Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Nikolas Vallenda (1979) Amerikalik akrobat. Nikolas Vallenda ximoya va xavfsizlik vositalarisiz balandda arqonda yurishi bilan mashxur. U turli xil akrobatik tryuklari uchun 11ta rekordga ega. Niagara sharsharasidan arqonda kesib o'tgan birinchi inson. Nikolas Vallendaning eng uzun yurishi esa Nikaraguadagi Masaya vulqoni ustidan amalga oshirilgan bo'lib 550 metrni tashkil etadi. Nikolas Vallenda "Vallenda uchuvchilari" oilasining 7-avlodi bo'lib bolaligidan beri, turli tomoshalar ko'rsatib sirklarda qatnashib kelgan.
Nikolas Vallenda haqidagi avtobiografik kitob nomi "Balans: ishonch, oila va arqondagi hayot" deb nomlangan

📱@PostScriptd📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Post scriptum pinned Deleted message
🎙🎤
Bob Dylan (1941-y. Minnesota)
Asl ismi Robert Zimmerman Amerikalik qo'shiqchi. XX asr pop musiqasining eng mashhur vakillaridan biri. U qo'shiqlarida siyosiy va ijtimoiy mavzular, inson huquqlarini ham olib chiqishi bilan tanilgan

Bob Dylan 2016-yilda "Musiqa olamida yangi poetik ifodani yaratgani uchun" adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Bob Dylanning Nobelga loyiq ko'rilishi ko'plab baxs va tanqidlarga sabab bo'lgan. Bir nechta nashriyotlar bu voqeadan so'ng "Nobel endi shou biznesga aylandimi" deb tanqid qilgan.

Uning "knocking on heavens door" (jannat eshigini taqillatib) qo'shig'i juda ajoyib.
Bu qo'shiq xuddi shu nomdagi kinoga soundtrack qilib olingan, kino esa qo'shiqdanda ajoyib. Bir vaqtning o'zida juda kulguli va juda qayg'uli, xullas ko'rishga arziydi.

📱@PostScriptd📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-Introni ko'rmasdan o'tkazib yubor
- Yo'q, bunisini emas

Shinzo wo sasageyo (yuragingni bag'ishla)💔❤️
5
Ko'pchilik animeni animatsia shaklida bo'lganligi uchun yosh bolalarga mo'ljallangan multserial deb o'ylashadi. Keling shu haqida ozroq to'xtalsam.
Xo'sh animelar nega aynan animatsion shaklda nega kino (ya'ni jonli aktyorlar bilan olingan) shaklda emas, bunga bir nechta sabablar bor:
1. Cheksiz tasavvur imkoniyati
Animatsiya orqali istalgan olam yaratiladi: gigant titanlar, super kuchlar, o‘ziga xos estetika. Real kinoda buni ko‘rsatish juda murakkab va qimmat va buning ustiga eng muximi juda ko'p vaqt talab qilinadi

2. Arzonroq va ijodiy erkinlik
Katta budjetli CGI talab qilinadigan film o‘rniga animatsiya orqali murakkab sahnalarni arzonga tushirish mumkin.

3. Anime — bu yapon madaniyati
Yaponiyada anime alohida san’at turi hisoblanadi. Ular uchun bu oddiy multfilm emas, balki falsafa, estetika va hikoya vositasi.
Xullas doimgidek xamma narsa pulga borib taqaladi.
👍4
Forwarded from Prizma
Раст Коулнинг депрессив қарашларини таҳлил қилсанг мазза қиласан одам.

Масалан унинг фикрича, инсонга берилган онг — унинг фожеаси. Инсоният тирик жонзотлар ичида ўзининг тириклиги ва ўлиши мумкинлигини биладиган ягона тур ҳисобланади. Ва бу нарсанинг ҳеч қандай яхши томони йўқ, биз ер юзидаги ҳамма жонзотлар каби онгсиз бўлишимиз керак эди. Ҳаётимиз ҳам шунга яраша осон бўларди. Инсоният дастурлаштирилганида бу нарса режалаштирилмаган, у ҳам оддий ҳайвонлар каби бўлиши кўзда тутилган, лекин биз олам режаларини бузиб ривожланиб кетганмиз. Ҳудди яқин келажакда роботлар назоратдан чиқиб, ўзлари қарор қабул қилиб, ўзлари инсониятга қарши чиқиши мумкинлиги ҳақидаги хавфлар каби, биз ҳам ўз вақтида назоратдан чиқиб кетган мавжудотлармиз ва бу бизнинг фожеамиз дейди Раст Коул.
👍4
Kapalak effekti (2004)
Hayotta hammamizda bo'ladigan holat bor, "agarda shu joyda shunaqa qilmasdan, bunaqa qilganimda edi hammasi yaxshi bo'lardi" deymiz.
Lekin bitta tomoni borki, sizga o'sha qarorni o'zgartirish imkoniyati berilganidan so'ng ham hammasi yaxshi bo'lib ketishi xechqachon kafolatlanmagan. Bu qarorning to'g'ri qabul qilinishi keyinchalik o'zi bilan noto'g'ri voqealarni ham ergashtirib kelishi mumkin, endi esa bu faqatgina "kapalak effekti" emas to'xtatib bo'lmas "Domino effekti" ga ham sabab bo'lishi mumkin.

Xullas shunday, vaqtingiz bo'lsa ko'rishga arziydigan kino ekan.
👍4
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
John Adams
Tug‘ilgan sanasi: 1735-yil 30-oktyabr
Vafot etgan sanasi: 1826-yil 4-iyul
Millati: amerikalik
Lavozimlari:
AQShning 2-prezidenti (1797–1801)
AQShning 1-vitsep-rezidenti (1789–1797)
AQShning Fransiyadagi elchisi
Mustaqillik deklaratsiyasi muallifi
Federalistlar partiyasi a’zosi

1770-yilda Boston qirg‘inida ingliz askarlarini sudda himoya qilgani bilan mashhur bo‘ldi. Bu hodisa siyosiy jihatdan katta xavfli harakat bo‘lsa-da, Adams o‘z prinsiplariga sodiq qolgan: u qonun oldida hamma teng bo‘lishi kerak deb hisoblagan.
1774-yilda u Kontinental Kongressga delegat etib saylandi va tez orada inqilobiy harakatning oldingi safiga o‘tdi.

1776-yilda Tomas Jefferson, Benjamin Franklin va boshqalar bilan birga AQSh Mustaqillik deklaratsiyasini yozishga kirishdi. Jefferson asosiy muallif bo‘lsa-da, Adams deklaratsiyaning mazmuniy asoslarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan.

U, shuningdek, inqilob davrida:
Armiyani moliyalashtirish
Harbiy harakatlarni koordinatsiya qilish
Mustaqil davlat sifatida diplomatik aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha faol harakat qilgan.

John Adamsning tanqidlarga qolishiga sabab bo'lgan voqealardan biri hukumatni tanqid qilganlarni jazolashni amalga oshirgani.
👍1
Post scriptum
Photo
2015-yilda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini Svetlana Alekseevich olgan.
U mukofot olgan ilk jurnalist, ilk Belorusiyalik hisoblanadi.
Asarlari:
Urushning ayoldan yiroq qiyofasi (1983)- 2-jahon urushi haqida

Zinky boys (1989) (ru:Цинковые мальчики) - Sovet-Afg'on urushi
haqida

Chernobil tavallosi (1997)
👍1
Asqad Muxtor "Opa singillar" 1955
Asar XX asr sovet propogandasining boshlanishi desa ham bo'ladi, ensani qotiradigan sahnalari ham kam emas. Deyarli hozirgi kundagi tipik o'zbek kino va seriallaridagi odatiy hol bo'lgan, boy odam yovuz, razil va ziqna bo'ladi (xuddiki uning boyligi osmondan tushgan), bechora kambag'al esa oqko'ngil va mehnatsevar bo'ladi. Shu stereotipning boshlanishi desa ham bo'ladi (albatta bu sovet makfurasidan boshlangan nuqta)

Lekin shunga qaramasdan, tanganing ikkinchi tomoni ham bor, bu albatta yozuvchining o'sha davr jamiyattagi kayfiyat va dunyoqarashini yaxshi ochib bergani.
👍2
Yozni nimasi yaxshi deyilsa ajoyib tungi havosi deb javob beraman.
Uyqusizlik va depressiv kayfiyat. Bundan battar kombo bo'lmasa kerak.+ Radiohead eshitilsa mood fatality bo'ladi.

Bu eksiztinsial krizis emas, bu - menimcha 4 yillik o'qishni bitirishingu va hayotingdagi yangi bosqich va yangi fazaga ko'chishdek, huddi seriallardagi kabi.

Ha aynan seriallar. Ularda ham fasl tugagandan keyin voqealar rivoji so'roq ostida qoladi lekin hayottagi yangi bosqichga o'tish menimcha unchalik osondek ko'rinmayabdi. Yana bilmadim
3👍2
No Surprises
Radiohead
4
Huan Rulfo "Pedro Paramo" (1955)

Men o'qigan asarlar ichida eng tushunish qiyin va murakkab yozilgan kitob bo'ldi. Oldin ham bir boshlab oxiriga yetkazmay tashlab qo'ygan edim. Keyin redditda o'qisam ko'pchilikda shunday bo'lgan ekan.

Murakkablik shundaki, siz gapirayotgan odamning kimligini tushunmaysiz, bilmaysiz. Bilsangiz yana bir muammo bor, bu inson o'likmi yoki tirik.

Asar boshlanishidagi bosh qaxramonning
o'zi ham yarimiga yetmasdan vafot etadi.

Kitobning, yozuvchining muximligi esa shundaki, u lotin amerikasi adabiyotining dastlabki tamal toshini qo'ygan adiblardan. Aynan shu asar Gabriel Garsia Markes faoliyatiga ham katta ta'sir o'tkazgan.
Yolg'zilkning 100 yili bilan Pedro Paramo o'rtasida o'xshashliklar bor

Xo'sh Pedro Paramo kim? Katta qishloq va yer mulklar egasi, kallakesar jinoyatchi, yovuz lekin umri davomida faqat bittasini sevgan unga erishish uchun xar qanday yovuzliklarni amalga oshirgan inson.
Lekin asar faqatgina Pedro atrofida aylanmaydi bu esa asarni yanada go'zal qiladi
👍3👎1
Erix Maria Remark "Umid uchquni" (1952)
Asar natsistlar rejimida qatl qilingan, singlisi Elfrida Shcholsz ga bag'ishlab yozilgan.

Boshqa asarlaridan farqli ravishda bu asar urushdan qaytgan depressiyadagi inson haqida emas, sevishganlar ham haqida emas, kutilmagan o'limlar ham mavjud emas, Remark uslubidagi qimmatbaho vinolar, shampanlar ham yo'q.
Remarkdan adabiy go'zallik izlashning o'zi ham xato, undan faqatgina do'stlik, sevgi va umid ko'rasiz. Bundan ortig'i emas. Remark esa sevgini doim o'ldirib, do'stlikni tugatib, umidni esa ro'yobga chiqaruvchi yozuvchi (xech bo'lmasa shu asarida).
Umidni esa xechqachon yo'qotmang, axir ugina sizning yashayotganingiz belgisi
4
16-iyul - Romanovlar sulolasi Rossiya tarixdan o'chirib tashlangan kun.
1917-yil Fevral inqilobidan so'ng taxtdan ag'darilgan Romanovlar sulolasi dastlab uy qamog'ida saqlangan. Lekin 1918-yilga kelib ularni yo'q qilish V. Lenin va Y. Svertlov uchun hayotiy zaruratga aylandi. Chunki Lenin qurmoqchi bo'lgan davlatda hech qanday asilzoda ham qirollik sulolasi bo'lishi ham aqlga sig'mas hodisa edi.
Bundan tashqari va eng muximi, bu davrda bo'layotgan Oq va Qizil armiyalar o'rtasidagi fuqarolar urushi. Romanovlar yashab kelayotgan, Yekaterinburg shahri ularning o'limidan 6 kun o'tib Oq armiya(monarxiya tarafdorlari) qo'liga o'tti. Agarda qatl amalga oshirilmaganda, sobiq imperatorning tirikligi va imperiyani qayta tiklash harakati ancha jiddiy tus olgan bo'lardi.
Qatl Ipoteevlar uyida amalga oshirilgan edi
👎4👍3