Pro Study
1.58K subscribers
6.01K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
⚡️ Академик лицейларга кириш тест синовлари 30 август куни бўлади

📆 2021-2022 ўқув йили учун Академик лицейларга кириш тест синовлари 2021 йил 30 август куни 2 сменада ўтказилади. Бунда тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:40 га қадар;
2️⃣-сменада 18:00 дан 19:40 га қадар бўлиб ўтади.

📚 Тест синовлари таълим йўналишига мос 2 та фан ва интеллектуал қобилият даражаси (IQ) ни аниқлаш бўйича ўтказилади.

Бунда талабгорларга ҳар бир фандан 20 тадан жами 60 та тест топшириғи ва уларни бажариш учун жавоблар варақасини тўлдириш билан бирга 1 соату 40 дақиқа вақт ажратилади.

📌 Тест синовларида тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 146 балл бўлиб, таълим йўналишига мос фанлар бўйича ҳар бир тўғри жавоб учун 3,1 баллдан (жами 124 балл), интеллектуал қобилият даражаси (IQ) ни аниқлаш бўйича эса 1,1 баллдан (жами 22 балл) берилади.

🖥 Давлат тест марказининг расмий веб-сайтига ўқувчиларнинг интеллектуал қобилият даражаси (IQ) ни аниқлашда фойдаланиладиган тест спецификацияси ва намунавий тест топшириқлари жойлаштирилган бўлиб, талабгорлар https://dtm.uz/page/iq_test саҳифаси орқали улар билан танишиши мумкин.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани 29 август куни 09:00 дан бошлаб Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг litsey.edu.uz сайтидан ва Академик лицейлардан олишлари мумкин бўлади.

Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга белгиланган вақтдан камида 1 соат олдин шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан келишлари сўралади.
⚡️⚡️⚡️Mandat yaqin! Bu haqida ishonchli manbalar xabar qilishmoqda. Aytishlaricha, bugun tungacha (00:00dan keyin bo'lishi ham mumkin) mandat natijalari chiqishi kerak.
Pro Study jamoasi bayram bilan tabriklaydi !!! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin !

Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi bir lavhada quyidagi so'zlar yozilgan ekan:

وطن لا نحميه، لا نستحق العيش فيه

"Biz himoya qilmaydigan vatanda bizning yashashga haqqimiz yo'q!"

Istiqlol ne'mati - buyuk ne'mat! Uni qadriga yetish va asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.

Istiqlolimizning abadiy bo'lishini ta'minlash uchun har sohada rivojlanish kerak. Ayniqsa, yoshlar yaxshi o'qisa, kuchli zehn va bilim sohibi bo'lishsa, biz hech qachon hech kimga qaram bo'lmaymiz!!

Barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 30 yilligi bilan muborakbod etamiz! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
​​❗️Mandat 1-2 kunda e'lon qilinadi

"Juda ko'plab yoshlarimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovining yakuniy natijalari — mandat kechikayotgani yuzasidan e'tirozlar kelib tushmoqda.

Yoshlarning murojaatlari sabab Davlat qabul komissiyasi bilan bog'landim. Mandat natijalari tez kunda (katta ehtimol bilan yaqin 1-2 kun ichida) e'lon qilinishini aytishdi. Shu sababli abituriyent-yoshlarimizdan va ularning yaqinlaridan yana biroz sabrli bo'lishni so'ragan bo'lardim.

Shu o'rinda, mas'ul tashkilot sifatida Davlat test markazi ham rasmiy bayonot berib qo'ysa, ortiqcha savollar va tushunmovchiliklarning oldi olingan boʻlardi", deya xabar bermoqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev.
⚡️Mandatning aniq qachon chiqishini aniqlashtirish uchun yana bir bor Davlat qabul komissiyasi bilan bog'landim. Juda katta ehtimol bilan mandat bugun kechki payt yoki ertaga chiqishini aytishdi.

@alisher_sadullaev
⚡️Mandatning bugun kechqurun chiqishi — 50/50. Ertaga chiqishi 99%.
Mandatning chiqishi aniq. Faqat serverlarni portlatib yubormanglar…😉

@alisher_sadullaev
Pro Study pinned «Mandatning chiqishi aniq. Faqat serverlarni portlatib yubormanglar…😉 @alisher_sadullaev»
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Demak bugun barchasi biz kutgan bir necha yil kutib qattiq mehnat qilib zaxmatlar chekkanmiz !!! Barchaga omad !!!🎓🎓🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓
⚡️Мандат қисқа вақт ичида эълон қилинади

Ҳурматли, абитуриентлар!

Тез орада мандат натижалари эълон қилинади. Талабгорлар кўплиги ва ҳамма кутаётганини ҳисобга олиб, серверга ортиқча юклама бўлмаслиги учун якуний натижалар ҳудудлар кесимида бўлиб-бўлиб эълон қилинади.

Барчадан илтимос, шунча кутганга яраша, ҳамма ўзи тест топширган ҳудуди бўйича белгиланган вақтда кириб кўрса, қолган пайтлари бошқаларга халақит бермаса яхши иш бўларди.

⌛️Ҳудудлар рўйхати ДТМ томонидан қисқа вақт ичида эълон қилинади.

❗️Диққат, бу муҳим!

Ҳудуд деганда тест топшириш ҳудуди назарда тутилмоқда!

Яъни ким қайси ҳудудда тест топширган бўлса, ўша ҳудуд вақтида кириб кўриши керак.

Масалан, доимий прорискаси Жиззахда бўлган абитуриент Тошкент шаҳридаги университетга ҳужжат топширган. Тестга эса Самарқанд шаҳрида кирган.

Демак, ушбу абитуриент

Самарқанд ҳудуди вақтида сайтга кириб, натижасини текшириб кўрса бўлади.

Жиззах ёки Тошкент ҳудуди вақтида унинг натижаси чиқмайди.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni 15:00 da e’lon qilinadi.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
👍1
Pro Study pinned «⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! 📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni 15:00…»
⚡️Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovining yakuniy natijalari — mandat hududlar kesimida e’lon qilinishni boshladi.

Natijalarini bilish usullari:

my.dtm.uz sayti orqali: my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz sayti orqali: mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazining @mandat2021bot Telegram boti orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda);

SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud);

QR-kod orqali: Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda;

Test natijalari qaydnomasi orqali.
Forwarded from Pro Study Education
Forwarded from Pro Study Education
Forwarded from Pro Study Education
Forwarded from Oybek Rabbimov
Forwarded from Oybek Rabbimov
Forwarded from JJJAAAXXX