europe's future development.
🔸The ship's struck a rock. She is sinking!

⚠️ Ba'zan insonlar orasida uy hayvonlariga nisbatan he/she olmoshini ishlatilishi ham kuzatiladi. Mazkur holat majoziy obrazlar ishlatilgan ertak va hikoyalarda barcha hayvonlarga ham ishlatilishi mumkin.
🔸Look at the cat! She is drinking the milk.
🔸Once upon a time, there was a rabbit called Joe. He live in a forest.
Useful

Bahs va munozaralar uchun
aqlli iboralar

🔸 Ask me another - Osonroq narsa so‘ra!
🔸Eat one's words - gapini qaytib olmoq
🔸 Enough of it - Bu yetarli bo‘ldi
🔸 go into details - tafsilotlarga urg‘u bermoq
🔸 I don’t care - Menga ahamiyati yo‘q
🔸 I have no idea - Men tushunmayapman
🔸 I mean it! - Men jiddiy gapirdim!
🔸 I wish I knew - Buni bilishni xohlardim!
🔸 It doesn’t matter - Bu muhim emas
🔸 It doesn't make sense - Bunda ma'no yo‘q
🔸 It doesn't prove a thing - Bu hech narsani isbotlamaydi
🔸 It' s none of your business - Bu sizning ishingiz emas
🔸 It's a lie - Bu yolg‘on
🔸 It's all the same to me - Menga farqi yo‘q
🔸 It's beside the point - Buning dahli yo‘q
🔸 It's new to me - Birinchi marta eshitishim
🔸 It's out of place - Bu o‘rinsiz
🔸 It's up to you - O‘zing hal qil
🔸 It's waste of time - Bu vaqtni bekorga sarflash
🔸 Let's clear it up - Keling oydinlashtirib olamiz
🔸 Let's drop the subject - Keling mavzuni o‘zgartiramiz
🔸 Mind one's own business - Birovning ishiga aralashmaslik
🔸 no matter - ahamiyati yo‘q
🔸 point of view - nuqtai nazar
🔸 pro and con - rozi va norozi
🔸 say one's say - fikrini bildirmoq
🔸 side against - qarshi tomonni qo‘llamoq
🔸 So what? - Nima bo‘libdi?
🔸 speak one's mind - fikrini bildirmoq
🔸 Stand one's ground - o‘z fikrida qolmoq
🔸 Stand to reason - ma'noga ega bo‘lmoq
🔸 Take a side - bir tomonni (gapni) qo‘llamoq
🔸 Take a stand - muhim o‘rinni egallamoq
🔸 Take into account - diqqatga kirmoq
🔸 That's not the point - Gap bu haqda emas
🔸 That's very well, but - Bu juda yaxshi, lekin...
🔸 to one's face - yuziga (ochiqcha aytish)
🔸 up against - qarshilik qilmoq
🔸 Use your own judgement - O‘zing hal qil
🔸 What are you driving at? - Nimaga sha'ma qilyapsan?
🔸 What are you talking about? - Nima demoqchisiz o‘zi!
🔸 What for? - Nega?
🔸 What of it? - Bundan nima foyda?
🔸 You can take it from me - Menga ishonishing mumkin
📖Dars Personal pronouns as objects

✳️ Grammatikaga oid darsliklarda kishilik olmoshlari to'ldiruvchi sifatida ishlatilsa-da, ular personal pronoun hisoblanishi keltirilgan. Shuning uchun mavzu nomi ham aynan shunday nomlandi.

✳️ Ingliz tilida quyidagi to'ldiruvchi sifatida qo'llaniladigan kishilik olmoshlari mavjud:
me - meni, menga, mendan ...
you - sizni, sizga, sizdan ...
us - bizni, bizga, bizdan ...
them - ularni, ularga, ulardan ...
him - uni, unga, undan ...(erkak)
her - uni, unga, undan ....(ayol)
it - uni, unga, undan ...(predmet)

✳️ Bu olmoshlar fe'ldan keyin uning toʻldiruvchisi boʻlib keladi va olmoshlar gapda fe'lda ifodalangan ish-harakat yoʻnaltirilgan predmetni bildiradi:
🔸Henry is very selfish . We don't like him. (Henri juda xudbin. Biz uni (him) yoqtirmaymiz.)
🔸They were discussing the problem with us. (biz bilan)
🔸Where is Helen? Have you seen her? (uni)

✳️Bu olmoshlar koʻmakchi (with/about/from/to/beside/between/for) lardan keyin keladi, bu koʻmakchilar fe'ldan keyin yoki boshqa soʻz turkumlari (sifat, ot) keyin ham kelgan boʻlishi mumkin.
🔸Just between you and me. I don't like his car.
🔸Tom was angry with me.

⚠️ Olmoshlar boʻyicha test qilinganida ularning gapda boshqa soʻz turkumlarini oʻrnini bosa olishi hususiyati soʻraladi . Masalan:
▪️Choose the correct answer.
🔸The colonel greeted the soldiers. (Polkovnik askarlar bilan salomlashdi)
A) He/it
B) He/them
C) She/them
D) It/them
💡 The colonel - polkovnik, he olmoshiga toʻg'ri keladi, the soldiers - askarlar, toʻldiruvchi, them olmoshiga toʻg'ri keladi.

▪️Choose the correct answer.
🔸Tom and I are close friends. Tom lives near the station.
A) We/he/it
B) We/it/it
C) He/I/he/it
D) We/he/them
💡Collocations of the day 👌

✳️ Bugungi postimizda 'hope' (umid, umid qilmoq) so'zi bilan bog'liq collocationlarni o'rganamiz.

high hopes - katta umidlar
🔸 They have high hopes for their children. (Ularning farzandlaridan umidlari katta)
in the hope that - umid bilan, umidda
🔸 I am writing you in the hope that you can help me. (Men sizga yordam berasiz degan umidda yozmoqdaman)
beyond hope - umidsiz darajada
🔸The car was damaged beyond hope of repair. (Mashina tuzatib bo'lishga umidsiz tarzda zararlangan edi)
to hope for - umid qilmoq
🔸We are hoping for good weather. (Biz yaxshi ob-havoga umid qilmoqdamiz)
to hope for the best - eng yaxshisiga umid qilmoq
📕 So'z boyligimizni oshiramiz!

💥 You look well - ko'rinishingiz yaxshi.

💥 You look young - yosh ko'rinasiz.

💥 You haven't changed the least bit - siz hech o'zgarmagansiz.

💥 You are good-natured - xarakteringiz yaxshi ekan.

💥 You have excellent taste - didingiz chakki emas.

💥You have a fine sense of humour - hazilni yaxshi tushunar ekansiz.

💥 Smile becomes you - jilmayish sizga yarasharkan.

💥 You are always beautifully dressed - siz doim chiroyli kiyinasiz.

💥 You are easy to talk to - siz bilan gaplashish oson ekan.

💥 When you smile you look much younger - kulganingizda ancha yosh ko'rinar ekansiz.

💥 You never change - siz hech o'zgarmaysiz.

💥 You have a nice smile - tabassumingiz chiroyli ekan.

💥 You are an intelligent person - siz aqlli kishisiz.

💥 You walk gracefully - chiroyli qadam tashlar ekansiz.

@ProStudy
📖Dars Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) I qism

✳️ Ingliz tilida ish-harakat bajaruvchisi va toʻldiruvchisi bir shaxs yoki predmet boʻlmaydi, ya'ni ish-harakat boshqa birovga oʻtadi.
🔸Tom is talking to Ann. (Tom Anna bilan gaplashyapti)
🔸Tom is talking to her. (Tom u bilan gaplashyapti)

✳️ Oʻzlik olmoshlari esa ish-harakat bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxsni bitta shaxs sifatida bera oladi, ya'ni ish-harakat hech kimga oʻtmaydi va shaxsning oʻziga qaytadi.
🔸Tom is talking to himself. (Tom oʻzi bilan gaplashyapti)
🔸I am angry with myself. (Mening oʻzimdan jahlim chiqyapti)

✳️ Ingliz tilida o'zlik olmoshlari quyidagilardir:
myself - o'zimni, o'zimga, o'zimdan...
yourself - o'zingizni, o'zingizga, o'zingizdan...
yourselves - o'zlaringizni, o'zlaringizga, o'zlaringizdan...
ourselves - o'zimizni, o'zimizga, o'zimizdan...
himself - o'zini, o'ziga, o'zidan...
herself - o'zini, o'ziga, o'zidan...
itself -o'zini, o'ziga, o'zidan...
themselves - o'zlarini, o'zlariga, o'zlaridan...

✳️ Bundan tashqari umumiy shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan oneself/oneselves olmoshlari mavjud.
🔸Some things one must do oneself. (Ba'zi ishlarni insonning o'zi bajarishi kerak)

✳️Ingliz tilida oʻzlik olmoshi bilan qoʻllanishi shart boʻlgan fe'llar juda kam.
absent oneself - yoʻq boʻlmoq
pride oneself on - faxrlanmoq
pull oneself together - oʻziga kelmoq
avail oneself - foydalanmoq
familiarise oneself - tanishib olmoq, o'rganmoq
🔸Monica absented herself from work.
🔸Jim prides himself on his cooking.

✳️ Oʻzlik olmoshlari quyidagi fe'llar bilan qoʻllanishi koʻp kuzatiladi:
amuse - hursand qilmoq, dam olmoq
enjoy - zavqlanmoq
blame - ayblamoq
cut - kesmoq
dry - artinmoq
hurt - jarohatlamoq
introduce - tanishtirmoq
🔸I have cut myself with a knife. (Men qo'limni kesib oldim)
🔸We enjoyed ourselves very much at the party.
🔸I dried myself. (Men artindim)

💡 help yourself /yourselves iborasi oʻzbek tiliga 'oling, tortinmang' degan ma'nolarda taomga undash, taklif qilish uchun qoʻllaniladi.
🔸If you want more to eat, help yourselves. (Yana yeyishni xohlasangiz, tortinmay olaveringlar)
⚠️bring sth with/take sth with iboralari oʻzbek tiliga oʻzi bilan olib kelmoq/olib ketmoq ma'nosini bersada, ingliz tilida oʻzlik olmoshi bilan emas, toʻldiruvchi olmoshlar bilan qoʻllaniladi.
🔸I didn't take an umbrella with me.
🔸Bring the dictionary with you.

✳️ Quyidagi fe'llarda ish-harakat bajaruvchisi va ish-harakat qaratilgan shaxs bir shaxs boʻlsa ham oʻzlik olmoshi ishlatilmaydi.
shave - soqol olmoq
dress - kiyinmoq
wash - yuvinmoq
relax - hordiq chiqarmoq
feel - his qilmoq
concentrate - fikrini jamlamoq
meet - uchrashmoq
🔸I washed, shaved and dressed. (Men yuvindim, soqolimni oldim va kiyindim)
🔸Don't strain youself. Just relax. (Oʻzingizni urintirmang. Oʻzingizni boʻsh tuting)
🔸Please be quiet. I am trying to concentrate. (Iltimos jim boʻling. Men fikrimni jamlashga harakat qilayapman)

⚠️ feel fe’li ba’zan oʻzlik olmoshi bilan ishlatilishi mumkin
🔸I felt myself blush.

✳️ Adabiy ingliz tilida goodness/kindness/diligence/courtesy etc soʻzlari itself oʻzlik olmoshi bilan insonlarga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin.
🔸He is diligence itself. ( U juda mehnatkash)
Pro Study o'quv markazi faoliyatini ,,Eski Savdogar" bank binosida davom ettirayabdi. Markazimizda yanayam qulay sharoitlar , mustaqil o'qish xonalari ,Professional o'qituvchilar bilan faoliyatini davom ettiradi.
Mo'ljal: O'zbegim to'yxonasi qarshisida
Bizda Mental arifmetika darslari ham tushdan keyingi guruhlar uchun ham ochildi.
Dushanba 14:00
Chorshanba 14:00
Juma 14:00
Murojat uchun tel: 99 620 94 94
97 920 94 94
Keyingi yangi guruhlarimizga qabul boshlangan
Murojat uchun tel: 979209494
996209494
📖Dars Reflexive pronouns (o'zlik olmoshlari) II qism

✳️ by + oʻzlik olmoshi - yolg' iz, hech kimning yordamisiz ma'nosida qoʻllaniladigan birikma hisoblanadi. Bu birikma ish-harakat gap egasining yolg'iz oʻzi tomonidan bajarilishini bildiradi.
🔸He was sitting by himself. (U yolg'iz oʻzi oʻtirardi)
🔸Did you go to the cinema by yourself? (Kinoga yolg'iz oʻzing bordingmi?)
🔸She lives by herself. (U yolg'iz oʻzi yashaydi...alone)
🔸Jimmy tied his shoelaces all by himself. (Jimmi tuflisining bog'ichini oʻzi bog'ladi...without help)

✳️ Oʻzlik olmoshlarini birgalik olmoshlaridan (reciprocal pronouns) - each other, one another lardan farq qila olish lozim. Masalan:
🔸Tom and Ann stood in front of the mirror and looked at themselves. (Tom va Anna oyna oldida turishdi va oʻzlariga qarashdi)
🔸Tom and Ann looked at each other. (Tom va Anna bir-birlariga qarashdi)

✳️ each other - bir-birini/bir-biriga... ( ikkita shaxs yoki predmet uchun), one another - bir-birini/bir-biriga... ( ikkidan ortiq shaxs yoki predmet uchun)
🔸Tom and Ann love each other.
🔸These three boys help one another.

✳️ Oʻzlik olmoshlari gapda ta'kidlash, ma'no kuchaytirish uchun ham qoʻllanishi mumkin. Bunday holatlarda oʻzlik olmoshlari ot yoki olmoshdan keyin yoki gap oxirida keladi.
🔸You yourself saw what happened. (Siz oʻzingiz nima boʻlganini koʻrdingiz)
🔸You saw what happened yourself. (Siz nima boʻlganini oʻzingiz koʻrdingiz)
🔸The film itself wasn't very good but the music was great. (Kinoning oʻzi yaxshi emas edi, ammo musiqasi zoʻr edi)

✳️Oʻzlik olmoshlari ko’makchilardan (predlogdan) keyin ham qoʻllanilishi mumkin.
🔸Look after yourself.
🔸Take care of yourself. (Ehtiyot boʻling)
🔸I am angry with myself.

⚠️Oʻzlik olmoshlari har doim oʻzi ishora qilayotgan otga /olmoshga mos boʻlishi lozim. Oldingi darsdagi diligence, kindness, goodness... so'zlari bilan ishlatilishi holatlari bundan istisno
🔸We enjoyed ourselves very much at the party. (we - ourselves)
🔸Sarah lives by herself. (she - herself)

⚠️Quyidagi gapga e'tibor bering, bunday hollarda oʻzlik olmoshi qoʻllanilmaydi.
🔸Have you got any money on you? (Sizda biroz pul bormi?)