Aldus Manutsiy (1449-1515)
Italiyalik nashriyotchi, gumanist va tipograf. Umuman kitobning insoniyat hayotiga kirib kelishida Iogan Gutenberg dan keyingi eng muxim shaxs.
Aldus Manutsiy Venetsiyada faoliyat yuritgan, Aldin bosmaxonasi asoschisi. Manutsiyning tarixda qolishi sababi shundaki, oldin kitoblar katta, og'ir shuningdek qimmat bo'lgan. Bu muammoni Manutsiy yechgan bo'lib, u kichik o'lchamdagi portativ kitoblarni yaratgan bu esa kitoblarning oddiy odamlar orasida ham keng tarqalishiga olib kelgan.
Bugungi kunda biz foydalanayotgan Italic shrifti ham eng dastlab Manutsiyning Aldin bosmaxonasida paydo bo'lgan. Bu shrift paydo bo'lishi nafaqat chiroyli ko'rinish balki, varoqda ko'proq joyni tejash va ko'proq yozuv sig'dirish imkonini yaratgan.
Manutsiyning o'zi kitobsevar bo'lgani uchun, Antik davr adabiyotini yaxshi ko'rgan va ularni faqatgina tarjima qilmasdan balki asl lotin tilida ham nashriyottan chiqarib ko'paytirishga harakat qilgan, chunki kitob yozilgan asl til katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi anglagan.
Aldus Manutsiy logotipida langar va delfin tasvirlangan bo'lib, bu lotincha ibora " festina lente" shoshilma lekin orqada qolma, yoki shoshil va puxta qil manosini bildiradi. Bunda delfin tezlik, langar esa muntazamlik va aniqlikdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tory Lanez - The Color Violet [Official Audio]
Tory Lanez
Nima deb ta'rif yozishni bilmadim, lekin zo'r qo'shiq ekan.
Jeyms Klirning "Atom odatlar" kitobida keltiradiki:
🔖 Syuzan Polgar - 15 yoshida FIDE ning eng yuqori reytingiga erishgan ayol bo'ldi, grossmeyster bo'lgan 3-ayol, shuningdek ayollar shaxmat olimpiadasida 11ta medal.
⭐️ Sofia Polgar - Oiladagi o'rtancha farzand bo'lib, yakkalik baxslarda 3ta oltin va 1ta bronza medaliga ega. Shuningdek eng muximi, Sofia 13 yoshligida o'rtoqlik o'yinida bo'lsa ham, ketma-ket uch marta afsonaviy Robert Fisherni mag'lubiyatga uchratgan.
👑 Yudit Polgar - eng kichkinasi Yudit Polgar esa ayollar orasidagi barcha davrlarning eng kuchli shaxmatchisi deya tariflanadi. O'z paytida grossmeyster bo'lgan eng yosh sportchi bo'lgan (xozir: Abhimanyu Mishra) shuningdek Top 100 talikka kirgan eng yosh shaxmatchi bo'lgan.
Rasmda (chapdan o'ngga): Sofia, Syuzan va Yudit. O'tirganlar esa Laslo va Klara.
Вот такое семья.
✅ @PostScriptd✅
Hech qanaqa tug'ma iste'dod yo'q aslida hammasini o'z ustida ishlash hal qiladi.
Bunga juda ishongan inson Vengriyalik Laslo Polgar edi. Laslo Polgar bu tajriba uchun shaxmat mos kelishini aytadi va uchta qizi Syuzan, Sofia va Yudit larni bolaligidan boshlab shaxmat bilan murabbiysiz individual shug'ullantiradi. Qizlar nafaqat shaxmat bilan shug'ullanishardi balki ular tun-u kun shu bilan yashashgan, boshqa xech narsaga bunchalik e'tibor qaratishmagan, Laslo uchun esa aynan shu kerak edi.
Bu uch opa-singil esa shaxmat olamidagi eng kuchli ayol shaxmatchilarga aylanishadi
Rasmda (chapdan o'ngga): Sofia, Syuzan va Yudit. O'tirganlar esa Laslo va Klara.
Вот такое семья.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
U "innovatsion pyesalari va so'zsizlarga ovoz bera oluvchi nasriy asarlari" uchun 2023-yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan.
Jon Fosse faoliyati davomida 70dan ortiq roman, bolalar asarlari, esse va teatr spektakllari yozgan. Fossening asarlari 50dan ortiq tilga tarjima qilingan.
Henrik Ibsendan keyingi buyuk Norveg yozuvchisi deya tariflanadi.
Asarlari:
wakefulness trilogiyasi davomi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Amerikalik shoira, essenavis.
“Oʻzining qatʼiy jozibasi bilan individual mavjudlikni umumbashariy qila olgan sheʼriy ovozi uchun” 2020-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan.
Luiza Glyuka ko'pincha avtobiografik shoira sifatida ta'riflanadi, uning ishlari mifologiya va tabiat tasvirlariga murojat qilishi bilan ajralib turadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Piter Handke inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun 2019-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Piter Handke XX asr nemis tili adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biri hisoblanadi.
Piter Handke ning Nobel mukofotini olishi ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgan, sababi Piter Handke 1990-yillarda Yugoslavia urushlari paytida qirg'in va genotsidlarni uyushtirgan Sloboden Miloshevichni ochiqcha qo'llab quvvatlagan
Piter Handke 1973-yilda nemis tili adabiyotidagi eng muxim mukofot bo'lgan Georg Buxner mukofotini olgan
Asarlari:
Uning asarlarining ko'pi ekranizatsiya qilingan, va Piter Handkening o'zi ham bu filmlarda bevosita ishtirok etgan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jorj Vashington (1732-1799) — AQShning birinchi prezidenti bo‘lib, 1789-yildan 1797-yilgacha ikki muddat prezidentlik qilgan. U Amerika tarixida nihoyatda muhim shaxs bo‘lib, ko‘plab sabablarga ko‘ra “Millat otasi” (Father of the Nation) deb ataladi.
U dastlab harbiy xizmatda faoliyat yuritgan, 1750-yillarda Frantsiya va Hind urushida qatnashgan.
1775–1783-yillarda bo‘lib o‘tgan Amerika mustaqillik urushida u Kontinental armiyaning bosh qo‘mondoni etib tayinlangan.
U Angliyaga qarshi olib borilgan kurashda muhim rol o‘ynadi va 1781-yilda inglizlarning Yorktowndagi taslim bo‘lishi bilan urush g‘alaba bilan yakunlangan.
Prezidentlik davri (1789–1797):
Vashington bir ovozdan prezident etib saylangan yagona AQSh prezidenti hisoblanadi.
⚠️ Uning davrida quyidagi muhim voqealar ro‘y bergan:
📌 AQSh Konstitutsiyasi kuchga kirdi va yangi hukumat tuzildi.
📌 Birinchi federal bank (Bank of the United States) tashkil etildi.
📌 Ichki islohotlar, jumladan soliq siyosati va davlat moliyasining mustahkamlanishi boshlandi.
📌 1791-yilda Bill of Rights (Huquqlar to‘g‘risidagi qonunlar to‘plami) qabul qilindi.
📌 U tashqi siyosatda betaraflikni saqlashga harakat qildi va hech bir yevropa davlatining ittifoqiga qo‘shilmadi.
Qirollikdan voz kechgan yetakchi⚠️ Uning eng katta fazilatlaridan biri — hokimiyatni suiiste’mol qilmaganidir. Ko‘pchilik uni umrbod prezident bo‘lishga chaqirgan bo‘lsa-da, u atigi ikki muddat xizmat qilib, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirgan.
U prezident sifatida siyosiy partiyalardan uzoqda bo‘lishga harakat qilgan.
Prezident sifatida “Janob Prezident” (Mr. President) deb murojaat qilinishi an’anasi aynan u orqali boshlangan.
AQSh tarixidagi o‘rni:
U demokratiya asoslarini yaratgan va Konstitutsiyaga amal qilgan rahbar sifatida namuna bo‘ldi.
Mustaqil davlatning ilk rahbari sifatida, u mamlakatning siyosiy tizimini shakllantirishda asosiy rol o‘ynadi.
Uning jasorati, harbiy salohiyati va mas’uliyatli yondashuvi tufayli AQSH mustahkam davlatga aylandi.
Jorj Vashington — nafaqat birinchi prezident, balki AQSh mustaqilligi, siyosiy tizimi va demokratik qadriyatlarining asoschisi sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Uning harakati boshqa prezidentlar va siyosatchilar uchun siyosiy etikada namunaga aylangan.
📎 @PostScriptd📎
U dastlab harbiy xizmatda faoliyat yuritgan, 1750-yillarda Frantsiya va Hind urushida qatnashgan.
1775–1783-yillarda bo‘lib o‘tgan Amerika mustaqillik urushida u Kontinental armiyaning bosh qo‘mondoni etib tayinlangan.
U Angliyaga qarshi olib borilgan kurashda muhim rol o‘ynadi va 1781-yilda inglizlarning Yorktowndagi taslim bo‘lishi bilan urush g‘alaba bilan yakunlangan.
Prezidentlik davri (1789–1797):
Vashington bir ovozdan prezident etib saylangan yagona AQSh prezidenti hisoblanadi.
Qirollikdan voz kechgan yetakchi
U prezident sifatida siyosiy partiyalardan uzoqda bo‘lishga harakat qilgan.
Prezident sifatida “Janob Prezident” (Mr. President) deb murojaat qilinishi an’anasi aynan u orqali boshlangan.
AQSh tarixidagi o‘rni:
U demokratiya asoslarini yaratgan va Konstitutsiyaga amal qilgan rahbar sifatida namuna bo‘ldi.
Mustaqil davlatning ilk rahbari sifatida, u mamlakatning siyosiy tizimini shakllantirishda asosiy rol o‘ynadi.
Uning jasorati, harbiy salohiyati va mas’uliyatli yondashuvi tufayli AQSH mustahkam davlatga aylandi.
Jorj Vashington — nafaqat birinchi prezident, balki AQSh mustaqilligi, siyosiy tizimi va demokratik qadriyatlarining asoschisi sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. Uning harakati boshqa prezidentlar va siyosatchilar uchun siyosiy etikada namunaga aylangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Olga Tokarchuk (1962 Sulexov)
Polshalik yozuvchi, 2018-yilgi xalqaro Buker va Nobel mukofoti (Nobel mukofoti 2018-yilda Shvetsiya akademiyasidagi janjal tufayli berilmagan va 2019-yilda 2018-yil uchun qo'shib berilgan) sohibasi.
Tokarchuk - so'l,vegetarian, ateist va feminist, shu sababli u Polshada ba'zi guruhlar tomonidan tanqid qilinadi.
Asarlari:
📌 Drive Your Plow Over the Bones of the Dead (O'liklar ustidan plug haydash) (2009)
📌 The books of Jacob (Yakovning kitoblari) (2014)
📌 Flights ( O'zbek tiliga yuguruvchilar deb tarjima qilingan) (2007)
📌 Empusium (2022)
📌 Primeval and other times (ibtidoiy qishloq va boshqa davrlar) (1996)
Polshalik yozuvchi, 2018-yilgi xalqaro Buker va Nobel mukofoti (Nobel mukofoti 2018-yilda Shvetsiya akademiyasidagi janjal tufayli berilmagan va 2019-yilda 2018-yil uchun qo'shib berilgan) sohibasi.
Tokarchuk - so'l,vegetarian, ateist va feminist, shu sababli u Polshada ba'zi guruhlar tomonidan tanqid qilinadi.
Asarlari:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Nikolas Vallenda (1979) Amerikalik akrobat. Nikolas Vallenda ximoya va xavfsizlik vositalarisiz balandda arqonda yurishi bilan mashxur. U turli xil akrobatik tryuklari uchun 11ta rekordga ega. Niagara sharsharasidan arqonda kesib o'tgan birinchi inson. Nikolas Vallendaning eng uzun yurishi esa Nikaraguadagi Masaya vulqoni ustidan amalga oshirilgan bo'lib 550 metrni tashkil etadi. Nikolas Vallenda "Vallenda uchuvchilari" oilasining 7-avlodi bo'lib bolaligidan beri, turli tomoshalar ko'rsatib sirklarda qatnashib kelgan.
Nikolas Vallenda haqidagi avtobiografik kitob nomi "Balans: ishonch, oila va arqondagi hayot" deb nomlangan
📱 @PostScriptd📱
Nikolas Vallenda haqidagi avtobiografik kitob nomi "Balans: ishonch, oila va arqondagi hayot" deb nomlangan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Post scriptum
Olga Tokarchuk (1962 Sulexov) Polshalik yozuvchi, 2018-yilgi xalqaro Buker va Nobel mukofoti (Nobel mukofoti 2018-yilda Shvetsiya akademiyasidagi janjal tufayli berilmagan va 2019-yilda 2018-yil uchun qo'shib berilgan) sohibasi. Tokarchuk - so'l,vegetarian…
Ketma-ketlikda adabiyot bo'yicha Nobel olgan yozuvchilarni yozib kelayotgandim, keyingi navbat 2017-ga kelgan ekan.
2017-yilda mukofotni Kazuo Ishiguro olgan.
U haqida esa tepada yozganman: https://t.me/PostScriptd/287
2017-yilda mukofotni Kazuo Ishiguro olgan.
U haqida esa tepada yozganman: https://t.me/PostScriptd/287
Telegram
Post scriptum
Kazuo Ishiguro (1954-yilda tugʻilgan) — britaniyalik yozuvchi, 1989-yilda "Qirollik jamiyati adabiyot mukofoti" va 2017-yilda "Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti" laureati. Uning asarlari oʻziga xos psixologik chuqurlik, insoniy munosabatlar va xotira mavzulari…
Bob Dylan (1941-y. Minnesota)
Asl ismi Robert Zimmerman Amerikalik qo'shiqchi. XX asr pop musiqasining eng mashhur vakillaridan biri. U qo'shiqlarida siyosiy va ijtimoiy mavzular, inson huquqlarini ham olib chiqishi bilan tanilgan
Bob Dylan 2016-yilda "Musiqa olamida yangi poetik ifodani yaratgani uchun" adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Bob Dylanning Nobelga loyiq ko'rilishi ko'plab baxs va tanqidlarga sabab bo'lgan. Bir nechta nashriyotlar bu voqeadan so'ng "Nobel endi shou biznesga aylandimi" deb tanqid qilgan.
Uning "knocking on heavens door" (jannat eshigini taqillatib) qo'shig'i juda ajoyib.
Bu qo'shiq xuddi shu nomdagi kinoga soundtrack qilib olingan, kino esa qo'shiqdanda ajoyib. Bir vaqtning o'zida juda kulguli va juda qayg'uli, xullas ko'rishga arziydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-Introni ko'rmasdan o'tkazib yubor
- Yo'q, bunisini emas
Shinzo wo sasageyo (yuragingni bag'ishla)💔❤️
- Yo'q, bunisini emas
Shinzo wo sasageyo (yuragingni bag'ishla)💔❤️
❤5
Ko'pchilik animeni animatsia shaklida bo'lganligi uchun yosh bolalarga mo'ljallangan multserial deb o'ylashadi. Keling shu haqida ozroq to'xtalsam.
Xo'sh animelar nega aynan animatsion shaklda nega kino (ya'ni jonli aktyorlar bilan olingan) shaklda emas, bunga bir nechta sabablar bor:
1. Cheksiz tasavvur imkoniyati
Animatsiya orqali istalgan olam yaratiladi: gigant titanlar, super kuchlar, o‘ziga xos estetika. Real kinoda buni ko‘rsatish juda murakkab va qimmat va buning ustiga eng muximi juda ko'p vaqt talab qilinadi
2. Arzonroq va ijodiy erkinlik
Katta budjetli CGI talab qilinadigan film o‘rniga animatsiya orqali murakkab sahnalarni arzonga tushirish mumkin.
3. Anime — bu yapon madaniyati
Yaponiyada anime alohida san’at turi hisoblanadi. Ular uchun bu oddiy multfilm emas, balki falsafa, estetika va hikoya vositasi.
Xullas doimgidek xamma narsa pulga borib taqaladi.

👍4
Forwarded from Prizma
Раст Коулнинг депрессив қарашларини таҳлил қилсанг мазза қиласан одам.
Масалан унинг фикрича, инсонга берилган онг — унинг фожеаси. Инсоният тирик жонзотлар ичида ўзининг тириклиги ва ўлиши мумкинлигини биладиган ягона тур ҳисобланади. Ва бу нарсанинг ҳеч қандай яхши томони йўқ, биз ер юзидаги ҳамма жонзотлар каби онгсиз бўлишимиз керак эди. Ҳаётимиз ҳам шунга яраша осон бўларди. Инсоният дастурлаштирилганида бу нарса режалаштирилмаган, у ҳам оддий ҳайвонлар каби бўлиши кўзда тутилган, лекин биз олам режаларини бузиб ривожланиб кетганмиз. Ҳудди яқин келажакда роботлар назоратдан чиқиб, ўзлари қарор қабул қилиб, ўзлари инсониятга қарши чиқиши мумкинлиги ҳақидаги хавфлар каби, биз ҳам ўз вақтида назоратдан чиқиб кетган мавжудотлармиз ва бу бизнинг фожеамиз дейди Раст Коул.