Power & Past
32 subscribers
74 photos
16 videos
25 files
19 links
14.05.2023
🌍 Geosiyosat, tarixiy voqealar, va kuchlar o‘yini — faktlar, tahlillar, va saboqlar
🌍 Geopolitics, historical events, and the game of power — facts, analysis, and lessons.
Download Telegram
Channel name was changed to «Power & Past»
📢 Channel Update Announcement!

🚀 Exciting News! Our channel has been reorganized to bring you even more valuable content. Here’s what’s new:

Bilingual Posts – Now available in Uzbek & English to reach a wider audience!
Expanded Topics – Not just historical facts anymore! We’ll also cover:
- Science & Technology
- Culture & Traditions
- Interesting Facts & Mysteries
- Motivation & Success Stories

🔔 Stay tuned for fresh, engaging content every week!

💬 Your feedback matters! What topics would you like to see next? Comment below!

#NewEra #BilingualContent #StayCurious

---

📢 Kanal Yangiliklari!

🚀 Qiziqarli Yangilik! Kanalimiz endi sizga yanada qimmatli kontent taqdim etadi. Nimalar o‘zgardi?

Ikki tildagi postlar – Endi o‘zbek va ingliz tillarida!
Kengaytirilgan mavzular – Faqat tarixiy faktlar emas, balki:
- Fan va texnologiya
- Madaniyat va an’analar
- Qiziqarli faktlar va sirlar
- Motivatsiya va muvaffaqiyat hikoyalari

🔔 Yangilanishlarimizni kuzatib boring!

💬 Fikringiz muhim! Keyingi postlarda qanday mavzularni ko‘rmoqchisiz? Izoh qoldiring!

#YangiBosqich #IkkiTil #QiziqarliFaktlar
👍1
Channel photo removed
Channel photo updated
📢 Kanal Haqida | About the Channel

🌍 Geosiyosat, tarixiy voqealar, va kuchlar o‘yini — faktlar, tahlillar, va saboqlar.
📜 Kecha nima bo‘ldi? Bugun nimalar takrorlanmoqda?
🧠 Fikr yurituvchi yoshlar uchun intellektual kanal.
————————————————————————————
🌍 Geopolitics, historical events, and the game of power — facts, analysis, and lessons.
📜 What happened yesterday? What patterns are repeating today?
🧠 An intellectual channel for thoughtful young minds.
👍3
Yangilangan kanalimizdagi birinchi post soat 21:00da yuboriladi. Tayyor bo‘ling!

The first post on our revamped channel will be sent at 21:00 (9 PM). Get ready!

#StayTuned #NewBeginnings
👍3
Napoleonning taxtga kelishi: Kuch va Ambitsiyaning Boshlanishi

XVIII asr oxirida Fransiya inqirozda edi — Ichki siyosiy beqarorlik, iqtisodiy qiyinchiliklar va inqilob shamoli butun mamlakatni qamrab olgan. Shu murakkab davrda yosh, jasur va aqlli Napoleon Bonapart sahnaga chiqdi.

U o‘zining harbiy iste’dodi va strategik fikrlashi bilan tezda e’tibor markaziga aylandi. 1799-yilda davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga kiritib, Fransiyani yangi yo‘lga boshladi.

Napoleon uchun taxtga kelish faqat shaxsiy g‘alaba emas, balki butun Yevropaning siyosiy xaritasini o‘zgartirish, yangi kuchlar uyg‘otish edi.

🔹 Kuch, ambitsiya va tarixiy burilishlar — shularning barchasi Napoleonning taxtga kelishida mujassam edi.

Sizni bu qiziqarli voqea va uning keyingi oqibatlari bilan tanishtirishga taklif qilamiz!

#PowerAndPast #Napoleon #Tarix #Siyosat #KuchVaTarix
👍2🔥1
🟥 Gitler qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?

Bir odam – millionlab odamlarning taqdirini o‘zgartirdi. Ammo u hokimiyatni qanday egalladi?

1920-yillar Germaniyasi:
🔻 Birinchi Jahon urushidan keyingi mag‘lubiyat,
🔻 Versal shartnomasining tahqirli shartlari,
🔻 Iqtisodiy inqiroz va ishsizlik,
🔻 Odamlarda umidsizlik va g‘azab.

Aynan shu fon Gitler va natsistlar partiyasi uchun imkon yaratdi. U odamlar g‘azabini maqsadga aylantirdi.
U nutqlarida milliy g‘urur, adolat va “yangi kuchli Germaniya”ni va’da qildi.

1933-yil – Adolf Gitler Germaniya kansleri bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, totalitar diktaturani o‘rnatdi.

🔺 Uning hokimiyatga kelishi qonunsizlik emasdi — aksincha, qonunlar asosida, lekin yolg‘on va qo‘rquv bilan amalga oshdi.

Bu tarixiy saboq: kuchli rahbarlar faqat kuch bilan emas, odamlarning umidlari va qo‘rquvlari bilan ham hokimiyatga keladi.

#PowerAndPast #Gitler #TarixiySaboq #Natsistlar #Tarix
1👍1🔥1
🟫 Amir Temurning hokimiyat yo‘li: Qon, strategiya va irodaning uyg‘unligi

XIII–XIV asrlar: Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar zulmi, beqarorlik va kuch bo‘shlig‘i hukmron. Aynan shu davrda tarix sahnasiga bir inson chiqdi — Temur, kelajakda "Sohibqiron" unvoniga ega bo‘ladigan sarkarda.

🔻 U nasaban amirlar sulolasidan emas edi, ammo:
Harbiy daho,
Taktika va ittifoqlar tuzishdagi mohirligi,
Siyosiy raqiblarni yo‘q qilishdagi qat’iyligi
Bosqinchilarga bo'lgan nafrat uni hokimiyat sari yetakladi.
1360-yillarda u Chig‘atoy ulusidagi ichki nizolardan foydalandi. Qadam-baqadam kuch yig‘di. Dastlab boshqa amirlar nomidan ish yuritdi, ammo asl kuch Temur qo‘lida edi.
🔺 1370-yil – u Balxda rasmiy ravishda hokimiyatni qo‘lga oldi. “Amir” unvoniga ega bo‘ldi, ammo amalda Movarounnahrning egasiga aylandi.
Bu yo‘l oson bo‘lmagan:
⚔️ Qonli janglar,
🤝 Ittifoqlar
Temur hokimiyatga kuch bilan emas — aql, sabr va o‘ta murakkab siyosiy o‘yinlar bilan erishdi.
#PowerAndPast #AmirTemur #Sohibqiron #TarixiyYol
🔥3👍1
Uinston Cherchill — XX asrning eng ta’sirli siyosatchilaridan biri.

Uinston Cherchill: So‘z bilan urush yutgan odam

“Hech qachon, hech kimdan qo‘rqma. Hatto zulmat ham bir kun tugar.”

Shu so‘zlar ortida turgan odam — Uinston Cherchill, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri, siyosiy strateg, notiq va tarixiy arbob.

📌 Ikkinchi Jahon urushi davrida uning qat’iyati, nutqlari va xalqni ruhlantirish qobiliyati Britaniyani mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Uning kuchi:
🔹 Diktatorlarga qarshi dadillik,
🔹 Fikrda mustahkamlik,
🔹 O‘ta og‘ir paytda ham xalqni birlashtira olgan ruh.

Ammo Cherchill faqat urush qahramoni emas edi.
U 1946-yilda Fulton nutqida "Temir parda" tushunchasini joriy etib, Sovuq urushning ideologik asosini yaratgan inson hamdir.

🔺 U tarixda do‘stlar uchun ilhom, dushmanlar uchun esa og‘ir raqib bo‘lib qoldi.
🖋 “Tarix meni yaxshi yoritadi. Chunki uni men yozaman”, – degan edi u. Va shunday ham bo‘ldi.
#PowerAndPast #WinstonChurchill #Cherchill #TarixiyYetakchilar #IkkinchiJahonUrushi #SovuqUrush
👍1🔥1
Power & Past pinned «📢 Kanal Haqida | About the Channel 🌍 Geosiyosat, tarixiy voqealar, va kuchlar o‘yini — faktlar, tahlillar, va saboqlar. 📜 Kecha nima bo‘ldi? Bugun nimalar takrorlanmoqda? 🧠 Fikr yurituvchi yoshlar uchun intellektual kanal. ———————————————————————————— 🌍 Geopolitics…»
#What_If
Tasavvur qilib ko'ring, agar 2-jahon urushi vaqtida Yaponiya askarlariga Guomindang hukumatining kuchi yetmaganda (Millatchilar, hozirda Tayvanni boshqarishadi) va Xitoyni to'liq egallab olganda va har ikki partiyani, ya'ni guommindang va kommunistlarni tarqatib yuborib, ularni rahbarlarini qatl qilganda, hozir nima bo'lar edi????

O'zingizning versiyangizni izohlarga yoki https://t.me/anonaskbot?start=xx994 mana shu botga yozib qoldirishingiz mumkin. Botga yozilgan xabarlar kim tomonidan yuborilganini aniqlab bo'lmaydi.
1👍1🔥1
Xorazmshoh Sulton Jaloliddin Manguberdi va Ertug’rul o’rtasida qanday bog’liqlik bor?
👍21🔥1🤔1
JALOLIDDIN VA ERTUGʻRUL

1229-yil. Xorazmshoh Jaloliddin Ahlat shahrini qamal qiladi.
Bu shahar Saljuqiylariga tegishli edi.

Shahar Xorazmshoh qoʻshinlari tomonidan egallanib, talon-taroj qilinadi.
Bu Saljuqiylar bilan toʻqnashuvni muqarrar qilgan.

1230-yil. Saljuqiylar sultoni Aloviddin Qayqubod qoʻshin bilan Jaloliddin ustiga yurish qilgan.

Arzinjondagi Yassi Chaman yaqinidagi jang avval Jaloliddinning ustunligi bilan kechdi.

Ammo jangga Ertugʻrul Gʻozi boshchiligidagi Kayi alplari yetib keladi.
Ha, bu oʻsha — kelajakda Usmonli imperiyasiga asos solgan Usmonning otasi Ertugʻrul edi.
Oʻsha paytlarda u va qabilasi Ahlat atrofida koʻchmanchi hayot kechirayotgan edi.

Ertugʻrul va uning yigitlari jangda Saljuqiylar safida qatnashgan va jasorati uchun mukofotlangan.

Jangda magʻlub boʻlgan Jaloliddin Diyorbakrga chekingan.

Ikki buyuk turk oʻgʻloni umumiy dushmanga emas, bir-biriga qarshi jang qilishga majbur boʻlgan.

Tarix saboq berdi: birlashmaslik, parokandalik — eng kuchlilarni ham zaiflashtiradi va shunday bo’ldi ham
.

Mana shunaqa bog’liqlik bor.
Ertug’rul 1188-yil,
Jaloliddin Manguberdi esa 1198-yil tug’ilgan. Ular bir davrda yashagan. Va ikkisi ham o’g’uzlarga mansub edi.
🔥31👍1
Forwarded from Mr Ravshanov VLOGS or BLOGS (Mr Ravshanov )
Assalomu alaykum. Bugundan boshlab abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlanadi. Testlarni esa bir necha yildan buyon huquqchilar boshlab bermoqda. Bu yil ham shunday bo’lyapti. Barcha huquqchilarga, umuman olganda, barcha abituriyentlarga omad. Yuqori ball bilan o’qishga kirish nasib etsin. Barchangizga kuch quvvat tilayman. Imtihon yaxshi o’tsin.
22🔥1
Savol???
Deyl Karnegi va Endryu Karnegi ikkisi qarindoshmi yoki bu o'xshashlik?
🔥41
#Prezident
Amerikaning 30-prezidenti
Kalvin Kulidj (Calvin Coolidge, 1872–1933) — AQShning 30-prezidenti (1923–1929). U Respublikachilar partiyasi a’zosi bo‘lib, o‘zining sokin, ehtiyotkor va iqtisodiy masalalarda konservativ siyosati bilan tanilgan.

Asosiy ma’lumotlar:
• Tug‘ilgan yili va joyi: 1872-yil, Vermont shtati.
• Prezidentlikka kelishi: 1923-yilda prezident Uorren Harding kutilmaganda vafot etgach, vitse-prezident sifatida lavozimni egalladi.
• Prezidentlik muddati: 1923–1929. 1924-yilda saylovda mustaqil ravishda ham g‘alaba qozonib, prezidentlikni davom ettirdi.
• Laqabi: “Silent Cal” — kamgapligi va sokin fe’l-atvori uchun.

Siyosati va faoliyati:
• Iqtisodiyot: “Laissez-faire” tamoyillariga amal qilib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga intildi. Uning davrida “1920-yillar farovonligi” (Roaring Twenties) avjiga chiqqan.
• Soliqlar: Soliq stavkalarini pasaytirib, korxonalar uchun qulay muhit yaratgan.
• Tashqi siyosat: AQShni xalqaro mojarolardan uzoqroq tutishga harakat qildi; izolyatsionizm siyosatini davom ettirdi.
• Mehnat munosabatlari: 1919-yilda Massachusets gubernatori sifatida Boston politsiya ish tashlashini bostirib, mashhurlikka erishgan.

Shaxsiyati:
• Juda kamgap, hazilga ham kam borar, ammo qat’iyatli va intizomli siyosatchi bo‘lgan.
• Uning eng mashhur iboralardan biri: “The business of America is business” — ya’ni “Amerikaning ishi — biznes”.
👍2🔥21
24-oktabr.
Bugun Birlashgan millatlar tashkilotining tashkil topgani 80 yil bo’ldi. Bu tashkilot dunyoda tinchlikni ta’minlash uchun tuzilgan 2-tashkilot hisoblanadi(1-tashkilot Millatlar ligasi). Bu tashkilot ancha yillar tinchlikni ta’minladi deb aytishimiz mumkin. Ammo hozirda bu tashkilot hech qanday kuchga ega emas deb o’ylayman. Ya’ni qudratli davlatlar uchun bu tashkilot foyda keltiradi. Kichik davlatlar uchun esa nihoyatda “adolatli”.

80 yillik muborak.
3👍2🔥1