Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
12 maymun (1995)
2035-yil, 5 milliard inson nomalum virus sabab qirilib ketgan, yer yuzasida yana hayvonlar hukmron. Omon qolgan insonlar esa yer ostida yashashga maxkum.
Insoniyat yer yuziga chiqish maqsadida, virusni qanday paydo bo'lishini o'rganish uchun bir maxbusni(Bruce Wills) o'tmishga jo'natadi. Maxbus esa o'tmishni o'zgartirish ga harakat qilib aslida shu kelajak qurilishidagi asosiy rolni bajaradi.
Ha azizlar, o'tmishni umuman xar qanaqasiga o'zgartirib bo'lmaydi, vapshe iloji yo'q. Aslida siz o'zgartirmoqchi bo'lib qilgan harakatingiz asl voqealik hisoblanadi.

@PostScriptd
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yaxshisi Soulga qo'ng'iroq qiling" serialida shunday ajoyib motivatsiya sahnasi bor.
Bu gaplar hayottagi barcha insonning, barcha holatlariga mos keladi desa bo'ladi.
Oxiridagi "The winner takes it all" jumlasi va qo'shiq esa shunchaki tort ustiga qo'yilgan meva qanchalik yarashadigan bo'lsa bu ham shunday go'zal bo'lgan

* O'zbekcha subtitrda ❤️

@PostScriptd
👍81
Golland xalqi otasi - Vilgelm Oranskiy (1533-1584)
Vilgelm Oranskiy Niderland ozodlik harakati yetakchisi bo'lgan.
U o'zining rejalari, harakatlarini sir tutgani, hatto eng yaqin insonlari va yordamchilariga ham aytmaydigan odati borligi sababli Vilgelm indamas (Wilhelm the silent) laqabini olgan.

Bugungi kunda ham Niderlandiya madhiyasi uning sharafiga "Vilgelmus von Nassau" deb nomlanadi

@PostScriptd
👍3
1996-yil 1-avgust Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" ilk marta nashrdan chiqqan sanasi.
Bu olam shunchaki oddiy olam emas lekin mo'jizalarga to'la olam ham emas. Shunday qiziqarli intriga, saspens, kulminatsiyalarga boy olam.
Oradan deyarli 30 yil o'tkan bo'lsa ham "Taxtlar o'yini" o'zining muxokamaga boy syujeti, dolzarbligini va murakkabligini saqlab qolgan.
Hozir esa Jorj Martin kitobni yozishdan boshqa hamma narsa qilayotganini hisobga olsak menimcha shu holatida qolsa kerak lekin shundayam umid qilishdan to'xtamaymiz

@PostScriptd
👍7
5 kunlik sport karyerasi

Gretsiyalik suv tashuvchi Luis Spiridon 1896-yildagi ilk olimpiada o'yini marafon g'olibi hisoblanadi.
U juda kambag'al oiladan bo'lgan, sobiq harbiy bo'lgan Luisni komandiri marafonga qatnashishga undaydi. Finalda 17 nafar ishtirokchi orasida 1-o'rinni egallagan Lui Spiridon millat qahramoni unvoni va juda katta mashxurlikka erishadi. Lekin shunga qaramasdan olimpiadadan so'ng atletiklik faoliyatini tugatib politsiyachi va fermerlikni tanlaydi. Shu bilan olimpiadadagi kunlarini hisoblaganda uning faoliyati 5 kun davom etgan

@PostScriptd
👍6
Vienna
Billy Joel
When will you realize
Vienna waits for you
👍21
r/NoSleep - bu Reddit veb-saytining mashhur bo‘limi bo‘lib, foydalanuvchilar tomonidan yozilgan vahimali hikoyalarga bag‘ishlangan. Bu hikoyalar shaxsiy tajribalar sifatida birinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. r/NoSleep’ning o‘ziga xos xususiyati shundaki, foydalanuvchilar bu hikoyalarni, garchi ular to‘qima bo‘lsa-da, haqiqiy deb qabul qilishlari va tasvirlangan voqealar xuddi rostan sodir bo'ladigandek reaksiya bildirishlari ko'p uchraydi
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥉🔥 Zakovat o‘yinida qo‘shimcha savollar orqali 3-o‘rinni egallagan Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi xursandchiligi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62
Qo'llab-quvvatlab muxlislik qilganlarga katta rahmat
❤‍🔥61
Forwarded from ZakoWhat?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥹Ғалаба кимники бўлишидан қатъи назар, юраклар аллақачон бир жамоада эди

😍Shańaraq

P.S. Иккаласи бошқа бошқа ВУЗларда)

ZakoWhat?
❤‍🔥104🕊1
Sizga butun umr yosh va navqiron bo'lib yashash imkoniyati berilganda lekin evaziga yosh bo'lib qayta tug'ilish uchun baribir o'lishingiz kerakligi taklif qilinganda qabul qilarmidingiz ?

Yo'q albatta, 16 marta takror-takror o'lgandan, 1 marta o'lib qutulgan maqul to'g'rimi. Lekin Mickey 17 da tanlov imkoni yo'q, va labaratoriya kalamushi kabi ishlatiladi va gallaktika bo'ylab mustamlakachilik ekspeditsiyasida ishtirok etadi
Qiziq to'g'rimi, ha juda.

Hey Mikki, o'lish qanday tuyuladi
👍32
Agema (yunoncha Ἄγημα) — kichik, elita harbiy bo‘linma. Zamonaviy Yunoniston armiyasida ham bu atama tantanali rotalar va dengiz desanti guruhlari uchun qo‘llaniladi.

Aleksandr Makedonskiy armiyasida “agema” deb elita qismlar atalgan. Ikkita agema mavjud bo‘lgan:
Otliq agema — getayrlar* (hamroh otliq zodagonlar) tarkibida.
Piyoda agema — gipaspistlar* korpusi tarkibida.
Otliq agema “podshoh ilasi”* (basilike ile) deb ham atalgan. U boshqa ilalardan farqli ravishda 400 kishidan iborat bo‘lgan (oddiy ilalarda 200 kishi bo‘lgan). Jangda podshoh ilasi doimo safning o‘ng qanotida — eng sharafli joyda turardi. Uning tarkibida shuningdek “shaxsiy getayrlar” — podshohning yaqin kishilaridan iborat kichik guruh ham xizmat qilgan. Ularni oddiy getayr otliqlari bilan adashtirmaslik kerak.
Piyoda agema esa “podshoh gipaspistlari” (basilikoi hypaspistes) deb atalgan. U bitta otryaddan iborat bo‘lib, 512 kishini tashkil etgan. Keyinchalik, ehtimol, son jihatdan ikki baravar katta bo‘lgan xiliarxiya darajasigacha kengaygan. Lagerda gipaspistlar agemasi podshoh chodirini qo‘riqlagan, jangda esa piyoda qo‘shinining o‘ng qanotida joylashgan.

*Getayr - Aleksandr Makedonskiy armiyasidagi elita otliqlar
*Gipaspist - (yun - qalqon ko'taruvchi) maxsus piyoda qo'shin
*Ila (ile) - harbiy birlik nomi
Post scriptum
Чо за лев этот тигр😎🤩🖤
Oradan deyarli 2 yil o'tib kitobning ikkinchi qismi ham chiqdi.
Vesterosning Ko‘rinmas Ko‘prigi: Nega Aynan Tirion?
"Muz va olov qo‘shig‘i" olamida qiziq bir statistika bor: serialda eng ko‘p ekran vaqti, kitobda esa eng ko‘p POV (shaxsiy nuqtai nazar) boblari aynan Tirion Lannister va Jon Snowga tegishli.
Jon Snow — asarning "Muz" qismi. U shimolning sovuq haqiqati, yolg‘oni, bastardi va vorisi. U haqiqiy jangchi va tug‘ma yetakchi. Lekin Tirion... U na qirol, na buyuk ritsar va na jismonan sog‘lom inson. Xo‘sh, nega George Martin butun bir saltanat tarixini aynan shu "pakana"ning ko‘zi bilan ko‘proq ko‘rsatishni afzal ko'rgan?
Hamma yo'llar Tirionga olib boradi
Tirion — asarning asosiy "sayohatchisi" va barcha qutblarni bog'lovchi nuqtadir. Uning statistik ustunligi tasodif emas:
U Starklar bilan Vinterfellda boshqalarga qaraganda ko'proq vaqt o'tkazgan;
Jon Snow bilan Devor tepasida turib, dunyoni kuzatgan;
Joffrey va Sersei bilan poytaxtni boshqargan va Stannis armiyasidan shaharni saqlab qolgan;
Va nihoyat, dengiz ortida Daenerys bilan uchrashgan.
U barcha frontlarni ko'rgan yagona ko'prikdir.

Kitobdagi "Maxluq": Tashqi xunuklik va ichki fojia
Serialda Peter Dinklage ijrosidagi Tirion jozibali ko'rinsa-da, kitobda Martin uni ataylab "qo'rqinchli" qilib tasvirlaydi. Uning ko'zlari har xil rangda (biri yashil, biri qora), peshonasi turtib chiqqan va Qora suv jangidan so'ng burnining yarmini yo'qotgan "xunuk maxluq".
Jamiyat uni "Monster" deb ataydi, otasi esa uni Lannisterlar shon-sharafiga surilgan dog' deb biladi. Ammo kitobning qudrati shundaki, biz uning ana shu qo'rqinchli yuzi ortidagi eng nozik ichki kechinmalarini o'qiymiz. Kitobda uning har bir hazili ortida nafrat emas, balki qabul qilinishga bo'lgan tashnalik borligini his qilamiz.
@PostScriptd 📖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Lisan al gaib
🔥7