Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
The mist (2007)
Rejisyor: Frenk Darabont

Kino Stiven Kingning shu nomdagi asariga asoslanib yaratilgan. Filmda Stranger things olamidagi kabi parallel olam (upside down world) dan tuman bilan kelgan mavjudotlar Brijdton shahrini egallab oladi.
Filmning asosiy qismini supermarketta qolgan bir guruh olomonning tirik qolish uchun kurashi tashkil qiladi.

Stiven King asarlarini Frenk Darabont kabi ekranlashtiradigan rejissyor yo'q. Filmning yakunini u kitobdan boshqacha qiladi va aynan shu yakun tomoshabinni xayratga soladi.
Bu yakun Stiven Kingga ham juda yoqadi va bu haqida "agarda menga ham shu fikr kelganida, albatta shunday qilardim" deya ta'kidlaydi

Xulosa: hayotta qandaydir muhim qaror qabul qilishdan oldin, shunchaki tinchlanib 5-10 daqiqa kutib tur, chunki tunnel oxiridagi yorug'likka oz qolgan bo'lishi mumkin
👍2
AQSH-Kanada chegarasi

Dunyodagi eng uzun xalqaro chegara: 8 891 km. Lekin eng qizig‘i – bu yerda mustahkam devorlar, harbiylar yoki murakkab nazorat tizimlari yo‘q. Shunchaki oddiy belgilar, kichik yo‘llar va o‘rmonli joylarda 6 metr kenglikda daraxt kesilgan chegara yo‘lagi.

Agar yaxshi qo‘shning bo‘lsa, chegarang ham shunchalik oson bo‘ladi. Ishonmasang, AQSHning janubidagi chegaraga – Meksika bilan chegara devorlariga qarashing kifoya.

Bu tinchlik va ishonch ramzi bo‘lgan chegara hozirgi dunyo kontekstida g‘alati tuyulishi mumkin, lekin haqiqat shuki, ikki qo‘shni davlat bir-biriga ishonchi qanchalik mustahkam bo‘lsa, chegara ham shunchalik "easy"
👍3
Nega Oklahoma shtatida shunday shakldagi cho'mich dastagi (panhandle)bor?

Buning tarixi Texas o'zicha mustaqil davlat bo'lgan davr XIX asrga borib taqaladi. Bu davrda ushbu hudud Texasga tegishli bo'lgan. Lekin, hammasi Texas 1845-yilda AQSH tarkibiga qo'shilganidan so'ng boshlangan.

Missuri kelishuviga ko'ra 36,5° shimolda qul savdosi bilan shug'ullanish taqiqlangan edi. Bu paytta esa Texasda 36,5° shimolda anchagina hudud bor edi. Texas esa qul savdosi yoki yerni tanlash sharti qo'yilganda ular katta foyda keltirib turgan qul savdosini tanlashdi va 36,5° dan shimoldagi yerlaridan voz kechdi, yerlarning ko'p qismi Kolorado va Kanzasga berilgan.

1850-yildan 1890-yilgacha ingichka xudud qarovsiz qolib ketadi, chunki Kolorado va kanzas bu yerni Texasga tegishli deb hisoblagan va chegarani o'tkazib bo'lgan, new Mexico esa bu xududda qulchilik taqiqlangani uchun olishni hohlamagan va oxir-oqibat bu ingichka yer Oklahomaga berilgan.

Nega aynan Oklahomaga berilgan? Chunki Oklahoma o'sha paytta hindular uchun ajratilgan maxsus yer edi va bu yerni kengaytirishga ehtiyoj bor edi shuning uchun bu kichik hudud Oklahomaga taqdim etilgan
👍5
Happy
Pharrell Williams
Mood 🎧
-Amaliyot xujjatlari tugadi
-Breyndan turnir bor 🦝
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳2
📱📱📱📱📱
Ser Nikolas Uinton (1909-2015)

Britaniyalik moliyachi, Nikolas Uinton ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin, Chexoslovakiyadan 669 nafar bolani olib chiqib ketib ularning hayotini saqlab qoladi. Bu tarixga "Chexoslovakiya kindertransport" operatsiyasi nomi bilan kirgan.
Nikolas Uintonga 2003-yilda qirolicha Yelizaveta II tomonidan ritsar unvoni beriladi.
2014-yilda esa Chexiya prezidenti Milosh Zeman tomonidan Chexiyaning eng oliy mukofoti "oq sher" ordeni bilan taqdirlangan.
2015-yilda 106 yoshida vafot etgan.
*Rasmda Chexiyadagi vokzalga o'rnatilgan Nikolas Uinton haykali.
*Nikolas Uintonga bag'ishlab ishlangan google dudli

📱@PostScriptd 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🗽💀
Dura lex, sed lex — bu mashhur lotincha ibora bo‘lib, "Qonun qattiq, lekin bu — qonun" degan ma’noni bildiradi.
Bu ibora adolat, qonun ustuvorligi va intizom g‘oyasini ifodalaydi. Qonun shafqatsiz yoki noqulay tuyulishi mumkin, ammo unga bo‘ysunish kerakligi ta’kidlanadi. Bu jumla shuningdek, shaxsiy his-tuyg‘ular yoki manfaatlardan qat’i nazar, qonun hammaga baravar tatbiq etilishi kerakligini eslatadi.

📱@PostScriptd 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔠. 🔠.
Izzy – 1996-yil Atlanta yozgi Olimpiya o‘yinlarining rasmiy talismani bo‘lib, u Olimpiya tarixidagi birinchi kompyuterda yaratilgan talisman sifatida tanilgan. Dastlab u 1992-yil Barselona Olimpiadasida "Whatizit" (inglizcha What is it? – "Bu nima?") nomi bilan taqdim etilgan. Keyinchalik, bolalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va dizayn o‘zgarishlaridan so‘ng, 1994-yilda unga Izzy nomi berilgan.

Izzy an’anaviy hayvon yoki odam obrazida bo‘lmagan, balki abstrakt, futuristik shaklga ega ko‘k rangdagi qiziqarli maxluq edi. Uning oyoqlari, qo‘llari va ko‘zlari bor edi, lekin aniq hayvon yoki insoniy belgilarni ifodalamasdi. Olimpiya uzuklari uning tanasida aks etgan bo‘lib, u zamonaviylik va innovatsiyani ramziy ma’noda ifodalagan.

Izzy juda ko‘p tanqidga uchragan, chunki u odamlarga tushunarsiz va an’anaviy talismanlardan farqli bo‘lgan. Shunga qaramay, u Olimpiya tarixida o‘ziga xos tajriba sifatida qolgan.

📱@PostScriptd📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Michelle
The Beatles
📱📱📱📱📱
The Beatles - Mishel

Postlarni shu o'lmas navo bilan yakunlaymiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📱📱📱
Tixo Brage (1546-1601)
Daniyalik astronom. O'zining keng qamrovli va aniq astronomik kuzatishlari bilan tanilgan.
Tixo Brage 1572-yilda yangi yulduzni ochadi. Bu yulduz bugungi kunda "Tixo Nova yoki Tixo supernova" si deb ataladi.
Tixo Brage ga Daniya qiroli Frederik II o'sha paytta Yevropadagi eng katta rasadxonalardan biri bo'lgan Uraniborg rasadxonasini qurishga farmon bergan.

Tixo Brage gallaktikaning tuzilishini ham geliosentrik ham geosentrik hisoblagan. Ya'ni yer atrofida quyosh aylanadi quyosh atrofida esa boshqa sayyoralar (Tixonik tizim).
Tixo Bragening faoliyati yana bir buyuk astronom Iogan Keplerga ham ta'sir etgan

1597-yilda Daniya qiroli Kristian IV tomonidan mamlakattan quvg'in qilinadi va Chexiyaga taklif qilinadi. Chexiyada esa saroy bosh astronomi bo'lib ishlaydi.

1601-yilda Pragada vafot etadi. Bugungi kunda Praga shahrida Iogan Kepler va Tixo Bragening birgalikda tasvirlangan haykali o'rnatilgan

📱@PostScriptd📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
📱KINO 📱

Midsommar filmining yakunlovchi sahnasi qaxramonning ayiq terisiga solinib yoqib yuborishi bilan tugaydi.
Xo'sh buning qanday o'zgacha tomoni bor?
Gap shundaki, kino Amerikadan Shvetsiyaga kelgan bir guruh yoshlar qishloq aholisining qurbonlik marosimlarida ishtirok etishadi lekin bu yerdan qochib keta olishmaydi.

Mayli yakunlovchi sahnani aytadigan bo'lsak: tarixdan bilamizki Skandinav xalqlarining o'zining Odin, Tor kabi alohida mifologiyasi va xudolari bo'lgan va ular xristianlik dinini qabul qilishmagan, nafaqat qabul qilishmaydi balki bu dinga nisbatan nafrat tuyg'usi kuchli bo'lgan (buni esa Vinland saga manga va animesida yaxshi ochib berishgan)

Xo'sh endi esa ayiq terisiga solinib yoqib yuborilgan yigitning ismini topib ko'ringchi, ha albatta yigitning ismi Kristian edi. Ha jahon kinematografiyasi shu joyi bilan ham go'zal, ular hech narsani shunchaki randomniy tanlashmaydi, har bir detalgacha e'tibor berishadi.

Kino rejissyori Ari Aster esa horror kinolar faqatgina qorong'u va zulmattan iborat bo'ladi degan stereotipni shunchaki buzib, ustidan tuproq yotqizib skandinavcha bog' yaratib tashlagan.

P. S. Kinoni ko'rganimga ancha bo'ldi, bundan boshqa yana ko'p belgilar bor edi, esimga tushsa batafsil o'qib chiqib yana yozishim mumkin.

📱@PostScriptd 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
📈 IQTISODIYOT📈
Jon Keynes (1883-1946)

Jon Maynard Keynes bugungi makroiqtsodiyotning asoschilaridan hisoblanadi.

Iqtisodiyotga davlat aralashuvi zarar ekanligini ko'pchilik yaxshi biladi, lekin Jon Keynesning fikriga ko'ra to'g'ri iqtidosiyot o'z-o'zini eplaydigan soha lekin inqiroz boshlanadigan bo'lsa bunga tashqaridan qo'l(ya'ni davlat aralashuvi) kelib xammasini reja asosida to'g'irlab ketmasa ahvol battar yomonlashib ketadi.
Masalan; 1929-1939-yillardagi "Buyuk depressiya" paytida Meynes g'oyalari ilgari surilgan.
U shuni isbotlagan ediki, bozorda inqiroz boshlansa tabiiyki yoppasiga ishsizlik oshadi, shuni davlat aralashuvisiz, ishsizlikni kamaytirib bo'lmaydi.

Meynesning 1936-yilda chiqqan "bandlikning asosiy teoriyasi, qiziquvchanlik va pul" asarida asosan ishsizlik muammosini hal qilish choralari aytilgan.

2020-yilgi pandemiyadagi lockdown paytida ko'pgina davlatlar Keynesian yo'lidan bordi, bunda bizneslarni subsidiyalash va foiz stavkalarini pasaytirish asosiy yechimlardan hisoblangan.

📱@PostScriptd 📱
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📚🅱️🔠🔠🔠📚

Aldus Manutsiy (1449-1515)
Italiyalik nashriyotchi, gumanist va tipograf. Umuman kitobning insoniyat hayotiga kirib kelishida Iogan Gutenberg dan keyingi eng muxim shaxs.

Aldus Manutsiy Venetsiyada faoliyat yuritgan, Aldin bosmaxonasi asoschisi. Manutsiyning tarixda qolishi sababi shundaki, oldin kitoblar katta, og'ir shuningdek qimmat bo'lgan. Bu muammoni Manutsiy yechgan bo'lib, u kichik o'lchamdagi portativ kitoblarni yaratgan bu esa kitoblarning oddiy odamlar orasida ham keng tarqalishiga olib kelgan.

Bugungi kunda biz foydalanayotgan Italic shrifti ham eng dastlab Manutsiyning Aldin bosmaxonasida paydo bo'lgan. Bu shrift paydo bo'lishi nafaqat chiroyli ko'rinish balki, varoqda ko'proq joyni tejash va ko'proq yozuv sig'dirish imkonini yaratgan.

Manutsiyning o'zi kitobsevar bo'lgani uchun, Antik davr adabiyotini yaxshi ko'rgan va ularni faqatgina tarjima qilmasdan balki asl lotin tilida ham nashriyottan chiqarib ko'paytirishga harakat qilgan, chunki kitob yozilgan asl til katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi anglagan.
Aldus Manutsiy logotipida langar va delfin tasvirlangan bo'lib, bu lotincha ibora " festina lente" shoshilma lekin orqada qolma, yoki shoshil va puxta qil manosini bildiradi. Bunda delfin tezlik, langar esa muntazamlik va aniqlikdir.

@PostScriptd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tory Lanez - The Color Violet [Official Audio]
Tory Lanez
Nima deb ta'rif yozishni bilmadim, lekin zo'r qo'shiq ekan.