Nega Oklahoma shtatida shunday shakldagi cho'mich dastagi (panhandle)bor?
Buning tarixi Texas o'zicha mustaqil davlat bo'lgan davr XIX asrga borib taqaladi. Bu davrda ushbu hudud Texasga tegishli bo'lgan. Lekin, hammasi Texas 1845-yilda AQSH tarkibiga qo'shilganidan so'ng boshlangan.
Missuri kelishuviga ko'ra 36,5° shimolda qul savdosi bilan shug'ullanish taqiqlangan edi. Bu paytta esa Texasda 36,5° shimolda anchagina hudud bor edi. Texas esa qul savdosi yoki yerni tanlash sharti qo'yilganda ular katta foyda keltirib turgan qul savdosini tanlashdi va 36,5° dan shimoldagi yerlaridan voz kechdi, yerlarning ko'p qismi Kolorado va Kanzasga berilgan.
1850-yildan 1890-yilgacha ingichka xudud qarovsiz qolib ketadi, chunki Kolorado va kanzas bu yerni Texasga tegishli deb hisoblagan va chegarani o'tkazib bo'lgan, new Mexico esa bu xududda qulchilik taqiqlangani uchun olishni hohlamagan va oxir-oqibat bu ingichka yer Oklahomaga berilgan.
Nega aynan Oklahomaga berilgan? Chunki Oklahoma o'sha paytta hindular uchun ajratilgan maxsus yer edi va bu yerni kengaytirishga ehtiyoj bor edi shuning uchun bu kichik hudud Oklahomaga taqdim etilgan
Buning tarixi Texas o'zicha mustaqil davlat bo'lgan davr XIX asrga borib taqaladi. Bu davrda ushbu hudud Texasga tegishli bo'lgan. Lekin, hammasi Texas 1845-yilda AQSH tarkibiga qo'shilganidan so'ng boshlangan.
Missuri kelishuviga ko'ra 36,5° shimolda qul savdosi bilan shug'ullanish taqiqlangan edi. Bu paytta esa Texasda 36,5° shimolda anchagina hudud bor edi. Texas esa qul savdosi yoki yerni tanlash sharti qo'yilganda ular katta foyda keltirib turgan qul savdosini tanlashdi va 36,5° dan shimoldagi yerlaridan voz kechdi, yerlarning ko'p qismi Kolorado va Kanzasga berilgan.
1850-yildan 1890-yilgacha ingichka xudud qarovsiz qolib ketadi, chunki Kolorado va kanzas bu yerni Texasga tegishli deb hisoblagan va chegarani o'tkazib bo'lgan, new Mexico esa bu xududda qulchilik taqiqlangani uchun olishni hohlamagan va oxir-oqibat bu ingichka yer Oklahomaga berilgan.
Nega aynan Oklahomaga berilgan? Chunki Oklahoma o'sha paytta hindular uchun ajratilgan maxsus yer edi va bu yerni kengaytirishga ehtiyoj bor edi shuning uchun bu kichik hudud Oklahomaga taqdim etilgan
👍5
Happy
Pharrell Williams
Mood 🎧
-Amaliyot xujjatlari tugadi
-Breyndan turnir bor🦝
-Amaliyot xujjatlari tugadi
-Breyndan turnir bor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳2
Ser Nikolas Uinton (1909-2015)
Britaniyalik moliyachi, Nikolas Uinton ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin, Chexoslovakiyadan 669 nafar bolani olib chiqib ketib ularning hayotini saqlab qoladi. Bu tarixga "Chexoslovakiya kindertransport" operatsiyasi nomi bilan kirgan.
Nikolas Uintonga 2003-yilda qirolicha Yelizaveta II tomonidan ritsar unvoni beriladi.
2014-yilda esa Chexiya prezidenti Milosh Zeman tomonidan Chexiyaning eng oliy mukofoti "oq sher" ordeni bilan taqdirlangan.
2015-yilda 106 yoshida vafot etgan.
*Rasmda Chexiyadagi vokzalga o'rnatilgan Nikolas Uinton haykali.
*Nikolas Uintonga bag'ishlab ishlangan google dudli
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Dura lex, sed lex — bu mashhur lotincha ibora bo‘lib, "Qonun qattiq, lekin bu — qonun" degan ma’noni bildiradi.
Bu ibora adolat, qonun ustuvorligi va intizom g‘oyasini ifodalaydi. Qonun shafqatsiz yoki noqulay tuyulishi mumkin, ammo unga bo‘ysunish kerakligi ta’kidlanadi. Bu jumla shuningdek, shaxsiy his-tuyg‘ular yoki manfaatlardan qat’i nazar, qonun hammaga baravar tatbiq etilishi kerakligini eslatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Izzy – 1996-yil Atlanta yozgi Olimpiya o‘yinlarining rasmiy talismani bo‘lib, u Olimpiya tarixidagi birinchi kompyuterda yaratilgan talisman sifatida tanilgan. Dastlab u 1992-yil Barselona Olimpiadasida "Whatizit" (inglizcha What is it? – "Bu nima?") nomi bilan taqdim etilgan. Keyinchalik, bolalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va dizayn o‘zgarishlaridan so‘ng, 1994-yilda unga Izzy nomi berilgan.
Izzy an’anaviy hayvon yoki odam obrazida bo‘lmagan, balki abstrakt, futuristik shaklga ega ko‘k rangdagi qiziqarli maxluq edi. Uning oyoqlari, qo‘llari va ko‘zlari bor edi, lekin aniq hayvon yoki insoniy belgilarni ifodalamasdi. Olimpiya uzuklari uning tanasida aks etgan bo‘lib, u zamonaviylik va innovatsiyani ramziy ma’noda ifodalagan.
Izzy juda ko‘p tanqidga uchragan, chunki u odamlarga tushunarsiz va an’anaviy talismanlardan farqli bo‘lgan. Shunga qaramay, u Olimpiya tarixida o‘ziga xos tajriba sifatida qolgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Michelle
The Beatles
The Beatles - Mishel
Postlarni shu o'lmas navo bilan yakunlaymiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Tixo Brage (1546-1601)
Daniyalik astronom. O'zining keng qamrovli va aniq astronomik kuzatishlari bilan tanilgan.
Tixo Brage 1572-yilda yangi yulduzni ochadi. Bu yulduz bugungi kunda "Tixo Nova yoki Tixo supernova" si deb ataladi.
Tixo Brage ga Daniya qiroli Frederik II o'sha paytta Yevropadagi eng katta rasadxonalardan biri bo'lgan Uraniborg rasadxonasini qurishga farmon bergan.
Tixo Brage gallaktikaning tuzilishini ham geliosentrik ham geosentrik hisoblagan. Ya'ni yer atrofida quyosh aylanadi quyosh atrofida esa boshqa sayyoralar (Tixonik tizim).
Tixo Bragening faoliyati yana bir buyuk astronom Iogan Keplerga ham ta'sir etgan
1597-yilda Daniya qiroli Kristian IV tomonidan mamlakattan quvg'in qilinadi va Chexiyaga taklif qilinadi. Chexiyada esa saroy bosh astronomi bo'lib ishlaydi.
1601-yilda Pragada vafot etadi. Bugungi kunda Praga shahrida Iogan Kepler va Tixo Bragening birgalikda tasvirlangan haykali o'rnatilgan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Midsommar filmining yakunlovchi sahnasi qaxramonning ayiq terisiga solinib yoqib yuborishi bilan tugaydi.
Xo'sh buning qanday o'zgacha tomoni bor?
Gap shundaki, kino Amerikadan Shvetsiyaga kelgan bir guruh yoshlar qishloq aholisining qurbonlik marosimlarida ishtirok etishadi lekin bu yerdan qochib keta olishmaydi.
Mayli yakunlovchi sahnani aytadigan bo'lsak: tarixdan bilamizki Skandinav xalqlarining o'zining Odin, Tor kabi alohida mifologiyasi va xudolari bo'lgan va ular xristianlik dinini qabul qilishmagan, nafaqat qabul qilishmaydi balki bu dinga nisbatan nafrat tuyg'usi kuchli bo'lgan (buni esa Vinland saga manga va animesida yaxshi ochib berishgan)
Xo'sh endi esa ayiq terisiga solinib yoqib yuborilgan yigitning ismini topib ko'ringchi, ha albatta yigitning ismi Kristian edi. Ha jahon kinematografiyasi shu joyi bilan ham go'zal, ular hech narsani shunchaki randomniy tanlashmaydi, har bir detalgacha e'tibor berishadi.
Kino rejissyori Ari Aster esa horror kinolar faqatgina qorong'u va zulmattan iborat bo'ladi degan stereotipni shunchaki buzib, ustidan tuproq yotqizib skandinavcha bog' yaratib tashlagan.
P. S. Kinoni ko'rganimga ancha bo'ldi, bundan boshqa yana ko'p belgilar bor edi, esimga tushsa batafsil o'qib chiqib yana yozishim mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Jon Keynes (1883-1946)
Jon Maynard Keynes bugungi makroiqtsodiyotning asoschilaridan hisoblanadi.
Iqtisodiyotga davlat aralashuvi zarar ekanligini ko'pchilik yaxshi biladi, lekin Jon Keynesning fikriga ko'ra to'g'ri iqtidosiyot o'z-o'zini eplaydigan soha lekin inqiroz boshlanadigan bo'lsa bunga tashqaridan qo'l(ya'ni davlat aralashuvi) kelib xammasini reja asosida to'g'irlab ketmasa ahvol battar yomonlashib ketadi.
Masalan; 1929-1939-yillardagi "Buyuk depressiya" paytida Meynes g'oyalari ilgari surilgan.
U shuni isbotlagan ediki, bozorda inqiroz boshlansa tabiiyki yoppasiga ishsizlik oshadi, shuni davlat aralashuvisiz, ishsizlikni kamaytirib bo'lmaydi.
Meynesning 1936-yilda chiqqan "bandlikning asosiy teoriyasi, qiziquvchanlik va pul" asarida asosan ishsizlik muammosini hal qilish choralari aytilgan.
2020-yilgi pandemiyadagi lockdown paytida ko'pgina davlatlar Keynesian yo'lidan bordi, bunda bizneslarni subsidiyalash va foiz stavkalarini pasaytirish asosiy yechimlardan hisoblangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Aldus Manutsiy (1449-1515)
Italiyalik nashriyotchi, gumanist va tipograf. Umuman kitobning insoniyat hayotiga kirib kelishida Iogan Gutenberg dan keyingi eng muxim shaxs.
Aldus Manutsiy Venetsiyada faoliyat yuritgan, Aldin bosmaxonasi asoschisi. Manutsiyning tarixda qolishi sababi shundaki, oldin kitoblar katta, og'ir shuningdek qimmat bo'lgan. Bu muammoni Manutsiy yechgan bo'lib, u kichik o'lchamdagi portativ kitoblarni yaratgan bu esa kitoblarning oddiy odamlar orasida ham keng tarqalishiga olib kelgan.
Bugungi kunda biz foydalanayotgan Italic shrifti ham eng dastlab Manutsiyning Aldin bosmaxonasida paydo bo'lgan. Bu shrift paydo bo'lishi nafaqat chiroyli ko'rinish balki, varoqda ko'proq joyni tejash va ko'proq yozuv sig'dirish imkonini yaratgan.
Manutsiyning o'zi kitobsevar bo'lgani uchun, Antik davr adabiyotini yaxshi ko'rgan va ularni faqatgina tarjima qilmasdan balki asl lotin tilida ham nashriyottan chiqarib ko'paytirishga harakat qilgan, chunki kitob yozilgan asl til katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi anglagan.
Aldus Manutsiy logotipida langar va delfin tasvirlangan bo'lib, bu lotincha ibora " festina lente" shoshilma lekin orqada qolma, yoki shoshil va puxta qil manosini bildiradi. Bunda delfin tezlik, langar esa muntazamlik va aniqlikdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tory Lanez - The Color Violet [Official Audio]
Tory Lanez
Nima deb ta'rif yozishni bilmadim, lekin zo'r qo'shiq ekan.
Jeyms Klirning "Atom odatlar" kitobida keltiradiki:
🔖 Syuzan Polgar - 15 yoshida FIDE ning eng yuqori reytingiga erishgan ayol bo'ldi, grossmeyster bo'lgan 3-ayol, shuningdek ayollar shaxmat olimpiadasida 11ta medal.
⭐️ Sofia Polgar - Oiladagi o'rtancha farzand bo'lib, yakkalik baxslarda 3ta oltin va 1ta bronza medaliga ega. Shuningdek eng muximi, Sofia 13 yoshligida o'rtoqlik o'yinida bo'lsa ham, ketma-ket uch marta afsonaviy Robert Fisherni mag'lubiyatga uchratgan.
👑 Yudit Polgar - eng kichkinasi Yudit Polgar esa ayollar orasidagi barcha davrlarning eng kuchli shaxmatchisi deya tariflanadi. O'z paytida grossmeyster bo'lgan eng yosh sportchi bo'lgan (xozir: Abhimanyu Mishra) shuningdek Top 100 talikka kirgan eng yosh shaxmatchi bo'lgan.
Rasmda (chapdan o'ngga): Sofia, Syuzan va Yudit. O'tirganlar esa Laslo va Klara.
Вот такое семья.
✅ @PostScriptd✅
Hech qanaqa tug'ma iste'dod yo'q aslida hammasini o'z ustida ishlash hal qiladi.
Bunga juda ishongan inson Vengriyalik Laslo Polgar edi. Laslo Polgar bu tajriba uchun shaxmat mos kelishini aytadi va uchta qizi Syuzan, Sofia va Yudit larni bolaligidan boshlab shaxmat bilan murabbiysiz individual shug'ullantiradi. Qizlar nafaqat shaxmat bilan shug'ullanishardi balki ular tun-u kun shu bilan yashashgan, boshqa xech narsaga bunchalik e'tibor qaratishmagan, Laslo uchun esa aynan shu kerak edi.
Bu uch opa-singil esa shaxmat olamidagi eng kuchli ayol shaxmatchilarga aylanishadi
Rasmda (chapdan o'ngga): Sofia, Syuzan va Yudit. O'tirganlar esa Laslo va Klara.
Вот такое семья.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
U "innovatsion pyesalari va so'zsizlarga ovoz bera oluvchi nasriy asarlari" uchun 2023-yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan.
Jon Fosse faoliyati davomida 70dan ortiq roman, bolalar asarlari, esse va teatr spektakllari yozgan. Fossening asarlari 50dan ortiq tilga tarjima qilingan.
Henrik Ibsendan keyingi buyuk Norveg yozuvchisi deya tariflanadi.
Asarlari:
wakefulness trilogiyasi davomi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Amerikalik shoira, essenavis.
“Oʻzining qatʼiy jozibasi bilan individual mavjudlikni umumbashariy qila olgan sheʼriy ovozi uchun” 2020-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan.
Luiza Glyuka ko'pincha avtobiografik shoira sifatida ta'riflanadi, uning ishlari mifologiya va tabiat tasvirlariga murojat qilishi bilan ajralib turadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM