Pro Study
1.58K subscribers
6.03K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
Pro Study pinned «⚡️ Hurmatli Pro Study kanali a'zolari! Ingliz tili ixlosmandlari! ❗️ Ingliz tili grammatikasi bo'yicha 8 oylik kursimiz borligidan ko'pchilik xabari bo'lsa kerak. 📍 Bugun Sizlarga ajoyib bir yangilik va taklif e'lon qilmoqchiman. 20-avgustdan boshlab asosan…»
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
#Imtihon_2bosqich #Prezident_maktablari

🔰Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan hududlar haqida ma'lumot:

🔸Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining B, C va D maydonlarida;

🔸Sirdaryo viloyati - Guliston shahri markaziy o‘yingohida;

🔸Qashqadaryo viloyatida - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni (2)

🔸Fargʻona viloyati - Farg‘ona davlat universiteti stadioni;

🔸Buxoro viloyati - Buxoro shahri "Dilkusho" tennis sport majmuasida;

🔸Jizzax viloyati - "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohi sun'iy qoplamali mashg‘ulot maydonida;

🔸Samarqand viloyati - Samarqand shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida;

🔸Qoraqalpog‘iston Respublikasi - Nukus shahri "Turon" markaziy stadionida;

🔸Namangan viloyati- 17-bolalar va o‘smirlar maktabiga qarashli "Navbahor umid" stadionlarida;

🔸Xorazm viloyati- Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi "Xorazm" sport majmuasida;

🔸Navoiy viloyati - Navoiy shahridagi "Kimyogar" o‘yingohida;

🔸Andijon viloyati - Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 3-binosida;

🔸Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya zaxiralari kolleji futbol maydonida.

Imtihon kuni va vaqti

21-avgust
▶️1-smena 07:00
▶️ 2-smena 19:00

22-avgust
▶️1-smena 07:00

✔️Imtihon hududiga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.
@ProStudy
#Tanishtiruv_kuni

📣 Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi tanishtiruv kuni 19-20- avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tanishtiruv kuni va vaqti

19-avgust
▶️1-smena 07:00
▶️ 2-smena 19:00

20-avgust
▶️1-smena 07:00

📲Barcha talabgorlarga o'zining imtihon kunlari va smenasi haqida sms-xabarnoma yuborilmoqda. Siz ariza.piima.uz saytiga kirib, "Shaxsiy kabinet"dan ruxsatnomani yuklab olishingiz mumkin.

✔️Tanishtiruv kuniga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

❗️Imtihon vaqti va hududlari haqida avvalroq xabar qilgan edik.
📈 Maksimal natijalar bo'yicha Farg'onaliklar yetakchi!

Kecha prezident stipendiyasiga nomzod abituriyentlar soni 233 nafar ekanligi haqida xabar bergan edik. Mana shu 233 nafar abituriyentlar orasida Farg'ona viloyati abituriyentlari soni eng yuqori ekan. Bu haqda DTM ma'lumot bergan.

1. Farg'ona - 36 nafar
2. Navoiy - 35 nafar
3. Buxoro - 34 nafar
4. Namangan 22 nafar
5. Samarqand - 20 nafar
6. Qashqadaryo - 17 nafar
7. Toshkent viloyat - 15 nafar
8. Surxondaryo - 13 nafar
9. Toshkent shahri - 11 nafar
10. Qoraqalpog'iston - 10 nafar
11. Jizzax - 9 nafar
12. Andijon - 5 nafar
13. Sirdaryo - 4 nafar
14. Xorazm - 2 nafar

📊 O'rtacha ballar yuqoriligi bo'yicha Buxoro yetakchi!

😎 Mandatni birgalikda kutamiz !!!
❗️Rasman! Isitmasi yuqori bo‘lib jami 110 nafar abituriyent testga kirmagan. Ularga 30-avgustgacha alohida test sinovlari tashkil etiladi

Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

👉 Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.

Hullas, mandatni avgust oyida kutmang!

😎 Mandatni birgalikda kutamiz👇
​​Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ma’lumot

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

🏟 Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tanlab olingan 53 ta ochiq maydon (stadion va xiyobon) da o‘tkazildi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 948 211 nafar abituriyentdan 892 242 nafari (94,1%) ishtirok etgan bo‘lsa, 55 969 nafari (5,9%) turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlarida eng ko‘p abituriyent Toshkent shahri (172 400 nafar) hamda Qashqadaryo (91 855 nafar) va Samarqand (85 987 nafar) viloyatlarida ishtirok etdi.

Jami 563 nafar (948 211 nafardan) abituriyent, jumladan 328 nafari (892 242 nafardan) test sinovi jarayonida, 235 nafari (55 969 nafardan) hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

🌡 Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

🎥 Hududga kirishda barcha abituriyentlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri) orqali shaxsi tasdiqlangan holda test sinovlariga kiritildi. Test sinovi jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, test2021.uz sayti orqali onlayn translyatsiya qilib borildi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq my.dtm.uz sayti orqali o‘zlari ishlagan javoblar varaqasining rangli skaner qilingan holatini yuklab olishlari va test sinovida to‘plagan ballarini bilishlari mumkin bo‘ldi.

🖥 Shuningdek, test sinovlarida shaffoflikni yanada oshirish maqsadida mandat.dtm.uz sayti ishga tushirilib, mazkur sayt orqali abituriyentlarga boshqa abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishib borish imkoniyati yaratildi.

🏛 Test natijalariga ko‘ra 75 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Eng ko‘p maksimal ball olgan abituriyentlar Toshkent davlat yuridik universiteti (22 nafar), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (13 nafar) hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (11 nafar) ni tanlaganlar orasida kuzatildi.

📌 Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.
⚡️Қўшимча тест 23 август куни ўтказилади

📆 Тана ҳарорати юқори бўлган ва коронавирусга чалинган абитуриентлар учун қўшимча тест синовлари 2021 йил 23 август куни бўлиб ўтади. Бу ҳақда ДТМ маълум қилди.

Унда қуйидаги тоифадаги абитуриентлар иштирок этишлари мумкин бўлади:

1️⃣ тест синовига келган вақтда тана ҳарорати 37º C дан юқори эканлиги аниқланган ва далолатнома расмийлаштирилган абитуриентлар (уларнинг сони 110 нафар);

2️⃣ 16 августга қадар коронавирусга чалинганлиги сабабли қўшимча тест синовларида иштирок этиш учун ариза билан мурожаат қилган ва Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати томонидан коронавирусга чалинганлиги тасдиқланган абитуриентлар (уларнинг сони 1200 нафардан зиёд, лекин ҳали улар битталаб текшириб чиқилади).

Қайта ташкил этилган тест синовларида ҳам тана ҳарорати 37º C дан юқори эканлиги аниқланган ёки коронавирусдан тўлиқ соғаймаган абитуриентлар учун бошқа тест синовлари ташкил этилмайди.

📍 Тест синовлари барча ҳудудларда ташкил этилади ва абитуриентлар рўйхатдан ўтиш вақтида тест топшириш ҳудуди сифатида ўзлари танлаган ҳудудда тест синовида иштирок этади.

📄 Абитуриентлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани эртадан бошлаб my.dtm.uz сайти орқали юклаб олишлари мумкин бўлади.
15-avgust kuni bo'lib o'tgan diagnostik test natijalari. Samarqand viloyati Chelak shahri

"Professional Study" oʻquv markazi

Kanalga ulanish:
@ProStudy
Pro Study pinned a photo
Forwarded from Edu.uz
❗️Bugun!

📆 21-avgust, shanba
soat 20:00

Xushnudbek.uz kanalida talabalar uchun taʼlim krediti mavzusida ovozli chat tashkil etiladi.

Ovozli chatda:
— Moliya vazirligi
— Markaziy bank
— Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
— Yoshlar ishlari agentligi
— tijorat banklari mutasaddilari savollarga javob beradilar.

Unda, xususan, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan vazirning iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Sarvarxon Buzrukxanov ishtirok etadi.

👉 https://t.me/xushnudbek/10931
#Imtihon_2021

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

✔️Imtihon o’tkaziladigan hududlarda Milliy gvardiya, tibbiyot xodimlari o’z mas’uliyatlari doirasida vazifalarini bajaryaptilar. Jarayon karantin qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.

⚡️Oʻquvchilar faqat tugʻilganlik haqidagi guvohnoma,imtihonga qatnashish ruxsatnomasi bilan kiritilmoqda.

🔸Mazkur bosqichda nomzodlar ingliz tili va mantiqiy fikrlash fanlaridan imtihon topshiradilar. Imtihonlar ikki smenada - 07:00 va 19:00 da bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan.

📌Fotosuratlarda Toshkent va Urganch shahridagi imtihon jarayonlari tasvirlangan.

📍Toshkent shahridagi imtihonlar Botanika bog’ining B, C va D sektorlarida, Xorazm viloyatidagi imtihonlar esa Urganch shahridagi Futbol akademiyasi qoshidagi “Xorazm” sport majmuasida bo’lib o’tmoqda.
🚀 Yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi

🎯 Ko‘p yillik tajribaga ega shaharning eng zo‘r o‘qituvchilarida o‘qimoqchimisiz unda yangi guruhlarimizga marhamat

🗺 Til kurslarimiz
- Ingliz tili grammatikasi
- IELTS
- Rus tili grammatikasi
- Rus tilida so‘zlashuv

📚 Barcha fanlardan
- Ona tili va adabiyot
- Tarix
- Ingliz tili
- Matematika
- Fizika
- Biologiya
- Kimyo
- Geografiya

🤩 Majburiy fanlardan ham
- Ona tili
- O‘zbekiston tarixi
- Matematika

📌 Yangi guruhlarimizga 30.08.21 da START beramiz. Ungacha shoshiling tezda oson ro‘yxatdan o‘ting

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👨‍💻 Norboyev Abror

☎️ +998(97)920 9494
☎️ +998(99)620 94 94
Biz sizga, ha, aynan SIZGA:

🗺 Qulay joylashuv;
🏢 Shinam va zamonaviy auditoriya;
👩🏻‍🏫 Talabchan va tajribali ustozlar;
👥 Ajoyib atmosfera muhiti;
💪 Qisqa vaqtda yuqori natija olish;
🗓 Kun davomida darsda qolish;

Abituriyentlar maktabimizda majburiy fanlar va:
♦️ Ona tili va adabiyot
♦️ Tarix
♦️ Ingliz tili
♦️ Rus tili
♦️ Matematika
♦️ Fizika
♦️ Biologiya
♦️ Kimyo
♦️ Geografiya

Hamda:
🔶 Rus tili so‘zlashuv
🔸 IELTS

📨 @NorbayevAbror
☎️ Murojaat uchun:
+998(99)620 94 94
+998(97)920 94 94
@Prostudy