Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Muzyorar (Snowpiercer)(2013): Tabaqalanish, Inqilob va ekotizim

Insoniyat global isishning oldini olmoqchi bo'lib global sovuqni boshlab beradi.

Bong Joon-ho tomonidan suratga olingan "muzyorar" filmi, butun insoniyatning qolgan qismini poyezd ichida yashayotgan distopik dunyoda tasvirlaydi. Global sovuqdan keyin, hayot faqat muzyorar deb nomlangan poyezd ichida davom etadi. Poyezdning orqa qismida kambag‘allar, old qismida esa boylar yashaydi. Filmda, kambag‘allar yuqori tabaqa tizimiga qarshi qo‘zg‘olon boshlashadi.

Film ijtimoiy tabaqalanish, adolatsizlik va inqilob haqida kuchli xabar beradi. Poyezdning ichki qismlari va muhitning yomonlashishi filmning og‘ir va mahzun atmosferasinj yaratilgan. Chris Evans va Tilda Swintonning ijrolari ham juda ta’sirli.

Ekotizim, hayot qonuni bo'lib hamma narsani nazoratga olish kerak, ayniqsa populatsiyani.
Yer sayyorasi ham qaysidir manoda kinodagi kabi muzyorar poyezdi va bir kun kelib bu tizim ham zavolga yuz tutadi
👍2
1-rasm: Texnologiya 1800 yilda qanday rivojlanganligi
2-rasm: Texnologiya shundan keyingi 200 yilda qanday rivojlanganligi. Ajoyib shunday emasmi.
Endi bundan keyingi 200 yilda qanday bo'lishini bir o'ylab ko'ring
👍1
Let it snow - Dean Martin📱
Bizda yana qor.❄️
Boshqalar kabi Chingizning siyqasi chiqqan gapini aytmasdan, shu vibe ga mos kinolarni aytib o'tmoqchiman 📱

- Sug'ur kuni
- Beg'ubor aqlning abadiy charog'i (eternal sunshine of the spotless mind) (Jimm Kerry)
- Nafratlanuvchi sakkizlik (hateful eight)
- Muzyorar (snowpiercer)
- Omon qolgan (the revenant)
- the thing (qanday tarjima qilinishini bilmadim)
- va albatta shining (porlash)

Xullas, shular. Agarda qaysidir biri kerak bo'lsa aytsangiz guruhga tashlab beraman
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍2
🅰️🔠🔠
MAURITSIO KATELLAN

U masxarabozlik, istehzo va san’at olamidagi an’anaviy tushunchalarga qarshi chiqish bilan mashhur.
---
📌 Kim u?

🔹 Tug‘ilgan yili: 1960
🔹 Mamlakat: Italiya
🔹 San’at yo‘nalishi: Kontseptual san’at, hajviy skulpturalar
🔹 Uslubi: Hajviy va provokatsion ishlar orqali san’at institutlarini tanqid qilish
---
🎨 Eng Mashhur Ishlari

1️⃣ "Comedian" (2019) – Devorga yopishtirilgan banan

Haqiqiy banan va skotch yordamida tayyorlangan.
Narxi: $120 000 ga sotilgan!
Aslida, bu san’at olamidagi absurd narxlar va kapitalizmni hajv qilish uchun yaratilgan.
San’atchi David Datuna esa uni bir ko‘rgazmada yeb qo‘ygan(2019), lekin bu ham ijodiy performans deb qabul qilingan.
---
2️⃣"La Nona Ora" (1999) – Meteorit urgan Papa

Haykaltaroshlik asari, unda Ioann Pavel II yerga yiqilgan va meteorit bosib turgan holda tasvirlangan.
Diniy doiralarda juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.
Katolik cherkovining kuchi va zaifligini aks ettirishga harakat qilgan.
---
3️⃣ "America" (2016) – Oltindan yasalgan unitaz

100% sof oltindan yasalgan ishlaydigan hojatxona.
Guggenheim muzeyida namoyish etilgan, lekin keyin o‘g‘irlangan.
Bu ham kapitalistik jamiyatning absurdligiga hajviy ishora edi.
----
4️⃣ "Him" (2001) – Adolf Gitler tiz cho‘kkan holatda

Gitler ibodat qilayotgandek ko‘rinadi, lekin yaqinlashganingizda uning yuzi aniq ko‘rinadi.
Bu ish ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan.
Tarixiy shaxslarning butunlay boshqa kontekstda tasvirlanishi san’at olamida kuchli muhokamalar uyg‘otgan.

🧐 Cattelan Nima Uchun Muhim

San’at olamini hajv qilgan birinchi katta rassomlardan biri.
Kapitalizm, din va siyosat ustidan kinoya qilishni yaxshi ko‘radi.
San’at doimo jiddiy bo‘lishi shart emasligini ko‘rsatadi.
Ko‘p asarlari juda bahsli va san’at chegaralarini kengaytirgan.

Xulosa ❗️

Maurizio Cattelan – zamonaviy san’atning eng jasur provokatorlaridan biri. Uning ishlari ko‘pchilikni hayratga soladi, kuldiradi yoki g‘azablantiradi, lekin hech kimni befarq qoldirmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Aytgancha...
Shu rasmni shu yerga muxrlab qo'yaylik, to'g'ri birinchi o'rin emas nu mayli, hudo hohlasa keyingi safar🙂
👍631❤‍🔥1
Frans Eemil Sillanpää (1888–1964) finlandiyalik yozuvchi boʻlib, adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi finlandiyalik muallif hisoblanadi. U 1939 yilda bu mukofotga sazovor boʻldi. Sillanpääning asarlari, asosan, Finlandiya qishloq hayoti va oddiy odamlarning hayotiga bagʻishlangan boʻlib, ayniqsa dehqonlar va qishloq turmushi haqida chuqur psixologik va lirik tasvirlar bilan ajralib turadi.

Uning eng mashhur asarlari quyidagilardan iborat:

1. "Hurskas kurjuus" ("Meek Heritage", 1919) - Bu roman Finlandiya fuqarolar urushi (1918) davridagi kambagʻal dehqonning hayoti va kurashini tasvirlaydi. Asar Sillanpääning eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi.

2. "Nuorena nukkunut" ("The Maid Silja", 1931) - Bu roman yosh xizmatchi Silja haqida hikoya qiladi, uning hayoti qiyinchiliklar va fojialar bilan toʻla boʻlsa-da, muallif uni goʻzallik va qadr-qimmat bilan tasvirlaydi.

3. "Ihmiset suviyössä" ("People in the Summer Night", 1934) - Bu asarda Finlandiya qishlogʻida bir yoz kechasida turli qahramonlarning hayoti va ularning oʻzaro munosabatlari lirik tarzda aks ettirilgan.

Sillanpääning Finlandiya qishloq hayotini chuqur idrok etishi va insoniy tajribalarni hissiyot bilan tasvirlash qobiliyati unga tanqidchilar eʼtiborini qozondi va u Finlandiya adabiyotida mustahkam oʻrin egalladi. Uning Nobel mukofoti "dehqonlarning hayoti va ularning tabiat bilan boʻlgan munosabatini ajoyib badiiy mahorat bilan tasvirlagani uchun" berilgan.
Johannes Vilhelm Jensen (1873–1950) — daniyalik yozuvchi, shoir va esseist boʻlib, 1944 yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Uning asarlari ilmiy-fantastik, tarixiy va falsafiy mavzularni qamrab oladi. Yensen oʻz asarlarida insoniyatning evolyutsiyasi, madaniyat va fan rivoji kabi murakkab mavzularni oʻrganadi.

Yensenning eng mashhur asarlari orasida "Den lange rejse" ("Uzoq safar") romanlar sikli ajralib turadi. Bu siklda insoniyatning qadim zamonlardan zamonaviy davrgacha boʻlgan evolyutsiyasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Ushbu asar muallifning ilmiy qiziqishlari va insoniyat tarixiga boʻlgan qiziqishini aks ettiruvchi eng yorqin namunalardan biridir.

Yensen shuningdek, qisqa hikoyalar, sheʼrlar va esselar yozgan. Uning asarlarida tabiat, texnologiya va insoniyatning kelajagi haqida chuqur fikrlar muhokama qilinadi. Uning adabiy uslubi boy tasvirlar, ilmiy tafakkur va falsafiy chuqurlik bilan ajralib turadi.

1944 yilda Yohannes Vilhelm Yensen "oʻzining boy va koʻp qirrali sheʼriy tasavvuri va ilmiy qiziqishlari bilan birlashtirilgan badiiy jasorati uchun" Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Uning asarlari zamonaviy adabiyotga katta taʼsir koʻrsatdi va u Daniya adabiyotining eng buyuk namoyandalaridan biri sifatida tan olindi.
Instagramda akula va boshqa baliqlar qirg'oqqa chiqib olishgani haqida videolar rekka chiqib ketti. Tinmay aylanyabdi. Video oxirida esa ular aslida Leviafandan qochishyotgani aytilmoqda.
Xo'sh agar shunday bo'lsa Leviafan nega qirg'oqqa chiqmoqda?
Javobi oddiy, uni Kristofer Nolan o'zining yangi kinosida syomkaga chaqirgan, chunki Nolan kompyuter grafikasidan foydalanmaydi 🧠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁7👍4🤣3
#kino #biografik
"The Irishman" (2019) – mafiya, do‘stlik va xiyonat haqida epik hikoya

Martin Skorsezening bu filmi mafiyaning ichki olamini, siyosat bilan bog‘liqligini va insoniy fojiani chuqur yoritadi. Film Frenk Sheeranning hayoti orqali Jimmi Xoffaning sirli g‘oyib bo‘lishi va mafiya ichidagi murakkab munosabatlarni tasvirlaydi.

Robert De Niro, Al Pachino va Jo Peschi ijrosi filmga realistik ruh bag‘ishlaydi. Skorseze o‘ziga xos uslubda hikoyani ohangdor tarzda yetkazib, vaqt va qarilikning og‘irligini his qildiradi. Biroq, 3 soatlik davomiylik zeriktirib qo'yishi mumkin.
Post scriptum
#kino #biografik "The Irishman" (2019) – mafiya, do‘stlik va xiyonat haqida epik hikoya Martin Skorsezening bu filmi mafiyaning ichki olamini, siyosat bilan bog‘liqligini va insoniy fojiani chuqur yoritadi. Film Frenk Sheeranning hayoti orqali Jimmi Xoffaning…
Jimmi Xoffa, Rassel Buffalino va Frenk Sheeran – mafiyaning ichki olami

🔹 Jimmi Xoffa – Teamsters kasaba uyushmasining ta’sirli rahbari, mafiya bilan hamkorlik qilgan, ammo oxir-oqibat o‘z yo‘lida ularga qarshi chiqqan. 1975-yilda sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan.

🔹 Rassel Buffalino – mafiya rahbari, uzoq yillar ortiqcha shov-shuvsiz ish yuritgan, ammo Xoffaning harakatlari unga xavf tug‘dirgan. Uning yo‘q qilinishiga ruxsat bergan shaxs sifatida tilga olinadi.

🔹 Frenk Sheeran – mafiya uchun ishlagan va Xoffaning yaqin do‘sti bo‘lgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, aynan u Xoffaning yo‘q qilinishida ishtirok etgan.

3 soatlik kino bitta postta 😁
👏2
#oskar #film
Oskar 2025 taqdirlash marosimidan so'ng Anora kinosini ko'rdim. Ko'p joyda haligacha muhokama qilinmoqda
Hech kimga qizziq bo'lmasa ham o'z fikrlarimni aytay.
Umuman olganda kino nomi randomniy boshqacha nomlanganda o'zbek sferasida bunchalik tanqid qilinishi uyoqda tursin hattoki xech kim qiziqmasdi ham. Shu joyda spoyler: 2soattan ortiq kinoda Anora so'zi bor yo'g'i 10 marta aytilgan bo'lsa kerak, lekin o'zbek so'zi umuman yo'q. Russian girl deb murojat qilishadi.
Kinoning Oskar olishiga keladigan bo'lsak, 2024-yil kino olami uchun unchalik yaxshi yil bo'lmadi. To'g'ri aslida Anora Oskarga loyiq emasdi xuddi boshqalari kabi. Lekin Mikey Madison esa loyiq desa bo'ladi. Xulosa qilib aytganda komedik kino. Romantik emas. Xo'sh ko'rishga arziydimi? Javobi: yo'q umuman. Ko'rishga bundan yaxshiroq komedik kinolar ko'p.
Poster tepasidagi sevgi hikoyasi so'zini esa "Anoraning taxminan 30ming dollarlik sarguzasht hikoyasi" deb o'zgartirsa ham bo'ladi.
©️ Sinefilman
👍5
It Was A Good Day (1992)
Ice Cube
Just wakin' up in the mornin', gotta thank God
I don't know, but today seems kinda odd
No barkin' from the dog, no smog
And mama cooked the breakfast with no hog

Ertalab yaxshi kayfiyatta uyg'ongan bo'lsangiz shu qo'shiq bilan miyya yaxshi kollobaratsiya qiladi🎹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Apocalypse Now (1979) – Urush va
inson ruhiyatining zulmati

Kino nomini Apocalypse Wow deb o'zgartsa ham bo'ladi

Janr: Harbiy drama, psixologik triller
📱: 8.4
Ko‘rishga arziydimi: ha albatta

Frensis Ford Koppola yaratgan bu film urush dahshatlarini nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham ko‘rsatadi. Kapitan Uillard (Martin Sheen) maxfiy topshiriq bilan Kurtz (Marlon Brando) ortidan Kambodjaga yo‘l oladi. Yo‘lda u insoniyatning eng yovvoyi va zulmatli tomonlariga duch keladi. Syurrealistik sahnalar, kuchli aktyorlik va Vyetnam urushining fojiali haqiqatlari – bularning barchasi filmni chinakam san’at asariga aylantiradi.

Kino Jozef Konradning "Zulmat qalbi" asariga asoslanib yaratilgan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Yetmaganiga asar nomi ham shu ikkisiniki
🤣4
Usta va Margarita asarini o'qib bo'ldim, to'g'risi overrated deb o'ylayman.
Voland, Pontiy Pilat bilan bog'liq joylari yaxshigina mistik ko'rinish kasb etib kelgan, lekin asar nomi bilan atalgan ikkalasiga kelganda esa 7-8 yoshli bolaga yozilgandek, ertaklardagi kabi dialog/reaksiya/savol/voqea ishlatilgan va bu esa odamni asabini buzadi. Tugashi ham juda g'alati.