Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
147K subscribers
5.9K photos
1K videos
4.41K links
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ

Instagram: instagram.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
Download Telegram
Bugun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining bosh nashri – “Ishonch” gazetasining 35 yilligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari nashrlari transformatsiya sharoitida – konvergensiya sari yo‘l” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ochilishida “Ishonch” va “Ishonch – Доверие” gazetalarining doimo zamon bilan hamqadam bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan, boy tajriba maktabi va mustahkam ijodiy an’analarga ega ko‘p millatli ahil jamoasini ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy qutladim. Shu bilan birga, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan strategik yo‘lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, ortga qaytmas islohotlar natijalarini xalqimiz va jahon jamoatchiligiga xolis va haqqoniy yetkazishda ushbu nashrlar alohida jonbozlik ko‘rsatayotganini ta’kidladim.

Konferensiyada kasaba uyushmalari nashrlarining bugungi transformatsiya jarayonlari, mediakonvergensiya sharoitida bosma va raqamli platformalar uyg‘unligi, ijtimoiy adolatni ta’minlash va mehnat huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni kabi masalalar atroflicha muhokama qilinmoqda. E’tiborlisi, O‘zbekiston bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Turkiyaning bu boradagi tajribasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar ham tinglanmoqda.

Shu bilan birga, butun milliy jurnalistikamizga daxldor bo‘lgan g‘oyat muhim mavzular ko‘tarilgan. Xususan, mediamahsulotlarni monetizatsiya qilish modellari, ijtimoiy tarmoqlarda mediastrategiya yuritish, jurnalistikada sun’iy intellektdan foydalanish, raqamli kontent yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish, videojurnalistika va multimedia formatlarining bosma ommaviy axborot vositalari uchun yangi imkoniyatlari haqida bildirilayotgan ilmiy va amaliy fikr-mulohazalar bugun bunday anjumanlar butun matbuotimiz uchun nihoyatda zarur ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan tadbirning barcha tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

“Ishonch” gazetasi jamoasini 35 yillik qutlug‘ sana bilan yana bir bor tabriklab, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.

Сегодня принял участие в международной научно-практической конференции, организованной по случаю 35-летия главного издания Федерации профсоюзов Узбекистана – газеты «Ishonch».

На открытии форума сердечно поздравил многонациональный сплоченный коллектив газет «Ishonch» и «Ishonch – Доверие», который всегда идет в ногу со временем, обладает богатой профессиональной школой и прочными творческими традициями, с этой знаменательной датой. Эти издания проявляют особую преданность делу в объективном и достоверном донесении до нашего народа и мировой общественности сути и значения стратегического курса, направленного на строительство Нового Узбекистана под руководством Президента Шавката Мирзиёева, а также результатов необратимых реформ.

На конференции подробно обсуждаются такие вопросы, как современные процессы трансформации профсоюзных изданий, взаимодействие печатных и цифровых платформ в условиях медиаконвергенции, роль средств массовой информации в обеспечении социальной справедливости и защите трудовых прав. Примечательно, что своим опытом делятся также эксперты из Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Азербайджана и Турции.

Наряду с этим поднимаются и исключительно важные темы, имеющие значение для всей национальной журналистики. Речь идет о моделях монетизации медиапродуктов, выстраивании медиастратегии в социальных сетях, использовании искусственного интеллекта в журналистике, развитии навыков создания цифрового контента, а также о новых возможностях видеожурналистики и мультимедийных форматов для печатных средств массовой информации. Высказанные на конференции научные и практические соображения еще раз подтверждают, что такие форумы сегодня крайне необходимы всей нашей прессе. В этой связи выражаю искреннюю признательность всем организаторам мероприятия.

Еще раз сердечно поздравляю коллектив газеты «Ishonch» с 35-летним юбилеем и желаю конференции успешной работы.

Facebook|
Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:

- O‘zbekiston yetakchisi Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start berdi;
- Prezidentimiz “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novays bilan uchrashdi;
- “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”


Ko‘rsatuvni bugun, 4-aprel kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ertaga, 5-aprel kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Facebook|
Instagram|X
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrobog‘ barpo etilishini boshlab berdi. Davlatimiz rahbari "BMT Turizm" bosh kotibini qabul qildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarni takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya baǵınıń qurılısın baslap berdi. Mámleketimiz basshısı "BMSh Turizm" bas xatkerin qabılladı. Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalardı jetilistiriw ilajları dodalandı.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев дал старт созданию Национального дендропарка. Глава государства принял генерального секретаря «ООН Туризм». Обсуждены меры по совершенствованию высшего образования, науки и инноваций.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev launched the establishment of the National Dendrological Park. The Head of State received UN Tourism Secretary-General. Measures to enhance higher education, science, and innovation were discussed.

Facebook|
Instagram|X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сфере физической культуры и спорта.

Facebook|
Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch,

– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

Facebook|
Instagram|X
Hozirda olimpiya sport turlari bo‘yicha 26 ta federatsiyaning har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari boshchilik qilmoqda. O‘tgan yili viloyat hokimlari joylarda olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident vakili etib belgilandi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, soha mutasaddilari, hokimlar, 26 ta federatsiya rahbari 207 ta oliygoh, 15 ta olimpiya va paralimpiya markazi, 310 ta sport maktabi, 16 ta sport internatiga borib, rahbarlari va jamoasiga chempion tayyorlash, olimpiadaga litsenziya olish bo‘yicha sharoit qilib berganida hozirgi yutuqlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.

Masalan, Zarbdor tumanida o‘tgan yili 23 ta mahalladagi 34 ming yosh ommaviy sportga jalb etildi. Tumanda 3 ta yangi sport zali qurilib, stol tennisi, taekvondo va voleybolga ixtisoslashdi. Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan birgalikda 2 ta usti yopiq futbol maydoni, fitness klubi tashkil qilindi.

Infratuzilma yaxshilangani uchun Zarbdor tumani ilk bor voleybol va stol tennisi bo‘yicha joriy yilgi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Yoki qashqadaryolik 14 nafar tadbirkor o‘z hisobidan ikki yilda maktab va mahallalarda 60 milliard so‘mlik sport inshootlari qurib berdi.

Qolgan tumanlarda aholini ommaviy sportga jalb qilish ishlari sustligi, hokimlarning musobaqalar o‘tkazish va umuman sportga befarqligi tanqid qilindi. Zarbdor tajribasini o‘rganish va barcha hududlarda joriy qilish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
Maktablarda sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.

Masalan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida to‘garaklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoki o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘onadagi maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talabni bajara olmagan.

Hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish, to‘garaklarga qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.

Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni topish o‘rniga haligacha o‘zi kelgan tayyor sportchi bilan ishlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari bo‘yicha poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoshni professional shug‘ullantirsa bo‘ladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.

Facebook|
Instagram|X
Yig‘ilishda ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga e’tiroz bildirildi.

Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.

Har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini o‘zgartirib, o‘sish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini o‘quvchisining natijasiga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish miqdoriga qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan alohida mukofotlashni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
Oliy ta’lim muassasalarida sport yo‘nalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi, federatsiyalar bilan hamkorlik, iqtidorli talabaga individual murabbiy biriktirish sustligi qayd etildi.

Ayrim oliygohlarda sport sohasi bo‘yicha yaxshi tajribalar bor. Masalan, Termiz davlat universiteti 4 ta klub tashkil qilib, 5 ming talabani 18 ta sport turiga qamrab oldi. Talabalar o‘tgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medal oldi. Oliygohning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa 1-ligada qatnashyapti.

Lekin Jizzax politexnika, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universitetlarida 70 foiz talaba jismoniy normativ topshira olmagan. Bu ulardagi klublar “nomiga” ishlayotganini anglatadi.

Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini o‘rgatish va sport bo‘yicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
O‘q otish bazasida sharoit yaratilgani uchun ushbu sport turida natija ko‘rinayotgani ta’kidlandi. Yaqinda Osiyo chempionatida o‘q otuvchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush medal oldi. Pnevmatikadan otishda Osiyo va jahon rekordini yangiladi.

Futbol, sport kurashlari, velosport, yengil atletika, suzishda ham o‘zgarish bo‘layotgani e’tirof etildi.

Yoshlar Osiyo o‘yinlarida yengil atletikada ilk bor 9 ta medal, suzishda dastlabki medal (bronza) qo‘lga kiritildi. Velosportchilarimiz Osiyoda kuchli uchtalikdan joy oldi. Sport kurashlarida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Jahon chempionatida oltin medalga erishildi.

Shu bilan birga, Jizzaxdagi 6 ta qilichbozlik bazasida shug‘ullanuvchilar 100 nafarga ham yetmasligi, trampolin va akrobatika bo‘yicha mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotgani, tennis, ot sporti bo‘yicha ham natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.

Dunyoda tennisga o‘xshash padel tennis, skvosh kabi zamonaviy o‘yinlar yoshlar orasida tez ommalashyapti. Lekin mutasaddilarda xususiy tadbirkorlarni jalb qilish orqali bunday sport turlarini tennis bilan uyg‘un rivojlantirib, yoshlarga qo‘shimcha sharoit yaratish bo‘yicha tashabbuskorlik yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|
Instagram|X
Federatsiyalarda hamkor va mablag‘ topish, tadbirkorlarni jalb qilish bo‘yicha tashabbus yo‘qligi qayd etildi.

Mamlakatimizda salohiyati katta tadbirkorlar yildan yilga ortib bormoqda, ular orasida sportga qiziqadigan, homiylik qilishga tayyor turganlari ancha.

Lekin birorta federatsiya tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha taklif kiritmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 26 ta federatsiyadagi bosh kotib va boshqaruv kadrlarining faoliyatini o‘rganib, lavozimiga loyiq bo‘lmaganlarini almashtirish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
Sportchilarni jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati bo‘yicha tekshiruvlar asosan xorijda o‘tkazilyapti. Federatsiyalar sport shifokori, farmakolog va dietologlarni yuqori maosh to‘lab, chetdan olib kelishga majbur bo‘lmoqda.

Sportchilardagi suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar bo‘yicha zamonaviy protokollar o‘zimizda joriy etilmayotgani, Travmatologiya, Kardiologiya, Terapiya markazlari federatsiyalar bilan hamkorlik qilmasligi bo‘yicha e’tiroz bildirildi.

Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi. Har oyda terma jamoa a’zolarining sog‘lig‘ini diagnostika qiladi, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchining jismoniy yuklamasini ilmiy tahlil qilib, murabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi.

Yangi o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot universitetida sport dietologi, fiziologiya, psixologiya bo‘yicha, Farmatsevtika institutida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Olimpiya shaharchasidagi Sport tibbiyoti ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanadi.

Shuningdek, mutasaddilarga sport mahsulotlarini mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
Prezidentimiz sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Endilikda mahallada ommaviy sport natijadorligi faqat qamrov bilan emas, balki aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga ham qarab baholanadi.

Har bir viloyatdagi bittadan tumanda “salomatlik balansi” shakllantiriladi. Sport vaziri A.Ikramov, Mahallalar uyushmasi raisi K.Kuranbayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyevaga sport bilan faol shug‘ullanuvchi aholi orasidan “sog‘lom hayot volontyorlari” korpusi shakllantirish topshirildi.

Ular mahallalarda sport va sog‘lom turmush tamoyillarini targ‘ib qiladi. Har bir tumandagi ushbu tizimda eng namunali bo‘lgan 10 tadan mahallaga bepul sport formasi va anjomlarini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Dunyoda maxsus jihoz va infratuzilma talab qilmaydigan intensiv sport mashg‘ulotlari, ya’ni kross-fit ommalashayotgani ta’kidlandi. 1-maygacha barcha maktab va texnikumlarda kross-fit bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilishi topshirildi. Kelgusi yildan kross-fit “Besh tashabbus” tizimiga kiritiladi.

Endilikda qaysi mahallada sportga qamrov oshib, aholining salomatligi yaxshilansa, yurak-qon tomir, diabet bilan kasallanish ko‘rsatkichi kamaysa, volontyor va mahalla raisiga yil yakuni bilan 15 million so‘mgacha mukofot beriladi. Ushbu mahallada ommaviy sportga mas’ul trenerga 200 foizgacha oylik ustama to‘lanadi.

Facebook|
Instagram|X
Har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan shug‘ullanishi uchun o‘zi namuna bo‘lib, sharoitlarni kengaytirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi. Agar sport zali bo‘lmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish, kamida 4 ta sport turi bo‘yicha yiliga 2 marta musobaqa tashkil qilib, g‘oliblarni taqdirlash topshirildi.

Joriy yildan boshlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida respublika birinchiliklari o‘tkazilishi belgilandi.

Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Tadbirkorlar o‘z ishchi-xodimlari uchun sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda solig‘i bazasidan chegiriladi, jalb qilingan trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.

Facebook|
Instagram|X
“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi.

Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi.

Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi.

Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.

Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.

Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|
Instagram|X