Pro Study
1.56K subscribers
5.98K photos
240 videos
407 files
500 links
Хотите достичь своих целей, это только в "Pro Study"💥
Pro Study с нами на пути к целям🚀
Manzil:Chelak shahri Samarqand ko‘chasi 2-uy
+998979209494
@NorbayevAbror @Norboyev_Anvar @SirojiddinAslanov
Download Telegram
#Imtihon_2021

AGENTLIK TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI IQTIDORLI O'QUVCHILARNI QABUL QILISHDA DAVOM ETMOQDA

Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2021/2022-o‘quv yili uchun:
🔹5-sinfga 120 nafar;
🔹10-sinfga 120 nafar o'quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

🔸 elektron ariza;
🔸 tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning elektron nusxasi;
🔸 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
🔸 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi (10-sinfga hujjat topshirayotgan nomzodlar maktab tabeli o'rniga attestat nusxasini taqdim qiladilar);
🔸 ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) ning fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat talab etiladi);

Al Xorazmiy maktabiga kirish imtihonlari tartibi qanday?
▶️5-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

🔸Matematika fanidan 30 ta test, shundan 10 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar beriladi - 93 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test - 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

▶️10-sinfga ariza topshirgan nomzodlar uchun 40 ta test topshiriqlari beriladi. Jumladan:

🔸Matematika fanidan 10 ta test savoli, shundan 5 ta mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savol – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan);
🔸Informatika fanidan 10 ta test savoli – 31 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan);
🔸Fizika fanidan 10 ta test savoli – 21 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan);
🔸Ingliz tili fanidan 10 ta test savoli – 11 ball (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan).

🔰Kirish imtihonida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi, imtihonlarning qayta o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul davom etmoqda.

Qabul jarayoni va tartibi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot:
☎️“Call-markaz” qisqa raqami: 1206; 71 207-72-22
Web-site: portal.piima.uz
Telegram: @piimauz
Facebook: piima.uz
11.07.2021 Poyariq tumanida o'tkazilgan repititsion test natijalari
👨🏻‍🎓 Bolalar uchun Mental Arifmetika kurslariga qabul davom etmoqda!

Endi bizda sizning farzandingiz:
📌 Ongda tez hisob-kitob qiladi;
📌 Diqqati mustahkamlanadi;
📌 Xotirasi rivojlanadi;
📌 Maktab dasturini yaxshi o'zlashtiradi;
📌 Yangi qobiliyatlari paydo bo'ladi;
📌 Moslashuvchan fikrlash qobiliyatiga ega bo'ladi;

Farzandingiz kelajagini biz bilan birgalikda barpo eting!
https://t.me/ProStudy
Prezident maktablari saralash imtihonlari o'tkazilish kunlarida o'zgarish bo'lgan.

Prezident maktablariga hujjat topshirgan o'quvchilar shaxsiy kabinetlarida maslahat-tanishtiruv kunlari haqida ma'lumotlar e'lon qilinmoqda. Yuqoridagi rasmlarda ayrim nomzodlarning 23-24-iyul kunlari bo'lib o'tadigan maslahat-tanishtiruv manzili va vaqti haqida ma'lumotlar berilgan.
Imtihonlar esa 25-30 iyul kunlari o'tkazilishi aytilmoqda. Tez orada shaxsiy kabinetingiz orqali aniq axborotlarga ega bo'lishingiz mumkin bo'ladi

Avval imtihonlar 20-25 iyul kunlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi. Katta ehtimol bilan Qurbon hayiti munosabati bilan imtihon kunlari bir necha kunga surilgan.

Shuningdek, shaxsiy kabinet orqali imtihonlarga kirish ruxsatnomasini ham yuklab olishingiz mumkin.

P/s: Ruxsatnomani yuklab olishda muammolar kuzatilmoqda. Hozircha yuklab olib bo'lmayapti.
⚡️Rasman! OTM kirish imtihonlari avgustda o'tkaziladi – DTM

Bu bo‘yicha DTM matbuot xizmati ma’lum qiladiki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentyabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
❗️Qaysi yo‘nalishga necha nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini bilish imkoniyatini DTM yaratishni istamayapti!

Aytishlaricha, DTM o'z serverlariga ortiqcha yuklamani oldini olish maqsadida bu ishlarni amalga oshirmoqda.

Axborot texnologiyalari asrida nahot abituriyentlardan yig‘ilgan milliardlab pullar evaziga qotmaydigan serverni ta’minlay olmasa?
P/s: Bizning DTM musaffo DTM da...
Prezident maktabiga hujjat topshirganlar shaxsiy kabinet orqali ruxsatnomani olishlari mumkin. Telefon yoki kompyuter orqali yuklab olishingiz mumkin.
⚡️Rasman! Test sinovlari avgustda ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

Biroz avval Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlandi.

Unda koronavirus tarqalishining oldini olish, aholining muayyan qatlamini ommaviy vaksinasiyalash ishlarini tashkil qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, yig‘ilishda joriy yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

@Pro study
Ertaga hal qiluvchi sinov testlarimizdan birini o'tkazamiz ertalab 6:00 da
15.07.2021.xlsx
18.6 KB
Hujjat topshirishdi degani o'qishga kirdi degani emas. Imtihonlar Avgust oyi 10- 15 dan boshlanadi. Hali vaqt yetarli.Harakat qilaylik
👍1
#Imtihon_2021

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

❗️"Shaxsiy kabinet" da, shuningdek Prezident maktablari saralash imtihonlari maslahat-tanishtiruv kuni haqida ham ma'lumot beriladi. Talabgorlar maslahat-tanishtiruv kunida ishtirok etishlari shart.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

⚡️Talabgordan ruxsatnomani chop etib olish hamda maslahat-tanishtiruv kuni va imtihonga mazkur ruxsatnoma bilan kelish talab qilinadi.
18,07,2021.xlsx
18.3 KB
4-4 Bu vaqtlar qaytmaydi. Harakatni kuchaytiraylik. Yillik mehnatimiz samarasini ko'ramiz nasib. Oxirigacha !!!