Iqlim o‘zgarishi va suv taqchilligi sharoitida Ispaniya qishloq xo‘jaligida katta yutuqlarga erishayotgani ta’kidlandi.
Masalan, Almeriya hududida 30 ming gektardan ziyod maydonda yaxlit issiqxonalar kompleksi tashkil qilingan bo‘lib, birgina soliq tushumining o‘zi 1,5 milliard yevroga teng. Eng muhimi, bu issiqxonalar quyosh energiyasida ishlaydi, gazdan foydalanmaydi.
Ispaniyadagi elchiga ushbu davlatning qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or tajriba va texnologiyalarini Surxondaryo va Qashqadaryoga olib kelish bo‘yicha dastur qilish topshirildi.
Niderlandiya qishloq xo‘jaligi eksporti bo‘yicha dunyodagi TOP-3 davlatlar qatoriga kiradi.
Issiqxonachilik yo‘nalishidagi 100 dan ortiq kompaniyalarni birlashtirgan “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga har yili butun dunyodan 40 mingdan ziyod mutaxassislar kelib malakasini oshiradi.
Belgiyadagi elchiga ushbu markazga kamida 100 nafar mahalliy mutaxassisni olib borib, issiqxona sohasidagi ilg‘or innovatsiya va tajribalarni o‘rganishni tashkil etish topshirildi.
Facebook|Instagram|X

Islohotlar natijasida so‘nggi yillarda yirik tadbirkorlar sinfi shakllandi.
Endi bunday tadbirkorlarga o‘z loyihalarini istiqbolli mamlakatlarda joylashtirishga ko‘maklashib, bu orqali yangi bozorlarga jadal kirib borish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Masalan, Qatar o‘zidagi erkin iqtisodiy zonalarda investorlar uchun jozibador soliq imtiyozlari joriy qilgan, elektr energiyasi, suv va boshqa kommunal xizmatlar xarajatining 20-30 foiziga subsidiya beryapti.
Agar Qatardagi sanoat zonalarida o‘zimizni mahalliy korxonalarni ishlab chiqarishini tashkil qilsak, ushbu davlat orqali 60 million aholisi bo‘lgan Ko‘rfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi.
Qatardagi elchi va boshqa mutasaddilarga bu borada mahalliy korxonalar bilan ishlab, loyihalarni boshlash topshirildi.

Misr tajribasi asosida Kitob tumanida 5 gektardan 100 tonna “super-super elita” kartoshka urug‘ligi olindi. Ushbu davlatdagi elchimiz o‘tkazgan muzokaralar natijasida misrlik investorlar buni 1 ming gektarga yetkazishga tayyor.
Misr kompaniyalaridan biri Tuproqqal’ada 2 ming gektar cho‘lni foydalanishga kiritish va pivot uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifini bergan. Yana bir yirik kompaniyasi gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashabbusini bildirgan.
Mutasaddilarga ushbu loyihalarni boshlash topshirildi.
Umuman, yangi eksport yo‘nalishi sifatida 50 dan ortiq davlatga ega, iqtisodiyoti 3 trillion dollarga teng bo‘lgan Afrika qit’asi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Tashqi ishlar, Investitsiya, sanoat va savdo vazirliklari, Misr va Qatardagi elchilarga tegishli “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.

Bugungi geosiyosiy vaziyat oqibatida Yevropaga yuk tashish xarajati 2 karra oshgani milliy mahsulotlarimiz raqobatdosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu borada Polsha Yevropa bozorlariga kirib borish uchun eng asosiy darvoza hisoblanishi, ushbu mamlakatdagi elchimiz logistika xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan chiqishi kerakligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga polshalik hamkasblari bilan Brest chegara punktida O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar uchun alohida yo‘lak ochish masalasida kelishuvga erishish topshirildi.
Bundan tashqari, mas’ul vazirliklarga O‘zbekiston va Ruminiya hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazib, iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish topshirildi.
Ruminiyaning Konstansa shahrida savdo uyini tashkil etib, 2026-yilda ushbu davlatga eksportni 2 karra oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Jami 90 milliard dollar to‘qimachilik mahsulotlarini import qilayotgan AQSh, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining vakolatxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu davlatlardagi elchilar va vakolatxonalar bilan birgalikda kamida 15 ta xorijiy sorsing kompaniya va xalqaro brendlarni O‘zbekistonga olib kelish, 100 ta mahalliy korxona faoliyatiga “Better work”, “BCI”, “Organic” kabi dastur va standartlarni joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
Viloyatlar hokimlari elchilar bilan birga tekstil sohasidagi yirik 500 ta eksportchi korxonaning mahsulotlari namunalarini har bir elchixonada joylashtirishi muhimligi ta’kidlandi.
Umuman, elchilar loyiha topish, uni olib kelib ishga tushirishdan manfaat ko‘rishi kerakligi qayd etildi. Buning uchun loyihani yakuniga yetkazgan elchilarga ustama to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Joriy yilda eksportni 40 milliard dollarga, investitsiyani 50 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marralar olingan.
Buning uchun har bir elchi o‘zi faoliyat yuritayotgan hududning nisbiy ustunliklarini tahlil qilib, eksport, investitsiya, yangi texnologiya bo‘yicha aniq maqsad va natijaga ishlashi shartligi qayd etildi.
Ayrim vazirlar va tarmoq rahbarlari chetdan grant jalb qilish bo‘yicha bor imkoniyatlardan samarali foydalana olmayotgani qayd etildi. Ular elchilar yordamidan foydalanib, donor tashkilotlar bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilganida o‘tgan yili yana kamida 200-300 million dollar grant jalb qilish mumkin edi.
Xalqaro tashkilotlar va donor mamlakatlar har yili 200 milliard dollarlik xalqaro grantlar e’lon qilyapti.
Bu imkoniyatdan unumli foydalanish, grantlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elchilar bilan birgalikda TOP-100 ga kiruvchi xorijiy oliygohlarni O‘zbekistondagi oliygohlarga hamkor qilib olib kelish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi.

Navbatdagi ustuvor vazifa – fuqarolarimizga xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini topib berish.
Ilgari fuqarolarimiz asosan 2-3 ta davlatga borib ishlagan bo‘lsa, hozir tashkiliy migratsiya asosida 30 dan ortiq davlatda mehnat qilayotgani ta’kidlandi.
Misol uchun, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kompaniyalari mutaxassislarga talabidan kelib chiqib, O‘zbekistonda o‘quv kurslarini tashkil etdi.
Yaponiya kompaniyasi qurilish, haydovchilik, mehmonxona va restoran xizmati yo‘nalishlarida “10 ming nafar o‘zbek mutaxassisini jalb qilish” loyihasini boshladi. Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishchilarni yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Lekin qolgan mamlakatlardagi elchilar bunday tajribani boshqa davlatlar bilan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.
Masalan, chetdan ishchi kuchini faol jalb etayotgan Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Chexiya, Saudiya Arabistonidagi elchilarning mazkur yo‘nalishdagi ishlari qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Tahlillarga ko‘ra, bugungi kunda Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada 300 ming ishchilarga ehtiyoj bor.
Norvegiyalik ish beruvchilar bu yilning o‘zida 3 ming fuqaroni o‘zlari o‘qitib, ularga Yevropa standartlari asosida sertifikat berishga tayyor. Yoki Shvetsiya grant ajratib, ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va joriy yilning o‘zida 500 nafarini ishga olish taklifini bermoqda.
Mutasaddilarga Shvetsiya, Daniya va Norvegiya bilan kelishuvga erishib, fuqarolarimizni yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuborish muhimligi ta’kidlandi.
Umuman, Shvetsiya va Latviyadagi elchilar bilan birgalikda Nordik davlatlar bilan tashqi mehnat migratsiyasi borasida hamkorlik dasturini ishlab chiqish topshirildi.

O‘tgan yili AQSh hukumati qishloq xo‘jaligi ishchilari uchun maxsus viza olishni soddalashtirdi.
Ushbu mamlakatdagi elchiga AQShdagi mavsumiy ishchilar jalb qilinadigan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni kiritish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish topshirildi.
Bundan keyin har bir viloyat hokimi ishchi kuchi qabul qiluvchi rivojlangan davlatlar hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kerakligi qayd etildi.
Umuman, har bir elchi xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini topish, aholini shunga mos kasb va tilga o‘qitishga ham mas’ul bo‘lishi belgilandi.
Bu borada Yaponiya, Shvetsiya, Norvegiya, Bolgariya, Avstriya, Xorvatiya, Sloveniya, Serbiya, Gretsiya va O‘mon bilan migratsiyaga oid hukumatlararo va idoralararo bitimlarni imzolash muhimligi ta’kidlandi.

“Xorijda noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolarimiz borligi bizni tashvishga soladi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan yili Rossiyada 150 mingdan ziyod fuqaroga “migratsiya amnistiyasi”ni qo‘llashga erishildi. Boshqa mamlakatlarda ham fuqarolarimizga qonuniy asosda ishlashlariga ko‘maklashish, bu borada xorijiy tomonlar bilan muzokaralarni faollashtirish, shu bilan birga fuqarolarimiz ham o‘zlari bo‘lib turgan mamlakat qonunchiligi talablariga rioya qilishi lozimligi qayd etildi.
Bundan buyon migratsiya oqimi ko‘payib borayotgan davlatlar, ayniqsa, Yevropada mehnat migrantlari bilan ishlash elchixonalardagi konsullarning asosiy vazifasi bo‘lishi belgilandi.
Shuningdek, chet eldagi fuqarolarimizni konsullik hisobiga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish, ortiqcha byurokratiyani qisqartirish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Fuqarolarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli reydlarda huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar jamoatchilikda jiddiy norozilik uyg‘otmoqda.
Aksariyat holatlarda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy nota berish bilangina cheklanib qolmoqda.
– dedi Prezidentimiz.
Bundan tashqari, xorijdagi yoshlarimiz yoki talabalarning turli oqimlarga qo‘shilib qolayotgani barchani jiddiy tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi.
Bundan buyon elchilar “kabinet diplomatiyasi”dan voz kechib, xorijdagi vatandoshlarimiz ishlayotgan qurilish maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini o‘rganib, yechimi bo‘yicha ishlashi shartligi qayd etildi.
Mutasaddilarga xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimiz uchun bepul koll-markaz tashkil etib, murojaatlarini tegishli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
Aksariyat holatlarda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy nota berish bilangina cheklanib qolmoqda.
“Elchi va konsullar har bir holat yuzasidan malakali yuridik yordam ko‘rsatib, xorijdagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishi shart”,
– dedi Prezidentimiz.
Bundan tashqari, xorijdagi yoshlarimiz yoki talabalarning turli oqimlarga qo‘shilib qolayotgani barchani jiddiy tashvishga solishi kerakligi ta’kidlandi.
Bundan buyon elchilar “kabinet diplomatiyasi”dan voz kechib, xorijdagi vatandoshlarimiz ishlayotgan qurilish maydoniga, yotoqxonaga, talabalar auditoriyasiga borib, ularning muammosini o‘rganib, yechimi bo‘yicha ishlashi shartligi qayd etildi.
Mutasaddilarga xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimiz uchun bepul koll-markaz tashkil etib, murojaatlarini tegishli vazirliklar bilan tezkor hal qiladigan tizim yaratish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
So‘nggi yillarda turizm sohasi iqtisodiyotning muhim va barqaror o‘sib borayotgan strategik tarmog‘iga aylandi.
O‘tgan yili O‘zbekistonga kelgan sayyohlarning soni keskin o‘sib, 11,5 millionga, turizm eksporti esa 4,7 milliard dollarga yetdi.
2030-yilgacha turistlar oqimini 2 karra oshirib, 20 millionga yetkazish reja qilingan. Buning uchun elchilar Turizm qo‘mitasi bilan yangicha yondashuv va tashabbus asosida ishlab, eng yirik autsorsing kompaniyalarni jalb etishi zarurligi qayd etildi.
Bu borada Rossiya, Belarus, Janubiy Koreya, Germaniya, AQShdagi elchilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
AQSh, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Rossiya, Fransiya va Xitoy elchixonalarida turizm va madaniyat bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy etiladi. Ushbu davlatlardagi elchilarimiz mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib, turizm oqimini 2-3 karra oshirishlari shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu yildan AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Ushbu mamlakatning 100 mingdan ortiq ishchisi bo‘lgan yirik kompaniyalari bilan faol muzokara olib borib, joriy yil AQShdan kelayotgan sayyohlar sonini 2 karraga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki va ko‘p tomonlama siyosiy-diplomatik aloqalarni kengaytirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston 2027-2029-yillarda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qiladi. 2035-2036-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga O‘zbekiston nomzodi ilgari surilmoqda.
Barcha diplomatlarimiz joriy yilda ham xalqaro aloqalar jadvalida yuqori faollikni saqlab qolish, tashqi siyosiy kun tartibi yanada sermazmun bo‘lishi uchun jiddiy sa’y-harakat qilishi zarurligi ta’kidlandi.
Oliy darajadagi tashriflarga bir oy qolganda emas, ancha oldin tayyorgarlik ko‘rish, puxta ishlanmagan shartnomalar ertaga istiqbolsiz loyihaga aylanishi yoki investorlar yillar davomida sarson bo‘lib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etildi.
Dunyoda o‘z ovozi va salohiyatiga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya, Ispaniya, Indoneziya, Avstraliya, Braziliya, Kanada kabi yirik davlatlar bilan oliy darajadagi tashriflar hanuzgacha amalga oshirilmagani, aloqalar sust bo‘lib qolayotgan davlatlar bilan hamkorlikni jonlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmaganiga e’tiroz bildirildi.
Oliy darajadagi xorijiy tashriflarga tayyorgarlik sifatini oshirish, Tashqi ishlar vazirligining strategik tahlil va rejalashtirish salohiyatini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda professional diplomat kadrlarni qayta tayyorlash, istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish tizimini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.
“Dunyo” axborot agentligi faoliyatini ham jonlantirish, bu borada nufuzli xorijiy piar kompaniyalar, maxsus media loyihalar va yetakchi ommaviy axborot vositalari bilan tizimli ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu jarayonda xalqaro matbuot anjumanlari va intervyular orqali O‘zbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslarini muntazam yetkazib borish va imijini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Prezidentimiz yurtimizda faoliyat yuritayotgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha ham yangicha tizimga o‘tish vaqti kelganini ta’kidladi.
Xorijiy elchilarni hududlarimizga taklif qilib, hamkorlikdagi ishlar ko‘zdan kechirilsa, yangi loyihalar bo‘yicha birgalikda takliflar tayyorlansa, maqsadga muvofiq bo‘lishi aytildi.

Jahonda bo‘layotgan geosiyosiy o‘zgarishlar, xalqaro munosabatlar tizimidagi beqarorlik, mintaqaviy qarama-qarshiliklar va global iqtisodiy transformatsiyalar har bir davlatdan tashqi siyosatni doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqishni, uni milliy manfaatlar va zamon talablariga moslashtirib borishni taqozo qilmoqda.
– dedi Prezidentimiz.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilab, uning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, milliy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro maydonda mamlakatimizning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.
– dedi davlatimiz rahbari.
Ishlarni samarali tashkil qilish uchun elchixonalarning har biriga qo‘shimcha mablag‘ berilishi belgilandi. Diplomatlarimizning xizmatlarini munosib e’tirof etish maqsadida "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat" faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi.
Facebook|Instagram|X
“So‘nggi yillardagi ochiq, pragmatik va muvozanatli tashqi siyosatimiz natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi oshib bormoqda.
Shu bilan birga, global xavfsizlik arxitekturasidagi o‘zgarishlar, yangi iqtisodiy ittifoqlar, savdo yo‘nalishlari, texnologiyalar va energiya bozorlaridagi transformatsiyalar tashqi siyosatimizdan yanada faol, aniq maqsadli va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni talab etmoqda”,
– dedi Prezidentimiz.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilab, uning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, milliy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro maydonda mamlakatimizning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.
“Yangi konsepsiya mamlakatimizning uzoq muddatli strategik maqsadlarini, ichki islohotlarimiz mantig‘ini, iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim masalalaridagi milliy manfaatlarimizni yaxlit va o‘zaro bog‘liq holda aks ettirishi lozim”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Ishlarni samarali tashkil qilish uchun elchixonalarning har biriga qo‘shimcha mablag‘ berilishi belgilandi. Diplomatlarimizning xizmatlarini munosib e’tirof etish maqsadida "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat" faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi.
Facebook|Instagram|X
“Sizlarning har biringiz davlatimiz va xalqimiz nomidan chet elda ish olib borayotgan, Yangi O‘zbekistonning o‘zgarishlar ruhi va shiddatini namoyon etayotgan ishonchli vakilsiz.
Ayniqsa, sizlar o‘zingizning aql-zakovatingiz, talabchanligingiz, yuksak bilimingiz, olijanob xalqimizning eng yaxshi qadriyat va an’analarini mujassam etganingiz bilan barchaga o‘rnak va namuna bo‘lishingiz kerak.
Endi yangicha ruhda ishlaydigan va aniq natijalarga erishadigan, O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qat’iy himoya qiladigan chin vatanparvar diplomatlar davri keldi.
Chunki Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi va imiji, sha’ni va shuhrati, eng avvalo, sizlarning timsolingizda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman”,
– dedi Prezidentimiz yig‘ilish yakunida.
Yig‘ilishda xorijdagi elchilarimizning hisobot va takliflari tinglandi.
Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi;
- Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni bilan tanishdi va harbiy mashqlarni kuzatdi;
- O‘zbekiston yetakchisi Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi.
Ko‘rsatuvni bugun, 17-yanvar kuni soat 20:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga, 18-yanvar kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.

Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari harbiy mashqlarni kuzatdi. Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyati yangilanadi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Qáwipsizlik keńesiniń májilisin ótkerdi. Mámleketimiz basshısı áskeriy shınıǵıwlardı baqladı. Sırtqı isler ministrligi hám diplomatiyalıq wákilxanalardıń jumısı jańalanadı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев провел заседание Совета безопасности. Глава нашего государства наблюдал за военными учениями. Деятельность Министерства иностранных дел и диппредставительств будет обновлена.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev chaired a meeting of the Security Council. The Head of State observed military exercises. The activities of the Ministry of Foreign Affairs and its diplomatic missions will be updated.