Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Bundan roppa-rosi 100 yil avval, 1925-yil 18-iyulda Adolf Gitlerning "Mein kampf" asari nashr qilingan. Bu kitob Gitlerning avtobiografiyasi va siyosiy manifesti bo'lib, uning natsistik ideologiyasi, antisemitistik qarashlari va Germaniyaning kelajagi haqidagi rejalari bayon etilgan. Kitob ikki jilddan iborat bo'lib, 1-qismi 1925-yil, 2-qismi 1926-yilda chop etilgan.
1923-yilda natsistlarning Myunxendagi muvafaqiyatsiz tugagan "Pivo isyoni" dan so'ng qamoqqa olingan Gitler, Landsberg qamoxqonasida vaqtini bekor o'tkazmasdan ushbu asarni yozgan. Kitobning dastlabki qoralamalari do'sti Rudolf Hess ning yordami bilan yozilgan. Aslida kitob dastlab umuman mashxur bo'lmagan va unchalik ko'p sotilmagan ham. 1933-yilda natsistlar hokimiyatga kelgach majburiy o'qish materiali, maktablar va o'quv muassasalarida darslik etib belgilandi. Ushbu omillardan so'ng kitob bugungi kungacha o'z mashxurligini saqlab qolgan. Bugungi kunda ko'plab davlatlarda taqiqlangan asarlar ro'yxatida eng oldingi qatorlarda turadi
👍3
Oltin qonun

XIX asr oxirida Braziliya Amerikada qullik saqlanib qolgan oxirgi mamlakat edi. Qullik qahva va shakarqamish plantatsiyalarining asosini tashkil qilar edi. Biroq qullikka qarshi abolitsionizm harakati ham ancha kuchayib qolgandi.
O'sha payttagi Braziliya imperatori Pedru II sog'ligi yomonlashgani sababli davlat ishlarida qatnashmasdi, uning o'rniga qizi malika Izabel vaqtincha regent sifatida davlat boshqaruvini qo'liga oldi.

1888-yil 13-may malika qullikni bekor qiluvchi "Oltin qonun"ni imzoladi. Qonunning o'ziga xos tomoni shundaki u faqatgina 2ta moddadan iborat edi.

1-modda: Braziliyada qullik bekor qilinadi
2-modda: 1-moddaga zid bo'lgan hamma qonun va qoidalar bekor qilinadi

Oltin qonun keyinchalik Braziliyada respublikaning o'rnatilishiga ham katta ta'sir etgan edi
👍2
19-iyul. Buyuk Rim yong'ini.

Yong'in milodiy 64-yilda 18-dan 19-iyulga o'tar kechasi Circus maximus yaqinida boshlangan. Yong'in sababi haligacha aniq emas, bazi manbalarda yong'in sirkdagi mash'aladan kelib chiqqan deyilsa, bazi manbalarda yong'inni imperator Neronning o'zi uyushtirgani yoziladi. Tatsitning "Annallar" asarida yong'in sirkdan boshlangani yozilgan, uylar yog'ochdan va zich qilib qurilgani sababli olov shahar bo'ylab tez tarqalgan. Qancha odam halok bo'lgani esa aniq emas, chunki Rim o'sha paytta ilk millioner shahar edi. Yong'in boshlangan paytta Neron shaharda bo'lmagan u Antium shahrida dam olayotgan bo'lgan. Yong'indan xabar topgach shaharga darhol kelgan va o'z saroyini uysiz qolgan odamlarga boshpana qilib bergan, oziq ovqat bilan ta'minlagan. Neron yong'inda xristianlarni ayblagan. O'sha paytta xristianlik endi tarqalayotgani uchun ular hali kamchilik va zaif edi. Yong'in bahonasida Neron ularni shunchaki ko'ngilxushlik uchun ovchi itlarga va sherlarga yem qilgan
👍4
Janob hech kim (2009)

"Birgina qor parchasi bambuk bargini egishi mumkin"

Bu film oddiy inson hayotining turli tanlovlarga bog'liqligini chuqur ko'rsatib beradigan falsafiy asar. Shaxmatta ham qaysidir figurani yurgandan so'ng doskadagi voqealar tubdan o'zgarib ketishi mumkinligidek hayotda ham kundalik turmushdagi oddiy bir tanlov ham shunday katta burilish qilishi mumkin.
Kapalak effektini shedevral tarzda yoritib bergan dialogini keltiraman:
- Men Annani qanday yo'qotganimni bilishni istaysanmi? Chunki 2 oy oldin bir ishsiz braziliyalik erkak tuxum qaynatgan edi


Murakkab, ammo chuqur ma’noli ilmiy fantastikani sevuvchilar uchun bu film qimmatli topilma bo‘lishi mumkin
👍3
1969-yil 20-iyul Bu bir inson uchun kichik qadam, butun insoniyat uchun katta sakrash

1969-yil 20-iyul insoniyat tarixida muxim sana sifatida qayd etilgan, NASA ning "Apollo 11" missiyasi doirasida odamlar oyga qo'nishgan.

-Saturn V raketasi Apollo 11 ni kosmosga olib chiqqan edi

Oyga esa shunday yozuv tashlab ketildi "Biz tinchlik yo'lida butun insoniyat nomidan keldik"
👍2
Qassob qotili Kenagasxonim

Amir Nasrulloh 1856-yilda Shahrisabzni egallagach hokim Iskandarning singli Kenagas oyimga uylanadi, amirning asosiy maqsadi faqatgina oʻz haramini yana bitta goʻzal ayolga toʻldirish boʻlmasdan, balki kenagaslar bilan mangʻitlar qarindoshlik rishtasini bogʻlash. Shahrisabz kenagaslari oʻrtasida katta obroʻ-eʼtiborga sazovor Vallamiylar bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrnatib, ushbu qarindoshlik rishtasini Shahrisabz viloyatini oʻz davlatining ajralmas qismi sifatida ushlab turish uchun yana bir vositaga aylantirish edi.
1860-yilda Kenagasxonim akasining rejasiga binoan, eri amir Nasrulloni uxlab yotganida qulog'iga simob quygan. Quloq og'rig'i dardiga duchor bo'lgan amir o'limi oldidan Kenagasxonimni ark ichidagi Childuxtaron qudug'iga tashlashni buyuradi. Bu paytta Buxoroda yashayotgan Kenagasxonimning akasi Iskandar vallamiy, va sobiq eri Yaqqubiy va barcha oila a'zolari qatl etiladi.

https://t.me/PostScriptd
👍3
Do'stlar ancha payttan beri kanalda faol bo'lmay qolgandim (chunki hayotta ham deyarli shu ahvolda edim, hech qanday yangi narsa o'rganmayotgan, o'qimayotgan edim). Endi esa yana faolman, sohamga oid (tarixiy) va qiziqishlarimga oid (adabiyot, kino, musiqa) postlarni tez tezdan yozib boryabman.
Kanalni o'z kanalingizga, yoki guruhingizga ulashsangiz, foydali malumot berishdan hursand bo'lardim.

Endi kanalda doim yangi postlar yozib borish va kattaroq auditoriya yig'ish rejamda bor

Birinchi marta reklama/tavsiya qilishni so'rayabman 😁

https://t.me/PostScriptd
👍11
Askarlar, 40 asrlik tarix sizlarni kuzatmoqda

Piramidalar janggi (1798-yil 21-iyul)
1798-yil mayda Napaleon 35 000 - 40 000 askardan katta qo'shin, shuningdek olim, tarixchi va muhandislardan iborat ilmiy guruh bilan Maltadan Misrga suzib keldi. Ularga Usmonli turklar qo'llovidagi Mamluk lar qarshilik ko'rsatti.
Jang Qohiradan 15 km shimolda Giza piramidalari yaqinidagi Embabe qishlog'i yaqinida bo'lgan. Napaleon askarlarini ruhlantirish uchun "Askarlar, 40 asrlik tarix sizlarni kuzatmoqda" degan edi.
Jangda Napaleon g'alaba qozondi, uning obro'si yanada oshdi. Ammo uning yurishi keyinchalik Admiral Goratsio Nelson boshchiligadagi Britaniya floti tomonidan 1798-yil 1-avgustta to'xtatildi.

Nima bo'lgan taqdirda ham Misr
yurishi keyinchalik insoniyat uchun muhim bo'lgan Misr ierogliflari tarjima qilinishiga sabab bo'lgan desak bo'ladi.

@PostScriptd
👍5👎1
Maria Antuanetta rostan ham "noni yo'q bo'lsa pirojni yeyishsin" deganmi?

Ba'zi manbalarda bu jumla aslida fransuzcha "Qu’ils mangent de la brioche" aynan pirojniy deb emas "Brioshi yeyishsin" deb tarjima qilinadi. Ha albatta bu bilan voqea mantig'i o'zgarmaydiku deyishingiz mumkin lekin Antuanetta haqiqattan ham shunday deganmi o'zi?

Qizig'i shundaki, Antuanetta shunday degani haqida aslida hech qanday aniq manbaa yo'q. Ho'sh unda bu gap qayoqdan paydo bo'ldi va nega Maria Antuanetta bilan assotsiatsiya qilinadi?
Tasodifni qarangki, folklorshunoslar shunga o'xshash hikoyalarni boshqa xalqlardan ham topishgan. XVI asrga oid Germaniya manbaalarida, asilzoda nemis ayoli ham "nega och kambag'allar shunchaki krosem(shirin non) yeyishmaydi" degani yozilgan.
Aynan "Brioshi yeyishsin" iborasini asariga yozgan inson bu fransuz faylasufi Jan Jak Russo bo'lishi mumkin. Russoning "Iqrornoma" asarining 6-kitobida ( taxminan 1767-yilda yozilgan) shunga o'xshash voqea haqida yozib, iqtibos muallifini "Buyuk malika" ga tegishli deb yozadi. Lekin Antuanetta bu paytta endigina 12 yoshda edi.
Vaqt o'tgach Russoning yozganlari inqilobchilarni ilhomlantirib, ular bu jumladan, qirol xonadoniga nisbatan nafratni kuchaytirish shu orqali monarxiyani ag'darib respublika o'rnatishni rejalashtirgan deb taxmin qilinadi. Biroq, inqilobchilar tomonidan nashr etilgan gazeta, jurnallarda bu jumla aynan Antuanetta tomonidan aytilgani haqida maqola topilmagan.
Qizig'i, bu jumlani aynan Maria Antuanetta bilan bog'laydigan ilk manbaa fransuz inqilobidan 50 yildan ortiq vaqt o'tib yozilgan. "Les Guêpes" jurnalining 1843-yilgi sonida frantsuz yozuvchisi Jan-Batist Alfons Karr "1760-yilga oid kitob" da ushbu iqtibosni topganini aytib, bu Mari-Antuanetta haqidagi mish-mishlar asossiz ekanligini isbotlaganini aytgan

Manbaa
👍7
1977-yil 22-iyul "zamonaviy Xitoy arxitektori" Den Syaoping hokimiyatga qaytgan kun

1966-yilda "Madaniy inqilob" paytida Mao Szedun tarafdorlari tomonidan "burjua" "xalq dushmani" deb e'lon qilingan Den Syaoping surgun qilingan edi. 1973-yila Mao ning sog'ligi yomonlashgani va davlatdagi iqtisodiy muammolar sababli Syaoping Xitoy kommunistik partiyasiga qaytti. 1976-yilda Mao vafot etti, to'rtlar to'dasi (Mao tarafdorlari) hokimiyatdan ag'darildi. 1977-yil 22-iyulda Den Syaoping barcha yuqori lavozimlarga qaytti, jumladan Bosh vazir o'rinbosari, partiya markaziy qo'mitasi raisi o'rinbosari, xalq ozodlik armiyasi bosh shtabi raisi.
Syaoping ning hokimiyatga qaytishi Xitoy ning yangi davrdagi burilish nuqtasi hisoblanadi

@PostScriptd
👍3
Roanoke koloniyasi yo'qolishi

1580-yillarda Angliya Amerikada koloniyalarini qurishni boshlaydi. Shu maqsadda 1587-yilda Jon White boshchiligidagi oilalar, ayollar va bolalarni o'z ichiga olgan 115 kishilik kolonistlar guruhi Roanoke oroliga yuborildi. Bu guruh doimiy yashash uchun mo'ljallangan edi. Jon Uaytning nabirasi Virjiniya Dare bu koloniyada tug'ilgan birinchi ingliz bolasidir, bu esa tarixiy ahamiyatga ega.
Ammo, koloniya qiyinchiliklarga duch keldi. Oziq-ovqat va resurslar yetishmasligi sababli Jon Uayt 1587-yilda yordam so'rab Angliyaga qaytib ketdi. Biroq, Angliya va Ispaniya o'rtasidagi urush (Ispan Armadasi bilan jang) tufayli Uayt Roanokega faqat 1590-yilda qaytib kela oldi.
Jon Uayt 1590-yilda Roanoke oroliga qaytganida, koloniyadan hech qanday iz topilmadi. Barcha uylar va inshootlar yo'q qilingan yoki tashlab ketilgan edi. Faqat bir nechta izlar topildi:

- "Croatoan" so'zi yaqin atrofdagi daraxtga o'yib yozilgan edi.

- Hech qanday jang yoki talonchilik belgisi kuzatilmadi.

"Croatoan" so'zi yaqin atrofdagi Hatteras orolida yashovchi mahalliy qabila nomiga ishora qilishi mumkin. Uayt bu so'zni kolonistlarning o'zlari xavfsiz joyga ko'chib o'tganligining belgisi sifatida talqin qildi, ammo u Hatteras oroliga borib tekshirish imkoniyatiga ega bo'lmadi, chunki bo'ronlar va resurslarning yetishmasligi uni Angliyaga qaytishga majbur qildi.

Roanoke koloniyasining taqdiri haqida bir nechta nazariyalar mavjud:
Mahalliy Aholi bilan Assimilyatsiya: Kolonistlar Croatoan qabilasi bilan birlashib, ular bilan birga yashagan bo'lishi mumkin. Keyinchalik ba'zi tarixchilar va arxeologlar mahalliy aholida ingliz xususiyatlariga ega odamlar haqida hikoyalarni eslatgan.
Hujum yoki Yo'q Qilinish: Kolonistlar boshqa dushman qabilalar tomonidan hujumga uchragan yoki yo'q qilingan bo'lishi mumkin.
Oziq-ovqat Tanqisligi va Ko'chish: Kolonistlar resurslar yetishmagani uchun boshqa joyga ko'chib ketgan bo'lishi mumkin, ammo ularning izlari topilmadi.
Tabiiy Ofatlar: Bo'ronlar yoki boshqa tabiiy ofatlar koloniyani yo'q qilgan bo'lishi mumkin.

@PostScriptd
👍3
Ser Mortimer Dyurand (1850-1924) ingliz diplomati va Hindiston fuqarolik xizmati a'zosi.

1893-yilda u Afg'oniston va Hindiston o'rtasidagi chegarani belgilovchi shartnomani imzolagan. Shu tariqa chegara uning nomi bilan "Dyurand chizig'i" nomini olgan.

Lekin bundan tashqari u, hattoki shartnomadan oldin 1888-yilda, o'z nomi bilan ataluvchi futbol musobaqasiga asos solgan. "Dyurand kubogi" bugungi kunda Hindistonda davom etib kelmoqda

@PostScriptd
👍3
12 maymun (1995)
2035-yil, 5 milliard inson nomalum virus sabab qirilib ketgan, yer yuzasida yana hayvonlar hukmron. Omon qolgan insonlar esa yer ostida yashashga maxkum.
Insoniyat yer yuziga chiqish maqsadida, virusni qanday paydo bo'lishini o'rganish uchun bir maxbusni(Bruce Wills) o'tmishga jo'natadi. Maxbus esa o'tmishni o'zgartirish ga harakat qilib aslida shu kelajak qurilishidagi asosiy rolni bajaradi.
Ha azizlar, o'tmishni umuman xar qanaqasiga o'zgartirib bo'lmaydi, vapshe iloji yo'q. Aslida siz o'zgartirmoqchi bo'lib qilgan harakatingiz asl voqealik hisoblanadi.

@PostScriptd
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yaxshisi Soulga qo'ng'iroq qiling" serialida shunday ajoyib motivatsiya sahnasi bor.
Bu gaplar hayottagi barcha insonning, barcha holatlariga mos keladi desa bo'ladi.
Oxiridagi "The winner takes it all" jumlasi va qo'shiq esa shunchaki tort ustiga qo'yilgan meva qanchalik yarashadigan bo'lsa bu ham shunday go'zal bo'lgan

* O'zbekcha subtitrda ❤️

@PostScriptd
👍81
Golland xalqi otasi - Vilgelm Oranskiy (1533-1584)
Vilgelm Oranskiy Niderland ozodlik harakati yetakchisi bo'lgan.
U o'zining rejalari, harakatlarini sir tutgani, hatto eng yaqin insonlari va yordamchilariga ham aytmaydigan odati borligi sababli Vilgelm indamas (Wilhelm the silent) laqabini olgan.

Bugungi kunda ham Niderlandiya madhiyasi uning sharafiga "Vilgelmus von Nassau" deb nomlanadi

@PostScriptd
👍3
1996-yil 1-avgust Jorj Martinning "Taxtlar o'yini" ilk marta nashrdan chiqqan sanasi.
Bu olam shunchaki oddiy olam emas lekin mo'jizalarga to'la olam ham emas. Shunday qiziqarli intriga, saspens, kulminatsiyalarga boy olam.
Oradan deyarli 30 yil o'tkan bo'lsa ham "Taxtlar o'yini" o'zining muxokamaga boy syujeti, dolzarbligini va murakkabligini saqlab qolgan.
Hozir esa Jorj Martin kitobni yozishdan boshqa hamma narsa qilayotganini hisobga olsak menimcha shu holatida qolsa kerak lekin shundayam umid qilishdan to'xtamaymiz

@PostScriptd
👍7