Post scriptum
96 subscribers
220 photos
17 videos
18 links
Kanalda asosan tarixiy shaxslar, voqealar, malumotlar yozib boriladi. Bazida adabiyot, kino va musiqaga oid fikrlarim bilan ham bo'lishaman.
©️ Jahongir Yuldashev
Download Telegram
Abraham Darbi (birinchi) (1677-1717) Angliyadagi sanoat inqilobining muxim shaxslaridan biri deya etirof etiladi. Murakkab shakldagi buyumlarni quyish imkonini beradigan cho'yan quyishning yangi uslubini ixtiro qilgan. Toshko'mirdan koks olish usulini ham yaratgan. Toshko'mir uyumi mayda, yaltiroq va qattiq zarralarga aylanmaguncha sekin qizdiriladi. Bu temir rudasi bilan birga domna pechiga kiritiladigan koks(koksli qoldiq) edi. Koks pechga ko'proq ruda ortish imkonini berardi.
👍2
Аbraxam Darbining oʼlimidan soʼng ish uning oʼgʼli Аbraxam
Darbi ikkinchi ga (1711–1763) oʼtdi. U Nyukomen mashinasi yordamida domna pechining parraklarini harakatga keltiruvchi suv charxi ustida joylashgan zavod hovuziga suv chiqardi. Bu hatto ariqlar qurib qolganda ham pechga doimiy havo berilishini taʼminladi. Fabrika markaziy grafliklarda talab katta boʼlgan sifatli quyma poʼlat ishlab chiqarardi.
👍2
Post scriptum
Nyukomen mashinasi
Nyukomen mashinasi bu shaxtalardan suvni chiqarishda qo'llaniladigan bug' mashinasi bo'lib, Tomas Nyukomen (1663-1729) tomonidan ixtiro qilingan va uning familiyasi bilan nomlangan.
Cho'qintirgan ota (trilogiya)
Rejisyor: Frensis Ford Koppola

Cho'qintirgan ota trilogiyasi barcha qismlari oskar mukofotida (1972, 1974, 1990) yilning eng yaxshi filmi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Trilogiyaning ikkinchi qismi oskar yutgan birinchi sikvel film bo'lgan.

Qiziq fakt; Al Pachino trilogiyaning barcha qismida ishtirok etgan. 1-qismda Marlon Brando birinchi plandagi eng yaxshi aktyorni yutganida u ikkinchi plandagi aktyor edi. 2 va 3-qismlarda esa u birinchi planga ko'chganida oskar mukofotini ikkinchi plandagi aktyorlar, Robert DeNiro va Andy Garcia qo'lga kiritgan (Al Pacino takoy: xudoga soldim karochi🗿)
Javob : Mashinalarni sindirganlarga o'lim jazosi
Jon Uilkinson (1728 –1808) choʼyan quyish zavodlarini boshqarardi. 1774 yili u choʼyan boʼlagi markazida qurolning oʼq chiqaradigan teshigini ochish imkonini beradigan tokarlik dastgohini ixtiro qildi. Kelgusi yili Аngliya bilan uning Аmerikadagi mustamlakalari oʼrtasida jang boshlanib ketganida toʼplarni ana shu usulda yasay boshladilar.
Аngliyada Uilkinsonni «choʼyan jinnisi» deyishardi, chunki u choʼyanni qoʼllaydigan yangidan-yangi sohalarni tinimsiz izlardi. Uilkinson choʼyan kema yasashga urinib koʼrdi, uning qiyofasi tushirilgan choʼyan taqinchoqlar markaziy grafliklarda tanga sifatida
qoʼllanardi. Uilkinson 1808 yili vafot etdi. Vasiyatiga koʼra uni
choʼyan tobutda koʼmishdi.
Avgust oyida ko'rgan filmlarim ro'yxati. So'ngi paytlarda svoyaklarda filmlar orqali rejisyorni topish mavzulari ko'payib bormoqda shuning uchun film yoniga rejisyor va yilni ham yozib ketaman.

1. Jaws(jag'lar) (1975) Stiven Spilberg
2. Barry Lindon (1975) Stenli Kubrick
3. Clockwork orange(murvatli apelsin) (1971) Stenli Kubrick
4.5.6."Hangover" trilogiyasi (uz:Karaxtlik. ru:Мальчишники в Вегасе) (2009, 2011, 2013) Tod Filips
7. Pianist (2002) Roman Polanski
8. Incendies (yong'inlar) Deni Vilnyov
9. Blade runner 2049 (tig' ustida yuguruvchi) Deni Vilnyov
10. 11.12. Cho'qintirgan ota trilogiyasi, Frensis Ford Koppola
13. It's a wonderful life (bu ajoyib hayot) (1947) Frenk Kapra
14. Howl's moving castle (Howlning ko'chib yuruvchi qasri) (2004) Hayao Miyazaki
15. Drive (2011) Nikolas Wending Refn
16. Spotlight (diqqat markazida) (2015). Tom Makkarty
17. E. T. (1982). Stiven Spilberg
18. Seven samurai (1954) Akira Kurosawa
19. Mulholland drive (2001)(Mulholland trassasi) Devid Linch
20. Birdman (Qush odam) (2014) Alehandro Gonsales Iñaritu
21. Porco Rosso (1992) Hayao Miyazaki
22. Blackkklansman (klanning qora azosi) (2018) Spayk Li
23. Little miss sunshine (kichkina oftoboy xonim) (2006) Jonathan Dayton &Valerie Faris
24. Cinema paradiso(yangi kinoteatr "paradiso") (1988) Juzeppe Tornatore
25. Silence of the lambs (qo'zichoqlar sukunuati) (1991) Jonathan Demme
👍9🔥4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kechagi turnirdagi eng qiziq vaziyat.
Ping Pong situatsiya
🔥6👍4
Filippo Alberti Brunelleski (Pippo) (1377-1446)
Florensiyalik arxitektor, dizayner, zargar va haykaltarosh. Rennesans arxitekturasining otasi deya tariflanadi. 1421-yilda o'z ishlariga patent olgan ilk G'arblik insonga aylangan. U "Santa Maria del fore" soborining gumbazi yaratuvchisi sifatida mashxur.
👍1🔥1
Elizabet Kedy Stenton (1815-1902)
Amerikalik yozuvchi va ayollar huquqlari himoyasi yetakchisi.
Birinchi ayollar huquqlari konvensiyasi bo'lgan "hissiyotlar deklaratsiyasi" muallifi bo'lib deklaratsiya qabul qilingan Seneka Falls konferensiyasi tashkil etishdagi muxim shaxslardan biri bo'lgan. U shuningdek Abolitsionizm harakatining ham muhim shaxslaridan biri bo'lgan
👍3🔥1
Jozef Lister (1827-1912) Britaniyalik shifokor jarroh.
Jozef Lister tibbiyotda mikrob va bakteriyalarning zararini o'rgangan. Operatsiya texnikalarini ishlab chiqqan.
Antiseptik vositallar yaratuvchisi hisoblanadi.
Anton Van Levenguk (1632-1723) Gollandiyalik mikrobiolog. Mikrobiologiya otasi. O'zi yaratgan mikroskop yordamida bakteriya va mikroblarni kashf etgan. Umri davomida hech qanday kitob yozmagan.
Tomas Hobbs (1588-1679)
Ingliz faylasufi. U jamiyat kelishuvi haqida yozilgan, 1651-yilda chiqqan "Leviafan" asari bilan mashhur. U siyosiy falsafaning asoschilaridan biri deya hisoblanadi
👍1
Fahriddin ar-Roziy (1150-1209)
Dinshunoslik sultoni, Eronlik musulmon polimat, olim va induktiv mantiq namoyondasi.
U astronomiya bilan ham ko'b shug'ullangan. Multiolam borligiga ishongan dastlabki shaxslardan biri, o'z astronomik ishlarini u Qur'ondagi astronomik yozuvlar bilan solishtirgan.
Afg'onistonda Faxriddin Roziyni diniy falsafa, eʼtiqod va aqida borasidagi qarashlari uchun islom asoslariga putur yetkazganlik, dinni buzganlikda ayblaganlar. 1209-yilda karromiylar tashviqi bilan zaharlab oʻldirilgan.
👍2
Tasodif
Iosif Stalin vafot etgach N. Xrushchevning aytishicha Lavrentiy Beria inqilob amalga oshirib hokimiyatni qo'lga olmoqchi bo'ladi. Inqilob "dekabristlar" operasi paytida amalga oshiriladi deyiladi.

Dekabristlar- 1825-yilda liberal harbiy va siyosiy dissidentlar tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz davlat to'ntarishi edi
Velosiped o'g'rilari (ladri de biciclette)
Rejisyor Vittorio de Sika tomonidan suratga olingan, 1948-yilda chiqqan Italian neorealist drama filmi. Film Luigi Bartolonining shu nomdagi asari asosida suratga olingan.

Film 1940-yillardagi Italiyadagi kambag'al ishchi (Antonio Richchi) ning ko'chalarga poster yopishtirip yuruvchi ishiga qabul qilinishidan boshlanadi. Muximi shundaki, u ishda qolishi uchun velosipedi bo'lishi kerak edi, sababi ish joyiga borishi va ko'chalarda tezroq harakatlanishi uchun velosipedi bo'lishi shart edi.
Antonio Richchi Rita Heyvortning posterini devorga qistirayotganida o'g'rilar uning velosipedini o'g'irlaydi.
Spoiler : film oxirigacha u velosipedini qaytara olmagach uning o'zi boshqa velosipedni o'g'irlaydi lekin qo'lga tushadi. Biroq velosiped egasi unga rahmi kelib qo'yib yuboradi.
Film jarayonida barchasi boshqacha, umuman olganda yaxshi film. Film "Empire" jurnalining eng yaxshi 100ta film ro'yxatida 4-o'rinni egallaydi
🔥1