Pro Study
1.58K subscribers
6.01K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Imtihon natijasiga ko‘ra bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda:

Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni

1)Muommoni yechishga oid savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
2)Tanqidiy fikrlash bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
3)Ingliz tili savollarining o'qish (Reading) qismi bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
4)Ingliz tili savollarining grammatika (Grammar) qismi bo'yicha yuqori ball to'plaganlar;
5) Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Kanalga ulanish:
@ProStudy
⚡️Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

🔘 Farmonga koʻra, 2021/2022-oʻquv yilidan:

▶️ Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

☑️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

➡️ Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

🎓 Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

👉 @ProStudy
⚡️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

👉 @ProStudy 👈
❗️​​Kontraktni yil davomida 4 ga bo'lib to'lashga haqqingiz bor!

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt miqdorlarini o‘quv yili davomida teng ulushlarda to‘rt bo‘lib to‘lash mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda bo‘lib to‘lashlari mumkin:

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

👉 @ProStudy 👈
⚡️⚡️⚡️Bugungi kuning eng yaxshi va uzoq kutilgan xabari ! Pro Study o'quv markazi o'quvchilaridan 4 nafari PREZIDENT MAKTABI o'quvchilari bo'lishdi. 5- 6- sinflar o'rtasida eng kuchli 24 nafar o'quvchidan biri bo'lishdi. Shu fursatdan foydalanib Pro Study jamoasi nomidan ushbu yuksak natija bilan o'quvchilarimizni muborakbot etamiz. Kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz.
Yuksak marralari sari olg'a !!!
Pro Study bilan kelajak haqidagi tasavvurlaringizni o'zgartiramiz !!!