ProRector dasturida ishlash
3.57K subscribers
13 photos
10 videos
6 files
29 links
ProRector дастурида ҳақида маълумотлар.
Сайтимиз: www.prorector.uz
Гурухимиз: @ProRectorGroup
Download Telegram
🌸 1-октябрь — Ўқитувчилар ва мураббийлар куни! 🌸

Ҳурматли устозлар!

Сизларни барчангизни касб байрамингиз — Ўқитувчилар ва мураббийлар куни билан самимий муборакбод этамиз! 🎉

Ёш авлодга таълим ва тарбия беришдек шарафли ва масъулиятли меҳнатингиз, сабр-тоқатингиз ва фидойилигингиз учун чуқур миннатдорчилик билдирамиз.

Сизларга мустаҳкам соғлик, оилавий хотиржамлик, бахт-саодат ва касбий фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилаймиз! 🌷

Ҳар бир дарсингиз самарали, ҳар бир шогирдингиз ютуғи эса сиз учун қувончли натижа бўлсин!

Байрамингиз муборак, азиз устозлар! 💐

— ProRector жамоаси
❤4
Ассалому алайкум. Ҳурматли устозлар.

Кимни дастури ишламай қолса, қуйидагиларни синаб кўриш тавсия қилинади:

1.Интернетга бошқа усулда уланиб кўринг. Хусусан телефонни точка доступини ёқиб интернетга уланиб дастурни қайта ишга тушуринг.

2. Антивирус дастурини вақтинча тўхтатинг ёки бутунлай ўчириб юборинг. Сўнгра компютерни қайта ёқиб дастурни ишга туширинг.

3. Юқоридагилар иш бермаса, дастурни бошқа компютерга ўрнатинг ва қайта рўйхатдан ўтинг. Бунда фио, тел рақам аввалги сафаргидек ёзилиши керак. Изоҳга эса компютер алмашди деб ёзинг. Эски тўлов чекини юклаб рўйхатдан ўтинг.

Мурожат учун: @islomov86
❤1
ProRector_2026.10.28.1625.exe
4.9 MB
🚀 ProRector 2026 — Dars jadvalini tez va oson tuzing!

📌 2026–2027 o‘quv yili uchun eng qulay yechim:

✅ 3 600+ maktab O‘TIBDO‘ lari tanlovi;

✅ To‘liq o‘zbekcha, sodda va ishonchli;

✅ Excel yuklash: Dars taqsimotini yuklang va darhol dars jadvalini shakllantiring!

✅ Nashr qilish: Tayyor dars jadvalini https://prorector.uz saytiga joylash va barcha uchun alohida sahifa yaratish!

Excelda tayyorlagan dars taqsimotingizni bepul yuklab dasturni sinab ko'rishingiz mumkin!

🔗 Havolalar:
🌐 Sayt: www.prorector.uz
💬 Guruh: @ProRectorGroup
Videolar: @ProRectorChannel
Ассалому алайкум. Ҳурматли устозлар!!!

ProRector дастури фойдаланувчилари 3600 дан ошди.

Ушбу муваффақият муносабати билан тез орада дастурга Бонус сифатида ҳамма учун фойдали бўлган янги функцияни тақдим этамиз!
👍27👏2
📌 Dars jadvali o‘zgardi, lekin hamma xabar topdimi?

Jadval o‘zgarganda uni o‘quvchilar va ota-onalarga yetkazish tez-tez chalkashlik tug‘diradi. ProRector buni juda sodda hal qiladi.

🔗 Bitta havola, doim yangi jadval
Jadvalni dasturning o‘zidan bir tugma bilan prorector.uz platformasida e’lon qilasiz. Har bir maktab uchun doimiy havola hosil bo‘ladi:
Namuna👉 prorector.uz/MaktabKodi
Parol: 00112200

💡 Qanday ishlaydi?
Jadvalni o‘zgartirgach, «Nashr qilish» tugmasini qayta bosasiz, shu yetarli. Havola o‘zgarmaydi, ichidagi jadval avtomatik yangilanadi. Rasm yoki fayllarni qayta yuborish shart emas.

👥 Kim uchun nima qulay?
🎒 O‘quvchilar: o‘z sinfining haftalik va bugungi jadvalini telefonda tez ko‘radi.
👨‍👩‍👧 Ota-onalar: farzandining sinf havolasini bir marta saqlab qo‘yadi, jadval doim dolzarb bo‘ladi.
👩‍🏫 O‘qituvchilar: shaxsiy haftalik jadvalini alohida havola orqali kuzatadi.
🏫 Ma’muriyat: barcha o‘qituvchi va sinflar jadvalini ustun yoki qator ko‘rinishida nazorat qiladi.

✨ Qo‘shimcha imkoniyatlar
🔗 Barcha havolalar bitta sahifada, nusxalash tugmasi bilan
👁 O‘qituvchi, fan va xona raqamini ko‘rsatish yoki yashirish
📅 Toq/juft haftalar va guruhli darslar
🖨 Bir bosishda chop etishga tayyorlash
🌐 33 tilda foydalanish
🔒 Jadvalni faqat maktab ma’muriyati parol orqali yangilaydi

🚀 Dasturni hoziroq yangilab, o‘zingiz sinab ko‘ring!

🌐 Sayt: www.prorector.uz
💬 Guruh: @ProRectorGroup
🎬 Videolar: @ProRectorChannel
❤4
Синф дарс жадвалини телефонда кўриниши. Жорий кундаги жадвал автоматик кўринади ва жорий дарс ҳам ажралиб туради.
👍2❤1
Ўқитувчининг дарс жадвали мобил қурилмада шундай очилади.
👍4❤1
🔐 ProRector: dars jadvallari endi parol bilan himoyalanadi!

Havolani bilgan har kim jadvalni ko‘ra olmasligi uchun yangi imkoniyat qo‘shdik.

✅ Har bir sinf uchun alohida parol
✅ Har bir o‘qituvchi uchun alohida parol
✅ Umumiy jadvallar uchun ma’muriyat paroli

📌 Qanday ishlaydi?
1⃣ Zavuch «Havolalar» sahifasini ochadi (ProRector’da qo‘yilgan parol bilan).
2⃣ Har bir havola yonida shu havolaga mos parol ko‘rinadi.
3⃣ Parol tugmasini bossa, «havola + parol» nusxalanadi. Uni o‘quvchi yoki o‘qituvchiga yuborish yetarli.

👤 Sinf paroli bilan kirgan faqat o‘z sinfining jadvalini ko‘radi. O‘qituvchi esa faqat o‘z jadvalini.

🌐 prorector.uz
👍3❤2
​🚀 ProRector 2026 — Yangi imkoniyat: «Yaxshilash» tugmasi!
​Endi tuzilgan dars jadvalini birgina tugma orqali yanada mukammal ko'rinishga keltirishingiz mumkin.
​⚡️ «Yaxshilash» tugmasi qanday ishlaydi?
Hisoblash jarayoni kompyuteringizning barcha protsessor yadrolarida parallel ravishda ishlaydi va har bir protsessor yadrosi 50 000 000 tagacha variantni bir zumda qarab chiqib, eng maqbulini tanlaydi! Bor-yo'g'i 1 daqiqa vaqtingiz ketadi.
​✅ Tugma bosilgach, nimalar yaxshilanadi?
• O'qituvchilar darchalari (bo'sh soatlari) imkon qadar kamaytiriladi;
• Sinflarda bo'sh soat qolmaydi — darslar kun boshidanoq ketma-ket boshlanadi;
• Juft darslar har doim ketma-ket joylashtiriladi;
• 1 va 2-hafta darslari to'g'ri o'zaro juftlanadi;
• Har bir fan sinfga kuniga bittadan, haftalik kunlarga teng taqsimlanadi;
• Og'ir fanlar bir kunga to'planib qolmaydi va kun oxiriga tushmaydi;
• Sinf yuklamasi haftaga teng bo'linadi (shanba kuni biroz yengillashtiriladi);
• Parallel sinflarda bir xil fanlar bir kunda o'tiladi;
• O'qituvchining faqat 1 soat dars uchun maktabga kelish hollari bartaraf etiladi;
• Metod kunlariga dars qo'yilmaydi;
• Binolar orasidagi o'tishlarda 1–2 soat vaqt qoldiriladi (kuniga 2 tadan ortiq binoga borilmaydi);
• Avval joylashmay qolgan darslar ham imkon qadar optimal joylashtiriladi.
​📊 Tushunarli va batafsil hisobot
Ish yakunida qulay hisobot sahifasi shakllanadi:
— «Oldin va Keyin» ko'rsatkichlari solishtirmasi;
— Darchasi qolgan o'qituvchilar ro'yxati;
— Har bir sinf va o'qituvchining rangli haftalik jadvali;
— Agar biror dars joylashmay qolgan bo'lsa — buning aniq sababi ko'rsatiladi.
​🌍 33 ta tilda hisobot — hisobot dasturda tanlangan tilda tayyorlanadi.
🔒 Kafolatlangan cheklovlar — qulflangan darslar, ish vaqti cheklovlari va o'qituvchilarning kunlik dars me'yorlari o'zgarmasdan saqlanadi.
​📲 Yangilanishni hoziroq o'rnating va «Yaxshilash» tugmasi imkoniyatidan bahramand bo'ling!
​🌐 Batafsil: www.prorector.uz
#ProRector #DarsJadvali #Yangilanish #EduTech
👍2
📅 ProRector — dars jadvalini bir necha daqiqada tuzing!

Har yili o'quv yili boshida zavuchlar dars jadvali ustida haftalab o'tirishadi: o'qituvchilar darchalari, sinflardagi bo'sh soatlar, ustma-ust tushgan darslar... ProRector bu ishni sizning o'rningizga bajaradi.

⚙️ DASTUR IMKONIYATLARI

1⃣ Dars taqsimotini Exceldan import qilish
Tayyor dars taqsimotini qaytadan kiritib o'tirmaysiz — Excel faylini yuklang, sinflar, fanlar va o'qituvchilar avtomatik o'qiladi.

2⃣ Dars jadvalini avtomatik tuzish
Dastur barcha sinf va o'qituvchilar uchun jadvalni o'zi tuzadi: to'qnashuvlar, ish vaqti cheklovlari, juft darslar va 1-/2-hafta darslari hisobga olinadi.

3⃣ Dars jadvalini yaxshilash — optimallashtirish
«Yaxshilash» tugmasi 1 daqiqada millionlab variantni tekshirib, eng yaxshisini tanlaydi:
• o'qituvchilar darchalari kamaytiriladi;
• sinflarda darcha qolmaydi, darslar kun boshidan boshlanadi;
• har bir fan kunlarga teng taqsimlanadi;
• og'ir fanlar bir kunga to'planmaydi;
• metod kuniga dars qo'yilmaydi;
• o'qituvchi binodan binoga o'tishiga vaqt qoldiriladi;
• joylanmay qolgan darslar ham joylashtiriladi.
Yakunda tushunarli hisobot ochiladi: nima yaxshilandi, qayerda muammo qoldi va uning sababi.

4⃣ Turli variantlarda chop etish — Excelga eksport
Sinflar, o'qituvchilar, xonalar bo'yicha yoki umumiy jadval — kerakli ko'rinishda chop eting yoki Excelga chiqaring.

5⃣ Jadvalni Telegram orqali yuborish
Sinf rahbarlari va o'qituvchilarga dars jadvali rasm hamda matn ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri Telegramga yuboriladi.

6⃣ Jadvalni prorector.uz saytiga joylash
Har bir sinf va o'qituvchi uchun alohida web sahifa avtomatik yaratiladi. O'quvchi ham, ota-ona ham jadvalni telefonidan istalgan vaqtda ko'ra oladi.

🏫 QANDAY MAKTABLAR UCHUN MOS?

✅ Bir yoki ikki smenada o'qiydigan maktablar
✅ Filiali yoki bir nechta binosi bor maktablar
✅ Parallel sinflarga bir xil darslar o'tiladigan maktablar
✅ Darslari guruhlarga bo'linadigan maktablar (chet tili, informatika, mehnat)
✅ Ikki haftada bir o'tiladigan darslari bor maktablar
✅ Xususiy va davlat maktablari, IDUM va litseylar

Qisqasi — barcha maktablar uchun!

🌍 Dastur 33 ta tilda ishlaydi.

🌐 prorector.uz
📢 @prorectorchannel

#ProRector #DarsJadvali #Maktab #Zavuch
🔥1
❤1
❤2👍1
Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar!

Shu kunlarda ProRector dasturida ancha-muncha o'zgarish-yangilanishlar bo'ldi! Yangi versiyani ishlatib ko'rdilaringmi? Fikr-mulaxazalringizni hamda takliflaringizni kutib qolamiz!
ProRector dasturining eMaktab bilan integrasiyasi boshlandi. Nasib qilsa tez orada natijasini eʼlon qilamiz.
👍25🥰1
ProRector dasturi endi eMaktab.uz ga dars jadvalni eksport qiladi!
👍8
🚀 ProRector 2026: dars jadvali endi eMaktab’ga bir tugma bilan!

Yuzlab darslarni eMaktab’ga qo’lda kiritib, vaqt sarflashga endi hojat yo’q. ProRector’da tuzilgan jadval eMaktab’ga avtomatik ko’chiriladi.

Qanday ishlaydi:
1️⃣ Kiring. ProRector ichidagi oynada eMaktab’ga o’z login va parolingiz bilan kirasiz.
2️⃣ Moslang. Sinf, fan, o’qituvchi va xonalar avtomatik moslanadi. Qolganini qidiruv bilan bir zumda tanlaysiz.
3️⃣ Yuklang. Chorak va haftani (toq yoki juft) tanlaysiz. Har bir sinf uchun eMaktab’da yangi sxema yaratiladi.

Imkoniyatlar:
✅ 2-smena va bo’lingan guruhlar to’g’ri o’tadi
✅ Toq va juft hafta: “1-chorak toq hafta”, “1-chorak juft hafta”
✅ Moslanmagan fan yoki guruh yuklashdan oldin ko’rsatiladi
✅ 7 tilda ishlaydi: o’zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq, qozoq, qirg’iz, tojik

🔒 Xavfsiz:
Parolingiz ProRector’da saqlanmaydi, kirishni o’zingiz qilasiz.
eMaktab’dagi joriy jadval o’zgartirilmaydi. Yangi, nashr qilinmagan sxema yaratiladi, uni tekshirib o’zingiz nashr qilasiz.
📊 Sinov maktabida 29 sinfning 986 ta darsidan 984 tasi avtomatik kiritildi.
📥 Yangi versiyani yuklab oling: prorector.uz
ℹ️ Integratsiya eMaktab’ning rasmiy xizmati emas. ProRector sizning hisobingiz orqali, xuddi siz kabi ishlaydi.

https://prorector.uz

#ProRector #eMaktab #darsjadvali #maktab
👍10❤1