Pro Study
1.58K subscribers
6.01K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
❗️Davlat test markazi alohida testda qatnashganlarning natijalarini alohida e'lon qildi!

Rasmiy xabar berilishicha, alohida test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 973 nafar talabgordan 805 nafari ishtirok etdi, 157 nafari test sinovlariga kelmadi, 4 nafari test sinovi jarayonida, 11 nafari hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

🔥 DTM test sinovlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida alohida test sinovida ishtirok etgan abituriyentlarning ma’lumotlari va test natijalari mandat.dtm.uz saytida alohida e’lon qilindi.

Ya’ni, istalgan fuqaro mandat.dtm.uz sayti orqali mazkur test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning ma’lumotlarini ko‘rishi va ularning natijalari bilan tanishishi mumkin.

Buning uchun mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidagi “Qo‘shimcha” qismidan “Covid-19” ni tanlash kifoya.
📈 Alohida test sinovlarida eng yuqori natija 176,4 ballni tashkil etmoqda!

Keyingi o'rinlarda 168, 163.8, 159.6, 154.35 kabi natijalar qayd etilgan.

📉 Bu abituriyentlarning natijalari sabab, ba'zi oldin imtihon topshirgan abituriyentlarning mandat.dtm.uz saytidagi o'rni pastga tushib ketgan bo'lishi mumkin. Bu esa ularning o'qishga kirish ehtimolini ham pasaytirib yuborishi aniq.
Talabalik sari qadam tashlab imtihon uchun malakali o'qituvchilardan ta'lim oling!

Pro Study: Oliy ta'lim muassasalarini talabalar bilan ta'minlaymiz.

Murojaat uchun:
97 920 94 94
99 620 94 94
❗️Barcha oliy taʼlim muassasalarida yangi o‘quv yili an’anaviy (oflayn) shaklda boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz sizga, ha, aynan SIZGA:

🗺 Qulay joylashuv;
🏢 Shinam va zamonaviy auditoriya;
👩🏻‍🏫 Talabchan va tajribali ustozlar;
👥 Ajoyib atmosfera muhiti;
💪 Qisqa vaqtda yuqori natija olish;
🗓 Kun davomida darsda qolish;

Abituriyentlar maktabimizda majburiy fanlar va:
♦️ Ona tili va adabiyot
♦️ Tarix
♦️ Ingliz tili
♦️ Rus tili
♦️ Matematika
♦️ Fizika
♦️ Biologiya
♦️ Kimyo
♦️ Geografiya

Hamda:
🔶 Rus tili so‘zlashuv
🔸 IELTS

📨 @NorbayevAbror
☎️ Murojaat uchun:
+998(99)620 94 94
+998(97)920 94 94
@Prostudy
#tezkor
#magistrlar

⚡️ Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3️⃣-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.
​​MUAMMOLARGA YECHIM TOPISH:
Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O'shalarning ro'yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to'xtatadi.

ODAMLARGA FOYDANGIZ TEGSIN:
Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to'laverasiz. Qo'lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko'p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo'lib qaytadi!

MAKSIMUM XARAKAT:
Tana xarakatda bo'lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to'ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan:
Liftda emas, zinadan chiqish;
Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug'ullaning!

MEDITATSIYA:
30 daqiqa ko'zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya'ni jim-jitlikda o'tirish ham, eng samarali energiyaga to'ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o'zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.

MAQSAD QO'YIB, UNI AMALGA OSHIRISH:
Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo'yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o'ziga yarasha energiya bilan beriladi.

AYNI DAMDA YURAGINGIZ JIZ ETGAN ISHNI QILING:
Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O'zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo'lini toping. Hal qiling. Ko'nglingizga yoqgan ish bilan shug'ullaning.
❗️Rasman! Mandat e'lon qilinmoqda!

Harbiy bilim yurtlari yakuniy mandat natijalarni e'lon qilmoqda. Ushbu rasmda Chirchiq oliy tank qo'mondonlik bilim yurtining mandat natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Eng qiziqarli joyi, ushbu bilim yurtiga o'tish chegara balli 126 ballni tashkil etmoqda.

Barcha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni "ProStudy" kanali nomidan tabriklaymiz!

❗️Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, boshqa universitetlarda ham mandat vaqtliroq chiqishi ham mumkin!
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasman bugun mandat chiqmaydi ! Kutamiz...
⚡️ Академик лицейларга кириш тест синовлари 30 август куни бўлади

📆 2021-2022 ўқув йили учун Академик лицейларга кириш тест синовлари 2021 йил 30 август куни 2 сменада ўтказилади. Бунда тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:40 га қадар;
2️⃣-сменада 18:00 дан 19:40 га қадар бўлиб ўтади.

📚 Тест синовлари таълим йўналишига мос 2 та фан ва интеллектуал қобилият даражаси (IQ) ни аниқлаш бўйича ўтказилади.

Бунда талабгорларга ҳар бир фандан 20 тадан жами 60 та тест топшириғи ва уларни бажариш учун жавоблар варақасини тўлдириш билан бирга 1 соату 40 дақиқа вақт ажратилади.

📌 Тест синовларида тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 146 балл бўлиб, таълим йўналишига мос фанлар бўйича ҳар бир тўғри жавоб учун 3,1 баллдан (жами 124 балл), интеллектуал қобилият даражаси (IQ) ни аниқлаш бўйича эса 1,1 баллдан (жами 22 балл) берилади.

🖥 Давлат тест марказининг расмий веб-сайтига ўқувчиларнинг интеллектуал қобилият даражаси (IQ) ни аниқлашда фойдаланиладиган тест спецификацияси ва намунавий тест топшириқлари жойлаштирилган бўлиб, талабгорлар https://dtm.uz/page/iq_test саҳифаси орқали улар билан танишиши мумкин.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани 29 август куни 09:00 дан бошлаб Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг litsey.edu.uz сайтидан ва Академик лицейлардан олишлари мумкин бўлади.

Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга белгиланган вақтдан камида 1 соат олдин шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан келишлари сўралади.
⚡️⚡️⚡️Mandat yaqin! Bu haqida ishonchli manbalar xabar qilishmoqda. Aytishlaricha, bugun tungacha (00:00dan keyin bo'lishi ham mumkin) mandat natijalari chiqishi kerak.
Pro Study jamoasi bayram bilan tabriklaydi !!! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin !

Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi bir lavhada quyidagi so'zlar yozilgan ekan:

وطن لا نحميه، لا نستحق العيش فيه

"Biz himoya qilmaydigan vatanda bizning yashashga haqqimiz yo'q!"

Istiqlol ne'mati - buyuk ne'mat! Uni qadriga yetish va asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.

Istiqlolimizning abadiy bo'lishini ta'minlash uchun har sohada rivojlanish kerak. Ayniqsa, yoshlar yaxshi o'qisa, kuchli zehn va bilim sohibi bo'lishsa, biz hech qachon hech kimga qaram bo'lmaymiz!!

Barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 30 yilligi bilan muborakbod etamiz! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
​​❗️Mandat 1-2 kunda e'lon qilinadi

"Juda ko'plab yoshlarimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovining yakuniy natijalari — mandat kechikayotgani yuzasidan e'tirozlar kelib tushmoqda.

Yoshlarning murojaatlari sabab Davlat qabul komissiyasi bilan bog'landim. Mandat natijalari tez kunda (katta ehtimol bilan yaqin 1-2 kun ichida) e'lon qilinishini aytishdi. Shu sababli abituriyent-yoshlarimizdan va ularning yaqinlaridan yana biroz sabrli bo'lishni so'ragan bo'lardim.

Shu o'rinda, mas'ul tashkilot sifatida Davlat test markazi ham rasmiy bayonot berib qo'ysa, ortiqcha savollar va tushunmovchiliklarning oldi olingan boʻlardi", deya xabar bermoqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev.
⚡️Mandatning aniq qachon chiqishini aniqlashtirish uchun yana bir bor Davlat qabul komissiyasi bilan bog'landim. Juda katta ehtimol bilan mandat bugun kechki payt yoki ertaga chiqishini aytishdi.

@alisher_sadullaev
⚡️Mandatning bugun kechqurun chiqishi — 50/50. Ertaga chiqishi 99%.
Mandatning chiqishi aniq. Faqat serverlarni portlatib yubormanglar…😉

@alisher_sadullaev
Pro Study pinned «Mandatning chiqishi aniq. Faqat serverlarni portlatib yubormanglar…😉 @alisher_sadullaev»
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM