Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvi boshlandi.
Tadbirda milliy adabiyotimiz, madaniyat va sanʼatimiz faxri bo‘lgan shoir va yozuvchilar, aktyor, dramaturg va rejissyorlar, qoʻshiqchi, sozanda va kompozitorlar, rassom, haykaltarosh va hunarmandlar, sanʼatshunos olimlar ishtirok etmoqda.
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X

“Davlatni iqtisod ko‘taradi, qonun boshqaradi, armiya himoya qiladi. Lekin qaysi mamlakat adabiyot va madaniyatga eʼtibor bersa, kelajagi mustahkam bo‘ladi. Qaysi jamiyat ijod va sanʼatni qadrlasa, o‘sha xalqning maʼnaviy immuniteti kuchli boʻladi.
Bitta yaxshi asar, taʼsirchan qoʻshiq millatning ruhini ko‘taradi, birgina spektakl jamiyatning tafakkurini uyg‘otadi, kinodagi bir obraz butun avlodning qarashini o‘zgartiradi”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X
Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik davomida ko‘plab ijodkorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi, madaniyat va san’at obyektlari joyiga borib ko‘rildi.
Davlatimiz rahbari mazkur muloqotning maqsadi sohadagi muammolarga yechim topish hamda adabiyot, madaniyat, san’at va kreativ iqtisodiyotda yangi muhit yaratadigan katta tashabbuslarni boshlab berishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Sohada iste’dodlarni yuzaga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tizim joriy qilinishi qayd etildi. Jumladan, teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy cholg‘u, tasviriy va amaliy san’at kabi 21 ta yo‘nalish bo‘yicha ijodiy birlashmalar tashkil etiladi.
Ijodiy birlashmalarga bir tomondan ustoz ijodkorlar, ikkinchi tomondan esa vazirlar va kompaniya rahbarlari hamrais bo‘ladi.
Bu jarayonda o‘z maktabini yaratgan san’atkorlarimiz yoshlarga kasb sirlari va sahna madaniyatini o‘rgatadi.
Vazirlar va kompaniya rahbarlari esa eng quyi pog‘onaga tushib, tumanlardagi musiqa maktablari va badiiy jamoalar bilan uchrashib, ularning muammolariga yechim topadi. Yoshlarning ijodiga yangi nafas olib kirish uchun har bir ijodiy birlashma kesimida mahalla – tuman – viloyat – respublika tanlovlarini tashkil qiladi. G‘olib va sovrindorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ularni gastrol safarlari, festivallar va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi.

Har yili “Milliy ijodkorlar qurultoyi” o‘tkaziladi. Bu 21 ta ijodiy birlashmaning o‘ziga xos yillik hisoboti bo‘ladi.
Qurultoyda birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ijodkorlarining badiiy kechasi tashkil qilinadi va ular munosib taqdirlanadi.
Misol uchun, musiqa sohasida kamida 10 ta qo‘shiq yoki musiqa yaratgan, xalq artisti, xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan yoki xalqaro tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan, asarlari mamlakat va xalqaro sahnalarda ijro etilayotgan qo‘shiqchi, sozanda va kompozitorlar; adabiyot sohasida yuqori darajada e’tirof etilgan badiiy kitob muallifi bo‘lgan, yaratgan asari 50 ming nusxadan ziyod chop etilgan, ijod mahsuli teatr va kinoda sahnalashtirilgan, she’rlari “xit” qo‘shiqqa aylangan shoir, yozuvchi va dramaturglar taqdirlanadi.
Ularga yil davomida har oyda 5 million so‘mdan qalam haqi beriladi, O‘zbekiston bo‘ylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi. Ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida davolanish xarajati to‘liq budjetdan qoplanadi. Ularning mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi.
Prezidentimiz sovrindorlar keyingi yili ham ijodini to‘xtatmay yangi natijalar qilsa, yuqoridagi imtiyozlarni olishda davom etishi haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Yosh iste’dodlar, ularning ustozlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan boshlab respublika tanlovi g‘oliblariga 100 million so‘m, nufuzli xalqaro tanlov sovrindorlariga esa 300 million so‘mgacha mukofot beriladi va ishtirok etish xarajatlari to‘liq qoplanadi. Ularning ustoz va murabbiylarining oylik maoshiga 100 foizgacha ustama to‘lanadi.
Bunday imtiyoz va yengilliklar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etiladi.
Har yili 100 nafar yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat-san’at dargohlarida ta’lim olishi yo‘lga qo‘yiladi.
Yurtimizdagi yosh iste’dodlarni aniqlab, yuzaga chiqaradigan, prodyuserlarni qo‘llab-quvvatlaydigan biznes loyihalarini ko‘paytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etiladi va yiliga 200 milliard so‘m beriladi.

Adabiyot, madaniyat va san’at sohasida yaratilgan har bir mahsulot – ijodkorning intellektual mulki.
Lekin uni himoya qilish borasidagi ishlar ahvolidan ijodkorlar mutlaqo norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt juda tez rivojlanyapti. Har bir asarning raqamli izini yaratib, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligi qayd etildi.
Mutasaddilarga mazkur masalaga aniq yechim topish va ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim qilish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Lekin uni himoya qilish borasidagi ishlar ahvolidan ijodkorlar mutlaqo norozi ekani ko‘rsatib o‘tildi.
“Har bir badiiy asar, musiqa, qo‘shiq muallifga daromad keltirishi kerak. Lekin mualliflik huquqi to‘liq himoya qilinmas ekan, ijod mahsulidan noqonuniy foydalanish va tarqatish holatlari to‘xtamaydi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Raqamli texnologiya va sun’iy intellekt juda tez rivojlanyapti. Har bir asarning raqamli izini yaratib, bu orqali ijodkorlar huquqini kafolatli himoya qilish mumkinligi qayd etildi.
Mutasaddilarga mazkur masalaga aniq yechim topish va ijodkorlar rozi bo‘ladigan tizim qilish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Adabiyot sohasi vakillari uchun munosib ijodiy muhit, sharoit yaratish va rag‘batlantirish bo‘yicha ham yangi imkoniyatlar taqdim etiladi.
Shoir va yozuvchilarga yiliga kamida 50 ta eng sara asar uchun ijodiy buyurtma berish yo‘lga qo‘yiladi. Har yili o‘zbek adabiyotining eng yaxshi 10 ta asari xorijiy tillarga tarjima qilinadi va mualliflar ishtirokida chet ellarda taqdimotlar o‘tkaziladi.
Bundan buyon Yozuvchilar uyushmasi tavsiyasi asosida chop etiladigan kitoblarning qog‘oz bilan bog‘liq xarajati davlat tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, yosh iste’dodlarning she’riyat bilan san’atni uyg‘unlashtirgan she’riy konsertlar tashkil etish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu yo‘nalishda taqdim etiladigan eng sara 100 ta loyiha davlat hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘n kun avval Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Bu harakatga yoshlarni keng jalb qilish uchun joylarda kitob do‘konlari, kutubxona va “buk-kafe”lar yanada ko‘paytiriladi.
Har bir viloyat hokimiga yil yakunigacha chekka va olis hududlardagi 50 tadan 100 tagacha mahallada namunali mahalla kutubxonasi va kitob do‘konlarini tashkil qilish topshirildi.

Endilikda har yili 1 ming nafar shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at vakillari, muzey xodimi va rassomlarga uy-joy olish uchun ipoteka krediti dastlabki to‘lovining 50 foizi qoplab beriladi.
Ijodiy tashkilotlar, madaniyat va san’at muassasalariga boshqa hududdan kelib ishlayotgan soha vakillari ham ko‘p. Bugundan boshlab ularga uy-joy ijarasi uchun Toshkent shahrida oyiga 2,5 million so‘mgacha, viloyatlarda 1 million 600 ming so‘mgacha xarajatini qoplab berish yo‘lga qo‘yiladi.
Har yili faoliyatida yaxshi natijaga erishgan 1 ming nafar soha xodimi davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan bepul davolanadi. Yana 2 ming nafar ijodkorga davlat tomonidan tibbiy sug‘urta paketi taqdim etiladi. Kamida 10 yil ishlagan xodimlarga sanatoriylariga bepul yo‘llanma beriladi.
15-iyundan xalq artisti, xalq shoiri, xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvonga ega ijodkorlarning aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanishi ta’minlanadi.

Ashula va raqs ansambllarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan boshlab ulardagi barcha xodimlarning ish haqi 2 karra oshiriladi.
Raqs ustalariga pensiya uchun talab etiladigan raqs staji 20 yildan 15 yilga qisqartirilib, qolgan 5 yilini baletmeyster, repetitor va pedagog sifatida davom ettirishiga ruxsat beriladi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda qurilishi boshlangan Maqom markazi yonida zamonaviy va muhtasham Raqs saroyini barpo etishni taklif qildi. Mutasaddilarga raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.
Kompozitor va bastakorlar faoliyatini moliyalashtirish, ularni moddiy rag‘batlantirish tizimi ham to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Har yili ularga opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar bo‘yicha kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun davlat buyurtmasi berib boriladi.
Aeroport, vokzal, metro, park, yirik savdo-servis obyektlari, kafe va restoranlarda milliy kuy va qo‘shiqlarimiz doim yangrab turishi kerakligi ta’kidlandi.

“Jamiyatimiz taraqqiyotida juda muhim bo‘lgan bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti. Sahna asarlari bor, lekin kuchli ta’siri yo‘q. Qo‘shiqda ovoz bor, lekin xalqning o‘tkir nafasi sezilmayapti. Kinoda harakat bor, lekin xalqning dardi, g‘ururi va xarakteri ko‘rinmayapti. Ba’zi asarlarda shakl bor, lekin katta g‘oya yo‘q. Milliy o‘zligimiz va ruhiyatimizni ifodalash uchun ijod va san’atdan ta’sirliroq va kuchliroq vosita yo‘q, desam fikrimga qo‘shilasizlar.
Shu bois, bizga milliy ruhni uyg‘otadigan san’at kerak, xalqni ilhomlantiradigan adabiyot kerak, yoshlarga faxr va iftixor beradigan kino kerak, qalblarni junbishga keltiradigan musiqa kerak, odamning o‘zini anglashga undaydigan teatr kerak”,
– dedi Prezidentimiz.
Xalqimiz ko‘nglida Vatanga muhabbat, millatga sadoqat ruhini uyg‘otadigan, katta-katta islohotlarimizni odamlarga yetkazib beradigan qasida, qo‘shiq va romanlar, spektakl va filmlar yaratadigan ijodkorlar ko‘pligiga ishonch bildirildi.
Shu bois, har yili mazkur yo‘nalishda ham tanlovlar o‘tkazib boriladi. Gran-pri sohiblarining ijodini yanada qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratiladi.
Facebook|Instagram|X
Hozirgi kunda muloqot qilish, axborot olish elektron platformalarga ko‘chmoqda.
Shunday sharoitda internetdagi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish uchun ijodkor-ziyolilarning raqamli maydondagi ovozi balandroq yangrashi kerakligi ta’kidlandi.
– dedi Prezidentimiz.
El-yurtda katta hurmat va e’tibor qozongan ziyolilarimiz bu ishlarga o‘zlari bosh-qosh bo‘lib, butun xalqimizni “Men O‘zbekiston farzandiman!” degan ezgu g‘oya atrofida birlashtirishiga ishonch bildirildi.

“Shu bois, yangi tashkil qilinayotgan 21 ta ijodiy birlashma puxta tayyorgarlik ko‘rib, yiliga kamida 4 marta tanlovlar o‘tkazsa, hozir juda dolzarb bo‘lgan mahalla va jamiyatdagi birdamlik, oilani mustahkamlash, halol mehnatni ulug‘lash, tabiatni asrash, atrof-muhitni toza saqlash, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, isrofgarchilikning oldini olish, eng asosiysi, odamlar qalbida shukronalik, islohotlarga daxldorlik, milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirish kabi mavzularda ta’sirchan asarlarni ko‘paytirsalar, ulardan minnatdor bo‘lardim”,
– dedi Prezidentimiz.
El-yurtda katta hurmat va e’tibor qozongan ziyolilarimiz bu ishlarga o‘zlari bosh-qosh bo‘lib, butun xalqimizni “Men O‘zbekiston farzandiman!” degan ezgu g‘oya atrofida birlashtirishiga ishonch bildirildi.
Facebook|Instagram|X
Aholining madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish, yoshlarda ijodga mehr uyg‘otish uchun san’atkor va muxlis o‘rtasida jonli muloqotni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
Har yili 500 ming o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabalarga, 100 ming ehtiyojmand oila va nogironligi bor bolalarga teatr, kino va konsertga bepul vaucher taqdim etiladi.
Bundan tashqari, 1-iyuldan har bir tuman va mahallada konsert-tomosha o‘tkazish xarajatining 20 foizgacha qismi budjetdan qoplab beriladi.
Shuningdek, konsert-tomosha, xususiy teatr, kinematografiya, bolalar kontenti faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar, madaniyat-san’at yo‘nalishidagi xususiy ta’lim tashkilotlari qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma, yer, mulk va daromad soliqlaridan ozod qilinadi.
Tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning adabiyot, madaniyat va san’atni rivojlantirish maqsadida yo‘naltirgan homiylik mablag‘lari ham soliqqa tortilmaydi.
Endi viloyat hokimliklari huzurida alohida direksiya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Direksiyalar konsert, teatr, madaniyat saroylari zallarini to‘liq ishlatish, har kuni madaniy tadbirlar tashkil qilishga mas’ul bo‘ladi.
Konsert-tomosha tashkilotchilarida bunday ommaviy tadbirlarni tinch-osoyishta va tartibli o‘tkazish bo‘yicha e’tirozlar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Mas’ul idoralar ommaviy-madaniy tadbirlar davlatnikimi, xususiy bo‘ladimi, barchasini xavfsiz va tartibli o‘tkazishga javobgar ekani qayd etildi.

Poytaxtning bir qator teatrlaridagi holat o‘rganilgach, Milliy qo‘g‘irchoq teatri, Muqimiy nomidagi akademik teatr va Yoshlar teatriga zamonaviy qiyofa olib kirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
O‘tgan yili Alisher Navoiy teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilgani o‘zini oqladi. Endi mazkur tajriba ommalashtirilib, shu yilning o‘zida Muqimiy, Berdaq va Milliy qo‘g‘irchoq teatrlariga shunday imkoniyat beriladi.
Mutasaddilarga qolgan madaniyat obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ikki yillik dasturni kiritish topshirildi.
Xususiy teatrlar qo‘llab-quvvatlansa, sohada sog‘lom ijodiy raqobat muhiti paydo bo‘ladi. Shuning uchun 1-sentabrdan boshlab xususiy teatrlar va teatr-studiyalariga har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajati davlat tomonidan qoplab beriladi, davlat madaniyat obyektlari bepul foydalanish uchun ajratiladi, xususiy binoni ijaraga olsa, oyiga 20 million so‘mgacha xarajati budjetdan qoplanadi.
Davlat va xususiy teatrlarga yana bir yangilik e’lon qilindi.
Endilikda ular spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga budjetdan qo‘shimcha 10 ming so‘mdan gonorar oladi. Ya’ni mingta bilet sotsa, teatrga qo‘shimcha 10 million so‘m beriladi. Agar ijodkorlar sahna asarini hududlarga chiqib namoyish qilsa, gonorar miqdori 20 ming so‘mdan bo‘ladi.

Kino – millatning tarixi, buguni va ertasini bitta ekranda aks ettiradigan sanʼat.
Yaqinda buxorolik yosh kino ijodkorlar Suxrob Qodirov va Dilshod Usmonovning “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” nomli qisqa metrajli filmi Fransiyaning Kann shahridagi inklyuziv filmlar xalqaro festivalida Gran-pri sohibi bo‘ldi.
Ularga ijodini davom ettirish uchun 1 milliard so‘m miqdorida vaucher beriladi.
– dedi Prezidentimiz.
“O‘zbekfilm”ga milliy maqom berilib, mahalliy va xalqaro kinoindustriyaga xizmat ko‘rsatadigan markaziy kinokonsernga aylantiriladi.
Milliy filmlarimizni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida global kino platformalari bilan hamkorlik kuchaytiriladi.

“Bizga har yili xalqaro festivallar darajasida eʼtirof etiladigan turli mavzulardagi kamida 5-10 ta sifatli filmlar kerak. Bugun xalqimiz sizlardan hayotiy kinofilmlar, seriallar va ommabop hujjatli asarlarni kutyapti”,
– dedi Prezidentimiz.
“O‘zbekfilm”ga milliy maqom berilib, mahalliy va xalqaro kinoindustriyaga xizmat ko‘rsatadigan markaziy kinokonsernga aylantiriladi.
Milliy filmlarimizni xalqaro bozorlarga olib chiqish maqsadida global kino platformalari bilan hamkorlik kuchaytiriladi.
Facebook|Instagram|X
Shu yilning 1-sentabridan davlat buyurtmasi asosida kino yaratishda targ‘ibot va reklama xarajati uchun film budjetining 30 foizigacha mablag‘ ajratiladi, xarid shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazish talabi bekor qilinadi. Shuningdek, xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bog‘liq faoliyati soliqlardan ozod qilinadi.
Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablag‘ning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qo‘shimcha rag‘bat sifatida beriladi.
O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan “Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida har yili 5 milliard so‘mdan ajratiladi.
Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar haligacha eskicha boshqaruv va samarasiz nazorat tizimidan voz kecha olmayotgani qayd etildi. Shu bois, sohada ijodiy erkinlik va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida ushbu komissiya va kengashlar faoliyati butunlay tugatiladi.
Endi kinoning har bir janri va mavzusidan kelib chiqib, o‘sha soha mutaxassislaridan iborat haq to‘lanadigan ekspert guruhlari tashkil qilinadi.
Bunda O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislar ekspert guruhlari tarkibiga kiritiladi. Mutasaddilarga kino sohasida zamonaviy va shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Yaqin yillarda madaniyat va san’atda qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirish orqali kreativ iqtisodiyotni 145 trillion so‘mga yetkazish reja qilingan.
Shu maqsadda sohaning huquqiy asosi yaratildi, Kreativ industriya parki rezidentlariga alohida soliq rejimi joriy etildi. Shayxontohur tumani va Nukus shahrida yirik kreativ parklar qurilishi boshlandi. Toshkent shahrida sentabrda ishga tushiriladigan Zamonaviy san’at markazi ham yoshlarimiz uchun ijod maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy mahsulotlarimizda zamonaviy dizayn elementlarini ko‘paytirish uchun hunarmandlarni tez-tez xalqaro ko‘rgazmalarga olib borish kerakligi ta’kidlandi. Nufuzli dizaynerlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dastur qilinib, Yevropa, AQSh, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlarida bunday ko‘rgazmalar ko‘paytiriladi.
– dedi Prezidentimiz.
Misol uchun, Namanganda 24-may kuni boshlangan Gullar festivaliga hozirgacha 1,5 million nafar sayyoh tashrif buyurdi, ushbu tadbir “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi.
Mutasaddilarga har bir hududda mana shunday nufuzli tadbirlarni yil davomida tashkil qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

“Bugun O‘zbekiston barcha sohada dunyoga chiqyapti, dunyo bizga kelyapti. Madaniyat va san’at ham xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan ko‘prik”,
– dedi Prezidentimiz.
Misol uchun, Namanganda 24-may kuni boshlangan Gullar festivaliga hozirgacha 1,5 million nafar sayyoh tashrif buyurdi, ushbu tadbir “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi.
Mutasaddilarga har bir hududda mana shunday nufuzli tadbirlarni yil davomida tashkil qilish bo‘yicha dastur ishlab chiqib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz madaniyat va san’at sohasida ta’lim tizimini takomillashtirish masalasiga to‘xtaldi.
Bu borada, avvalo, umumta’lim maktablarida musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari “art” o‘quv dasturi asosida takomillashtirilishi belgilandi.
Ushbu yo‘nalish bolani kreativ fikrlash, jamoaviy ishlashga o‘rgatadi, unda estetik did, emotsional intellekt va innovatsion tafakkurni shakllantiradi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir viloyatdagi 10 tadan umumta’lim maktabida tajriba tarzida art yo‘nalishini joriy qilish topshirildi.
Bunda 1-4-sinfda bolalar rasm, musiqa va o‘yinlar orqali ijodga, madaniyat va san’atga qiziqtiriladi, 5-7-sinf o‘quvchilariga ijodiy jamoada ishlash va o‘z fikrini erkin ifoda etish, 8-9-sinflarda dizayn, grafika va sun’iy intellekt orqali kreativ loyihalarni ishlab chiqish, 10-11-sinflarda ushbu loyihalarni tayyor mahsulotga aylantirish o‘rgatiladi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va sanʼat maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumtaʼlim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
Endi umumtaʼlim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi.
Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Musiqa va sanʼat maktablarining ijodiy jamoalari umumtaʼlim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini oʻtkazib borishi zarurligi qayd etildi.
Har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishida umumtaʼlim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan grant beriladi.
Shuningdek, respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va sanʼat oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi.

“Mening niyatim – har bir xonadonga musiqa cholg‘usi kirib borsin, har bir o‘g‘il-qizimiz musiqa chalishni o‘rgansin. Chunki san’atni, musiqani sevgan bolaning qalbi toza, tafakkuri keng bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Mutasaddilarga har bir umumta’lim maktabida musiqa va san’at yo‘nalishida kamida 4 tadan to‘garak tashkil qilish topshirildi. Milliy cholg‘u sotib olgan to‘garaklarning 30 foiz xarajati qoplab beriladi.
“Biz ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash haqida gapirganda, imkoniyati cheklangan yoshlarimizni ham unutmasligimiz lozim”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Buning uchun yangi o‘quv yilidan hududlarda “Inklyuziv ijodiy ustaxonalar” tashkil qilinadi. Inklyuziv ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga darsliklar, ijod uchun zarur anjomlar xaridi uchun har yili 30 milliard so‘mdan ajratib boriladi.
Madaniyat va san’at sohalari uchun kadr tayyorlash o‘ziga xos ijodiy xususiyatlarga asoslanib tashkil etilishi kerak. Shu bois, yangi o‘quv yilidan ixtisoslashgan maktablarga o‘quvchilar musiqa yo‘nalishida 5-sinfdan, raqs, teatr, san’at bo‘yicha 9-sinfdan qabul qilinadi.
Kasbiy ta’lim agentligi tasarrufidagi “Musiqa va san’at”, “Estrada va sirk” texnikumlari Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ularga oliy maktab maqomi beriladi.
Facebook|Instagram|X
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektori har bir talaba bilan ishlab, ularning shaxsiy brendini yaratish, ijodiy mahsulotini sotish, hamkor topishga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda ustoz ijodkorlar yoshlarni o‘zining konsert, teatr va tomoshalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratib, ularni katta sahnada tayyorlab boradi.
Buning uchun ushbu ustozlarga oliygoh professor-o‘qituvchisiga teng miqdorda haq to‘lanadi. Taniqli ijodkorlar oliygohda dars beradigan bo‘lsa, oyligiga 50 foiz ustama to‘lanadi.
Yangi o‘quv yilidan ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya”, “Loyihalarni tijoratlashtirish” singari zamonaviy mavzular kiritiladi. Kinoindustriya, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yo‘nalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-o‘qituvchi olib kelinadi.
Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m beriladi.
Hozir madaniyat va san’at sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha yaxlit tizim yo‘qligi bois, Konservatoriya huzuridagi markaz hamda San’at va madaniyat institutidagi markaz negizida Madaniyat vazirligida soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinadi.
Ayni paytda davlatimiz rahbari uchrashuvda ishtirok etayotgan soha namoyandalari bilan muloqot qilmoqda.

“Bu yil ko‘p millatli xalqimiz bilan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini katta bayram qilamiz.
Ko‘rib turibsizlar, dunyoda qanday tahlikali holat, qarama-qarshilik va nizolar ro‘y beryapti. Bunday vaziyatda biz uchun milliy birlik va hamjihatlik har qachongidan ham muhim.
Ishonchim komil, bu borada sizlar eng oldingi safda turib, chinakam vatanparvarlik, millatga sadoqat va fidoyilik fazilatlaringiz bilan yoshlarimizga, butun xalqimizga namuna bo‘lasizlar.
Yaratganning o‘zi yurtimizni panohida asrasin, boshlagan ezgu ishlarimizda madadkor bo‘lsin!”,
– dedi Prezidentimiz muloqot yakunida.
Uchrashuv davomida soha vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Facebook|Instagram|X
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkiga tashrif buyurib, bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishadi hamda kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит химико-индустриальный технопарк «Чирчик», где ознакомится с деятельностью ряда предприятий и проведет видеоселекторное совещание по вопросам ускоренного развития химической промышленности и реализации инвестиционных проектов в регионах.